Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


-jadval O’zgarmas haroratda urug’ jonlantirilganda inkubatsiya kunlari bo’yicha havo haroratini ko’rsatgichlari



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə13/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

11-jadval

O’zgarmas haroratda urug’ jonlantirilganda inkubatsiya kunlari bo’yicha havo haroratini ko’rsatgichlari

Inkubatsiya kunlari



Inkubatoriyadagi havo harorati, S0

oq pilla o’raydigan zotlar uchun

oq pilla o’raydigan duragaylar uchun

birinchi

14

14

ikkinchi

14

14

Uchinchi

24

14

to’rtinchi

24

24

beshinchi

24

24

oltinchi

24

24

ettinchi – o’n uchinchi (har kuni)

24

24

O’n to’rtinchi (xabarchi qurtlarning chiqishi)

24-25

24-25

Birinchi kun qurtlarning ko’plab chiqishi

25

25

Ikkinchi kun qurtlarning ko’plab chiqishi

25

25

Uchinchi kun qurtlarning chiqishi

25

25

Urug’ni o’zgarmas (doimiy) haroratda inkubatsiya qilish usulining yomon tomonlari ham bor. Masalan, havo harorati birdan pasayib ketganda yoki ertalabki sovuqlar tushib qolgan hollarda tut bargining rivojlanishi vaqtincha to’xtaydi, ammo urug’ning tez rivojlanishini to’xtatib bo’lmaydi. Inkubatoriya haroratini belgilangandan pasaytirish esa yuqorida aytib o’tganimizdek, tut ipak qurtining hayot faoliyatiga va pilla hosiliga ta’sir etadi. Bundan tashqari, inkubatsiyaning bu usulida inkubatoriya favqulodda qattiq qizib ketishi mumkin, buning oqibatida urug’lar quriy boshlaydi, natijada urug’dan qurt chiqish miqdori (soni) kamayadi, jonlangan qurtlar esa nimjon va kasallikka tez chalinuvchan bo’ladi.

Ba’zi bir yillari ko’klamda bo’ladigan qora sovuqlar tut daraxtining o’sishini kechiktiradi va urug’dan qurt jonlangan vaqtda tut yozilib ulgurmaydi yoki yozilgan bargni sovuq urgan bo’ladi. Bunday hollarda urug’da embrion rivojlanishini vaqtincha to’xtatishni taqozo etadi. Buning uchun maxsus inkubatsiyani kechiktirish usuli qo’llaniladi: bu usul quyidagicha bajariladi. Urug’ni jonlantirish uchun inkubatsiyaga qo’yigach, rangi oqargunga qadar inkubatoriyada saqlanadi, keyin u inkubatoriyadan olinib sovuqxonaga (xolodilnikka) solib qo’yiladi va u erda 2 40S haroratda 10 kun turadi (ayrim hollarda zarur bo’lsa 15-18 kungacha turadi) va tut daraxtining yangi kurtak yozishi kutiladi. Tutlar yangi barg chiqarishi bilan urug’lar sovuqxonadan olinadi va mo’tadil sharoitda (-240S) inkubatsiya qilish davom ettiriladi. Natijada bir-ikki kundan keyin ulardan qurtlar chiqa boshlaydi.

O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy-tadqiqot bilimgoqining katta ilmiy xodimi B.Parpiev va boshqalarning (1980 yil) bergan ma’lumotlariga ko’ra urug’ rivojlanishini vaqtincha to’xtatish vaqtida nafaqat 2 40S da, balki 12 180S da ham saqlab tursa bo’ladi. Bunda urug’ni o’zgarmas haroratda jonlantirilayotgan bo’lsa, rivojlanishini vaqtincha to’xtatish inkubatsiya 4-kunidan, agar haroratni asta-sekin oshirish yo’li bilan jonlantirilayotgan bo’lsa, 6-kunidan boshlab amalga oshiriladi. Olimning ta’kidlashicha inkubatsiya qilinayotgan ururl oqarmagan bo’lib, uning rivojlanishini 5 kunga to’xtatish kerak bo’lsa, haroratni 16 180S ga, agarda urug’ oqargan bo’lsa, harorat 12 140S ga tushiriladi. Mabodo urug’ning rivojlanishini 10 kunga to’xtatish zarurati tulilsa, oqarmagan urug’larni 12 140S ga, oqargan urug’larni 2 40S ga teng bo’lgan sovuqxonalarga qo’yib qo’yiladi. Rivojlanishni to’xtatish muddati tugagach, urug’lar sovuqxonadan olinib, inkubatoriyaga qo’yiladi va 240S da jonlantirish davom ettiriladi.

SANIISHning bir guruh odamlari (U.N.Nasirillaev, B.Parpiev, N.A.Zohidov, T.Azizov va N.Jumanov) urug’ni markazlashtirilgan usulda inkubatsiya qilishni (1980 yil) tavsiya etishgan. Bu usul quyidagicha amalga oshiriladi. Bahorda urug’ inkubatsiya qilinishdan bir oy oldin zavodni urug’chilik xo’jaligiga mo’ljallangan urug’ sovuqxonadan olinib o’zgarmas haroratda jonlantirish usulida 7-9 kun davomida inkubatsiya qilinadi, so’ngra urug’ 450S bo’lgan sovuqxonaga qaytadan joylanadi. SHundan so’ng qurt boqish mavsumidani 2-3 kun oldin, urug’lar sovuqxonadan olinib nasilchilik xo’jaligi inkubatoriyasiga jonlantirish uchun olib kelinadi va 240S darajada inkubatsiya qilinadi. Oradan 2-3 kun o’tgach urug’dan qurtlar chiqadi. Jonlangan qurtlarni esa tortib zvenolarga tarqatiladi. Yuqorida ism-sharifi qayd etilgan olimlarning fikricha inkubatsiya davrida urug’ rivojlanishini vaqtincha (5-10 kunga) to’xtatib turillishi embrion rivojlanishiga va urug’dan qurtlar chiqishiga salbiy ta’sir ko’rsatmas ekan.

Muallifni 1978-1991 yillarda «Urug’ni inkubatsiya qilish davrida embrion (murtak) rivojlanishini vaqtinchalik kechiktirilishini qurtning jonlanish miqdoriga va uni yashovchanligiga ta’siri» yuzassidan olib borgan ilmiy ishlarini natijasi shuni ko’rsatdiki, urug’ni inkubatsiya qilayotgan davrda uning qaytadan sovuqxonaga qo’yilishi (sovuqxonada necha kun saqlanishidan qat’i nazar) urug’dan qurtlar chiqish miqdoriga va ayniqsa, jonlangan qurtlarning yashovchanligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uzoq yillar davomida o’tkazilgan ilmiy kuzatishlar shundan dalolat beradiki, o’zgarmas (doimiy) harorat usuli bilan inkubatsiya qilinayotgan urug’larni vaqtincha sovuqxonaga qaytadan qo’yilish muddati qanchalik ortib borsa, urug’dan qurtlar chiqishi va uning yashovchanligi shunchalik pasayib boradi. Bu to’lridagi ma’lumotlar 12-jadvalda berilgan.

Urug’lar qanday usul bilan inkubatsiya qilinmasin, qurtlarning tuxumdan chiqishi tut daraxti kurtaklaridan 4-5 (shimoliy nohiyalarda 5-6) ta barglar yozilishiga to’lri kelishi kerak. Agar inkubatsiya mo’ljallangan vaqtdan ilgari tamom bo’lib qolsa, urug’dan chiqqan qurtlarni boqish uchun oziq etarli bo’lmay qoladi. CHunki kurtaklardan barglar yozilib ulgurmagan, barg tarkibidagi oziq moddalar etarli bo’lmaydi. Natijada bargni iqtisod qilib bo’lmaydi va katta yoshdagi qurtlarni boqish uchun oziq etishmaydi. Bundan tashqari, etilmagan barglar bilan boqilgan qurtlar kasallikka chalinib qoladi, oqibatda pilla hosili kamayib ketadi.

Urug’ni jonlantirish muddatini kechiktirib ham bo’lmaydi, chunki daraxt kurtaklarida 7-8 tadan barg chiqargan vaqtda urug’dan chiqqan qurtlar uchun bunday barglar dalallik qiladi va uncha to’yimli bo’lmaydi. Qurtlarning yoshlari bilan barglarning etilishi o’rtasidagi bunday tafovutning ta’siri qurtlarni keyingi yoshlarida ham saqlanadi, oqibatda pillalar mayda bo’lib, hosildorlikning kamayib ketishiga sabab bo’ladi.

Urug’ni inkubatsiya qilish davrida xonadagi havoning haroratiga e’tibor berib, uni nazorat qilib turish kerak. CHunki haroratni me’yoridan ortib ketishi yoki pasayishi embrion rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ham inkubatoriyadagi pechkalarni yoqish tarib-qoidalariga rioya qilish, xonadagi issiqlikning mo’tadil bo’lishini ta’minlash inkubistlarning muhim vazifalaridan biridir.

12-jadval.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin