Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə16/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Savollar

1.Jonlangan ipak qurti urug’lari qanday tartibda tarqatiladi.

2. Syomnik nima.

3. Ipak qurtining 1 quti urug’i necha gr bo’ladi.



7-mavzu: Oziqalanish maydonini ipak qurtini rivojlanishiga ta’siri.

Reja:

  1. Oziqlanish maydonini ipak qurtini rivojlanishiga ta’siri.

  2. Qurtlarga yoshlari bo’yicha kerak bo’ladigan oziqlanish maydonini aniqlash.

Qurt boqish maydonining katta kichikligi ipak qurtining joylanishiga va uning rivojlanishiga ta’sir etadi. Qurt boqish maydonining o’lchami qurtning ozuqlanishiga, xolatiga va rivojlanishiga ta’siri katta. Maydon o’lchami kichik bo’lsa, har bir qurtga kam ozuqa tushadi, ozuqa qurt axlati bilan ifloslanadi. Qurt tanasidan va lanadan namlikni bullanishi qiyinlashadi, mikroiqlimiga ta’sir etib, kasallik tuldiruvchi mikroorganizmlar ko’payadi.

Qurtlar zich joylashganda bir-biriga halaqit berib, ustilaridan o’rmalab tirnoqlari bilan terisini jarohatlaydi, qonini zararlaydi. O’lishi ko’payadi, pillasi kichiklashadi, sifati va hosili keskin kamayadi.

Agarda qurt boqish maydoni juda katta bo’lsa qurtlar siyraklashadi, ishtaxasi yo’qoladi, sekin rivojlanadi. Barg, boqish inventarlar ortiqcha sarflanib iqtisodiy zarar keltiradi. SHuning uchun qurt boqish maydoni yoshlariga qarab me’yorida bo’lishi talab etiladi va ma’lum normativ asosida olib boriladi.

O’tkazilgan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatdiki pilla hosili va sifati qurt boqish maydonining kattaligiga bog’liq. 1 quti qurt 50m2 da boqilganda – 50 kg, 70m2 da boqilganda 80 kg hosil olingan.

Kichik yoshlarida qurt boqish maydonining o’lchami qurtlarning hayotchanligiga, katta yoshlarda – pilla sifatiga ta’sir etadi. Illor pillakorlar qurt boqish maydoni 70-80 m2 gacha kengaytirib 80-90 kg gacha pilla hosili olishga erishganlar.

Bir dona qurtning egallagan joyining hajmi, har bir yoshida 3-3,5 barobar kattalashadi. Natijada bir quti qurt 5 yoshda bir joyga to’plansa tahminan 23m2 joyni egallaydi.

O’zbekiston ipakchilik ilmiy tekshirish institutining tavsiyasiga ko’ra nasldor qurtlarni boqishda 1 quti qurt uchun birinchi yoshda –5 m2; II-yoshda –10m2;III-yoshda –20 m2; IV-yoshda –40 m2 va V-yoshda hamda pilla o’rash davrida –70m2. Katta yoshdagi qurtlarni me’yorida joylashish zichligi 7 rasmda ko’rsatilgan.

Qurt boqish maydonining kattaligi bir quti yoki bir grammdagi qurtlarning soni, qurtlarning katta kichikligiga hamda har bir yoshlarida o’sish tezligiga bog’liq. 1g eski zotlarda (boldod zotida) tuxumdan chiqqan qurtlarni soni –2000ta, oq pillali zotlarda 2200-2700 taga teng bo’ladi. Tut ipak qurtining boqish agrotexnikasi (O’zbekiston Respublikasi Ipak uyushmasi «Pilla xolding» xolding kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan) qoidasiga asosan bir quti nasilli qurtlarga 70m2, sanoatbop qurtlarga 60m2 joy bilan ta’minlashi kerak.

Biror hasharot turi tarqalgan va ma’lum ekologik sharoiti bilan ta’riflanadigan maydon muayyan turning yashash joyi (stantsiya) deb ataladi.

Tut ipak qurti qo’lda maxsus binolarda boqilganligi uchun uning yashash joyi qurt boqish maydoni deb ataladi.

Boqilayotgan qurtlarning joylanish qalinligi birinchi galda har bir qurtga to’lri keladigan barg miqdoriga ta’sir qiladi. Qurt boqish sathi avvalda juda ham kichkina bo’lib, bir quti urug’dan ochirilgan qurtlar 32 kvadrat metr maydonchada boqilgan.Alpatov va Bahoviddinovlarning ma’lumotlariga ko’ra, boqish sathining katta-kichikligi eng muvofiq\ optimal\ bo’lganida qurtlar yaxshi rivojlanadi. Xonakilashtirilgan ipak qurtlarida to’da-to’da bo’lib yashash xissi hali ham yo’qolgan emas. Agar qurtlar yakka-yakka yoki kichik to’dalarga joylanib boqilsa juda bezovtalana boshlaydilar. SHuning uchun ipak qurtlarini sanoat pillalarini etishtirish yoki nasilchilik qurtlarni boqish jarayoniga qarab bir quti qurt uchun ma’lum miqdorda oziqalanish maydoni bo’lishi kerak.

O’rrta Osiyo va Kavkaz pilla ustalarining qurt boqish sharoitini kuzatish natijalariga ko’ra, avvalda belgilangan qurt boqish sathining normalarini 1,5-2 hissa kengaytirish olinadigan pilla hosilini oshirishga bevosita ta’sir etadi.

Beshinchi yoshdagi qurtlar bargli novdalar bilan boqilganda ularning har 500 tasi uchun 1 kvadrat metr yoki bir quti urug’dan chiqqan qurtlar uchun 70 kvadrat metr sath bo’lishi eng muvofiq hisoblanadi. Bahoviddinovning ko’rsatishicha, bu norma qat’iy emas, chunki birinchi uch yoshdagi qurtlar ma’lum bir qalinlikda joylanib boqilganda yaxshiroq o’sadi, ularni ortiqcha siyraklashtirish o’sishiga yomon ta’sir qiladi, beshinchi yoshdagi qurtlarni siyraklashtirish chegarasi haligacha aniqlangan emas. Bahoviddinov bir quti urug’dan ochirilgan Baldod zot qurtlarni beshinchi yoshida 100 kvadrat metr maydonchada boqib juda yaxshi natijaga erishgan. Lekin, uning aytishicha, bu xulosa hali qat’iy emas, chunki bunda biologik tomondan boshqa, iqtisodiy tomondan ham alohida tekshirish talab qilinadi. Endi ayrim yoshlardagi qurtlarni joylash qalinligiga kelsak, bunda qurt tanasining joylangan sathi birinchi yosh davrida 5-6 hissa, undan keyingi yoshlardagi qurtlarniki esa 2,5-3,2 xissa kengayadi. Bir quti urug’dan endigina ochilib chiqqan qurtchalarni boqish uchun 0,5 kvadrat metr, ya’ni bir quti urug’ni ochirish vaqtida joylashtirish uchun talab etilgan maydoncha kifoya qiladi. Bundan tashqari, qurtlarni joylashtirish qalinligiga qarab ularning ovqatlanish sharoiti ham o’zgaradi, chunki bu narsaning profilaktik ahamiyati ham bor. Birinchidan, boqilayotgan qurtlar ortiqcha qalin joylashtirilganida qurt terisining kutikulyar qavati ko’p jarohatlanadi va qurt boqish vaqtida iflosliklar ko’payib, yuqumli mikroblar to’plana boshlaydi. Bu nuqtai nazardan yana shuni aytishimiz kerakki, bunday sharoitda qurtlarda barg uchun kurash zo’rayib, qoloq kategoriyadagi qurtlar paydo bo’la boshlaydi. Bunday qoloq qurtlar yuqumli kasalliklarni ancha tez yuqtiruvchan bo’lishlari sabali, yuqumli kasalliklarning avj olib ketishini qulaylashtiradi.

Qurt boqish maydonining katta kichikligi ipak qurtining joylanishiga va uning rivojlanishiga ta’sir etadi. Qurt boqish maydonining o’lchami qurtning ozuqlanishiga, xolatiga va rivojlanishiga ta’siri katta. Maydon o’lchami kichik bo’lsa, har bir qurtga kam ozuqa tushadi, ozuqa qurt axlati bilan ifloslanadi. Qurt tanasidan va lanadan namlikni bullanishi qiyinlashadi, mikroiqlimiga ta’sir etib, kasallik tuldiruvchi mikroorganizmlar ko’payadi.

Qurtlar zich joylashganda bir-biriga halaqit berib, ustilaridan o’rmalab tirnoqlari bilan terisini jarohatlaydi, qonini zararlaydi. lishi ko’payadi, pillasi kichiklashadi, sifati va hosili keskin kamayadi.

Agarda qurt boqish maydoni juda katta bo’lsa qurtlar siyraklashadi, ishtaxasi yo’qoladi, sekin rivojlanadi. Barg, boqish inventarlar ortiqcha sarflanib iqtisodiy zarar keltiradi. SHuning uchun qurt boqish maydoni yoshlariga qarab me’yorida bo’lishi talab etiladi va ma’lum normativ asosida olib boriladi.

tkazilgan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatdiki pilla hosili va sifati qurt boqish maydonining kattaligiga bog’liq. 1 quti qurt 50m2 da boqilganda – 50 kg, 70m2 da boqilganda 80 kg hosil olingan.

Kichik yoshlarida qurt boqish maydonining o’lchami qurtlarning hayotchanligiga, katta yoshlarda – pilla sifatiga ta’sir etadi. Illor pillakorlar qurt boqish maydoni 70-80m2 gacha kengaytirib 80-90 kg gacha pilla hosili olishga erishganlar.

Qurt boqish maydonining kattaligi ipak qurtining o’lchamiga, uning egallagan joyiga va 1g yoki bir qutidagi qurtlarning soniga bollik /23 jadvalda/ jadvalda har bir yoshning oxirida bir dona qurtning yoshlari bo’yicha tana ko’rsatkichlari va egallagan maydoni ko’rsatilgan. Bir dona qurtning egallagan joyining hajmi, har bir yoshida 3-3,5 barobar kattalashadi. Natijada bir quti qurt 5 yoshda bir joyga to’plansa tahminan 23 m2 joyni egallaydi. Lekin normal ozuqalanishi va rivojlanishi uchun 3 marta katta joyni egallash taqozo etadi.

23-jadval




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin