Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə5/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Nazorat savollar

1.Ipakchilikni ahamiyati.

2.Ipakchilikni tarixi.

3.Respublikada pilla tayyorlash

4.Respublikada oziqa bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari.

2-mavzu: Ekologiya fanining mohiyati va ahamiyati.

Reja:


  1. Fanning maqsadi

  2. Fanning vazifasi va mohiyati va ahamiyati

Tayanch iboralar: Harorat, namlik, yorug’lik miqdori, oziqa turi, oziqalanish maydoni, dasta turlari, pilla, qorapachoq, nav, navlar arlashmasi, navsiz, nostandart,dukurma, dog’li, teshik pillalar.

Ipakchilik qadimdan taraqqiy etgan sohalardan hisoblanib, to’qimachilik sanoati va xalq xo’jaligini tabiiy ipak xom-ashyosi bilan ta’minlaydi.

Tabiiy ipak pishiqligi, cho’ziluvchanligi, chidamliligi, ko’rkamligi, yengil va nafisligi, havo o’tkazuvchanligi bilan boshqa gazlamalardan va sun’iy tolalardan ustun turadi. SHuning uchun ham tabiiy ipakdan xalq xo’jaligini turli sohalarida, jumladan: radio-texnika, tabobat, kosmonavtika, aviatsiya, aloqa, to’qimachilik va boshqalarda keng foydalaniladi.

SHuning uchun iqlim sharoiti ipak qurtini boqishga moslashgan mintaqalarda ipakchilikni rivojlantirish, mo’l-ko’l va sifatli pilla yetishtirish tadbir choralari ishlab chiqilmoqda.

Xorijiy mamlakatlar navli pilla miqdori 93-95 foizni tashkil etsa, bizni respublikamizda 82-85 foizni tashkil etadi.

Hosildorlik – Xorijiy mamlakatlarda /Xitoy, Xindiston, Yaponiya, Koreya, Braziliya v.b./ 1 gramm qurtdan 3,5-4 kg pilla oladi, O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich 2,5-2,6 kg ni tashkil etadi.

Respublika bo’yicha yetishtirilgan pillalarning sifat ko’rsatkichlarini tahlil qilib ko’rilsa, uni pillachilik yaxshi rivojlangan davlatlarga qaraganda 10-11%ga past ekanligini ko’ramiz.

SHu bilan bir qatorda dunyo bozorida bizda yetishtirilayotgan pillaning narhi 2 baravariga arzonligini ko’ramiz. Bunday bo’lishiga asosiy sabablardan biri ipak qurtiga tashqi ekologik omillarning ta’siri to’liq o’rganilmaganligi, ipak qurti bilan muhit orasidagi o’zaro bo`liqlik jarayonlari har tomonlama ilmiy asoslash ishlari talab darajasida aniqlanmaganligini ko’rsatadi.

Yetishtirilgan pillala tarkibida nuqsonli pillalar qaysi turlari ko’plab uchrashi va bularni sodir bo’lishida tashqi muhitning qaysi omillari ko’proq ta’sir ko’rsatayotgani, bu ekologik ta’sirotni qurt rivojlanishi uchun mu’tadil ko’rsatkichlari qanday bo’lishligi ilmiy asoslanib ishlab chiqarishga tavsiya etilsa yetishtirilayotgan pillalarning sifati talab darajasiga ko’tarilishi mumkin.

Bundan tashqari respublikada yetishtirilayotgan pilla salmog’ini va bir quti qurtdan olinadigan hosildorlikni talab darajasiga yetkazish uchun ekologik omillarning asosiy qismi hisoblangan oziqa miqdori va sifati hamda oziqalanish maydoni kabi masalalarni tuman va xo’jaliklarda ijobiy hal qilinishi zarurligini davr taqoza etadi. Xo’jaliklarda tut daraxtlariga bo’lgan e’tiborsizlik, ularni ayovsiz kesish va yo’qotish, tut zararkunandalariga qarshi kurashish choralarini ko’rilmayotgani bir quti qurtdan olinadigan pilla hosilini keyingi 3-4 yil ichida 44-46 kilogrammga (Respublikada bundan 7-8 yil ilgari o’rtacha 65-70kg olingan) tushib qolishi fikrimizning dalilidir.

Yuqoridagilarni tahlil qilib xulosa sifatida Respublikada pilla hosildorligi va uning sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash uchun jamoa xo’jaliklarda yangi tutzorlar yaratish, ipak qurtini oziqa bazasini yaxshilash, yangi zot va duragaylar yaratish bilan bir qatorda ipak qurtini boqishda ekologik omillarni mo’tadil xolatda bo’lishini ta’minlash va ularni ilmiy asosda mukammal o’rganib yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga tavsiya etish zarurligini taqoza etadi.

Pillachilik qishloq xo’jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, to’qimachilik sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlaydi.

Respublikamiz xalq xo’jaligi rivojlangan va aholining turmush darajasi yaxshilangan sari uni tabiiy ipakdan to’qilgan turli kiyimlarga bo’lgan ehtiyoji ham ortib bormoqda. Tabiiy ipakdan qimmatli, pishiq gazlamalar to’qilib, undan aviatsiya, kosmonavtika sanoatida, tabobatda, radiotexnika va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. SHuning uchun Respublikamizda ipakchilikni yanada rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin