Savollar
1.Ipak qurti ekologiya fanining vazifasi va ahamiyati.
2. Ipak qurtiga ekologiyani ta’siri ayting.
3-mavzu: Harorat va namlikning ipak qurtiga ta’siri.
Reja:
Ipak qurtlarini rivojlanishiga haroratning ta’siri.
Keskin o’zgaruvchan haroratni ipak qurtiga ta’siri.
Ipak qurtlarini fiziologik jarayonlariga haroratning ta’siri.
Namlikni qurt rivojlanishiga ta’siri.
Qurtxonadagi namlikni me’yoriga keltirish.
Tayanch iboralar: Harorat, namlik, yorug’lik miqdori, oziqa turi, oziqalanish maydoni, dasta turlari, pilla, qorapachoq, nav, navlar arlashmasi, navsiz, nostandart, dukurma, dog’li, teshik pillalar.
Organizmda modda yaxshi almashinishi uchun ma’lum darajada issiqlik kerak. Ayniqsa hasharotlar jumladan ipak qurtlari uchun harorat muhim ahamiyatga ega. CHunki hasharotlar sovuqqonli, paykiloterm, ya’ni doimiy tana haroratiga ega bo’lmagan organizmdir. Issiqqonli hayvonlarda esa tana harorati doimiy bo’lib, tashqi muhit haroratiga bog’liq emas. SHuning uchun sovuqqonli hayvonlarning hayotiy faoliyati uchun qulay sharoit zarur bo’ladi. Asosiy issiqlik manbai, organizm to’qimalarida organik moddalarning, asosan qandlarning oksidlanish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Oksidlanish jarayoni qancha kuchli bo’lsa, issiqlik shuncha ko’p hosil bo’ladi. Tashqi issiqlik manbai bo’lgan quyosh nuri ikkinchi darajalidir. Quyosh nuridan foydalanish darajasi hayvon teri qoplagichining tuzilishi, fiziologik xususiyati va rangiga bog’liq.
Hasharotlar organizmida ishlab chiqaradigan issiqlik miqdori /har bir gramm og’irligiga nisbatan/ issiqqonlilarga nisbatan kam. Bundan tashqari, hasharotlar issiqqonli hayvonlarga nisbatan issiqlik yo’qotishni boshqara olmaydilar, chunki issiqqonlilarning tanasi teri ostidagi yog’ qatlami, jun va patlar bilan mudofalangan. SHuning uchun hasharotlarning tana harorati ularni o’rab turgan tashqi muhit haroratiga bog’liq.
Tut ipak qurtlarining rivojlanishi uchun past haroratni chegarasi +7,5o darajaga teng bo’lib, unda barg yemay qo’yadi. 10o atrofida bargni sust yeydi. Ipak qurti uchun mo’tadil harorat 24-27o ga teng.
Ipak qurtining hayoti mo’tadil haroratga moslashgan bo’lib, harorat va hayotiy jarayonlarning tezligi bir-biriga bog’langan xolda o’zgaradi. Masalan, havo harorati ortgan sari yurak urishi va harakati tezlashadi; ishtaxasi ochiladi, ichak faoliyati yaxshilanib, nafas olishi kuchayadi.
Agarda harorat me’yoridan past bo’lsa hasharot organizmidagi turli xil jarayonlarning tezligi deyarli bir xilda susayadi, lekin ularning boshqarishi to’xtamaydi. SHuning uchun vaqtincha-biroz muddatda haroratni pasayishi, organizmni xayotchanligini susaytirmaydi.
Haroratni me’yoridan juda yuqori bo’lishi fiziologik jarayonlarning tezligini oshiradi va fermentlar ta’sirini buzilishiga olib keladi.
Sovuqqonli hayvonlarning fermentlari issiqqonli hayvonlarning fermentlariga nisbatan issiqlikka chidamli emas, Q3 Q5o issiqlik haroratni I-III yoshdagi qurtlar 3-4 kun, IV-yoshda –2 kun, V-yoshda 1 kunga chidaydi. 40o issiqlikni I-III yosh qurtlar 1 kun, IV-yosh 15-28 soat; V-yosh – 12 soat chidashi mumkin. Tuxumdan jonlanib chiqqan va barg yemagan qurtlarni Q3 Q5oSda 15-20 kungacha saqlab turish mumkin. Lekin ularning yashovchanligi barg bergach keskin kamayib ketadi.
Harorat ta’sirida fiziologik jarayonlarni tezlashtirish natijasida ipak qurtini rivojlanishi o’zgaradi. 17-19o haroratda ipak qurtining birinchi yoshi /po’st tashlashi bilan/ 10-11 kun davom etadi. Qurt boqish davri esa 2 oy atrofida cho’ziladi.
Ipak qurtining hamma yoshlari va po’st tashlash davrining davomati juda ko’p omillarga bog’liq. Jumladan, ipak qurtlarining yoshlari va uyqusini haroratga qarab necha kun davom etishi 1-jadvalda berilgan.
1-jadval.
Dostları ilə paylaş: |