Amaliy mashg`ulotlar o’tkazishda uslubiy maslahatlar.
Universitet yoki institut o’quv bo’limining shu fan bo’yicha Amaliy mashg`ulotlariga ajratgan soatlariga asosan va kafedraning ixtiyori bilan ba’zi bir mavzular qo’shib o’tilishi yoki kengaytirib o’tishlari mumkin. Misol uchun «Ipak qurtining o’sishi va rivojlanishiga ekologik omillarni/xarorat, namlik, yoru`lik, xavo tarkibi, ozuqa va boqish maydonini/ ta’siri» mavzusini 2 soat yoki xar ekologik omil ta’siriga 2 soatdan rejalash mumkin.
Talabalar Amaliy - amaliy ishlarni bajarishdan oldin ma’ruzada va shu mavzuga oid nazariy, muloxazalarni o’qib, o’rganib, keyin Amaliy amaliy mashg`ulot ishlarini bajarishlarini tavsiya etamiz.
Talabalar «Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi» fanidan amaliy mashg`ulotlarni bajarishdan oldin biologiya, ekologiya, zoologiya – hasharotlar ekologiyasi; tut ipak qurti biologiyasi, tut ipak qurti tuxumini jonlantirish, tut ipak qurti embriologiyasi; tutchilik va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fanlarini yaxshi bilishlari kerak. CHunki shu fanlardan bilimga ega bo’lmasdan tut ipak qurtini boqish agrotexnikasini o’rganish qiyin bo’ladi.
Har bir Amaliy mashg`ulot mavzularini quyidagi qismlarga bo’lib berishni lozim topdik.
1-Amaliy mashg`ulotda kerakli asbob-anjom va tanishish ob’ektlari. Bu qism ham o’qituvchi tomonidan olib boriladi.
2-Amaliy-amaliy mashg`ulot ishlarini olib borish tartibini o’qituvchi tomonidan tushuntirilib, talabalar mustaqil ravishda o’qituvchi nazoratida o’zlari mavzudagi ishlarni bajaradilar.
3-O’tilgan mavzuni mustahkamlash va uyga vazifalar qismida barcha biologik fanlar kabi talabalar o’tilgan mavzuga oid ob’ektning rasmini daftarga chizib olishlari va mavzuga oid masalalarni echishlari shart. Bu ish Amaliy amaliy mashg`ulotlarining eng zarur qismi bo’lib hisoblanadi. Rasm chizish, ipak qurti ekologiya va boqish agrotexnikasiga oid harorat, namlik, havo xarakatini o’lchaydigan asboblarni tuzilishi, qurt boqishda ishlatiladigan asbob anjomlarni sinchiklab qarashga va mavzuni chuqur o’rganishga yordam beradi. Buning uchun maxsus Amaliy-amaliy mashg`ulot daftari tutishlari shart. Daftarning muqovasida fanning nomi, talabaning ismi va sharifi, fakultet, kursi, guruhi, o’quv yili va dars olib boruvchi o’qituvchini ismi-sharifi yozilishi kerak.
Rasmni chizishdan yoki masala echishdan oldin, dars o’tilgan kun, oy, yil yozilib, o’tiladigan mavzu va bajaradigan ishni nomini berish zarur. Keyin darslikda berilgan shu mavzuni kirish muloxazasini yaxshilab o’qib, tushinib, rasmi olinadigan ob’ektni o’rganib, uning rasmini chizishlari kerak. CHizilgan rasm oddiy qora qalam bilan chizishlishi lozim.
CHizilgan rasmdan uning har bir qismi - bo’laklaridan oddiy qalam bilan ingichka izoh ko’rsatgich chiziqlar chizib, tartib sonlari bilan belgilashi kerak. Izoh ko’rsatgich sonlarining ifodalari rasm daftarining chetiga yoki orqa betiga izohi beriladi. Izoh ko’rsatgich chiziqlari bir-birlari bilan kesishmasligi kerak. Aks xolda ko’rsatgichni qaysi bo’lakka dahildorligini bilish qiyin.
Agarda talaba dars davomida rasmni to’liq chizib olishga yoki berilgan masalani to’liq ishlashga ulgurmagan taqdirda, kitob va tablitsalardan foydalangan holda uyda yoki kafedraga kelib navbatchi o’qituvchi yordamida ishni bajarishlari mumkin.
Amaliy mashg`ulotlarni boshlashdan oldin, navbatchi talaba o’tiladigan mavzu ishga oid kerakli asbob-anjom, darslik, o’quv yoki uslubiy qo’llanma va tablitsa hamda jadvallarni kafedra laborantidan olib dars o’tiladigan xonaga keltirishi zarur. Talaba o’qituvchi tomonidan tushuntirilgan shu mavzuga oid nazariy qismini o’rganib, takrorlab esga olishi kerak. SHundan keyin Amaliy amaliy ishni bajarishga kirishishi lozim.
Amaliy mashg`ulotga qatnashmagan talabalar darsda qoldirgan mavzu va ishlarni mustaqil bajarib, o’rganib kelmaguncha, keyingi darsga qo’yilmaydi, chunki har bir Amaliy ishlar bir-biriga bo`liq bo’lib, oldingi mavzu va ishlarni o’zlashtirmasalar keyingilarini tushunishlari qiyin bo’ladi. SHuning uchun darsga qatnashmagan talabalar, darsdan bo’sh vaqtlarda kafedraga kelib, qoldirilgan mavzu ishlarni navbatchi o’qituvchi yordamida o’zlashtirishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |