4-Mavzu. Qurtxonada namlikni o’lchash.
Ishdan maqsad. Talabalarga havo namligini baholash xillari, tut ipak qurtining rivojlanishiga, hayotchanligiga, mahsuldorligiga va chidamligiga havo namligini ta’sirini o’rgatish. Talabalarni binolarning havo namligini o’lchaydigan asboblar hamda o’lchash usullari bilan tanishtirish.
Kerakli jihozlar:
1.Bir xil sharoitda, turli xil namlikda /40-50%, 65-75% va 85-90%/ boqilgan 1,2,3,4 va 5 yoshlarida fiksatsiyalangan qurtlar va pillalar namunalari.
2.Tut ipak qurtining rivojlanishi, o’sishi va hosiliga havo namligini ta’sirini ifodalovchi tablitsalar.
3.«Avgust» stantsion va «Assimon» aspiratsion psixrometrlari hamda soch va plenkali o’zi yozuvchi avtomatik gigrograflar.
4.Darslik va Amaliy amaliy mashg`ulot o’quv qo’llanmalari.
Ishni bajarish tartibi:
1.Turli xil namlikda /minimal 40-50%, optimal 65-75% va maksimal 85-95%/ boqilgan 1,2,3,4 va 5 yoshlarida fiksatsiyalangan qurtlarni olib, taqqoslab, farqlarini aniqlab chiqing.
2.Turli xil namlikda boqilgan qurtlardan olingan pilla namunalarini olib katta-kichikligi, sifati va o`irligini aniqlab, taqqoslab chiqing.
3.Tablitsalar yordamida tut ipak qurtining tashqi muhit namligining o’zgarishiga chidamliligi, ularning zotiga va rivojlanish davriga bo`liqligi bilan tanishib chiqing.
4.Tut ipak qurtining rivojlanish davrlarida eng past /minimal/, me’yoriy /optimal/ va yuqori /maksimal/ namlik foizlarini, tuxum, lichinka, `umbak va kapalakga ta’sir etishi bilan tanishib chiqing.
5.Turli xil namlikni tut ipak qurti boqish davrining davomatiga ta’siri bilan tanishing.
6.qurt boqiladigan xona namligini o’zgarishi, ipak qurtining rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini tablitsalar orqali tanishib chiqing.
7.«Avgust» stantsion va «Assimon» aspiratsion psixrometrlarining tuzilishi bilan tanishib chiqing
8.«Avgust» stantsion psixrometri yordamida xonaning nisbiy namligini o’lchab chiqing. Buning uchun psixrometrni suv soladigan idishini astalik bilan oling, idishga qaynatilgan yoki distirlangan suv solib, joyiga o’rnashtiring. «Ho’l» termometrni o’ralgan batisni uchi suvga tushiriladi. Kuzatish jarayonida ishonchli ma’lumotlar olish uchun batisni to’`rilab o’rash va uning tozaligiga ahamiyat bering. Psixrometrlarda 15 minut mobaynida suvni 7-8 sm gacha balandlikka ko’taradigan batis ishlatiladi. Psixrometr ishchi xolatga keltirilgandan keyin, namlik aniqlanadigan joyga ilib qo’yiladi va 30 minutdan keyin quruq va ho’l termometrlarning ko’rsatishlari va ularning farqlari aniqlab, psixrometrik jadval orqali nisbiy namlikni aniqlab chiqing.
9.Sochli o’zi yozuvchi avtomatik gigrografning tuzilishi bilan tanishib chiqing.
10.Sochli o’zi yozuvchi avtomatik gigrograf yordamida havo namligini aniqlang. Bunda gigrograf korpusining tepasidagi qopqoqni ochib, peroni richag yordamida barabandan uzoqlashtirib va extiyotlik bilan barabanni o’qdan chiqarib oling.
11.Barabanga toza lenta o’rnating, soatni yurgizish uchun kalitini bir-ikki marta aylantirib, barabanni yana o’qqa kiriting, so’ngra peroning tegib turishini tekshirib, siyox bilan to’ldiring, lentaning teskari tomoniga kuzatish punkti, asbob nomeri va lentaning o’rnatilishi vaqti ko’rsatiladi.
12.Kalit yordamida rostlash vintili burib, pero lentadagi psixrometr bilan olingan havoning nisbiy namligi qiymatlariga mos qilib o’rnatiladi va peroning lentaga yaxshi tegib turishi yana tekshiriladi.
13.Gigrograf barabanini soat strelkasiga teskari tomonga burash vaqtida pero kuzatishining boshlanish vaqtida quyish va yozishni boshlash kerak. Oradan 30-40 minut o’tgach, lentani barabandan olib, gigrografning havo nisbiy namligini o’zgarishlarini yozish natijalarini analiz qiling.
14.Xonaning bir necha joyida va har xil balandlikdagi nisbiy namligini aniqlab, farqini toping.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Kirish mulohazasida va darsliklardan foydalanib, quyidagi savollarga javob yozing.
1.Muhitning namligi.
2.Hasharotlar ekologiyasida havo namligining roli.
3.Muhit namligining turlari: absolyut, maksimal va nisbiy namlik.
4.Havo nisbiy namligining tut ipak qurtining rivojlanishiga ta’siri.
5.qurtxona havo namligini tartibga solish.
6.«Avgust» stantsion va «Assimon» psixrometrlarining rasmi va jadvalini chizib oling.
7.Sochli o’zi yozuvchi avtomatik gigrografning namlikni qabul qiluvchi qismini rasmini chizib oling.
8.Gigrografning ishlatish va uning yordamida havo namligini o’lchash jarayonni yozib oling.
9.Har xil kattalikda va turli xil binolarning nisbiy namligini aniqlang.
10.Gigrograf lentasini ishlash tartibini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |