Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

Asosiy ko‘rsatkichlar. 
Ma’lumki, moliyaviy mustahkamlik zaxira va xarajatlar, ularni qoplovchi 
manbalar o‘rtasidagi nisbat bilan aniqlanadi. Bu manbalar uch xil bo‘lishi mumkin. 
1. O‘zlik manbalari. 
Korxona moddiy mablag‘larni qoplash uchun umumiy o‘z manbalarining bir 
qismidan foydalanadi. Qolgan qismidan uzoq muddatli aktivlarni qoplash uchun 
foydalaniladi. Demak, o‘z manbalarini aniqlash uchun korxona umumiy o‘z 
manbalaridan uzoq muddatli aktivlarning qiymatini ayirib tashlashi lozim. 
Birinchi manbaning simvoli ye
s

2. O‘zlik manbalari va korxonaning uzoq muddatli majburiyatlari. Demak, 
o‘z manbalariga korxonaning uzoq muddatli majburiyatlari qo‘shiladi. 
Ikkinchi manbaning simvoli ye
t

3. Manbalarning hammasi, ya’ni o‘z manbalari va korxonaning muddatli 
majburiyatlari.
Yuqorida ko‘rilgan manbalar, ya’ni ye
s
, ye
t
va ye
E
bilan avval balans shakli 
bo‘yicha “Zaxiralar va xarajatlar”, 2004 yilda kiritilgan balans shakli bo‘yicha “tovar 
– moddiy zaxiralar” ya’ni moddiy aylanma mablag‘lar bilan ularni qoplovchi 
manbalar o‘rtasidagi nisbatga binoan moliyaviy mustahkamlik to‘rt shaklda bo‘lishi 
mumkin: 
1. Mutlaq moliyaviy mustahkamlik
2. Me’yoriy moliyaviy mustahkamlik; 
3. Nome’yoriy moliyaviy mustahkamlik; 
4. Inqirozga uchragan moliyaviy holat. 
Mutlaq 
moliyaviy 
mustahkamlik 
deb 
shunday 
vaziyat 
tushuniladiki, 
korxonaning moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoji o‘zlik mablag‘lar 
manbalari bilan to‘liq qoplanadi va korxona yana uzoq va qisqa muddatli 
majburiyatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Demak, korxona o‘z ehtiyojini 
qoplash bilan birga ortiqcha manbalarga ega, undan ishlab chiqarishni kengaytirish va 
boshqa ehtiyojlarga foydalanish mumkin. Xulosa: mutlaq moliyaviy mustahkamlik 
moliyaviy mustahkamlikning eng yuqori darajasi hisoblanadi. 
Me’yoriy moliyaviy mustahkamlik shunday vaziyatki, korxonaning moddiy 
aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun o‘z mablag‘lari manbalari 
yetishmaydi va shu sababli korxona uzoq-qisqa muddatli majburiyatlardan 
foydalanadi. Demak, korxonaning moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoji bu 
manbalar bilan qoplangan, uning ko‘p ortiqcha mablag‘lari bo‘lmasligi mumkin. 
Lekin korxona me’yoriy ravishda uz faoliyatini davom ettirishi mumkin. 
Nome’yoriy moliyaviy mustahkamlikda korxona og‘ir ahvolga tushib qolgan 


44 
hisoblanadi, korxonaning moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini o‘z 
mablag‘lari manbalari va uzoq muddatli majburiyatlar qoplamaydi, qoplanmagan 
qismi faqat qisqa muddatga olingan majburiyatlar hisobidan qoplanadi. Bu 
majburiyatlarni tez fursatda qaytarish lozim. Agar korxona o‘z moliyaviy holatini 
yaxshilash uchun kerakli tadbirlarni amalga oshirmasa, u moliyaviy inqirozga duchor 
bo‘lish arafasida bo‘ladi. 
Inqirozga uchragan moliyaviy holatda korxonaning zaxira va xarajatlarga 
bo‘lgan ehtiyoji butun mavjud manbalardan foydalanilsa ham to‘liq qoplanmaydi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan moliyaviy mustahkamlikning shakllari har xil moliyaviy 
vaziyatlarda bo‘lishi mumkin. Har bir shakl uch vaziyatga ega.Bu vaziyatlarni 
aniqlash uchun moliyaviy mustahkamlik shakllari bo‘yicha yuqorida keltirilgan 
manbalar “tovar – moddiy zaxiralar” – TMZ bilan taqqoslanadi. 
Endi shu vaziyatlarning shakllanishini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin