19
simvollar va belgilar darajasida namoyon bo‘ladi.
Ushbu darajada
ko‘rinmaydigan qadriyatlar ko‘zga tashlanadigan, his qilinadigan
bo‘ladi,
simvollar, marosimlar va h.k. yordamida talqin qilinadi. 3-
daraja vositasida tashkiliy madaniyat yangi xodimlarga yetkaziladi.
Simvollar va belgilar tashkiliy madaniyatning ko‘zga tashlanadigan
qismini tashkil qiladi, lekin o‘zlaricha alohida emas, balki birinchi va
ikkinchi daraja bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
3-daraja elementlari qatoriga tashkilot asoschilari, muhim voqealar
haqida afsonalar, hikoyalar kiradi. Keyingi
element bu bayramlar va
marosimlar. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarni qabul qilish va
olqishlash, binolar va inshootlarning me’morchilik yechimi,
kiyinish,
til va h.k. hisoblanadi.
F. Xarris va R.Moranning modeli.
1.
O‘zini va tashkilotdagi o‘z o‘rnini anglab yetish
(ayrim
madaniyat xodimlarining o‘z ichki kayfiyatlarini yashirishini qadr-
laydi, boshqalar esa tashqi
namoyon qilishini qadrlaydi; ayrim hola-
tlarda mustaqillik va ijodkorlik,
hamkorlik orqali, boshqalarida esa
individualizm orqali namoyon bo‘ladi).
2.
Kommunikatsiya tizimi va muloqot tili
(og‘zaki, yozma,
noverbal kommunikatsiyadan, «telefon huquqi» va kommunikatsiyalar
ochiqligidan
foydalanish guruhdan-guruhga, tashkilotdan tashkilotga
farq qiladi; jargon, qisqartmalar, imo-ishoralar
tashkilotning tarmoq,
funksional va hududiy mansubligiga qarab farqlanadi).
3.
Dostları ilə paylaş: