21
Korporativ madaniyatning G‘arb va Sharq modellari markazida
AQSH va Yaponiya asosiy yetakchilik o‘rinini egallagan. Ushbu
mamlakatlarning yetakchilik holati eng avvalo,
yuqori iqtisodiy
ko‘rsatkichlar, nisbatan barqaror xo‘jalik mexanizmi, postindustrial
davrda ularning iqtisodiyotining rivojlanish darajasi yuqori ekanligini
namoyish etishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, bu mamlakatlarda
korporativ madaniyat muvaffaqiyati va samaradorligining sabablari
reja asosida va ongli ravishda uning
loyihasini ishlab chiqish,
moslashuvchanlik, o‘zgarishlar uchun ochiqlik, doimiy yangilanish va
boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish hisoblanadi.
Amerika korporativ madaniyatining quyidagi xislatlarini aytib
o‘tamiz: boshqaruvga kapitalistik yondashuv G‘arb korporativ
madaniyat variantida inson faqat tashkilotning maqsadlariga erishish
vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi, bu maqsadlarning asosiysi foyda
olishi hisoblanadi; individualizmga asosiy e’tibor;
raqobat va
musobaqa ruxini qo‘llab-quvvatlash; qisqa muddatli yollash va xizmat
pillapoyasi bo‘ylab tez harakatlanishni amalga oshirish; faoliyatning
yuqori ixtisoslashuvi, munosabatlarda dangallik, shuningdek, rasmiy,
asosan miqdori nazorat usullari, ommaviy tanqiddan qochish.
Yaponiya klassik korporativ madaniyatiga
boshqa xususiyatlar
xosdir: boshqaruvga markazda inson joylashgan yondashuv,
jamoaviylik, tez-tez kadrlar o‘rnini almashtirish, lekin xizmat
pillapoyasi bo‘ylab sekinroq harakatlanish, faoliyat ixtisoslashuvining
pastligi, munosabatlarda hurmat-ehtirom,
norasmiy nazorat usullari-
ning ustunlik qilishi, ommaviy tanqidning rag‘batlantirilishi.
Korporativ
madaniyatning
Rossiya
modeli
xususiyatlarini
aniqlashda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Uning o‘ziga xosligi, qara-
ma-qarshi voqealar bilan to‘yingan rus xalqining tarixi, Rossiyaning
hududi kattaligi, uning ko‘p millatliligi bilan belgilanadi. Bundan
tashqari, Rossiya ishbilarmonlik madaniyatining shakllanishiga sovet
o‘tmishi katta ta’sir ko‘rsatdi, bu Rossiyada korporativizm o‘ziga xos
xususiyatlarini: hukmron elitaning hokimiyatdagi monopoliyasi,
byurokratiyaning
ustunligi, iqtisodiyotning xomashyo yo‘nalishi, osh-
koralik, mafkuraviy safsatabozlikni oldindan belgilab qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: