22
1.5. Korporativ madaniyatning qadriyat-normativ strukturasi
Shubhasizki, har qanday ijtimoiy obyekt uchun usul shu obyekt
rioya qiladigan qadriyatlarga asoslanadi. Qadriyat deganda u yoki bu
ijtimoiy
predmetning, hodisaning ehtiyojlar, xohish-istaklar,
manfaat-
larni qondirish xususiyati tushuniladi. Barcha qadriyatlarni uchta
asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
1)
hayotning mazmunga oid (ezgulik, yovuzlik, baxt,
hayotning
mazmuni va maqsadlari haqida tasavvurlar);
2)
universal:
a) vital (hayot, sog‘liq, shaxsiy xavfsizlik, farovonlik, oila,
qarindosh-urug‘lar, ma’lumot, malaka, huquq-tartibot va h.k.);
b) jamiyat e’tirofi (mehnatsevarlik, ijtimoiy holat va h.k.);
d) shaxslararo muloqot (halollik, xolislik, xayrixohlik);
e) demokratik (so‘z erkinligi, vijdon erkinligi, partiyalar, milliy su-
verenitet va h.k.).
3)
partikular:
a) kichik vatanga, oilaga bog‘lanib qolganlik;
b) fetishizm (Xudoga
ishonish, mutlaqlikka intilish).
Bu qadriyatlar shakli va mazmuni (ularning o‘xshash bo‘lgan holi-
da) ko‘plab omillar – muayyan biznesning real mazmuni, ta’lim dun-
yosi, kompaniya joylashgan mamlakatning siyosiy va ijtimoiy
an’analar, shuningdek, ushbu firmada ishlaydigan insonlarning qarash-
lari ta’siri ostida yuzaga keladi. Ushbu
omillarning barchasi xilma-
xilliklari, go‘yoki, kompaniya uchun umumiy bo‘lgan tamoyillar ish-
lab chiqish yo‘lida hal qilib bo‘lmydigan qarama-qarshiliklar bo‘lib
ko‘rinadi. Shu bilan birga, muvaffaqiyatga erishgan g‘arb kompaniya-
lari amaliyoti umuman xilma-xil korporatsiyalar madaniyatlari talab
qiladigan xulq-atvor qoidalari va qadriyatlar tizimidagi ko‘plab
umumiy jihatlarni namoyish etadi.
Hozirgi
paytda umumiy, qulay va insoniy nuqtai nazardan to‘g‘ri
keladigan madaniyat yuzaga kelish jarayoni kuzatilayotgan bo‘lib, u
quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
1)
eng yuqori kompetensiya darajasida o‘z majburiyatlarini ba-
jarish;
2)
tashabbuskorlik va riskka moyillik;
3)
o‘zgarishlarga moslashuvchanlik;
23
4)
qaror
qabul qilish qobiliyati;
5)
jamoada ishlay olish ko‘nikmasi;
6)
istiqboldagi yoki dolzarb muammolar haqida axborot uchun
ochiqlik;
7)
insonlarga ishonch;
8)
boshqalarni (mijozlar, ta’minotchilar, hamkasblar), shuningdek,
o‘zini hurmat qila olish;
9)
o‘z harakatlari uchun javob berish va javobgarlikni o‘z zim-
masiga olish;
10)
mukofotning ish natijalariga zaruriy muvofiqligi.
Dostları ilə paylaş: