1. Umumiy qoidalar –
xususiy mulk muqaddas, daxlsiz va mulkchilikning qolgan
barcha shakllari bilan bir qatorda teppa-tengdir;
–
tadbirkor - ishchanlik va yaratuvchanlik missiyasining jonkuya-
ridir. Uning kasbi astoydil faoliyatni, ishlab pul topishni talab qiladi.
Bu uning obro‘-e’tibori manbayidir;
–
tadbirkor o‘z mehnatining ahamiyatini anglay oladi. U o‘z
hamkorlaridan ishga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi va uni
qo‘llab-quvvatlaydi;
–
xususiy xo‘jalik faoliyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojla-
nishiga olib keladi va tadbirkorga o‘ziga xos majburiyatlar yuklaydi.
1. Tadbirkor va davlat –
tadbirkor davlat va uning qonunlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hurmat
qilishi va unga amal qilishi lozim. O‘z navbatida, u bunday
yondashuvni adolatdan ham talab qilishi kerak.
2. Tadbirkor va mijoz –
tadbirkor mijoz manfaatlari, jamiyat, davlat va atrof-muhit uchun
zarar keltirmaslikka, unga amal qilishga majburdir;
–
mijoz manfaatlari davlatning qonun va manfaatlariga zid bo‘lgan
hollarda tadbirkor bu to‘g‘rida mijozlarni ogoh qilishga majburdir;
–
mijoz ofertlar va ishlab chiqaruvchilarni tanlash huquqiga egadir.
Raqobat yuksak sifat kafolatidir;
–
tadbirkor mijozni bilmaslik yoki ataylab uni adashtirish,
shuningdek, bajara olishga ishonchi bo‘lmagan buyurtmalarni qabul
qilish hollariga yo‘l qo‘yishi mumkin emas;
–
va’daga vafo va aniqlik tadbirkorning qimmatli kapitalidir. Qo‘l
berib tasdiqlangan so‘z, imzo chekilgan shartnoma kuchiga egadir.
Zero, unga binoan majburiy tartibda og‘zaki kelishuvni aks ettiruvchi
yozma shartnoma rasmiylashtiriladi;
–
shartnoma munosabatlarini bajarmaslik va yomon sifat
tadbirkorning jamiyat va hamkasblari olididagi g‘oyat og‘ir aybidir.
Chunki bu tadbirkornng sharafi, nufuziga zarar keltiradi;
154
–
tadbirkor va mijoz o‘rtasidagi munosabatlar majburlash asosida
emas, balki ixtiyoriy va o‘zaro ishonch asosida vujudga keladi.