Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

 
 


152 
IX BOB. KORXONA RAHBARINING TADBIRKORLIK 
ETIKASI 
 
9.1. Tadbirkor rahbar etikasi 
 
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy 
asoslariga bog‘liq bo‘lmasdan, u insonlar, o‘zining qo‘l ostida xizmat 
qiluvchi mutaxassislar va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari – 
biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan 
ham bahoanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko‘prog‘i uning 
odobiga, madaniyatiga, dunyoqarashiga, ishbilarmonlik qoidalarini 
qay darajada bilishiga bevosita bog‘liqdir. 
Umuman, tadbirkorlik bu–madaniyat. Aytishlariga qaraganda, 
madaniyatli inson tadbirkor bo‘lishi shart emas, ammo tadbirkor inson 
madaniyatli bo‘lishi lozim. Arastu (Arestotel) o‘z zamonida birinchi 
bo‘lib, axloq to‘g‘risida gapirib: “Axloq – nimani qilishimiz va 
nimadan o‘zimizni tiyishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam 
beradi”, – degan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov axloq 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq – ma’naviyatning 
o‘zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina 
iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, iymon, 
halollik degani”.
Darhaqiqat, axloq biz uchun avvalo, insoniy munosabatlarni 
shuningdek, insonlarning fe’l-atvorlarini, ularning qanchalik maqbul 
nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga va baholashga imkon beruvchi bilim 
sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQSHda 
firmalarning “Etika kodeksi” va biznesmenlarning alohida kasb 
ustalari guruhlarining “Ishbilarmonlik kodeksi” keng qo‘llaniladi. 
“Biznesmenlarning axloq koedksi” birinchi marta AQSHda 1913-yili 
ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning 
asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan 
bo‘lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholashda, haqiqat va 
adolatlilik tushunchalari bilan uyg‘unlashishi belgilangan.
Vaqt o‘tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu 
borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to‘plangan, ularning 
tajribasiga asoslangan, umumlashgan G‘arb ishbilarmonlik dunyosida 


153 
keng ma’lum bo‘lgan quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi” 
shakllandi: 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin