Birinchidan – parlament o’z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan o’zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish.
Ikkinchidan – Qonunchilik palatasi o’z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish.
Uchinchidan – Senat, asosan, mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo’lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish.
To’rtinchidan – aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko’lamini yanada kengaytirish.
Aynan shu maqsad yuqori palata – Senatning viloyat, shahar va tuman vakillik organlari deputatlaridan saylanishi zamirida ham mujassam.
Yurtboshimiz sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish sohasida sudlarning haqiqiy mustaqilligi va erkinligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni ikki guruhga ajratib ko’rsatib berdi:
a) o’tgan yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlili;
b) hali yechimini kutib turgan jiddiy muammolar.
Sud-huquq islohotlarining asosi 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida mustahkamlangan qoidalarda o’z ifodasini topdi. Konstitusiya inson huquqlarining sudlar tomonidan himoya qilinishi, sudlarning ixtisoslashuvi, ya’ni Konstitusiyaviy, Xo’jalik sudlarining tashkil etilishi tamoyillarini o’zida mujassam etdi.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo’nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so’z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo’lib qolmoqda.
Aynan shuning uchun ham biz mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur yo’nalishiga alohida e’tibor qaratganimiz bejiz emas. Ana shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko’lami, miqyosi va samaradorligi keyingi o’n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga ko’tarilganini ko’p-ko’p misollarda ko’rish mumkin.
Birinchi navbatda sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo’lgani kabi qatag’on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko’lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hokimiyatlar bo’linishiga oid konstitusiyaviy prinsipni izchil amalga oshirish maqsadida “Sudlar to’g’risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat-prosessual, fuqarolik-prosessual qonunchiligiga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Bu esa o’z navbatida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish imkonini berdi. Ayni paytda sudyalik lavozimiga nomzodlarni taqdim etish, sudyalarning vakolatini to’xtatish va muddatidan oldin tugatish, ularga nisbatan intizomiy ish yurituvni qo’zg’atish vazifalari Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo’ldi. Bundan tashqari, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, xususan, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug’ullanish vazifasi maxsus organ – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha oliy malaka komissiyasiga yuklatilgandi. Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta’minlash bo’yicha katta ko’lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuni alohida qayd etish lozimki, jinoiy-huquqiy sohadagi siyosatni takomillashtirishda jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo’nalishga aylandi.
Ushbu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar, xususan, 2001 yilda “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi ulkan sotsial va ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etganini ishonch bilan ta’kidlash lozim.
Mazkur qonunga ko’ra, jinoyatlarning tasnifi o’zgartirildi. Buning natijasida og’ir va o’ta og’ir toifadagi jinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar toifasiga o’tkazildi.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo’yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari o’rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo’llash imkoniyati ancha kengaytirildi. Jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo’lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi.
Ma’lumki, O’zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab o’lim jazosi bekor qilindi va uning o’rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. O’zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo’lib, faqat ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirish va terrorizm uchun tayinlanadi. Ushbu jazo turi bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga yetmagan shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan qo’llanilishi mumkin emas.
Huquqni qo’llash va sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Yarashuv institutining talabiga ko’ra, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to’liq qoplab bergan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Mazkur institutning samaradorligi hamda o’zbek xalqining rahmdillik va kechirimlilik kabi ko’p asrlik an’analariga mosligi uning izchillik bilan kengayib borishiga asos bo’ldi. Hozirgi kunda 53 ta jinoyat tarkibi bo’yicha yarashuv institutini qo’llash imkoniyati nazarda tutilgan.
Menejmentda uchta asosiy uslub ajratib koʻrsatiladi:
1. Avtokratik;
2. Demokratik;
3. Liberal;
Menejmentning avtokratik uslubida xodimlar faqat ularga buyurilgan vazifani bajarishlari lozim, bunda ular faqat eng kam zarur axborotga ega boʻlishlari kerak. Rahbarlikning avtokratik usuli armiya va flotda qoʻllaniladi. U rasmiy tizim, nizomda koʻrsatilgan harbiylar huquq va burchlariga tayanadi. Avtokratik uslubning afzal tomoni boʻysunuvchilarga ta’sir etishning markazlashgan boʻlishidir. Shu sababli, avtokratik uslubda ta’sirlar tezkor va maqbul uslubda ta’sirlar tezkor va maqbul boʻlishga oson erishiladi. Lekin bu uslub xodimlar tashabbuskorligini ragʻbatlantirmaydi. Rahbar oʻz xodimlari mehnati samaradorligini oshirishda qiyinchilikka duch keladi. Bunday rahbarning eng katta kamchiligi - tashabbusni boʻgʻish, qoʻl ostidagilar ijodiy kuchlaridan foydalanmasligi, ish bir tartibda bajarilishidir.
Rahbarlik qilishning demokratik uslubi qarorlar qabul qilish va yechishda jamoa a’zolarini keng jalb etish bilan ajralib turadi. Bunda muxokama qilishning muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jamoa shakllaridan koʻproq foydalaniladi, rahbar oʻz vakolatiningbir qismini qoʻl ostidagilarga topshiradi. Rahbarlik qilishning demokratik uslubida xodimlar oʻz ishi istikboli haqida tushunchaga ega boʻlish uchun yetarli axborot oladilar. Demokratik uslubning afzalligi - xodimlar tashabbuskorligi va oʻz ishidan mamnun bulishi uchun kulay sharoit yaratilishidir.
Demokratik uslubning qanday belgilari bor?
1) muammolarni hamkorlik ravishda hal etish;
2) qabul qilingan qarorlarni ish bajaruvchilarga yaxshilab tushuntirishga intilish;
3) qoʻl ostidagi xodimlarning tashabbusini qabul qilish va qoʻllash;
4) demokratik rahbar qaror qabul qilishdan avval, uni xizmatchilar orasida muhokama qiladi, ularga jamoadagi ishlar ahvoli haqida axborot berib boradi, bunda u muvaffaqiyatlar va qiyinchiliklarni ochiqdan ochiq gapirib beradi;
5) demokrat oʻziga aytilgan tanqidga toʻgʻri yondashadi, xizmatchilar bilan qilinadigan muomalada oʻzining ustunligini sezdirmaydi;
6. Oʻzi qabul qilgan qarorlari uchun javobgarlikdan qochmaydi, qoʻl ostidagilarning xatosi uchun zaruriy jazo belgilaydi, yaxshi tomonlarini maqtaydi, oʻz koʻrsatmalarini aniq va ishonarli ifodalaydi;
7) Oʻta bandlikni soxta bunyod etmaydi, qoʻlidan kelganicha ishlaydi, mehnat qiladi.
Demokratik uslub tobe xodimlarning tashabbuslarini taraqqiyot ettirish, oʻz huquqlari doirasida oʻzlarini erkin tutishlari uchun yaxshi sharoit yaratadi. Bunda boshqaruv jamoalarining dunyo qarashlarini umumiyligi va rahbarning yuqori obroʻga egaligi aniq koʻzga tashlanadi.