Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə492/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   488   489   490   491   492   493   494   495   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

23.2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
maqsad va vazifalari
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish hozirgi davrda obyektiv tavsif 
kasb etadi. Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solinishining zarurligini faqat bozor iqtisodiyotining kamchiliklari, uning ko‘plab 
iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum 
ma’noda to‘g‘ri bo‘lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining obyektiv zarurligi 
eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning obyektiv asosi bo‘lib ham milliy 
iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining 
rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. 


653 
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
-
chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarish 
ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi yanada 
kuchayadi;
-
ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida 
alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari barham 
topadi; 
-
ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi; 
-
turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi 
jadallashadi. 
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro 
muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini 
ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit 
iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga obyektiv ehtiyoj paydo 
bo‘ladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining 
har 
qanday 
tizimida 
ishlab 
chiqarish 
umumlashuvining ma’lum darajasida obyektiv zaruriyatga aylanadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   488   489   490   491   492   493   494   495   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin