Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə495/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   491   492   493   494   495   496   497   498   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini
oladi. Bu 
vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi. Birinchidan, transfert 
to‘lovlari muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog‘ida bo‘lganlarni 
nafaqalar bilan, ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot 
dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bu 
barcha dasturlar davlat budjeti mablag‘larini jamiyatning kam daromad olgan yoki 
umuman daromadga ega bo‘lmagan a’zolari hisobiga qayta taqsimlaydi. 
Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo‘li bilan, ya’ni talab va taklif ta’sirida 
o‘rnatiladigan narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlarning 
taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Me’yordagi oziq-ovqat tovarlariga o‘rnatiladigan 
imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik 


657 
davlatning, aholining ma’lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgan 
tadbirlarining yana bir misolidir.
Davlat jamiyat a’zolari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq 
imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning barcha sohalarini 
resurslar bilan ta’minlash, to‘la bandlik va narxlarning barqaror darajasiga 
erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng 
muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash uchun umumiy sarflar, ya’ni xususiy 
va davlat sarflarining hajmi yetarli bo‘lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy 
ne’matlar va xizmatlarga o‘z sarflarini ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy 
sektor sarflarini rag‘batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi. Agar jami sarflar 
to‘la bandlik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu narxlar darajasining 
ko‘tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha darajasi inflyasion 
xususiyat kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlarni oshirish orqali xususiy sektor 
sarflarini qisqartirish va shu yo‘l bilan ortiqcha sarflarni tugatishga harakat qiladi. 
Iqtisodiyotda ishsizlik mavjud bo‘lganda davlat sarflarining ko‘payishi jami 
sarflar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning o‘sishiga olib keladi. O‘z 
navbatida, soliqlarning qisqarishi yoki transfert to‘lovlarining ko‘payishi 
daromadlarni ko‘paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy sarflarning o‘sishini 
rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o‘z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtimoiy sug‘urta 
va ijtimoiy ta’minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi, iqtisodiyotning 
xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Davlat tartibga 
soluvchi xususiyatga ega bo‘lgan bir qator vaziyatlarni ham amalga oshiradi. 
Bularga atrof-muhitni himoya qilish, aholi sog‘lig‘ini saqlash, bo‘sh ishchi 
o‘rinlariga ega bo‘lishning teng sharoitini ta’minlash va ma’lum sohalarda narx 
belgilash amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabilarni kiritish mumkin.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   491   492   493   494   495   496   497   498   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin