Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə493/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning 
jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan 
iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy 
iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab 
chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
Bozor xo‘jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 
qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat 
bo‘ladi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror 
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. 
Bular jumlasiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq 
va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo‘llab-quvvatlash, eksportni 
himoya qilish kabilarni kiritish mumkin.


654 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi to‘g‘risida to‘laroq 
tasavvurga ega bo‘lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari 
hamda vosita yoki dastaklarini to‘laroq tavsiflash lozim.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi 
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat 
ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi 
sharoitga moslashtirish hisoblanadi. 
Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq 
maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy 
xo‘jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit 
holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan 
tartibga solishning maqsadi uning vazifalarida aniq namoyon bo‘ladi. Bozor 
xo‘jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal 
qilishini engillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo‘ladi. Bu sohadagi 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin