656
bozor mavjud bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb
nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko‘rsatiladigan
xizmatlarga standartlarni o‘rnatadi. Transport, aloqa, elektr energiyasi ishlab
chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday
tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik
bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat
raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi
qonunlar qabul qiladi.
Respublikamizda ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida
raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga
qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.
Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda
mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu
bilan birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo‘lmagan, bilim va malaka
darajasi past, layoqati ham yuqori bo‘lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar,
ishsizlar yolg‘iz va qaramog‘ida bolalari bo‘lgan ayollar juda kam daromad oladi
yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo‘lmaydi.
Qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari
o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli
davlat o‘z zimmasiga
Dostları ilə paylaş: