Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə42/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Qo‘shimcha mahsulot massasi – yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi.
Qo‘shimcha mahsulot normasi – qo‘shimcha mahsulot massasining zaruriy mahsulotga nisbati.
Ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Umumiy mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi.
O‘rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi.
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot – eng so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o‘sgan mahsulot hajmi.
Mehnat unumdorligi – ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

  1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?

  2. Ishchi kuchi nima, uning mehnat tushunchasidan nima farqi bor?

  3. Kapital tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiga nimalar kirishini tushuntirib bering.

  4. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring.

  5. Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning mohiyati nimada?

  6. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering.

  7. Yaratilgan mahsulotning natural va qiymat tarkibi nimalardan iborat?

  8. Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot nima, qo‘shimcha mahsulot normasi va massasi formulasini yozib tushuntiring.

  9. Qo‘shilgan mehnat, qo‘shilgan kapital va qo‘shilgan mahsulot tushunchalarini izohlab bering.

  10. So‘nggi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonunining mohiyati nima va u hozirgi davrda amal qiladimi?

3-bob. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI
Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o‘zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko‘ra, mazkur bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko‘rsatib beriladi.
Ishlab chiqarish har doim muayyan mulkchilik shakli doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni, ularning o‘zgarish va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari kabi masalalarga alohida o‘rin ajratiladi.
Mamlakatimizda taraqqiyotning hozirgi yangi bosqichida mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, ularning rivojiga keng yo‘l ochib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham e’tibor beriladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin