Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi


Al-Istaxri va Xauqalning xaritalari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə7/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Исхоков Тарихий география

Al-Istaxri va Xauqalning xaritalari. O‘rta Osiyo xududining o‘rganilish darajasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘sha vaqtga tegishli bo‘lgan asl xaritalarsiz buni tassavvur qilish qiyin. Jumladan bizning xarita adabiyotimizda uncha mashxur xisoblanmagan Ibn Xaukal va al-Istaxrining “Erning tasviri kitobi”ni misol qilishiimz mumkin. Kitobda uning bo‘limlaridan tashqari turli mamlakatlar tavsifi berilgan bo‘lib,
ular qatoriga (Ispaniya, Sisiliya, Iroq, Misr, Suriya) hamda Movaraunnahr va unga biriktirilgan ikki xarita aytib o‘tishimiz lozim. Ibn Xaukal kitobining so‘z boshisida o‘zining mashshaqqatli mehnati asnosida xar bir o‘rgangan va xaritaga qayd etgan mamlakatining to‘liq tavsifi va uning suvli xududdan qanday masofada joylashganligi xaqida xabar beradi.
Ibn Xaukal xaritada o‘zining e’tiborini asosan janubiy-sharqiydan shimoliy-g‘arbga mamlakatlarga hamda O‘rta Osiyoning barcha xududlariga, xususan Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolariga qaratgan. Shuningdek katta shaharlarni to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi belgilar bilan ajratgan. Orol dengizi xaritaning shimoliy-g‘arbiy (xaritaning pastki o‘ng burchagida) tomonida xira doira shaklida tasvirlangan.Amudaryo esa Orol dengiziga janubiy-sharqiy tomondan to‘rtta quyilish tarmog‘i bilan tasvirlangan. Axoli yashash manzilgohlari ham xaritada tasvirlangan bo‘lib, Katt shahri daryoning o‘rta va quyi oqimida joylashgan. Sirdaryo esa Orol dengiziga sharqiy tomondan kelib qo‘shilgan. (Xaritada Sirdaryo to‘g‘ri qalin chiziq bilan berilgan). Sirdaryo xaritada ikki o‘zanga ajratilib, unga esa Farg‘ona daryosining 5 irmog‘i quyilishi, hamda aholi punktlaridan Talas va Tashkun shaharlarining joylashgan o‘rni tasvirlangan.
Shuningdek xaritada Zarafshon daryosi xaqida hamda uning janubiy-g‘arbga qayrilib Amudaryoga yetmasdan Xaraxaza daryosiga quyilishi to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi. Zarafshon yuqorisidagi tog‘liklar yarimdoira shaklida bo‘lib, umumiy tarzda “Buttam” ya’ni yuqori-“ilk Buttam”, o‘rta-“ikkinchi Buttam” va quyi-“so‘nggi Buttam” deb atalgan. Bu xududning shaharlari Zarafshon daryosi o‘ng sohilining o‘rta va quyi oqimlarida joylashganligi e’tirof etib o‘tishimiz darkor. (Buxoro va Samarqand viloyatlari). Xaritada Zarafshondan janubroq qismida Kesh (Shaxrisabz), shimoliy-sharq qismida esa Ustrushona va bir qancha boshqa aholi yashash joylari qayd etilgan.
Ibn Xaukal o‘z xaritasini jamlab bo‘lib, shunday yozgan: “Men Jayxun daryosini va uning yondosh xududlari bo‘lmish Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Isfinjob, Shosh, Xorazm va u yerda mavjud barcha suvlar, yo‘lar hamda atrof-muhitni o‘zaro uyg‘unlikda tasvirladim”.
Umuman olganda Ibn Xaukalning xaritasida jami 90 ta geografik nomlar mujassamlashgan bo‘lib, xar bir eliment (joy) maxsus belgilar bilan ifodalangan. Belgilar esa mualifning kitobida tshuntirilib o‘tilgan. Bundan faqatgina xaritadagi yo‘lar mustasno. Bu qo‘shimchalar esa mamlakat xaqida to‘g‘ri tassavvurga ega bo‘lishga yordam bergan.
Bu yerda Pol’yak olimi I. Lelevel izlanishlariga to‘xtash joizki, u ilk bor Yepropa katrografiyasi usuli asosida geografik xaritalar tuzgan. Bu xaritalar arab qo‘l yozmalari, manba’lari va asosan astronamik jadvallarga asoslangandir.
I. Lelevel 50 ta xaritani o‘z ichiga olgan asarining so‘z boshida O‘rta Osiyolik olim astronom al-Beruniyning qo‘l yozmalari va astronamik jadvallaridan foydalanganligini qayd etadi. Asarning asosini shaharlar va yashash joylarini geografik aniqlash tashkil etadi. I. Lelevel Nasriddin Tusiyning geografik koordi­nat­lar jadvalini Ulug‘bekning jadvali bilan qiyoslaydi. Ular tomonidan al-Xorazmiy, al-Istaxriy, Abul-Fid va noma’lum muallifning “ Koordinatlar kitobi “ qo‘lyozmalari o‘rganilgan. 11 ta sharq olimlarining ilmiy ishlari ko‘rib chiqilgan va ularning nomlari tuzilgan xaritalarda qayd etilgan. Bu mavjud xaritalarning aksariyatida xalifalik xududlari va deyarli butun O‘rta Osiyo qamrab olingan.
I. Lelevel xaritasida al-Beruniyga oid ma’lumotlar asos qilib olingan bo‘lib, unda butun O‘rta Osiyo xududi bilan Kaspiy, Orol dengizlari, Sirdaryo, Amudaryo va Tejen daryolari, Farob, Isfejob, Xo‘jand, Ustrushon, Zomin, Samarqand, Kat, Karmana, Buxoro va x.k. tasvirlanadi. Shimoldan Turkiston markaz – Mavoraunnahr va Xorazm ko‘rsatilgan. Ushbu xaritada O‘rta Osiyo xududi to‘liq o‘rganilgan qilib tasvirlangan.
Maxmud Qoshg‘ariy xaritasi. Qoraxoniylar amiri Nasr ibn Alining avlodi mashxur turk filologi, geografi Maxmud ibn al-Xusayn ibn Muhammad (V-XI asr) uning otasi Issiqko‘l janubida joylashagn Barsxon shahridandir. Maxmud al-Qoshg‘ariy Qoshg‘ar shahrida yashagan va u yerda boshlang‘ich bilimni egalagan. U O‘rta Osiyo, Eron va Iroq bo‘ylab uzoq safarda bo‘lib, ma’lum vaqt Bag‘dodda yashagan. U arab tilini mukammal bilgan va filolagik taxlil usullarini chuqur o‘zlashtirgan. Maxmud Qoshg‘ariy turk aholisi yashagan ko‘plab davlatlarga ham safar qilgan va u yerdan turli turk qabilalari va halqlari tillari va shevalariga oid qimmatbaho ma’lumotlar toplagan. U turk bo‘lganligi sababli xar bir turk qabilasining tiliga oid bo‘lgan alohida jihatlarini chuqur o‘rganishga va eng asosiysi arab filologiyasini turk filologiyasida qo‘llash usullarini tadbiq qilishga xarakat qilgan. U o‘zining izlanishlari natijasida “ Devon Lug‘ot at-Turk” asarini yozadi va uni 466/1074 yilda nihoyasiga yetkazib xalifa al-Muqtadiyga taqdim etadi. Al-Qoshg‘ariyning vaoliyati o‘rta asr turk shevashunosligining o‘lmas yodgorligidir. Uning ishlarida nafaqat o‘rta asr turklarining leksikasi, balki ushbu xalqlarning turmish tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatlari xaqida ma’lumotlarini ko‘rish mumkin. Turk tillari xaqidagi ma’lumotlardan tashqari muallif qabilalarning joylashuvi, ularning xalq og‘zaki ijodi ya’ni folkloriga oid qo‘shiqlar, maqollar, xikmatli so‘zlar xaqida xam to‘xtalib o‘tadi.

4.4-rasm. Istaxriy xaritasi
Al-Qoshg‘ariyning tomonidan qoldi­ril­gan ma’lumotlari boshqa manba­larda ham, arxeologik ma’lumot­larda ham isbotlangan. Al-Qoshg‘ariy­ning yagona qo‘l yozmasi matni Istam­bul­da saqlanadi. Ushbu qo‘lyozma o‘zgar­tiril­masdan qayta tiklangan. Uning rus, turk, ingliz va o‘zbekcha tarjimalari mav­jud.Maxmud Qoshg‘ariyning asariga ikki sahifalik turk dunyosining rangli xaritasi ilova qilingan. Ushbu xaritani o‘rganish jarayoni shuni ko‘rsatadiki, qo‘l yozma matnida geografik ma’lu­mot­lar mavjud emas.
Al-Idrisiyning xaritalari- Abu Abd Alloh Muhammad ibn Muhammad ibn Abd Alloh ibn Idris (560/1165vafot etgan). Marokashning Seut shahridan bo‘lib, Malagani shahrini egallagan taniqli oila farzandi bo‘lgan. Kordovada ta’lim olib, Yepropa, Shimoliy Afrika va kichik Osiy davlatlariga ko‘p bora safar qilgan. 548-1154 yilda u Palermo shahriga keladi va Sisilyalik Norman qiroli Rodjer II qarorgohida qoladi. Al-Idris Rodjer uchun kumushdan osmon qobig‘i va o‘sha davrda mashxur bo‘lgan davlatlarning tasviri tushirilgan va geografik nomlarga ega bo‘lgan yassi sharni tayorlab taqdim etadi. U o‘z mehnatini “ Nuzxat al-Mushtoq fi-Xtirak al-Afoq” (Ufq davlatlarini aylanib chiqish zavqi) deb atadi. Bu asar “Rodjer kitob”i deb ham nomlanadi va unga bag‘ishlanadi. Al-Idrisiy asarlari mashxur va katta xajmli geografik ilk qo‘lyozmalardir. Bu qo‘l ilmiy ish IX-X asr arab geografshunoslarining ishlaridan so‘ng tuzilgandir. Unda Yevropadan to Afrikaga qarab joylashgan davlatlarning to‘liq sharxi berilgan. Al-Idrisiy o‘zining asarida Ptolomey ma’lumotlari asosida vujudga kelgan ko‘hna arab geografiyasi an’analariga suyangan. U yer yuzasini 7 ta iqlim va xar bir iqlimni 10 ta qismga taxsimlagan. Osiyoni sharxlash borasida ibn Xaukal va al-Jayxoniy ma’lumotlari yotadi. Bu ma’lumotlar xalifalikning sharqiy qismlariga safar qilgan savdogarlar va elchilarning xisobotlari orqali to‘ldirilgan. Al-Idrisiyning 6 ta ro‘yoxati jahon turli qo‘lyozmalar fondida saqlanishi ma’lum. 1592 yilda Rimda bu ilmiy ishning ma’lum qismi nashr qilindi. 1836-1840 yillarda to‘liq fransuzcha tarjimasi Jober tomonidan amalga oshirildi. Ma’lum qismlarning ruscha tarjimasi ham mavjud. Al-Idrisiyning ilmiy ishiga bir necha xarita ilova qilingan bo‘lib, ularning birida Markaziy Osiyo ham tasvirlangandir.

  • Eng qadimgi xaritalar

  • Buyuk Ipak yo‘lining xaritalari

  • Xalifa Ma’mun akademiyasining Yer meridianini o‘lchash ilmiy ekspedisiyasi

  • Al-Xorazmiyning xaritalari

  • Al-Istaxriy asarining forscha tarjimasidagi xaritalar

  • Al-Muqaddasiyning xaritalari

  • Al-Balxiyning geografik asari va xaritalari

  • Al-Jayhoniyning geografik asari va xaritalari

  • Mahmud Koshg‘ariyning xaritasidagi noma’lum ma’lumotlar

  • Abu Rayhon Beruniyning Amerika qit’asi haqidagi tasavvurlari

  • XI asrda noma’lum muallif tomonidan yozilgan asar va undagi xaritalar

  • Al-Idrisiyning kartografik merosi

  • Hofizi Obruning xaritasi (XVI asr)

  • Piri Raisning xaritalari (XVI asr)

  • Mirzo Ulug‘bekning globusi va xaritalari;

  • Maxmud ibn Valining geografik asarida yerning tuzilishi;

  • Yevropada xaritashunoslik

  • Rossiyada xaritashunoslik

  • Ingliz tilidagi MO xaritalari

  • Nemis tilidagi MO xaritalari

  • Fransuz tilidagi MO xaritalari

  • Stralenbergning xaritasi;

  • Vasilio Vatatzining MO xaritasi

  • Abraxam Maasning MO xaritasi

  • Tarixiy xaritalarda “O‘zbekiston” atamasi;

  • Tarixiy xaritalarda “Turkiston” atamasi.

  • Xitoy tilidagi MO xaritalari

  • Mustamlaka davrida MO xaritashunosligi


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin