Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə5/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Исхоков Тарихий география

Xorazm bilan Jurjon orasidagi cho‘l – Qoraqum.
Famm al-Asad – “Sher og‘zi” demakdir. U hozir “Donisher” (“Dahani sher”) deb yuritilmoqda. Bu “Duldul otlag‘on” darasi yonidagi xarobalar.
Qiz dengizi – Sariqamish ko‘li.
Fahmi – hozirgi Oqchadaryoning quruq o‘zani.
Forob – Sirdaryo o‘rta oqimidagi shahar; uni O‘tror, Qorachuq deb ham yuritganlar.
Bajanaklar mamlakati – Orolning shimoli-g‘arbiy tomoni.
G‘uzlar yeri – Shimoliy Qizilqum va Sirdaryoning o‘rta vodiysi.
Zamm bilan Omuyya o‘rtasidagi o‘zan – Janubiy Qoraqumdagi “Kolif O‘zbo‘yi”, qadimiy Amudaryoning Kaspiyga oqqan yo‘li.
Ko‘ndalang yotgan qum do‘ngliklari (tog‘lar) – Ustyurt jarliklari.
Sakr ash-Shayton – shu daraning, Donisher qisnog‘ining xalq og‘zidagi nomi. “Shayton ko‘prigi”, “Shayton to‘g‘oni” degan so‘z.
Mazdubast – Amudaryodan Sariqamishga oqqan daryo – Tunudaryo.
Markaziy Osiyo shaharlari to‘g‘risida. Abu Rayhon Beruniyning deyarli hamma asarlarida Markaziy Osiyo shaharlari tilga olinib, ularning yo tarixi, yo iqlimi, yoxud aholisi ta’riflangan. “Qonuni Mas’udiy” kitobidagi geografik jadvalda ko‘rsatilgan 603 joyning 85 tasi Markaziy Osiyoga tegishlidir. Kitobda shu joylarning uzunlik va kengliklari ko‘rsatilgan va deyarli hammasiga qisqacha izohlar berilgan. Shulardan ba’zilariga diqqatin­gizni jalb qilamiz:
-Hirot – uzunligi 88040/, kengli­gi 34030/.
-Balx – qadimgi ismi Bo­mi, uzun­ligi 910, kengligi 36041/.
-Obiskun – (Kaspiy) dengiz bo‘yida, Jurjon shahri­ning porti, Jurjon viloyatida. Uzunligi 79015/, kengligi 37010/.
-Kolif – Jayhun daryosi bo‘yida, Xuroson viloyatida, uzunligi 90015/. Kengligi 37030/.

3.15-rasm. Daryo sohili
Maymana – hozir Jahudon, Juz­jon viloyatida, uzunligi 89050/, kengligi 360.
-Vohon – la’l konlari chegarasida, Xuttal viloyatida.
-Bolxon – shu yerda Jayhun daryosi qayriladi va Irqoniya dengiziga, ya’ni Jurjon dengiziga oqadi; G‘uziya viloyatida daryo o‘z yo‘lidan ketishi sababli xarob bo‘lgan.
Jurjoniya – Xorazm shaharlaridan biri(Gurganj), Jayhunning g‘arbida. Uzunligi 81001/, kengligi 42017/.
Kot – (Xorazmning) ikkinchi shahri, eng qadimiylaridan, Jayhunning sharqiy qirg‘og‘ida, Xorazm viloyatida. Uzunligi 850,kengligi 41036/.
Omuyya – (Xurosondan) Movarounnahrga kechib o‘tadigan joy, Xuroson viloyatida. Uzunligi 87005/, kengligi 39010/.
Tavovis – har yili bozor bo‘ladigan joy, Buxoro viloyatida. Uzunligi 87050/, kengligi 39030/.
Barsxon – Issiqko‘l yonida; bu(suvi) issiq ko‘ldir. Turkiston viloyatida. Uzunligi 93010/, kengligi 43030/ va hokazo.
Mazkur jadvalda bu izohlardan tashqari, ba’zi bir tarixiy-geografik va toponimik ma’lumotlar ham bor. Jumladan, Toshkent to‘g‘risida bunday deyilgan: “Binkat – Shosh shaharlaridan biri, turkiycha Toshkent. Bu yunon mualliflarining Burj al-Hijora qal’asidir”.
Buxoro yonidagi Baykand (uni Paykand ham deyishgan, Buxorodan janubi-g‘arbda, hozirgi Yakkatut stansiyasi yonidagi xarobalar), shahar Badzarubayn deb ham atalgan. Kesh shahri (Kitob va Shahrisabz) forscha Ma’jamat deb yuritilgan. Sirdaryoning eng qadimgi nomi Xasart ekanligi X asrda yozilgan “Hudud ul-olam” kitobidan ma’lum; Beruniy asarida bu yanada to‘laroq izohlangan: “Sutkent –Xasart daryosi bo‘yidagi shahar. Bu daryo Turkiston viloyatida. Shosh vodiysida eng mashhur daryolardandir... Qariyat al-Hadisa – Xasart daryosining quyilishi yonida, Xorazm ko‘li yonida, G‘uzlar viloyatidadir”. Bu yerda Sirdaryo etaklaridagi Yangikent (Kazalinsk, hozirgi G‘azali shahri ro‘parasida, daryoning chap tomonidagi xarobalar) nazarda tutilgan. Qadimgi yunon mualliflari asarlarida qayd etilgan Yaksart so‘zi Sirdaryoning mahalliy Xasart atalishidir.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin