4-mavzu. Markaziy Osiyoning tarixiy xaritalari
Reja:
1) Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
2) Tarixiy geografiya uchun ahamiyati
3) Hududning tarixiy chegaralari, manbalarda keltirilgan ma’lumotlar
Tayanch so‘z va iboralar: Tarixiy xarita, Markaziy Osiyo, yerni chizish, kartografiya.
O‘rta Osiyo g‘arbda Kaspiy dengizi, janub va sharqtdn Eron Islom Respublikasi, Afg‘oniston va Xitoy Xalq Respubli-kasi, shimoldan 45°32' shimoliy kenglik bilan chegaralanuvchi ulkan hududda joylashgan bo‘lib, jami 1 mln. 984 ming kv. km. ni tashkil etadi. Bu o‘lka qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida yirik imleriyalar tarkibida jahon siyosiy hamda iktisodiy tarixida katta o‘rin tutgan; qadimgi G‘arb va Sharq o‘rtasidagi iktisodiy va savdo alokalarida muhim vssitachilik vazifasiki bajargan.
4.1-rasm. Markaziy Osiyo xaritasi
O‘rta Osiyo haqida geografik, jumladan kartografik tasavvurlar tarixi ham ancha qadimgi, aniqrog‘i antik davrdan boshlanadi. O‘rta Osiyo to‘g‘risidagi dastlabki kartografik ma’lumotdar antik davrning sivilizatsiya markazlari bo‘lmish Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda yozilgan manbalarda uchraydi.
Chunki «antik davr mamlakatlari Sharqning ko‘plab mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lganlar, shu tufayli o‘z tarixiy geografik va kartografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar».
Kartografik materiallarga faqatgina kartografik tasvirlar kiribgina qolmasdan, bir qator tadqiqotchilar, ayniqsa, tarixchilar «adabiy matnlar ham kartalar tuzish uchun manba bo‘lishi mumkin»ligini uqtiradilar. Shu jihatdan Gerodot, Strabon, Klavdiy Ptolemey va boshqa antik mualliflarning asarlaridagi O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlar ushbu hududlar haqidagi dastlabki tarixiy-kartografik ma’lumot hisoblanadi.
Chunonchi, Gerodot (mil. avv. 484-425 yillar) o‘zining «Tarix» asarida Kaspiy dengizidan sharqda bepoyon kengliklar mavjudligi haqida ma’lumot beradi. U Girkan (Kaspiy) dengizini yopiq havza deb, uning ko‘lami haqida shunday fikr yuritadi: «Uzunligini eshkakli kemada 15 kunda, kengligini esa hammasi bo‘lib 8 kunda suzib o‘tish mumkin».
Araks (Amudaryo) haqida ma’lumot berib, Gerodot: «Araks, aytishlaricha, Isterga qaraganda kattaroq va (boshqa daryolar-ga ko‘ra) kichikroq, Lesbos kattaligidagi ko‘plab orollarga ega... Araks Matiyonlar yurtidan oqib keladi. Gindis (Hind) daryosi ham o‘sha yerdan oqadi», - deb qayd etgan.
R:E. Lensning fikriga ko‘ra, Gerodot yozgan Araks daryosi Sirdaryo yoki Tajan daryosi bo‘lishi kerak. Ammo ko‘plab olimlarning fikriga ko‘ra, u Amudaryodir. Gerodot Amudaryoning bir o‘zani (O‘zboy) Kaspiyga quyilgan, deb o‘ylagan bo‘lsa kerak. Professor A. Sagdullaev ham «Araks bu Amudaryo, Matiyon tog‘lari, Gerodotning tushunishicha, Pomir yoki Hindikush tizmalaridir, chunki tarixchining (Gerodotning) aytishicha, Matiyon toglaridan Hind daryosi ham boshlanadi», - deb yozadi.
4.2-rasm. Markaziy Osiyo kosmik tasviri
Gerodot massagetlarning yerlari haqida fikr yuritib, ular «Kaspiy dengizidan sharqda, quyosh chiqish yo‘nalishida joylashgan», deb yezadi. Uning Baqtriya va Xorazm haqidagi ma’lumotlari ham qiziqarlidir: «Osiyoda bir vodiy bor. Uning hamma tomoni tog‘ bilan o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib o‘tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo‘lib, xorazmliklar parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh yerlarida joylashgan». Gerodotning yuqoridagi ma’lumotlaridan kelib chiqib, Dj. Tomson, V. Fedchina, V. Dementev, O. Andryushenko kartalar yaratgan. Dj. Tomson Kaspiy dengizining kengligini uzaytirib yuborgan, bu esa Gerodot yozganlariga mos tushmaydi. V. Dementev, O. Andryushenkolar Araks (Amudaryo)ni birmuncha to‘g‘riroq chizganlar, lekin uning Kaspiyga quyiluvchi irmog‘i tasvirlanmagan. Shuningdek, baqtriyaliklar yurti ham aks etmagan. V. Fedchina tiklagan kartada Gerodot tilga olgan «botqoqlik va ko‘llar» mavjud hududlar tasvirlangan bo‘lsa-da, biroq baqtriyaliklar va massagetlar yerlari chizilmagan.
Yana bir yunon olimi Gerodotning tarixiy an’analarini davom ettirgan Ktesiy O‘rta Osiyoda bo‘lmagan bo‘lsa-da, lekin bu yerlar haqida bir qadar ma’lumotga ega bo‘lgan. Uning qayd etishicha, bu yerdagi qariyb barcha xalqtar satrapliklarga bo‘lingan bo‘lib, faqatgina sak qabilalarigina satrapliklarga kirmagan. Ktesiy davrida sharqdagi yirik va ahamiyatli satrapliklardan biri Baqtriya, Sug‘diyona Hind daryosi yo‘nalishidagi hududlarni o‘z ichiga olgan edi.
Baqtriya yerlaridagi kumush konlari haqida gapirib, Ktesiy ushbu zaminning chuqur yer qatlamlarida ushbu metallning ko‘pligini yozadi.
Ktesiyga ko‘ra, sharqda yirik Shimoliy dengiz (Kaspiy dengizi) bo‘lib, dengiz bo‘yida girkanlar va ularning qo‘shnisi darbiklar istiqomat qilganlar. Ulardan ham sharqda esa parfiyalik va barkaniyaliklar, xoramney va karmoniilar istiqomat qilishgan. Baqtriya «tekisliklari»ga esa g‘arbdan faqatgina kichik tog‘ yo‘li orqali o‘tish mumkin bo‘lgan. Baqtriya yerlari Tanais daryosidan Hind daryosi bo‘ylarigacha bo‘lgan yerlarni egallagan. Tanais Baqtriya yerlarini Yevropadan Hind esa Hindistondan ajratib turgan. Ktesiy tasavvuriga ko‘ra, Tanais Hind daryosiga qarama-qarshi bo‘lib, Pont (Qora) dengiziga quyilgan. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Ktesiyning Tanais deganda ikki daryo- Don va Sirdaryo haqidagi ma’lumotlari bir-biriga ziddir. Ktesiy yozganidek, Baqtriya yerlarini Tanais bo‘ylarigacha cho‘zilganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, u holda Tanais daryosi bu Sirdaryo bo‘ladi va bu nisbatan to‘g‘ri tushuncha. Baqtriya satrapligi Ktesiy davrida ham, Aleksandr Makedonskiy zamonida ham Sirdaryogacha bo‘lgan hududlarii qamrab olgan edi.
O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlar keyinroq Aleksandr Makedonskiyning bu hududga yurishlari (mil. avv. 329-327 yil-lar) davrida to‘plandi.
Jumladan, antik davrning yirik geograf olimi Strabon milodiy I asrda 17 kitobdan iborat «Geografiya» asarini yaratdi. Asarda muallif «miloddan avvalgi V asrdan milodiy I asrgacha bo‘lgan barcha geograf va tarixchilarning asarlaridan tanqidiy foydalandi».
«Geografiya»ning XI kitobida O‘rta Osiyoning Parfiya va Girkaniya kabi o‘lkalari, Amudaryo, Sirdaryo haqida ma’lumotlar uchraydi. Shuningdek, «kitobda O‘rta Osiyoda yashovchi sak, sug‘d, skif, massaget qabilalari haqida ham ma’lumot bor». Yaksart (Sirdaryo), Politimet (Zarafshon), Epard (Murg‘ob) daryolari haqida yozilgan; Amudaryo Araks yoki Oks deb atalgan. Uning suvlari esa botqoqliklarga emas, «suvlar mamlakati» ga singadi. «Suvlar mamlakati», Shimoliy dengiz deganda Strabon Orol dengizini tushungan, Amudaryoning bir o‘zani Girkan qo‘ltig‘iga quyiladi, deb o‘ylagan.
Geografiya fani ma’lumotiga qaraganda O‘rta Osiy xududiga ta’lluqli katrografik xarakterga mansub xujjatlar, “Yo‘llar kitobi” –deb nomlangan kitobda saqlanib kelgan.Bu ma’lumotlar arab adabiyotiga “Pochta bekatlari haqidagi ilm” - deb taqdim etilgan. O‘sha paytda yo‘l ko‘rsatuvchilarga qatnov yo‘lining to‘liq bayonati shuningdek, xalifalik xududida mavjud axoli yashash manzillari, karvon yo‘llarining masofasi va pochta xizmati vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etilgan. Yuqorida aytib o‘tilgan ma’lumotlar bizga, turli xil joylar (punklar) o‘rtasidagi masofani yetarlicha aniq o‘lchanganligi haqida xabar beradi. Bu ma’lumotlar esa, bizga davlatlarning joylashgan o‘rni va davlatlar xududidan kesib o‘tuvchi muxim yo‘larning yo‘nalishini to‘g‘ri o‘rnatilishiga yordam beradi. Shunga o‘xshash adabiyotlar qatoriga biz, Ibn Xordadbekning “Kitab al-masalik va-l-Mamalik” (Yo‘llar va davlatlar kitobi), al-Yaqubiyning “Kitab al-buldan“ (Mamlakatlar kitobi), Qudama ibn Jafarning “Kitab al-Xaraj“ (Soliqlar kitobi) hamda al-Beruniyning “Chegaraning chekki joylarini aniqlash...” kitoblarini kiritishimiz mumkin. Ibn Xordadbek o‘zining “Yo‘lar va davlatlar kitobi” da yo‘llarning idoraviy qaydlardan va qadimiy Vizantiya kanselyarasining ma’lumotlaridan foydalangan. Uning ma’lumotlari VI-VII asrlarga tegishli bo‘lib, ma’lumotlar qisman to‘g‘irlanib, to‘ldirilib borilgan. Kitobdagi yo‘lning xarakat yo‘nalishlari haqida xabarga to‘xtaladigan bo‘lsak, olim yo‘l bekatlari va ularning orasidagi masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bayon etib qolmasdan, shushingdek xududning umumiy tavsifini ham ifoda etib bergan. Deyarli barcha yo‘l ko‘rsatuvchilarning ma’lumotlarida asosan O‘rta Osiyoning yo‘l xarakat yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlar saqlangan: Marv-Amul-Buxoro-Samarqand. Samarqand shahridan asosiy yo‘l yo‘nalishi Zamin shahri tomon bo‘lgan. So‘ngra bu yo‘nalish bulingan: ilk yo‘nalish Farg‘ona shahri tomonga bo‘lsa, keyingi yo‘nalish avval Shosh (Toshkent) ga – “kumush nayzalar”,va Talas shahri tomonga keyin esa Issiq-Ko‘l tomon bo‘ylab davom etgan. Bu yo‘nalish o‘rta asrlardagi asosiy tranzit savdo-karvon yo‘li xisoblangan. Ibn Xardadbekning ma’lumotida yo‘l masofalari uzunlik o‘lchov birliklari bo‘lmish “farsa”, xamda bir kunlik , yarim kunlik va ikki bekat orasidagi masofaga qiyosan belgilangan. Misol tariqasida Ibn Xardadbek tomonidan tuzilgan O‘rta Osiyoning asosiy yo‘l xarakat yo‘nalishi qismi bayonini keltirib o‘tamiz.
4.3-rasm. Kaspiy orti
Dostları ilə paylaş: |