Toshkent davlat sharqshunoslik instituti markaziy osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi markaziy osiyo tarixiy geografiyasi


-mavzu. Markaziy Osiyoning tarixiy geografiyasi manbalari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə3/40
tarix26.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#197337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Исхоков Тарихий география

2-mavzu. Markaziy Osiyoning tarixiy geografiyasi manbalari


Reja:
1) Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
2) Tarixiy geografiya uchun ahamiyati
3) Hududning tarixiy chegaralari, manbalarda keltirilgan ma’lumotlar


Tayanch so‘z va iboralar: Tarixiy geografiya, qadimgi xaritalar, oronimlar, topo­nimlar, gidronimlar, Oks, Yaksart, Politiment, Girkan, Aria, Gabaza, “Surat al-ard”, “Hudu ul-olam”, Kotib Chalabiy, miqyos, saodat orollari, rel’f, qadimgi tarixiy viloyatlar.

2.1-rasm. Bobil jahon xaritasi
O‘rta asrlar davri uchun esa, boy yozma meros mavjud bo‘lib, ular asosan arab, fors va turkiy tillarda yozilgan. Tabiiyki, tarixiy-geografik ma’lumotlar birinchi navbatda geografik va tarixiy-geografik asarlardan ko‘proq o‘rin olgan. Qadimgi yunon olimi Klavdiy
Ptolemeyning “Geografiyadan qo‘llanma”, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning “Kitob surat al-arz”, Abu Zayd Balxiy, al-Istaxriy va Ibn Havqal qalamiga mansub “Kitob al-masolik va-l- mamolik”, muallifi no’malum “Hudud-ul-olam”, Najib Bakron­ning “Jahonnoma”, Sam’oniyning “Kitob al-ansob”, Hamdalloh Mustavfiy Qazviniyning “Nuzhat al-qulub” (XIV), Hofizi Abruning “Geografiya” (XV), Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” (XVI), Amin Muhammad Roziyning “Haft iqlim” (XVI), Sulton Muhammad Balxiyning “Majma’ al-g‘aroyib” (XVI), Abulg‘oziyning “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” (XVII), Muhammad Tohirning «Ajoib at-tabaqot” (XVII), Mahmud ibn Valiyning “Bahr-ul-asror” (XVII), Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammadning “Dil g‘aroib” (XIX), Muhammad Solihxo‘janing “Tarixi jadidayi Toshkand” (XIX) kabi asarlari ana shular jumlasidandir.
Shu bilan birga, tarixiy-geografik tadqiqotlar uchun tarixiy va boshqa mavzularga oid asarlar ham foydalidir. Chunonchi O‘rta Osiyoning XIV-XV asrlardagi tarixiy-geografiyasigi oid ma’lumotlar o‘sha davrda yozilgan tarixiy-geografik, tarixiy va boshqa asarlar, hujjatlar, tazkiralar, maqomotlar, insho-yozishmalar kabilardan o‘rin olgan. Yaxlit yozma manbalar - Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Muiniddin Natanziyning “Muntaxab at-tavorix”, Hofizi Abruning “Geografiya” va “Zubdat at-tavorixi Boysung‘uriy”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Fasih Ahmad Xavofiyning “Mujmali Fasihiy”, Ibn Arabshohning arab tilida yozilgan “Ajoyib al-maqdur fi navoib Temur”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn”, Mirxondning “Ravzat as-safo”, Xondamirning “Habib as-siyar”, Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” asarlaridir. Shu davrda Samarqandga Ispaniyadan elchi bo‘lib kelgan Rui Gonsales de Klavixoning kundaligida ham qimmatli tarixiy-geografik ma’lumotlar bor.
Q ayd etilgan manbalarda Markaziy Osiyoning keyingi ikki ming yillik tarixiy-geografiyasi qamrab olingan va ulardan o‘lkaning tog‘, vodiy, dasht va cho‘llari, ma’danlari, suvlari, o‘simliklari, xayvonot olami, siyosiy-ma’muriy tarkibi, etnik holati, shahar va qishloqlari, xo‘jaligi, xalqaro munosabatlari geografiyasi haqida ma’lumot­lar o‘rin olgan.

2.2-rasm. Aneksimandr xaritasi
“Markaziy Osiyo tarixiy geografi­yasidan lavhalar (yozma manbalar tadqiqi va tarjimalar)” deb nomlangan ushbu o‘quv qo‘llanmada Qadimgi Yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning “Geografiyadan qo‘llanma”, Muhammad Muso Xorazmiyning “Kitob surat al-arz”, Abu Rayhon Beruniyning bir nechta asarlari, muallifi noma’lum “Hudud ul-olam”, temuriylar davri manbalaridan Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi”, Hofizi Abruning “Geografiya”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Zahiriddin Boburning “Boburnoma” kabi manbalar asosida yozilgan tarixiy-geografik tadqiqotlar hamda ilmiy-izohli tarjimalar o‘rin olgan. Kitobxonlar uchun o‘quv qo‘llanmadan foydalanishni qulay qilish maqsadida, undagi ma’lumotlar mazmun jihatdan to‘rt bobga (Markaziy Osiyoning umumiy tarixiy-geografik tavsifi, ma’muriy-hududiy va etnik-hududiy holati, tarixiy toponimiyasi, shaharlar tarixiy geografiyasi) bo‘lib joylashtirildi.
- Eng qadimgi xaritalar

  • Buyuk Ipak yo‘lining xaritalari

  • Xalifa Ma’mun akademiyasining Yer meridianini o‘lchash ilmiy ekspedisiyasi

  • Al-Xorazmiyning xaritalari

  • Al-Istaxriy asarining forscha tarjimasidagi xaritalar

  • Al-Muqaddasiyning xaritalari

  • Al-Balxiyning geografik asari va xaritalari


  • 2.3-rasm. Ptolomey jahon xaritasi
    Al-Jayhoniyning geografik asari va xaritalari

  • Mahmud Koshg‘ariyning xaritasidagi noma’lum ma’lumotlar

  • Abu Rayhon Beruniyning Amerika qit’asi haqidagi tasavvurlari

  • XI asrda noma’lum muallif tomonidan yozilgan asar va undagi xaritalar

  • Al-Idrisiyning kartografik merosi

  • H ofizi Obruning xaritasi (XVI asr)

  • Piri Raisning xaritalari (XVI asr)

  • Mirzo Ulug‘bekning globusi va xaritalari;

  • Maxmud ibn Valining geografik asarida yerning tuzilishi;

  • Yevropada xaritashunoslik

  • Rossiyada xaritashunoslik

  • Ingliz tilidagi MO xaritalari

  • Nemis tilidagi MO xaritalari

  • Fransuz tilidagi MO xaritalari

  • Stralenbergning xaritasi;

  • Vasilio Vatatzining MO xaritasi

  • Abraxam Maasning MO xaritasi

  • Tarixiy xaritalarda “O‘zbekiston” atamasi;

    2.4-rasm. Qadimgi grek xaritasi

  • Tarixiy xaritalarda “Turkiston” atamasi.

  • Xitoy tilidagi MO xaritalari

  • Mustamlaka davrida MO xaritashunosligi

  • Ahmad Donishning xaritasi

  • Sovet davrida MO xaritalari




Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin