49
tutilgan. Shu maqsadda “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida yiliga 20 ming
tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega tajriba-sanoat korxonasi qurilishi
nihoyasiga yetmoqda. Fosfatli ammiak selitrasi ammiak selitrasiga fosforitlar
chiqindilarini qo`shish orqali olinadi va bu uning tarkibida azot miqdorini talab
darajasidagi 26-28 foizga kamaytiradi. Shu tariqa, tarkibida tuproq uchun kerakli
ikkita ozuqa elementi
–
azot hamda fosfor bo`lgan deyarli yangi o`g`it ishlab
chiqariladi. 2010 yilda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 150 ming tonnagacha
oshirish rejalashtirilgan. Bu esa, o`z navbatida, mamlakatimiz qishloq xo`jaligining
ushbu qimmatbaho o`g`itga bo`
lgan ehtiyojini ta’minlash bilan birga, uni eksport
qilish imkonini ham beradi.
Yana bir yangi mahsulot o`g`it sifatida muvaffaqiyatli qo`llash mumkin
bo`lgan karbamid-ammiak selitrasining tarkibida ham azot miqdori 28-30 foizni
tashkil qiladi. Joriy yil oxirigacha 11,7 ming tonna karbamid-ammiak selitrasi
ishlab chiqarish kutilmoqda.
Bundan tashqari, jahon bozorida talab ortib borayotgan azot-fosfor-kaliy
o`g`itlarining yangi turlarini ishlab chiqarish ham mahsulot assortimentini
kengaytirish imkonini beradi. Ularning afazalligi “uchtasi bittada” prinsipi
bo`yicha agrokimyoviy samaradorlikning yuqoriligidadir. 2010 yilda Dehqonobod
kaliy zavodini ishga tushirish mo`ljallanmoqda va buning natijasida kimyo
tarmog`i ana shunday o`g`itlarni ishlab chiqarish imkoniga ega bo`ladi.
Shuningdek, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash asosida mahsulot ishlab
chiqarishni yo`lga qo`yish, zichligi past ammoniy nitrati, natriy nitrati,
katalizatorlar, sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish ham bu
boradagi muhim vazifalar sirasiga kiradi.
–
«
O`
zkimyosanoat» davlat
-aksiyadorlik kompaniyasining innovatsiya
loyihalari avval O`zbekistonda ishlab chiqarilmagan qator yangi turdagi
mahsulotlarni o`zlashtirishni o`z ichiga oladi. Ilgari Olmaliq kon-metallurgiya
kombinati, Navoiy kon-
metallurgiya kombinati, «Kvars» ochiq aksiyadorlik
jamiyati uchun chetdan sotib olingan
Dostları ilə paylaş: