Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/29
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#163191
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Ozbekistonda kimyo sanoati rivojlanishi

natriy selitra
ham shunday mahsulotlardan. 


50 
Bugun «Maksam
-
Chirchiq» va «Far
g`
onaazot» ochiq aksiy
adorlik jamiyatlari 
mamlakatimizda ushbu kimyo mahsulotiga bo`lgan ehtiyojni to`
liq ta’minlamoqda. 
Bundan tashqari, «Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyatida kaliy selitrasini 
ishlab chiqarishning asosiy texnologik ko`rsatkichlarini aniqlash bo`yicha sinovlar 
yakunlandi. Polixlorid aluminiy koagulyantini olish texnologiyasini ishlab chiqish 
davom etmoqda. Uning o`ziga xos xususiyati shundaki, suvni suzib yuruvchi 
zarralardan tozalaydi va zararsizlantiradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu 
koagulyantni ishlab chiqarish texnologiyasi mahalliy xomashyo 

Angrenda ishlab 
chiqariladigan kaolinga asoslangan. 
Mamlakatimiz lok-bo`yoq sanoati temir oksidi pigmentlariga ehtiyoj 
sezmoqda. Ayni paytda «Q
o`
qon superfosfat zavodi» ochiq aksiyadorlik 
jamiyatida ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun tayyorgarlik ishlari amalga 
oshirilmoqda. Sintetik yuvish vositalarining muhim tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblangan natriy sulfatini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish ham muhim 
ahamiyatga ega. Buning uchun zarur xomashyo Qoraqalpog`iston Respublikasida, 
Qo`ng`irot soda zavodi yaqinida bor va ushbu loyihani shu yerda amalga oshirish 
mo`ljallanmoqda. 
Demetil efiri, natriy tripolifosfat, monoxlor sirka kislotasi va boshqa talab 
yuqori bo`lgan kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari ham joriy 
etilishi ko`zda tutilayotgan istiqbolli ishlanmalardan hisoblanadi. Masalan, dimetel 
efiri ekologik toza va zaharsiz yoqilg`idir. 
Yorug`lik o`tkazish xususiyatiga ega bo`lgan polietilen plyonkalarini ishlab 
chiqarishni 
yo`lga 
qo`yish 
ham 
rejalashtirilmoqda. 
Issiqxonalarda 
foydalanilayotgan oddiy plyonkalarni bir mavsum ishlatish mumkin. Yorug`lik 
o`tkazadigan plyonkalardan esa uch mavsum davomida foydalansa bo`ladi. 
Bundan tashqari, ularning xususiyatlari o`simlik uchun aynan zarur bo`lgan nurni 
o`
tkazish imkonini beradi. Bu boradagi ishlar «Jizzax plastmassa» ochiq 
aksiyadorlik jamiyatida boshlandi. 


51 
Farg`ona furan birikmalari zavodida esa paxta selluloza
sidan keng iste’mol 
tovarlari salfetka, pampers, bir marta ishlatiladigan dasturxon, choyshab ishlab 
chiqarish kengaytirilmoqda. 

Markaz, faoliyat ko`rsatayotgan ko`plab ilmiy muassasalar, oliy o`quv 
yurtlari, shuningdek, kompaniya va korxonalarning tadqiqot laboratoriyalari, 
texnik xizmatlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Korxonalarda innovatsiyalar 
jamg`armalari tashkil etilmoqda. Ular innovatsiya ishlarini qo`llab-quvvatlash va 
amaliyotga joriy etishga yordam beradi. Bundan tashqari, innovatsiya ishlanmalari 
korxonalarning o`z mablag`
lari va «
O`
zkimyosanoat» davlat
-aksiyadorlik 
kompaniyasining 
maxsus 
jamg`armasi 
mablag`lari 
hisobidan 
moliyalashtirilmoqda. Ushbu innovatsiya ishlanmalarining eng yaxshilari yaqinda 
«
O`
zekspomarkaz»da ochiladigan II
-Respublika 
innovatsiya 
g`oyalari, 
texnologiyalari va loyihalari yarmarkasida namoyish etiladi
25

Bugun kimyo sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanib 
borayotgan tarmoqlaridan biridir. Bu jarayon, avvalo, mahalliy xomashyodan 
samarali foydalanishga yo`naltirilgan ilg`or texnologiyalarni joriy etishga 
asoslangan bo`lib, bu yangi turdagi yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, 
ayni vaqtda ularning tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Kimyo sanoatidagi 
innovatsiya faoliyatining bunday ijobiy natijalari mamlakatimizda iqtisodiy 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xalqimiz farovonligini oshirishga salmoqli 
hissa qo`shadi.
Sayyoramizning 2012-yildagi global investitsion loyihalari 
reytingiga dunyoning barcha mintaqalari bo`ylab sanoat tarmoqlari va 
infratuzilmalarida amalga oshirilgan eng yirik investitsion loyihalar kiritildi. 
2012-yilda dunyoda loyihaviy moliyalash asosida umumiy qiymati 382 
milliard dollarga teng 900 ziyod loyiha amalga oshirila boshlangan. Ayni paytda 
ularning salmoqli qismi Osiyo mintaqasiga (28 foiz), Avstraliyaga (22 foiz) to`g`ri 
keladi. Yevropada loyihaviy moliyalash hajmi umumiy moliyalash hajmining 16 
25
 http://uza.uz/uz/business/15179/  
O‘zA. muhbiri Viktor Nikolayev. 15.12.2010


52 
foizini tashkil etib, bir yilda 38 foizga kamaygan, Shimoliy Amerikada bu 
ko`rsatkich 13 foizni, Janubiy Amerikada 11 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida ham loyihaviy moliyalash hajmi 29 
foizga kamayib, umumiy miqdorning 9 foizini tashkil etdi. 
Tarmoqlar bo`yicha yetakchi o`rinni 30 foizni transport va kommunal 
infratuzilmani rivojlantirish loyihalari egalladi, neft-gaz va neft-kimyo sanoati 
loyihalari, shuningdek, elektrenergiya sohasidagi loyihalarning har biri 29 foizni 
tashkil etdi. Qolgan qismi telekommunikatsiya, tog`-kon sanoati va sanoatning 
boshqa tarmoqlaridagi loyihalardir. 
Dunyoning eng yaxshi 10 ta investitsion loyihasi qatoridan neft-gaz, tog`-
kon sanoati, transport va kommunal infratuzilmalari loyihalari o`rin oldi. Ular 
Avstraliyada (to`rtta loyiha), AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Singapur, 
Germaniya va O`zbekistonda (bittadan loyiha) amalga oshirilmoqda. 
Global loyihalarning “
o`nligiga
” kiritilgan Ustyurt gaz
-kimyo majmuasini 
qurish loyihasi rivojlanayotgan mamlakatlar bozoridagi eng yirik investitsion 
loyiha, deb e’tirof etildi

Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasida yirik Surg`il gaz konini 
o`zlashtirishni yanada jadallashtirish, tabiiy gazni ajratib olish, kreking va yakuniy 
mahsulot ishlab chiqarish zavodlarining barpo etilishi nazarda tutilgan. Ushbu 
majmua 4,5 milliard kubmetr tabiiy gazni qayta ishlash natijasida, 400 ming tonna 
polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish imkonini beradi. Yillik 
eksport hajmi 750 million dollardan oshadi. Mahsulotning asosan Yevropa, 
Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo bozorlarida sotilishi mo`ljallanmoqda. Ustyurt 
gaz-kimyo majmuasi 2016-yildan ishga tushiriladi. 
Ustyurt gaz-kim
yo majmuasini qurish loyihasini “
O`z-
Kor gaz kemikal” 
qo`shma korxonasi amalga oshiradi. Mazkur qo`
shma korxona “
O`
zbekneftgaz” 
milliy xolding kompaniyasi hamda Janubiy Koreyaning “Kogaz”, “Lotte grupp” va 
“STEks enerdji” kompaniyalari investitsiyaviy konsorsiumi tomonidan ta’sis 
etilgan. 


53 
Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiqdir. Shundan 2,54 
milliard dollari O`zbekiston Respublikasi hukumatining kafolatisiz 16 bank, 
sug`urta kompaniyalari va moliyaviy institutlardan iborat xalqaro kredit 
konsorsiumi tomonidan loyihaviy moliyalashtirilishi ko`zda tutilgan. Loyihaning 
qolgan qismi muassislar hisobidan moliyalanadi. 
Xabar qilishicha, “Tomson
-
Reyter” jahon biznes axborot agentligining b
o`linmasi 

“Projekt faynens 
interneshnl” jurnali 2012
-yil yakunlari bo`yicha, loyihaning noyobligi va 
yangiligini alohida qayd etib, o`z reytingida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish 
loyihasini neft-kimyo sohasidagi yilning eng yaxshi loyihasi, sobiq ittifoq 
hududidagi eng yirik neft-
kimyo loyihasi, deb e’tirof e
tdi
26
. O`zbekistonda kimyo 
sanoatida yirik va iqtisodiyotni samaradorligini oshiradigan bir qancha loyihalar 
rejalashtirilgan. Bularni biz 2.4-jadvalda ko`rishimiz mumkin. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin