Registrlar Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko'ra 3 xil bo‘ladi:
1. Xronologik hisob registrlari.
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar.
Xronologik hisob registrlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki,
undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar
orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasining xronologik tartibi aks ettirilib boriladi.
Masalan, «Jarayonlarni ro'yxat qilish jurnali» xronologik hisob
registriga misol bo'lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi.
Tizimli hisob registrlari jarayonlarning ma’lum bir belgilari bo'yicha
tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir.
«Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo'ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlama yozuv usuli vujudga
kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo'yilgan.
Buxgalteriya daflarlari bir yilga mo‘ljallangan bo'lib, hamma betlari
raqamlanadi va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan
schyotlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik
schyotlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga
olish zarur. Masalan, savdo korxonasining chakana savdodagi tovarlari
2920 sintetik schyotida yuritiladin Aytaylik, shu savdo korxonasiga
qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday holatda bosh daftarda har bir
moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy
tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan bo‘lishi
zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan schyotlaming aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan
bo‘ladi.
Buxgalteriya hisob registri daftarining boshqa registrlardan afzalligi
quyidagilardan iborat:
— hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
— hisob ma’lumotlari saqlanishi mustahkam ta’minlanganligi.
Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan
iborat:
— buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga
qo'yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan
hamma schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o'zlariga birikti-
rilgan schyotga tegishli ma’lumotlami aks ettirish uchun daftar bo'sliashini kutishi kerak bo'ladi;
— buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hi^ob
ishlarining mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi;
— buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga xalaqit
beradi.
Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt
yo‘qotiladi, ikkinchidan, buxgalteriya daftarining hajmi katta bo‘lib,
tegishli varaqni topib, undan foydalanishni sekinlashtiradi.
Buxgalteriya daftarlarining barcha varaqlaridan hamma vaqt
foydalanilaveriimaydi. To‘ldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri
uchun foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog'liq xarajatlarning
oshishiga olib keladi.
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan.
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv tuiiga ko'ra, kombinatsiyalashgan shaklda ham bo'ladi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o'ziga xos xususiyati
shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi.
Bunday registrlaming afzalligi quyidagilardan iborat:
— hisob ishlari ixchamlanadi;
— buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi;
— xronologik va tizimli yozuvlar umumlashtirilgan hamda kombinatsiyalashtirilgan hisob registrlariga jurnal-order misol bo'ladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar
hajmiga ko'ra ikki turga ajratiladi:
1. Sintetik registrlar.
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo'ljallangan bo'lib, ularga bosh daftar, jarayonlami ro'yxat qilish jumali,
jumal-orderlar va boshqalar misol bo'ladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda
qo'llanilib, ularga materiallar, asosiy vositalar, hisobdor shaxslar bilan
hisob-kitoblar va boshqa mulklar hisobi bo'yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo'ladi.
Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog'liq jarayonlar dastlabki
hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang'ich hujjat ham shaklan,
ham mazmunan har tomonlama tekshirilgandan so'ng qayta ishlanadi.
Dastlabki hujjat ma’lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to'ldiriladi.
Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham
rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da’volar yuzasidan hisoblashish,
xodimdan aliment summasini ushlab qolishlar, xodimning bankdan olgan
kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga
ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo'ladi.
Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin quyidagi talablarga rioya etish zarurdir:
— dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi;
— dastlabki hujjat hamma rekvizitlarining andozaga javob berishi;
— ко‘ rsatkichlarning arifmetik to‘g‘ri hisoblangani;
— dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy
mazmunligi va qonuniyligi;
— tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya
registrlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish;
— buxgalteriya registrlari ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi
va hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish;
— hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa
shakllarini o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish.