Statistik hisob ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlami yig‘ish va ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi
butun xo'jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo'naltirilgan. Undan korxona, tashldlot va muassasalarda sodir
bo‘layotgan turli-tuman ommaviy hodisalami kuzatish uchun foydalaniladi. Statistik hisob yordamida xo‘jalik faoliyatining turli-tuman
miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bunga
ishlab chiqarish hajmi, o'rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish,
mehnat unumdorligi darajasi, o‘sishi va boshqa ko‘rsatkichlar kiradi.
Dastlabki statistik kuzatuv m a’lumotlari tumanlar, viloyatlar va
respublika xalq xo'jaligining ayrim tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi.
Statistik hisob statistika fani - statistika usullaridan foydalanadi.
Statistika mustaqil ijtimoiy fan sifatida faqat xo'jalik hodisalarinigina
o‘z ichiga olmay, balki jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham
qamrab oladi. Jumladan, uning yordamida aholining soni, tarkibi va
hamkati, xalq hayotining moddiy hamda madaniy darajasi, uning ijtimoiy
hayoti haqidagi ko‘rsatkichlarga erishiladi.
Xo‘jalik hodisalari haqidagi ma’lumotlar statistik hisob tomonidan
operativ va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda
mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi
ma’lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari — qayta ro‘yxatga
olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib bo‘lmaydigan
ommaviy hodisalami tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng
foydalaniladi.