2.2-§. Ommaviy axborot vositalarining huquq va majburiyatlari.
Konstitutsiyamizning 67-moddasida belgilanganidek, О zbekistonda senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Senzura tushunchasi (lot. “censura - jiddiy mulohaza, o‘tkir muhokama, talabchan tanqid”) odatda ommaviy axborot vositalariga nisbatan mansabdor shaxslar, davlat idoralari, tashkilotlar, muassasalar yoki jamoat birlashmalari tomonidan xabar va materiallami oldindan kelishi talabi, shuningdek,, xabarlar va materiallar, ularning ayrim qismlarini tarqatishga taqiq sifatida tariflanadi30.
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga va “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq (“Senzura yo‘l qo‘yilmasligi”) 0 ‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo`l qo‘yilmaydi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonunlarning normalariga binoari e‘lon qilinayotgan xabarlar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqi yo‘q. “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida (“Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi”) belgilanganidek, nashrga tayyorlangan qolyozmalar va materiallami senzuradan o‘tkazishgayo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining senzura qilganlik uchun javobgarligi nazarda tutilgan. Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan 0 ‘zbekiston matbuot va axborot agentligi to'g‘risidagi nizomga binoan 0 ‘zbekiston matbuot va axborot agentligining ommaviy axborot vositalarini senzura qilishi, materiallami tahrir qilishi va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga boshqa har qanday shaklda noqonumy aralashishi qat‘iyan taqiqlanadi (12-band)31.
Konstitutsiyaning 67-moddasida xalqaro huquqning asosiy tamoyillari aks etadi. Masalan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyaning 10-moddasi 1-bandiga muvofiq har kim o‘z fiknni erkin bildirish huquqiga ega. Bu huquq o‘z fikriga ega bo‘lishdan va rasmiy hokimiyat tomonidan qandaydir aralashuvsiz va davlat chegarasidan qatdy nazar axborot va g‘oyalarni olish va tarqatish erkinhgidan iboratdir. Bundan tashqari, Matbuot erkinligi xartiyasi (London, 1987-yil) birinchi qismida aytilganidek, “har qanday senzura, bevosita yoki bilvosita, nomaqbuldir. Shu munosabat bilan ommaviy axborot vosital arming maMumotlarni erkin to‘plash va tarqatish huquqini cheklaydigan qonunlar va amaliyot bekor qilinishi, mahalliy va markazy hokimiyat organlari esa e‘ion qilinayotgan yoki uzatilayotgan xabarlaming mazmuniga aralashmasliklari, shuningdek, axborot manbalaridan foydalanishni cheklamasliklari shart”. Shu bilan birga senzuraga yo‘l qo‘ymaslik hamma narsa mumkin, degani emas. Qonunchihkda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda muayyan cheklovlar nazarda tutilgan bo‘lib, ular jamiyat va davlat xavfsizligini, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ta‘minlash bilan izohlanadi. Masalan, ommaviy axborot vositalaridan 0 ‘zbekiston Respubhkasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da‘vat qilish; urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ`ib qilish; davlat siri bodgan madumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa simi oshkor etish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborot tarqatish; giyohvandlik vositalari psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish; pornografiyani targdb etish; qonunga muvofiq jinoiy va o‘zga javobgarlikka sabab bodadigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi). Shu o‘rinda koYsatilgan huquqiy ko‘rsatmalar, taqiqlar aslida insonnmg konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, milliy davlatchilik asoslanm, mamlakatimizda qonuniylikni himoya qilishning siyosiy-huquqiy mexanizmlarini yaratadi. Yuqoridagi qoidalar demokratik tamoyillarga, rivojlangan mamlakatlaming konstitutsiyaviy tajribasiga to la muvofiqdir. Masalan, Germaniya Asosiy qonunining 5-moddasi matbuot, radio va televideniya xabarlarining erkinligini kafolatlaydi, shuningdek, senzurani taqiqlaydi. Italiyada OAV faohyati Konstitutsiyaning matbuot erkinligini kafolatlovchi 21-moddasiga asoslanadi32.
Xorijiy mamlakatlaming konstitutsiyalari bizning Konstitutsiyamiz singari nafaqat OAVning erkinligini kafolatlaydi, balki ularning zimmasiga axborot ishonchliligi uchun mas‘uliyat yuklaydi. Masalan, Gretsiya Konstitutsiyasi jamiyat ma‘naviyatiga tajovuz qiladigan, uyatsiz tusdagi nashr materiallari mazmuni uchun javobgarlik belgilaydi (14-modda). Shuningdek, OAV mamlakat va millatga tuhmat uyushtirish, tarqatishga haqli emas, agressiya urushi, milliy, irqiy, sinfiy, diniy adovat, kamsitish, hududiy separatizm qo‘zg‘atish, ommaviy zo‘ravon!ik Targ`ib qilish, jamiyat hayotiga, yaxshi axloq-odob qoidalariga zid uyatsiz xatti harakatlar taqiqlanadi (Ruminiya Konstitutsiyasining 30-moddasi, Italiya Konstituiyasi 21-moddasi, Gretsiya Konstitutsiyasi 14-moddasi). Shunday qilib, Olzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va uning asosida tasdiqlangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ommaviy axborot vositalarining hozirgi zamon rivojlanishi bosqichida muhim turtki bo‘ldi. Davlat dasturida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga OAVni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash aniq mexanizmlarini, shuningdek, OAVning jamoat nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etishi qo‘shimcha kafolatlarni, pirovard maqsadida “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan boshqa choralarni mustahkamlashga qaratilgan tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan. Ommaviy axborot vositalari axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Ta‘kidlash joizki, OAVning axborotga nisbatan mas‘uliyatli munosabatiga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, xavfsizligi, demokratik o‘zgarishlar yodidagi mustahkam rivoji bogdiqdir. Bularning barchasi, o‘z navbatida, OAVga muayyan javobgarlik yuklaydi. Chunki OAVning erkinligi - bu nafaqat huquq, balki ayni vaqtda muayyan javobgarlik hamdir. “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida belgilanganidek, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jumalist o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi shart. U o‘zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bodishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir (“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasi)33.
Bundan tashqari, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida belgilanganidek, ommaviy axborot vositalari eion qilinayotgan ax'borotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar. 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilganidek, OAVda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoki fuqarolaming sha‘ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur etkazadigan axborot tarqatish muayyan yuridik oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu normalar 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolaming sha‘ni va qadr qimmatini muhofaza qiluvchi, ularni huquqiy vositalar bilan himoya qilishni kafolatlovchi boshqa moddalariga, milliy qonunchilikning normalariga to‘la mosdir. Misol uchun, Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga binoan fuqaro o‘zining sha‘ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma‘iumotlar yuzasidan, basharti bunday ma‘lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli. Shu kabi norma “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e‘lon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda o‘zining sha‘ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlovchi ma‘lumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqlidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Mahnuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida fuqarolaming huquq va erkinliklariga, xususan sha‘ni va qadr-qimmatiga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar - tuhmat (40-modda) va haqorat qilish (41-modda) uchun ma‘muriy javobgarlik belgilangan. Shu kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida (VI bob) ham nazarda tutilgan34.
OAVning qonunda belgilangan o‘z vazifalariga mas‘uliyatli munosabat nafaqat huquqiy vositalar, balki jurnalistlar hamjamiyati tomonidan qabul qilingan axloq qoidalari bilan ham ta‘minlanadi. 2006-yil 23-martda Mustaqi! bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan “Ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish - jamiyatning demokratlashtirishning eng muhim omili” BOBsidagi konferensiya ishtirokchi lari tomonidan “Bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklari xartiyasi” qabul qilindi. Ushbu hujjatgabinoan OAV vakiilari o‘z zimmalari qator majburiyatlarni oldilar, chunonchi: biron maMumotdan foydalanayotganda uning aniqligi va to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish; barcha axborotlarning aniqligi va haqqoniyligini belgilashning yuqori me‘yorlariga amal qilish; axborot mazmunini tashqi ta‘sir emas, balki dalil va voqealar asosida belgilash; o‘quvchi hukmiga kimningdir shaxsiy ehtiroslariga emas, mutaxassis mulohazalariga asoslangan tahliliy materiallar havola qilish; jurnalistika janrlaridan oqilona va mahorat bilan foydalanish, dalillar va voqelikni buzib ko‘rsatuvchi usullardan qochish va b35.
Mazkur Konferensiyada “Bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklari jurnalistlarining axloq-odob kodeksi” ham qabul qilingan bo‘lib, unga binoan, jurnalistlar o‘z vazifalarini ado etishda obyektiv voqelikni rost aks ettirish orqali odamlarning haqqoniy va ishonchli axborot olishini kafolatlashi shart36.