Axborot huquqini huquqiy nazoratlashning asosiy predmeti sifatida axborot, ya’ni, axboriy jarayonlarni – axborot ishlab chiqish, yig’ish, qayta ishlash, to’plash, saqlash, qidirish, yuborish, tarqatish va iste’mol qilish jarayonlarini amalga oshirishda paydo bo’ladigan axborot ijtimoiy munosabatlari hisoblanadi19.
Axborot huquqida axborot huquq munosbatlariga nazoratlovchi ta’sir usullarining barcha to’plami foydalaniladi, ya’ni ham dizpozitiv nazoratlash (tanlash erkinligi, tomonlar tengligi, markazlashmaslik, koordinatsiya), ham imperative nazoratlash (hukumat vakolatlarini marlashgan holda amalga oshirish, qat’it subordinatsiya). Axborot huquqi tizimiga turli usullarni qo’shilganligi ularni ixtiyoriy to’qnashishi yoki raqobatini anglatmaydi. Axborot huquqi uchun u yoki bu usullarni ahamiyatliligi masalasi bo’yicha munozarani axborot xususiyatlari munosabatlarida paydo bo’ladigan muammolarni yechish uchun mustaqil huquqiy tizimini shlab chiqibgina tugatish mumkin20.
II Bob. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
2.1-§. Ommaviy axborot vositalari faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari. Bugungi zamon fanida va huquqni qo‘llash amaliyotida OAV qonunchilik, ijro va sud hokimiyati tarmoqlari bilan birga hokimiyatning to‘rtinchi tarmog‘i sifatida tasniflanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta‘kidlash joizki, OAV huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida, 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining totuvligi va o‘zaro tushunishini mustahkamlashda salmoqli o‘rin egallaydi. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatimiz huquqiy madaniyatini yuksaltirishdagi va fuqarolarda qonunga, inson huquqlari va erkinliklariga, demokratik qadriyatlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirishdagi o‘rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. . Konstitutsiyamizning 67-moddasi OAVning maqomim konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan belgilab, OAVning erkinligi, ulaming qonunga muvofiq faoliyat yuritishi; axborotning to‘g‘riligi uchun javobgarlik; senzuraga yo‘1 qo‘yilmasligi uning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 12-moddasida “hec-h qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘matilishi mumkin emas”, deb belgilab qo yildi. Asosiy qonunning 29-moddasida esa har kimga so z va fikrlash erkinliklari kafolatlangan. Konstitutsiyaning ushbu va boshqa o‘zaro bogdangan moddalarining qoidalari ommaviy axborot vositalari instituti izchil demokratik rivojlanishining asosi va rag bati bo lib xizmat qiladi. Ta'kidlash joizki, 0 ‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining erkin va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur huquqiy asoslar va kafolatlar, keng imkoniyatlar yaratilgan21.
Mazkur sohada o‘ndan ziyod qonunlar, qariyb 30 qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida 1994-yildan ediboran har yili 27-iyun kuni 0 ‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanib kelmoqda. Bu ommaviy axborot vositalarining davlat suvereniteti g‘oyalarini targ‘ib qilish, yangi demokratik jamiyat qurish, fuqarolarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyaiashdagi roliga daviat tomonidan katta ahamiyat berilayotganini tasdiqlaydi. Ommaviy axborot vositalari kelgusida mustaqil rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturiy hujjatga aylandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ommaviy axborot vositalari, poligrafiya korxonalari va nashriyotlarining faoliyatini tashkil qilish uchun ruxsat va litsenziya olish davlat boji stavkalari ikki marotaba qisqartirildi22.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta kidlaganidek, ushbu va boshqa qator tizimli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar natijasida “Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina 0 ‘zbekiston Miliiy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo‘g‘i 48 soatga teng edi, xolos”23. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining tarkibi tubdan o‘zgarayotganiga alohida e‘tibor qaratdi. Buni yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Eng tezkor axborot vositasi - Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayapti. Global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko‘rsatyapti24. ta‘kidlash joizki, internet jurnalistikasi jadal rivojlanib borishi va jahon internet makonida miliiy segmentning ko‘payishi jahon maydonida Vatanimiz, mamlakatimiz obro‘si oshib borishiga xizmat qiladi25.
Ushbu sohada qabul qilinayotgan barcha choralar OAVning yanada erkin rivojlanishi, ularning faoliyati takomillashuvining muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida OAV soni 3,6 marotaba ko‘paydi. 0 ‘zbekiston jurnalistlari ijodiy Uyushmasi, Miliiy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari miliiy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llabquvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va boshqa OAVning o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi tashkil qilish tuzilmalari tuzilishi OAV faoliyati sohasida demokratik islohotlaming muhim omili va ayni vaqtda natijasi bo‘ldi. Natijada, mustaqillik yillarida OAVning normativ huquqiy negizini yaratish bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bu ularning huquqlari va manfaatlarini ta‘minlash, mamlakatimizda so‘z erkinligini ta‘minlash muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda), “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Shu ma‘noda alohida ta‘kidlash joizki, 1997-yildagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni bu boradagi birinchi tizimli qonun hujjati bo‘ldi. Shu bilan birga mustaqil OAV shakllangan sari jamiyatning izchil demokratlashuvi va mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida ular faoliyatining yangi mezonlari, vazifalari vujudga keldi26.
Shu munosabat bilan 2007-yil 15-yanvarda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinib, unda OAV faoliyatining turli jihatlarini yanada liberallashtirishni ta‘minlovchi, OAV faoliyatining huquqiy kafolatlarini kuchaytiruvchi qator normalar mustahkamlandi. Xususan, yangi tahrirdagi qonundan basharti ariza sudning ommaviy axborot vositasi faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar bir yil o‘tmasdan berilgan bo‘lsa yoki ommaviy axborot vositasining muassisi yo muassislaridan biri у о noshirning joylashgan manzili 0 ‘zbekiston Respublikasining tashqarisida bo‘lsa, ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish huquqini belgilovchi normalar chiqarib tashlandi. Shuningdek, ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Ommaviy axborot 3 7 9 vositalari to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatilgan talablardan tashqari boshqa talablar qo yish taqiqlanishi belgilandi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi, ularning ro‘yxatdan o‘tmaydigan doirasi kengaytirildi27.
Ta'kidlash lozimki, OAV faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi normalar huquqning moliyaviy, iqtisodiy, mehnatga oid, ma‘muriy, fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi turli tarmoqlari qonun hujjatlarida ham o‘z aksini topdi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida OAV faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy kafolatlash to‘g‘risida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. So‘nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq OAVga soliq afzalliklari va turli iqtisodiy yordam berilyapti. Ushbu va boshqa qator choralar OAVning bozor sharoitida erkin mustaqil rivojlanishining muhim omiliga aylandi. Parlamentimiz tomonidan 2010-yilda qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi OAVning huquqiy demokratik asoslarini izchil chuqurlashtirish ishida muhim bosqich bo‘ldi. So‘z va axborot erkinligini ta‘minlashni davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarida belgilagan ushbu dasturiy hujjatga muvofiq fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAVning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan qator muhim qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, 2014-yil 5-maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan ommaviy axborot vositalarining teng va erkin foydalana olishi samarali huquqiy kafolatlar yaratildi28.
Sharhlanayotgan modda qoidalari xalqaro huquq normalariga, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan qoidalariga to‘la mos keladi: “Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qatfiy nazar har qanday usulda turli axborot va g‘oyaIarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi”. K.Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakili Tomas Kuntse shu munosabat bilan ta‘kidlaydiki, “0 ‘zbekiston o‘zining taraqqiyot yo'lini belgiladi, o‘z oldiga kuchli fuqarolik jamiyati qurish maqsadini qo ydi, axborot sohasini isloh qilishga, nodavlat OAVni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratdi. Bugun shubhalanmasdan ta‘kidlash mumkinki, boshqa davlatlar 0 ‘zbekiston bu borada to‘plagan tajribani o‘zlashtirishi mumkin”29.