Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix17.12.2019
ölçüsü1,17 Mb.
#29956
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Dorivor o‘simliklar


Adabiyotlar 
 
1.Atlas arealov i resursov lekarstvennыx rasteniy.- Moskva. 1976. - s.127, 249. 
2.Berejinskaya  V.V.,  Zemlinskiy  S.E.,  Kushke  E.E.,  Muraveva  V.I.  va     
Satsыperov F.A. Belladonna. Medgiz – Moskva, 1953. - 115 s. 
3.Vulf E.V., Lyubimenko V.N., Plotnitskiy G.A., Albrext E.A. Belladonna Atropa 
belladonna L. Eyo rasprostranenie i kultura v Krыmu.- YAlta. 1917. - 46 s. 
4.Gaevskaya  O.A.  Issledovanie  travы  krasavki  kak  istochnika    promыshlennogo 
polucheniya  alkaloidov.  Avtoref.  dis.  na  soisk.  uch.  step.  kand.  farmats.  nauk.  /  VNII 
lekarstv i arom. rast. RASXN. – Moskva, 2004. – 21 s. 
5.Gammerman  A.F.  Issledovaniya  listev  krasavki,  vыrashshennыx  na  uchastke 
lekarstvennыx rasteniy Glavnogo botanicheskogo sada. //  Vestnik farmatsii.  – M.: 1928. 
- №6. 
6. Dusmuratova F.M.,  Tuxtaev B.E. Introduksiya i metodы vozdelыvaniya  Atropa 
belladonna  L.  //  Uzbekskiy  biologicheskiy  jurnal.  –  Tashkent,  izd.  Fan  Akademii  nauk 
RUz. 2007. – S. 57-60.  
7.Dusmuratova  F.M.  Atropa  belladonna  ning  biomorfologik  xususiyatlari.  
//Sovremennыe  problemы  strukturnoy  botaniki.  Materialы  respublikanskoy  nauchnoy 
konferensii. – Tashkent, 2010. – S. 39-41.  

68 
 
8.  Dusmuratova  F.M.,Tuxtaev  B.E.    Atropa  belladonna  L.  ning  introduksiya  
sharoitida o‗stirilishi.// Xorazm Ma‘mun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‗ishlangan 
yosh olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyasi, Xiva2006.b. 214-215 
9.Dusmuratova F.M. Rost i razvitiya Atropa belladonna L.  v usloviya Uzbekistan. 
//Biologiya  Nauka  XXI  veka.  13-ya  Puщinskaya  mejdunarodnaya    shkola-konferensiya 
molodыx uchuennыx. 28 sentyabr-2 oktyabr. Puщina 2009.  s.227-228 
10.Zemlinskiy S.E. Lekarstvennыy rasteniya SSSR. Moskva, Medgiz. 1958.  S. 14, 
79-82. 
11.Flora SSSR. T. XII. Izd. Akademii Nauk SSSR. -Moskva,1955.Leningrad. 
12.Sidelnikov N.I. Izuchenie biologicheskix osobennostey Atropa  
    belladonna L s selyu vvedeniya kulturu v Sentralno-CHernozemnom  
    regione Rossii. Avtoref. dis. … kan.biol.nauk. - Moskva. 2007. - s.18. 
13.Xodjaev K.X., Xolmatov X.X. Kultura lekarstvennыx rasteniy v  
    Uzbekistane.// Nauka -T.1965. s.21-23. 
 
13-14-Ma‟ruza 
 
Mavzu: Tabiiy sharoitda yo„qolib ketish xavfi bo„lgan va kamayib ketayotgan 
noyob dorivor o„simliklar, ularni madaniylashtirish muammolari 
 
Mavzu 4 soatga mo„ljallangan. 
Ma‟ruza rejasi: 
 
1.O‗simliklarning kimyoviy tarkibini o‗zgaruvchanligi va ularning omillari. 
2.Dorivor  o‗simliklarni  birlamchi  introduksiyasi  (madaniylashtirish)  va  samarali 
madaniylashtirishda ekologik faktorlarni ahamiyati. 
3.O‗zbekiston dorivor o‗simliklarini madaniylashtirish. 
4.Botanika bog‗ida introduksiya qilingan dorivor o‗simliklar. 
5.O‗rta Osiyo tabiiy florasi o‗simliklarni O‗zR FA Botanika bog‗ida, introduksiya 
qilish nuqtai nazaridan o‗rganishdagi ayrim uslubiy masalalar. 
 
 Tayanch  iboralar:  yo‗qolib  ketish  xavfi  bo‗lgan  va  kamayib  ketayotgan  noyob 
dorivor  o‗simliklar,  madaniylashtirish  muammolari,  birlamchi  introduksiyasi,  kimyoviy 
tarkibini o‗zgaruvchanligi. 
 
O‗zbekiston  florasida  manbalarga  qaraganda  4200  dan  ortiq  gullaydigan 
o‗simliklar  borligi  takidlanadi.  Ushbu  o‗simliklardan  577  turi  dorivor  hisoblanadi.  Bu 
juda  yaxshi  ko‗rsatgich.  Ammo  bu  ma‘lumotlar  eskirgan  bo‗lib,  hozirgi  vaqtga  kelib 
ularni  zahirasi  juda  kamayib  ketgan.  Sanoat  miqyosida  tayyorlashni  iloji  deyarli 
qolmagan.  CHunki  bu  ma‘lumotlar  to‗plangan  vaqtdan  50-60  yillar  o‗tib  ketdi.  O‗sha 
vaqtda O‗zbekiston aholisi 10 mln ga etmas edi. O‗zbekistonda er maydonini ko‗p qismi 
xali  o‗zlashtirilmagan  bo‗lib,  asosiy  qishloq  xo‗jalik  ekini  hisoblangan  paxta  maydoni 
ko‗p  paxta  egallagan.  Hosil  esa  1,5  mln  tonna  atrofida  edi.  Oradan  10-15  yillar  o‗tar-

69 
 
o‗tmas  joy  egallagan  edt.  Keyinchalik  paxta  maydonlari  haddan  tashqari  kengaytirildi, 
Toshkent,  Jizzax,  Sirdaryo  (Mirzacho‗l)larni  o‗zlashtirilmagan  erlari  o‗zlashtirib,  faqat 
paxta  ekiladigan  maydonlarga  aylantirildi.  Joylardagi  barcha  yovvoyi  holda  o‗sadigan 
o‗simliklar,  hatto  ekin  maydonlari  ham  yo‗q  qilindi.  Paxta  etishtirish  uchun  hamma 
narsadan  voz  kechildi.  Paxta  hosili  5-6  mln  tonnaga  etkazildi.  Aholi  soni  ham  borgan 
sari  ortib  boraverdi  va  20  mln  dan  ortib  ketdi.  YAngi  shahar,  qishloqlar,  aholi 
yashaydigan  joylar  paydo  bo‗ldi.  Juda  katta  maydonlarda  texnika  ishlari  olib  borildi, 
yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari o‗tkazildi, kanallar qazildi, yo‗llar qurildi. Bu olib 
borilgan  barcha  ishlar  Ittifoq  buyurtmasi  asosida,  ekologiyani  buzilishini  hisobga 
olinmagan  holda  olib  borildi.  Uning  ustiga  barcha  paxta  maydonlarida  aviatsiya  orqali 
sepiladigan  gerbitsidlar,  pestitsidlar,  defoliantlar  va  boshqalarni  qo‗llash  oqibatida 
barcha hududlardagi normal ekologik sharoit izdan chiqdi, o‗simlik va hayvonot olamiga 
katta  talofat  etkazildi.  Ammo  sog‗liqni  saqlash  tizimi  uchun,  aholi  salomatligi  uchun 
dorivor  o‗simliklar  zaruriyati  har  doim  ham  dolzarb  bo‗lgan  ayrim  o‗simlik  dolzarb 
masala bo‗lib qolaverdi. 
Jadval 1 
O„zbekistonda tayyorlanadigan va tayyorlanishi zarur bo„lgan dorivor 
o„simliklar ro„yxati 
 
№ 
O‗simlikning nomi 
Yig‗iladigan qismi  
 
Anjir  
bargi 
 
Arslonquyruq  
er ustki qismi 
 
Bangidevona 
bargi 
 
Bozulbang 
er ustki qismi 
 
Bo‗ymadaron 
er ustki qismi 
 
Gazanda 
bargi 
 
Dalachoy 
er ustki qismi 
 
Er qalampir (xren) 
ildizi 
 
Etmak  
ildizi 
 
Jo‗ka  
guli 
 
Zirai karmon 
mevasi 
 
Zig‗ir  
urug‗i 
 
Igir 
ildizi 
 
Isiriq 
er ustki qismi 
 
Itsigak 
er ustki qismi 
 
Ittikanak 
er ustki qismi 
 
Kanakunjut 
urug‗i 
 
Kashnich 
mevasi 
 
Kelintili 
(shaftoli 
bargli 
taron) 
er ustki qismi 
 
Kovrak 
ildizi, er ustki qismi 
 
Kungaboqar 
mevasi 

70 
 
 
Ko‗ka 
bargi 
 
Limono‗t 
er ustki qismi, bargi 
 
Maymunjon 
mevasi 
 
Na‘matak 
mevasi 
 
Omon qora  
piyozboshchisi, bargi 
 
Otquloq 
ildizi 
 
Achambiti (jag‗-jag‗) 
er ustki qismi 
 
Oqquray  
ildizi va mevasi 
 
Ro‗yan 
ildizpoyasi bilan ildizi 
 
Sano 
bargi va mevasi 
 
Sarimsoq 
piyozboshchisi 
 
Sedana 
urug‗i 
 
Soxtakashtan 
mevasi, 
bargi, 
po‗stlog‗i 
 
Suvqalampir (achchiq toron) 
er ustki qismi 
 
Temirtikan  
er ustki qismi 
 
Termopsis (ketma-ket gulli) 
er ustki qismi 
 
 Tirnoqgul 
guli 
 
Tog‗jumrut 
mevasi 
 
Tog‗rayhon 
er ustki qismi 
 
Turkiston adonisi 
er ustki qismi 
 
Tuxumak (yapon saforasi) 
g‗unchasi 
 
Ukrop (bodiyon, shivit) 
mevasi 
 
Xantal 
urug‗i 
 
CHakanda 
mevasi 
 
CHerkez  
er ustki qismi 
 
CHilonjiyda (unabi) 
bargi 
 
CHuchukmiya (qizilmiya) 
ildizi 
 
Ermon (achchiq shuvoq) 
er ustki qismi 
 
Efedra (tog‗) 
er ustki qismi 
 
YAlpiz (Osiyo) 
bargi 
 
Qalampir  
mevasi 
 
Qashqarbeda  
er ustki qismi 
 
Qiziltasma (qush toron) 
er ustki qismi 
 
Qirqbo‗g‗im  
er ustki qismi 
 
Qovoq (o‗ris) 
urug‗i 
 
Qora andiz 
ildizi 
 
Qora zira 
urug‗i 
 
Qora smorodina 
mevasi 
 
Qora zirq 
mevasi 
 
Qoqi (oduvanchik) 
ildizi 
 
Parpi 
tugunagi 

71 
 
 
Bo‗rigul 
er ustki qismi 
 
Tubulg‗ibargli bo‗ymadaron 
guli 
 
Hozirgi  vaqtda  dorixonalarga  quyidagi  dorivor  o‗simlik  mahsulotlari  etkazilib 
berilmoqda (jadval 2). 
Dorixonalarda sotilayotgan dorivor o„simlik mahsulotlari 
Jadval 2 
Arslonquyruq er 
ustki qismi 
Ortosifon bargi 
Archa qubbasi 
Achambiti (jag‗-jag‗) er ustki 
qismi 
Bozulbang guli 
Rovoch ildizi 
Bo‗znoch guli 
Sano bargi 
Bo‗ymadaron er 
ustki qismi 
Suvqalampir er ustki qismi 
Valeriana 
ildizpoyasi va ildizi 
Tirnoqgul guli 
Gazanda 
(chayono‗t) bargi 
Tog‗rayhon er ustki qismi 
Dalachoy er ustki 
qismi 
Qalampir yalpiz bargi 
Dastarbosh guli 
Qirqbo‗g‗im er ustki qismi 
Darmana guli 
Qovoq urug‗i 
Dorivor mavrak 
bargi 
Qora andiz ildizi 
Dub daraxti 
po‗stlog‗i 
Qora zira mevasi 
Do‗lana mevasi 
va guli 
Qushtaron er ustki qismi 
Zig‗ir urug‗i 
Makkajo‗xori gulining onalik 
ustunchasi 
Zubturum bargi 
Moychechak guli 
Levzeya 
ildizpoyasi bilan ildizi 
Na‘matak mevasi 
Lipa darxti guli 
 
 
Shu kunlarda tayyorlanayotgan ayrim dorivor o‗simlik mahsulotlri ro‗yxati  
Jadval 3 
 
Makkajo‗xori 
gulining 
onalik ustunchasi 
Anjir bargi  
 
Na‘matak mevasi  
Achchiqtoron  (suv  qalampir)  er 
ustki qismi 

72 
 
 
Achambiti  (jag‗-jag‗)  er 
ustki qismi 
Bozulbang guli 
 
Tog‗rayhon er ustki qismi 
Bo‗ymadaron er ustki qismi 
 
Ermon er ustki qismi 
Dalachoy er ustki qismi 
 
Efedra  (qizilcha)  er  ustki 
qismi 
Zubturum bargi  
 
Qizilmiya ildizi 
Kelin  tili  (shaftoli  bargli  toron) 
er ustki qismi 
 
Qirqbo‗g‗im  er  ustki 
qismi 
Ko‗ka bargi 
 
Qora andiz ildizi 
 
Yuqoridagi jadval 1,2,3 lardagi ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki, amaliy tibbiyot 
uchun  zarur  bo‗lgan  dorivor  o‗simliklar  ro‗yxati  talaygina  bo‗lishiga  qaramasdan 
dorixonalarda  juda  kam  dorivor  o‗simlik  mahsulotlari  muomalada  ekanligi  ma‘lum 
bo‗ldi. Ayniqsa shu kunlarda tayyorlanayotgan dorivor o‗simlik mahsulotlari (jadval 3) 
talabga mutlaqo javob bermaydi.  
Respublika  Sog‗liqni  saqlash  tizimini  dorivor  o‗simlik  mahsulotlariga  bo‗lgan 
ehtiyojini  to‗laroq  qondirishni  asosiy  yo‗llaridan  biri,  jadval  1  da  keltirilgan  va  boshqa 
shularga  o‗xshash  noyob  o‗simliklarni  introduksiya  qilish,  madaniylashtirish  ishlarini 
rivojlantirish orqali erishish mumkin. 
O‗simliklarning foydali ekanligi ko‗p jihatdan ularning kimyoviy tarkibiga bog‗liq, 
dorivor  o‗simliklarda  esa  biologik  faol  moddalar  (BFM)  kompleksi  asosiy  o‗rinni 
egallaydi. BFMni hosil bo‗lishi va to‗planishi dinamik jarayon bo‗lib, ontogenezda (yoki 
o‗simlikning  o‗sish  sikli)  bilan  belgilanadi  hamda  tashqi  muhit  omillariga  (faktor) 
bog‗liq.  Farmatsevtlar  bu  jarayonni  bilishlari  zarur,  chunki  BFM  to‗planishi  bilmiga 
asoslangan  holda,  dorivor  o‗simlik  mahsulotlarini  sifatiga  qo‗yilgan  asosiy  talablarga 
javob  beruvchi  dorivor  o‗simlik  mahsulotlarni  yig‗ish,  quritish  va  saqlash  qoidalarini 
ishlab  chiqiladi.  YOvvoyi  holda  o‗suvchi  dorivor  o‗simliklarni  (DO‗)  ekologik  o‗ziga 
xosligini  bilish  ham, zarur  bo‗lib,  bu  bilimlarsiz (DO‗)  larni  madaniylashtirish  mumkin 
emas.  
O‗simliklarni tarkibidagi modda almashinuvi va tashqi sharoit o‗rtasida bog‗liqligi 
aniq.  Bu  joyda  o‗simliklarni  nafas  olishi  va  fotosinteziga  to‗xtalmaydi,  chunki  bu 
o‗simliklarni  fiziologiyasi  faniga  tegishlidir.  Bu  uchun  esa  ikkilamchi  metabolitlar 
hisoblangan (BFM) hosil bo‗lish yo‗lini bilish, aniqlash muhimdir.  
Ekologik  faktorlarni  ko‗p  qirrali  va  kompleks  bo‗lishiga  qaramasdan,  qator 
hollarda o‗simlikni kimyoviy tarkibiga ta‘sir qiluvchi asosiylarini aniqlanadi. Masalan, u 
yoki  bu  o‗simlik  tarkibidagi  ikkilamchi  metabolitlarni  tarkibi  va  miqdorini  har  xil 
geografik  mintaqalardagilarni  taqqoslab,  geografik  faktorlar  to‗g‗g‗risida  fikr  yuritish 
mumkin, vaholanki bu faktor geografik kenglik, iqlim, erning mineral tarkibi, yorug‗lik 
sharoitlari  bilan  uzviy  bog‗liq.  Misol  tarqasida  O‗zbekistonda  o‗smaydigan,  Rossiyada 
keng  tarqalgan,  ilmiy  tibbiyotda  qo‗llaniladigan  Botqoq  ledumi  o‗simligini  keltiramiz 
(sababi, O‗zbekistonda shunday o‗rganilgan o‗simlik yo‗q).  

73 
 
Botqoq  ledumi  tarkibidagi  efir  moyini  o‗rganishda,  u  o‗sadigan  3  ta  geografik 
tuman (rayon)ga ajratildi: shimoliy, o‗rta va janubiy (jadval 4). 
Jadvaldan  ko‗rinib  turibdiki  botqoq  ledumi  barglaridagi  efir  moyi  miqdoriga 
geografik  faktor  aniq  ta‘sir  qiladi:  efir  moyi  o‗rta  rayonda  o‗suvchi  botqoq  ledum 
tarkibida  maksimal  to‗planar  ekan.  SHu  bilan  parallel  yorug‗lik  va  erning  kislotali 
muhitini  ham  ta‘siri  o‗rganiladi.  Kimyoviy  tarkibini  o‗zgaruvchanligi  bunda 
murakkabroq  ketishi  aniqlandi.  Demak  turli  rayonlarda  o‗suvchi  o‗simlikning  optimal 
(mo‗‗tadil)  efir  moyini  to‗planishiga  o‗sadigan  joyi  va  yorug‗lik  sharoitlari  ko‗p  ta‘sir 
o‗tkazar  ekan.  Masalan,  janubda  baland  daraxtlar  bor  o‗rmonlarda,  o‗rta  rayonlar  esa 
ochiq  joylar,  va  shimoldagi  o‗rmonlarda  (yorug‗lik  30%  tashkil  qiladi).  Bunday 
tekshirishlar,  sifatli  mahsulotni  tayyorlash  uchun  katta  hamiyatga  ega.  Tajribada 
Rossiyani  shimoliy-g‗arbiy  qismini  ochiq  yorug‗lik  joylaridan  botqoq  ledumi  bargini 
yig‗ish  mumkin.  Janubiyroq  rayonlardan  (soya  joylarda)  yig‗ilgan  mahsulot  tarkibida 
efir  moyi  kam  saqlanishi  aniqlandi.  So‗ngi  tundra  o‗rmonlaridagi  botqoq  ledumi  bargi 
tarkibidagi efir moyi juda kam (minimum)ligi aniqlandi.  
Jadval 4 
O„simliklarni turli geografik (zonalarda) rayonlarda o„suvchi botqoq ledumini 
tarkibidagi efir moylarini miqdori 
O‗simliklarni zona va rayonlari 
Efir 
moyi 
miqdori 
Tundra o‗rmonlari  
SHimoliy taygani ninabargli o‗rmonlari  
O‗rta taygani o‗rmonlari  
Janubiy taygani ninabargli o‗rmonlari  
Kengbargli ninabargli tayga o‗rmonlari  
Kengbargli o‗rmonlar 
SHimoliy rayon (60
o
 shimoliy kenglik) 
O‗rta rayon (56
o
-60
o
 shimoliy kenglik) 
Janubiy rayon (56
o
 dan janubdagi)  
0,52 
0,95 
1,90 
1,61 
1,50 
1,18 
1,17 
1,61 
1,25 
 
Ma‘lumki  ko‗plab  dorivor  o‗simliklardagi  kimyoviy  tarkib  o‗zgaruvchanligi,  bir 
arealni  har  xil  joylarida  ham  kuzatiladi.  U  o‗simliklarni  morfologik  belgilarida  farq 
sezilmaydi.  Bunday  hollarda ―Xemoras‖ tushunchasi,  ya‘ni  bir  xil  o‗simlikni,  bir  joyda 
guruh  bo‗lib  o‗sadiganlarini  aniq  areali  bo‗lib,  ularni  kimyoviy  tarkibi  boshqacha 
bo‗lishi  bilan  farqlanadi.  Bir  areal  ichida  o‗suvchi  botqoq  ledumini  3  ta  xemorasga 
(1,2,3) bo‗linishi mumkin, ular bir-biridan efir moyini miqdori va undagi ledolni miqdori 
bo‗yicha farq qiladi (jadval 5). 
Jadvaldagi 1 chi va 2 chi xemoraslarda efir moyni ko‗pligi, ammo ledolni miqdori 
2  chi  xemorasda  kamligi  ko‗rinib  turibdi.  3  chi  xemorasda  esa  efir  moyi  ham  ledolni 
miqdori ham kamligi aniqlandi.  
Ayrim  hollarda  nisbatan  katta  bo‗lmagan  hududlarda  (teritoriya)  ham  kimyoviy 
tarkibini  o‗zgaruvchanligi  kuzatiladi,  masalan,  yassi  bargli  senetsio  (Senecio 
platiphylloides).  Bu  tur  asosan  Kavkazda  tarqalgan  bo‗lib  Kavkaz  orti  mintaqasida 

74 
 
ma‘lum  bir  o‗ramlarda  (orol  kabi)  uchraydi.  Ushbu  o‗simlik  tarkibida  alkaloid 
saqlovchilardan bo‗lib, platifillin, senetsifillin va sarratsin saqlaydi. Bunda o‗simlikning 
ayrim  guruhlarini  g‗arbiy  uchastkalaridagisi  tarkibida  ko‗p  miqdorda  sarratsin  saqlaydi 
va platifillin, senetsifillin saqlamaydi (rasm 1).  
Bu  guruh  o‗simliklarni  alohida  kimyoviy  boshqa  bir  turga  ajratilgan  chemovar 
Sarracinifera. Boshqa o‗simliklar esa sarratsin saqlamaydi.  
Geografik  omil  (faktor)    Bupleurum  multinerue  o‗simligi  flavonoidlar  tarkibiga 
ta‘sir  qiladi.  Tabiiy  sharoitda  ushbu  o‗simlik  Sibirni  janubida  (Oltoy)  o‗sadi,  va 
Ukrainada  esa  o‗ram  –  o‗ram  (orol)  holida  uchastkalar  hosil  qiladi.  Oltoyda  va 
Ukrainada  o‗sadigan  o‗simliklar  tarkibidagi  flavonoidlarni  qiyosiy  o‗rganilganda 
(taqqoslanganda),  Oltoyni  janubiy-sharqida  o‗sadiganlari  tarkibidagi  flavonoidlar 
miqdori,  Ukrainadagilardan  Novosibirskiyda  o‗sadiganlaridan,  hamda  Moskva 
viloyatida  ekiladiganlaridan  ham  2-5  barobar  ko‗p  saqlashi  aniqlandi.  Undan  tashqari 
Ukrainada  o‗sadiganlari  Oltoydagilardan  sifat  jihatdan  ham  farq  qilishi,  tarkibida 
qo‗shimcha kversetin va izoramnetinlarni hosilalari ham saqlanishi aniqlandi.  
 
 
 
Rasm 1. A-Yassi bargli senetsio areali; B- Sarratsinli xemorasini tarqalgan joylari;  
V- Platifillinli xemorasini tarqalgan joylari.   
Malina  (Rubus  idaeus)  mevasini  kimyoviy  tarkibini  turli  ekologik  zonalardan 
yig‗ib  o‗rganilganda  kalsiy,  fosfor  va  sink  elementlarini  malina  mevalarida  va  erda 
bo‗lishi  ijobiy  ta‘sir  etar  ekan.  SHunda  malina  mevasida  ular  ta‘sirida  fruktoza  ko‗p 
bo‗lar ekan.  
Dorivor  o‗simliklar  ekologiyasini  bilish  ularni  tabiiy  zahiralaridan  oqilona, 
samarali  foydalanishidan  tashqari  ularni  madanaiylashtirilgan  holda  ekib  hosil  olishda 
ham  katta  ahamiyatga  ega.  Misol  uchun  alkaloid  saqlovchi  sariq  glatsium  (Glaucium 
falvum)  o‗simligini  keltirish  mumkin.  Bu  o‗simlik  O‗rta  er  dengizini  qirg‗oqlari, 
Qrimda,  Kavkazni  Qora  dengiz  bo‗ylariga  yaqin  joylarda  tarqalgan.  Sariq  glatsium 
taglaridan  suv  bemalol  silijb  oqadigan,  dengizni  qumloq  qirg‗oqlarida,  hamda  toshloq 
tog‗ yon bag‗irlarida o‗sadi. Tabiiy sharoitda ko‗p, katta maydonlarni tashkil qilmaydi. 

75 
 
SHuning  uchun  uni  madaniylashtirib  Krasnodar  o‗lkasida  ekiladi.  Sariq  glatsium 
o‗simligini asosiy alkaloidi-glautsindir. Kavkaz va Qrimdan yig‗ilgan o‗simliklarni tahlil 
qilinganda,  Qrimni  quruqroq  joylarida  o‗stirilgan  o‗simliklarda  glautsin  alkaloidi 
kavkazdagilardan  ko‗ra  ko‗p  saqlashi  aniqlandi.  Demak  Qrimdan  yig‗ilgan  o‗simlikni 
quruqroq sharoitda o‗stirish (madaniylashtirish) maqsadga muvofiq bo‗ladi.  
SHunday  misollar  ham  borki  geografik  muhit  kimyoviy  o‗zgaruvchanligiga  ta‘sir 
qilmaydi.  Masalan  oddiy  bo‗ymadaron  o‗simligi  Rossiyani  33  mintaqasidan  yig‗ib 
tekshirilganda  tarkibidagi  proxamazulenlar  suv  bug‗i  yordamida  haydalganda 
xamazulenga aylanadi, ammo uning miqdori 0 dan 170 mg/100g gacha miqdori turlicha 
bo‗lishi  aniqlandi.  Bunda  o‗simlik  morfologik  belgilari  bo‗yicha  bir-biridan  farq 
qilmasligi ham ma‘lum bo‗ldi.  
SHoxkuya  zamburug‗ini  alkaloid  tarkibi  o‗rganilganda  geografik  muhitni  sezilarli 
ta‘siri borligi aniqlanmadi. Ammo zamburug‗ni javdar (roj)da parazit holida tarqalganda 
ko‗proq  ergotamin  alkaloidi  to‗planishi  boshqa  donli  o‗simliklardagisi  esa  ergokristin 
alkaloidini  to‗planishi  ma‘lum  bo‗ldi.  SHu  bilan  birga  shoxkuyani  alkaloidlar 
saqlaymaydigan  xillari  (rasa)  ham  bor  bo‗lib,  aralash,  kengbargli  o‗rmonlarda,  Sibir, 
Uzoq  SHarqdagi  shoxkuyani  alkaloid  saqlaydiganlari  60-80%ni  tashkil  qilishi,  janubiy 
mintaqalarda  (Rossiya)  va  Qozog‗istonda  alkaloid  saqlovchi  shoxkuya  guruhlari 
ko‗pchilikni tashkil qiladi. 
Turli geografik zonalarda o‗suvchi ayrim o‗simliklarda kimyoviy tarkibi bir-biriga 
yaqin  kimyoviy  moddalar  ham  bo‗ladi.  Masalan  dorivor  valeriana  o‗simligini  VILRda 
etishtirilganda ildizpoya va ildizidagi biofaol moddalar bir xilligi aniqlandi. YAna shuni 
ham  aniqlandiki  efir  moyi  ildiz  tarkibida  ildizpoyadan  ko‗p  saqlaydi,  valepotriatlar 
(iridoidlar)  esa  ildizpoyada  deyarli  2  barobar  ildizdan  ko‗p  saqlaydi.  Bu  ma‘lumotlar 
mahsulotni tahlilida o‗rtacha namuna olishda katta ahamiyatga ega bo‗ladi. YAna shuni 
ham aniqlanganki  valeriana  o‗simligini  klimandjarada  o‗sadigan  turini er  ostki  va  ustki 
qismida valepotriatlar borligi, hatto ildizpoyadan ko‗ra bargida ko‗pligi aniqlangan.  
Ko‗pchilik  biologik  faol  moddalar,  alkaloidlar,  flavonoidlar  va  boshqalar  hujayra 
shirasida  erigan  holda  bo‗ladi,  shuning  uchun  ularga  tashqi  muhit  ta‘sirini  o‗rganish 
uchun  o‗simlikning  shu  qismidan  o‗sha  moddalarni  ajratib  olinadi.  Ammo  shunday 
birikmalar  ham  borki,  masalan  mono-  va  seskviterpenlar  bo‗lib,  ular  efir  moylari 
tarkibida  saqlanadi  va  efir  moyli  bezlarda  to‗planadi.  Ekologik  sharoitlar  o‗simlik 
organlaridagi  bezlarni  ko‗p  yoki  kam  bo‗lishiga  ta‘sir  ko‗rsatar  ekan.  Lavanda  dorivor 
marmarak  (Salvia  officinalis)  va  oq  yasnotka  (Lamium  album)  o‗simliklaridagi  bezlar, 
o‗simlikni dengiz sathidan qancha balandlikda o‗sishiga qarab soni ko‗p yoki kam bo‗lar 
ekan. Jadval 6 dan ko‗rinib turibdiki, o‗simlik dengiz sathidan balandlashgan sari bezlar 
soni  oshib  borar  ekan.  YAsnotkadoshlar  (Lamiaceae)  oilasiga  mansub  o‗simliklar 
ma‘lumki ko‗pchiligi efir moyiga boy o‗simliklar hisoblanadi va ularni ko‗pchiligi quruq 
joylarda  o‗sadiganlari  bargni  1  xil  qismi  (edinitsa)dagi  bezlari, etarli  darajadagi  namlik 
ko‗p joylarda o‗sadigan xillaridan ko‗p bezlar saqlashi ma‘lum bo‗ldi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                         
Jadval-6 
Efir  moyli  bezlarni  1mm
2
    barg  sathidagi  sonini  dengiz  sathidan  balandga 
joylashganligi  bilan bog‗liqligi. 

76 
 
 
Turlari 
Dengiz 
sathidan 
balandligi 
Bezlarni o‗rtacha soni 
Dorivor marmarak 
600 
800 
900 
1200 
5,3 
6,7 
7,5 
7,5 
Oq  yasnotka 
300 
1700 
1800 
1900 
13,8 
22,8 
15,6 
19,7 
 
Bezlarni  soniga  dengiz  sathidan  tashqari  joylarni  geografik  kenglikda 
joylashganligi ham ta‘sir qiladi. Masalan, besh bo‗lakli arslonquyruq va qalampir yalpiz 
o‗simliklari  shimoldan  janubga  surilishi  bilan  bezlarni  soni  ortib  borishi,  efir  moylarni 
miqdorini ortib borishi bilan bog‗liqligi aniqlangan (jadval 7). 
Jadval-7 
Geografik  kenglikni  bezlarni  soniga  (  bargning  1mm

da)  va  efir  moyi  miqdoriga 
bog‗liqligi  
 
O‗sish joyi 
Besh 
bo‗lakli 
arslonquyruq 
Qalampir yalpiz 
Bezlarni 
soni 
Efir moyi 
miqdori 
Bezlar 
soni 
Efir moyi 
miqdori 
Ryazan  viloyati 
(55
o
S m.keng) 
Ulyanov 
viloyati  
(54
o
S m.kengl.) 
Tambov 
viloyati  
(53
o
S m.kengl.) 
Krasnodar 
o‗lkasi  
(44
o
S m.kengl.) 
3,2 
 
4,3 
 

 
4,3 
0,01 
 
0,04 
 

 
0,11 
4,4 
 
4,2 
 
4,7 
 

 
0,36 
 
0,36 
 
0,54 
 

  
Jadvaldan  ko‗rinib  turibdiki  efir  moyi  miqdori  faqat  bezlarni soni  bilangina emas, 
balki bezlarning fiziologik faolligi bilan, umuman o‗simlik faolligiga ham bog‗liq. 
 
SHunga  qaramay  quyidagi  joylardan  O‗rtaer  dengizi  mamlakatlari,  Kavkaz,  O‗rta 
va  Markaziy  Osiy  tog‗lik  rayonlaridagi  o‗simliklardagi  efir  moylari  Rossiyani  Evropa 
qismini  shimoliy-g‗arbiy  rayonlaridagi  o‗simliklarga    nisbatan  ko‗proq  bo‗lishi 
aniqlangan.  Ko‗pchilik  o‗simliklardagi  efir  moylarini  miqdori  efir  moyli  bezlar  soniga 

77 
 
bog‗liqligi ma‘lum bo‗lgan. Efir moyli bezlar soni namligi turi joylarda o‗suvchi bir xil 
o‗simliklarda  turlicha  bo‗lib,  namlikni  ko‗pligi  o‗simlik  bargini  bir  xil  (edinitsa) 
sathidagi bezlarni kamayishiga olib kelishi aniqlandi.  
Bu  ma‘lumotlar  istiqbolli  efir  moyi  saqlovchi  o‗simliklarni  namligi  ko‗p  bo‗lgan 
shimoliy  mintaqalarda  madaniylashtirib,  ekib  ko‗paytirishdan  ko‗ra,  janubiy  quruq  va 
issiq iqlimli joylarda ekib ko‗paytirish yaxshi samara berishi mumkinligini ko‗rsatadi. 
 
Dorivor  o‗simliklarni  birlamchi  introduksiyasi  (madaniylashtirish)  va  samarali 
madaniylashtirishda ekologik faktorlarni ahamiyati 
 
Hozirgi  vaqtda  yovvoyi  holda  o‗sayotgan  va  ekilayotgan  dorivor  o‗simliklarni 
(DO‗)  tayyorlanmoqda.  Madaniylashtirilib  ekilayotgan  o‗simliklar,  tayyorlanishi  lozim 
bo‗lgan  dorivor  o‗simlik  mahsulotlari  (DO‗M)  nomenklaturasi  (ro‗yxati)  uchun  katta 
ahamiyatga ega. DO‗larni madaniylashtirib, dorivor va boshqa foydali o‗simliklarni ekib 
hosil  olish  uchun  mo‗ljallangan  tadbirlar  majmuasi  (komleks  meropriyatiya) 
introduksiya deb ataladi. 
U  yoki  bu  o‗simlikni  ekib  ko‗paytirish,  hosil  olish,  madaniylashtirish 
(introduksiya)ni  bir  qancha  sabablari  bor.  Ularga:  o‗simlikni  tabiiy  zahirasini 
etishmasligi, ularni teraverish oqibatida o‗simlikni yo‗q bo‗lib ketishi mumkinligi (misol 
uchun  ungerniya  turlari,  omonqora,  qoraqovuq,  senetsio,  belladonna  va  boshqalar), 
bizning  floramizda  yo‗q  (saqlamaydigan)  biologik  faol  moddalar  (BFM)  manbalari 
(podofill,  bo‗lakli  ituzum  va  boshqalar),  terish  uchun  etib  borish  qiyin  bo‗lgan 
o‗simliklar va hokazo. 
Introduksiya ishlari kelajagi porloq dorivor o‗simliklarni izlab topish bo‗yicha olib 
boriladigan ilmiy tekshirish ishlariga katta ahamiyatga ega bo‗ladi.    
Vaqti soati kelib ittifoqni parchalanib ketishi natijasida bir qancha BFM manbaalari 
bo‗lgan  DO‗Mlari  geopolitik  nuqtai  nazardan  horijiy  bo‗lib  qolishi  tufayli,  o‗sha 
joylrdagi DO‗larni ekib ko‗paytirish, hosil olish dolzarb masala bo‗lib qoldi.  
Introduksiya  u  yoki  bu  darajada  o‗simlikni  o‗sishiga  moslashgan  joydan  boshqa 
joyga  (moslashmagan)  o‗tkazish  bilan  bog‗liq  bo‗lgani  uchun,  shu  o‗simlik  turini 
ekologiyasi  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  bilimni,  yangi  sharoitni  ekologik  xarakeristikasini 
bilish, DO‗larni madaniylashtirishda birinchi darajali ishlardan bo‗lib qoladi. Bu ayniqsa 
juda  zarur  bo‗ladi,  qachonki  o‗simlik  o‗zining  tabiiy  arealidan  tashqarida  ekilmoqchi 
bo‗lsa,  yovvoyi  holda  o‗sayotgan  sharoitidan  introduksiya  qilinayotgan  sharoiti  katta 
farq qilsa.  
O‗simliklarni  shu  jumladan  dorivorlarini  ham  introduksiyasi  bilan  shug‗ullanadi; 
botanika  bog‗lari,  dorivor  o‗simliklar  pitomniklari  (maxsus  o‗stiriladigan  xonalar), 
farmatsevtika instiutlari va FA qarashli ilmiy-tekshirish institutlari. 
Shu  bilan  birga  botanika  bog‗larida  introduksiya  bo‗yicha  bajarilayotgan  ishlar 
ushbu  DO‗larni  xo‗jaliklarda  ekishgacha  etib  bormaydi,  xo‗jaliklarga  joriy  qilinmay 
qolmoqda,  DO‗larni  sanoat  miqyosida  ishlab  chiqarishga  etib  bormayapti.  Buning 
ko‗plab sabablari bor; introduksiya bu DO‗larni fitopreparatlar yaratishdagi bo‗limlardan 
bittasi xolos.  

78 
 
Undan  tashqari  ko‗pincha  introduksiya  bo‗yicha  olingan  natijalar  bitta  o‗simlik 
uchun turli xil usullar qo‗llanishiga qarab turlicha bo‗lishi mumkin.  
1984  yili  VILR  olimlari  tomonidan  dorivor  o‗simliklarni  introduksiyasi  bo‗yicha 
olib  boriladigan  ilmiy-tekshirish  ishlari  metodikasi  ishlab  chiqilgan  edi.  Unda 
madaniylashtirish  uchun  mo‗ljallangan  o‗simliklarni  o‗rganish  uchun  kerakli  bo‗lgan 
barcha savollar, masalalar hisobga olingan edi. 1990 yili ushbu metodika qayta ishlanib 
DO‗larni  introduksiyasi  uchun  birdan-bir  tadqiqotlar  programmasi  ishlab  chiqilgan 
bo‗lib, u 3 ta bosqichni o‗z ichiga oladi.  
Birinchi bosqich – o‗simlik turlari kolleksiyasini o‗rganish.  
U  o‗rganilayotgan  boshlang‗ich  materialni  yig‗ilgan  momentdan  (vaqtdan)  eng 
istiqbolli  turlarini  ajratib  olib,  kelajakda  chuqur  (detalno)  ilmiy-tekshirish  ishlarini  olib 
borishgacha bo‗lgan masalalarni o‗z ichiga oladi. Tadqiqot ob‘ektlari qaysi korsatkichlar 
(kriteriya) bo‗yicha aniqlanib tanlanadi?  
Tadqiqotlar ob‘ektlari 3 kategoriya o‗simliklari bo‗lishi mumkin; 
CHuqur  kimyoviy  yoki  klinik  sinovlardan  o‗tayotgan,  dori  shakllari  ishlab 
chiqilgan yangi istiqbolli o‗simlik turlari.  
Tabiiy zahirasi kamayib ketgan, ishlatishga ruxsat etilgan dorivor o‗simliklar.  
Horijiy preparatlarni bizda ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgan, chet ellarda o‗sadigan 
o‗simlik turlari.  
Ob‘ekt tanlashda o‗simlik sistematikasidagi ma‘lumotlar (o‗simlikni yaqin turlarini 
bor  yoki  yo‗qligi),  kimyoviy  o‗zgaruvchanligi,  uni  o‗rganilganlik  darajasi,  qachonki  u 
o‗simlikni  o‗simliklar  jamiyati  (rastitelnoe  soobщestvo)dagi  o‗rni,  o‗sish  joyining 
ekologiyasi va boshqalar ham e‘tiborga olinadi.  
Masalan  cho‗l  va  qirlardagi  o‗simliklarni  O‗zbekistonni  shimoliy  mintaqalaridan 
hisoblangan  viloyatlarda  o‗stirish  imkoniyati  (sharoiti)  kam.  Demak  ob‘ektlarni 
tanlashda o‗simlikni tabiiy ekologik sharoiti bilan ekiladigan joyni o‗xshashlik darajasini 
hisobga olish zarur bo‗ladi.  
Oldindan  ob‘ekt  tanlangandan  keyin  boshlang‗ich  materialni  (o‗simlikni  urug‗i, 
vegetativ  organi)  yig‗iladi.  Bu  ikki  xil  yo‗l  bilan  amalga  oshiriladi:  ekspeditsiyalar 
vaqtida  materialni  yig‗ish  va  ekiladigan  materialni  botanika  bog‗laridan  yozdirib  olish 
yo‗li.  So‗ngi  yo‗l  oson  bo‗lgani  bilan,  qo‗shimcha  o‗simlikni  identifikatsyai  qilish 
(o‗simlikni  gullashi  va  meva  tugishi  davrida)  bilan  bog‗liq  ishlarni  bajarishga  to‗g‗ri 
keladi. Ko‗pincha shuning uchun eng maqsadga muvofiq to‗g‗ri yo‗l birinchi yo‗l bo‗lib, 
qachonki  tadqiqotchi  tadqiqot  ob‘ektini  o‗sib  turgan  joyida  ko‗radi  va  yig‗adi. 
Yig‗ganda ham (ob‘ekt) o‗simlikning eng  hosildorini tanlab yaxshi urug‗larni va ekish 
materialini yig‗ib oladi.  
Aniq  bir  misol  qilib,  ob‘ektni  tanlashda  (Phlojodicarpus  sibiricus)ni  quyidagilarn 
aniqlandi.  Ma‘lumki  ushbu  o‗simlikni  ildiz  va  ildizpoyasi  kumarin  saqlovchi  mahsulot 
sifatida  qo‗llaniladi.  O‗simlikni  eng  kattalari  CHita  viloyatida  o‗sar  ekan.  Tahlil  uchun 
oldinda  6  (senopopulyasiy)  xil  joydan  olingan  o‗simlik  mahsuloti  tekshirildi. 
Quyidagilar  hisobga  olindi:  urug‗ni  hosildorligi  (bir  generativ  shoxdagi  urug‗lar  soni) 
100  ta  urug‗ni  massasi,  bir  o‗simlikni  qurigan  ildizini  massasi  va  qurigan  1  ta  o‗simlik 
ildizidagi  kumarinlarni  foiz  miqdori  (quruq  mahsulot  massasiga  nisbatan).  Har  bir 

79 
 
ko‗rsatgich  bo‗yicha  o‗simliklar  ko‗rsatgichlar  miqdori  bo‗yicha  gruppalarga  (klass) 
bo‗lindi.  Ko‗rsatgichlar  har  birida  turlichaligi aniqlandi,  masalan  kumarinlarni  miqdori 
1,5%dan  11,5%  gacha  ekanligi  aniqlandi.  SHuning  uchun  bir  vaqtni  o‗zida  hamma 
ko‗rsatgichlar  bo‗yicha  eng  yuqori  hosildorligini  oddiygina  tanlash  bilan  olib 
bo‗lmasligi  ma‘lum  bo‗ldi.  SHuning  uchun,  introduksiya  uchun  o‗simliklar  ichidan 
ko‗rsatgichlari o‗rtacha yaqinlari tanlandi.  
Yig‗ilgandan  keyin  ekish  uchun  materialni  sifati:  morfologik  tomondan, 
laboratoriyada  va  erdagi  unib  chiqishi,  unib  chiqish  tezligi  va  energiyasi  va  boshqalar 
aniqlanadi.  
Olingan  ma‘lumotlar  statistik  ishonarli  bo‗lishi  uchun  bir  necha  eksperimentdan 
tanlab olinishi kerak. Masalan urug‗ni quruq massasini aniqlash uchun 1000 dona urug‗ 
tanlanadi, unib chiqishi uchun esa-100 dona.  
Keyingi  etap  (qadam)  kolleksiya  pitomnigida  urug‗lardan  undirilgan  o‗simlikni 
nazorat qilish. Bu uzoq (bir necha yil sezon) davom etib, murakkab kompleks tahlillarni 
o‗z ichiga oladi. Bularga o‗simlikni urug‗dan unib chiqqandan –ontogenezi-toki o‗simlik 
quriguncha bo‗lgan davrda o‗rganiladi, o‗simlikni rivojlanish ritmi (sezonda), kasallikka 
va zararkunandalarga chidamliligi, urug‗ va mahsulotni hosildorligi kiradi.  
Ontogenezni  o‗rganish  o‗simlikni  yoshini  aniqlash  va  urug‗ni  xarakteristikasidan 
iborat bo‗ladi.       
Ontogenezni aniqlashda o‗simlikni 4 ta asosiy davrda rivojlanishi farqlanadi: latent 
davri  (urug‗ni  tinch  uyqu  davri),  pregenerativ,  generativ  va  postgenerativ  davrlar  ya‘ni 
urug‗  unib  o‗sishi  oldi,  o‗sayotgan  va  o‗sishdan  to‗xtagan  davrlar.  Ayrim  davrlarni 
ichida  qator  o‗simlikni  o‗sishi  bilan  bog‗liq  holatlar  farqlanadi.    Masalan  urug‗ni  unib 
chiqish  oldi  –  pregenerativ  davri  quyidagi  holatlarga  bo‗linadi:  o‗simta;  juda  kichkina 
o‗simlik,  urug‗  kurtagi  o‗sish  vaqti;  virginal  holati,  birinchi  shoxlari  chiqaboshlagan 
vaqti va hokazo.  
Generativ  o‗sayotgan  davrda;  yosh,  o‗rtayoshi  va  qarigan  generativ  holatlari 
aniqlanadi.  
Generativ  davrning  o‗sish  (yoshi)  holati  vegetativ  va  hosil  beradigan  novdalari 
hamda real urug‗ hosil bo‗lishi soni bilan aniqlanadi.  
Masalan,  ayrim  tuplarni  ajratish  mumkinki,  ularda  meva  hosil  qiladigan  novdalari 
o‗zgarmasdan,  o‗sadigan  shoxlari  soni  va  gul  to‗plamidagi  gullar  soni  ko‗payadi. 
Boshqa  turlarida  esa  meva  beradigan  shoxlarini  o‗simlikni  qarishi  tufayli  sekin-asta 
kamaya boshlashi bilan farqlanadi. O‗simlikni qari holati asosan uyg‗onadigan kurtaklari 
sonini qisqarishi bilan aniqlanadi.  
Nazoratni odatda model o‗simliklardan olib boriladi. Unda e‘tiborni urug‗kurtakni 
morfologik  xususiyatlariga  va  birinchi  bargni  morfolgiyasiga,  o‗rtadagi  asosiy  shoxni 
tuzilishiga,  ikkinchi  va  keyingi  barglarni  morfologiyasiga,  barg  qo‗ltig‗i  kurtaklarini 
joylashgan  tartibiga,  yon  novdalarini  hosil  bo‗lishiga  va  boshqa  belgilariga  qaratiladi. 
Bir  vaqtni  o‗zida  er  ostki  qismlarini  rivojlanishini  ham  nazorat  ostiga  olinadi: 
ildizpoyani  hosil  bo‗lishi,  (stolonov),  piyozboshi  va  boshqalarni.  Vegetatsiya  davrini 
oxirida  qishga  kirayotgan  turli  yosh  holatidagi  turlarni  soni  hisoblanadi.  Bu,  o‗z 

80 
 
navbatida  ikkinchi  va  undan  keyingi  yillarda  qishdan  keyin  qurib  qolgan  o‗simlik 
turlarini yoshi bo‗yicha guruhlarini aniqlash imkoniyatini beradi.  
Misol  tariqasida  ittikanak  (Bidens  tripartita)ni  ontogenezini  qisqacha  keltirish 
mumkin.  
Latent davri avgust oxiri sentyabr boshlaridagi urug‗lar to‗kilishi bilan keyingi yil 
may oxiri – iyun boshlarigacha davom etadi.  
Pregenerativ  davri  quyidagi  holatlarni  o‗z  ichiga  oladi:  urug‗ni  shishib  yorilishi 
(o‗saboshlashi),  yuvinil  barg  chiqib  shakllana  boshlashi  va  virginal  (o‗simlik  bargini 
to‗la  shakllanish).  Urug‗ni  o‗saboshlashi  (prorostki)  uch  tipda  bo‗lishi  mumkin:  faqat 
urug‗ kurtagini shigan holati (semyadoli), semyadolyasi bir par haqiqiy barglari bilan va 
semyadolyasi 2-3 juft barglari bilan. Semyadolya qurib qolgandan keyin o‗simlik yuvinil 
rivojlani  fazasiga  o‗tadi.  Bunda  xali  asosiy  novda  shoxlanmagan,  ammo  bargi  etilgan 
o‗simlik bargini eslatadi, chunki o‗simlik bargini asosida 2 bo‗lagi bor (rasm 2). 
YAna asosiy ildiz ham shoxlanib mayda ildizchalar hosil bo‗ladi. Barg qo‗ltig‗idan 
qarma-qarshi  chiqqan  yon  shoxchalari  chiqishi  bilan  o‗simlikni  virginil  o‗sish  holati 
hosil bo‗ladi. Bu tipni barglari katta o‗simlik barglaridek: toq patsimon qirqilgan bo‗lib 
2-3 ta juft lansetsimon segment (bo‗laklari) bor.  
Generativ  davrni  boshlanishi  g‗unchalashgan  gulto‗plamini  hosil  bo‗lishi  bilan 
boshlanadi. Asosiy novdadagi barg yirikroq bo‗lib virginal 
 
Rasm 2. 
o‗simlikdagidan farq qiladi. Asosiy va yon novdalari savatchalarga to‗plangan gul 
to‗plami bilan tugaydi. Gul to‗plamlari hosil bo‗lishi bilan o‗simlik o‗sishdan to‗xtaydi. 
Birinchi bo‗lib asosiy shoxdagi gullar ochiladi, keyin yon shoxlari 1 chi, 2 chi va 3 chi 
tartibdagilari  ochiladi.  Urug‗larni  etilishi  ham  shu  tartibda  davom  etadi.  Meva 
pishgandan keyin generativ shoxlar o‗ladi (qurib qoladi).  
Hamma o‗simliklar ayni shu tartibda rivojlanmasdan, o‗ziga xos bo‗lib farq qilishi 
mumkin. 
Tabiiy  sharoitda  o‗sayotgan  o‗simlikni  sharoiti  madaniylashtirilganda  bilinadi. 
Masalan  sovuq  iqlimdagi  o‗simlikni  issiqroq  o‗lkalarga  ko‗chirilganda,  rivojlanishi, 
kattaligi, bo‗yi tezroq, balandroq, yirikroq bo‗lishi ko‗pincha kuzatiladi va aksincha.  
O‗simlikni  madaniylashtirilyotganda  uni  sovuqqa,  kasallikka  va  har  xil 
xasharotlarga chidamliligi katta ahamiyatga ega.  

81 
 
Sovuqqa  chidamliligini  aniqlash  uchun  qishlashga  kirgan  o‗simliklarni  sanab, 
qishdan keyin unib chiqqanlarni aniqlab umumiy sondan foiz miqdori hisoblab topiladi.  
O‗simlik 
kasallikga 
va 
zararkunandalarga 
chidamliligini 
aniqlada, 
mikroorganizmlar  tarkibi,  turini  aniqlash  (kasallik  chaqiradigan)  va  zararkunandalarni 
aniqlab ularga qarshi himoya vositalari ishlab chiqiladi.  
Madaniylashtirish  maqsadida  o‗simlikni  vegetativ  ko‗payishi  darajasini  aniqlashni 
katta  ahamiyati  bor.  Ko‗p  yillik  o‗simliklarni  vegetativ  ko‗payishini  aniqlash  uchun 
novdalaridan qalamchalar, ildizpoya, ildiz qismi, piyozboshchisi va boshqa qismlaridan 
foydalaniladi.  Tajribalarni  yoritilgan  xonalarda,  erda,  turli  haroratlarda  olib  boriladi. 
Agar tajribalar ochiq havoda olib borilsa hisob qishdan keyin, keyingi yil bahorida olib 
boriladi.  
O‗simlikni tutib qolganlari ballarda baholanadi.  
Nazorat rejasiga mahsulotni hosildorligini aniqlash ham kiradi. U o‗rtacha kamida 
30  ta  tupda  hisoblanib  o‗rtachasi  olinadi.  Bunda  o‗simlikni  ma\suloti  quritilmasdan 
tarozida  tortilib,  qurigandan  keyin  ham  tortilib  (qoidasi  bo‗yicha)  aniqlanadi.  Quruq 
mahsulotda ta‘sir qiluvchi asosiy biologik faol moddani miqdori va tarkibi aniqlanadi.  
Birinchi  etap  (bosqichni)  so‗ngida  keyinchalik  o‗rganish  uchun  istiqbolli  ishlash 
formasi  tanlanadi.  Olib  borilayotgan  introduksiyani  yaxshi  va  istiqbolli  ekanligi 
to‗plangan materiallar asosida tahlil qilinadi.  
Qishga  chidamlilari,  sog‗lom,  yaxshi  urug‗lar  qiladigan,  erta  generativ  davrga 
kiruvchilari,  urug‗laridan  o‗zi  unib  chiqadigan,  iloji  bo‗lsa  samarali  vegetativ  ko‗paya 
oladiganlari tanlab olinadi. Ekiladigan material ajratilib tajriba uchastkasiga ekiladi.  
Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin