Adabiyotlar:
1.O‗zbekiston
florasini
boyligi
va
xilma-xilligi.
Dorivor
o‗simliklar
resursshunosligi to‗g‗risida tushuncha va uning vazifalari. Geobotanik va
resursshunoslik terminlari (A.YA.Ibragimov).
2.O‗zbekiston dorivor o‗simliklarning hom ashyo bazasi. O‗zbekistonda yovvoyi
holda o‗sadigan va etishtiriladigan dorivor o‗simliklar. YAngi istiqbolli o‗simliklarni
izlab topish usullari (X.M.Komilov).
3.O‗simliklar jamoasi, ularning dengiz sathidan joylashgan erlari balandligiga
qarab bo‗linishi (poyasnost), tarixiy rayonlar va guruhlarga bog‗liqligi (F.F.Urmanova).
4. Dorivor o‗simliklarni ko‗plab o‗sadigan joylarni izlab topish, ularni xaritaga
belgilash, zahirasini, hosildorligini va tiklanish davrini, yillik yig‗ish miqdorini rejalash
(A.YA.Ibragimov).
5.Dorivor o‗simliklarni muhofaza qilish va ularning resurslaridan oqilona
foydalanish. O‗zbekiston tabiiy ko‗riqhona fondi (X.M.Komilov).
6.Dorivor
o‗simliklarni hom ashyosini tayyorlash asoslari (omillar)
(F.F.O‗rmanova).
11
7.Tabiiy sharoitda yo‗qolib ketish xavfi bo‗lgan va kamayib ketayotgan noyob
dorivor o‗simliklarni madaniylashtirish muammolari (X.M.Komilov).
8. Dorixonalar tizimi va farmatsevtika sanoati uchun tayyorlanadigan o‗simliklar
(A.YA.Ibragimov).
9.O‗zbekistonning yangi istiqbolli dorivor o‗simliklari va ularning xom ashyo
bazasini shakllantirish (F.F.Urmanova).
10. O‗zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 1 tom. Toshkent, 1998.
11. Ibragimov A.YA. O‗zbekiston Respublikasini dorivor o‗simliklar bilan
ta‘minlash uchun tavsiyalar. Kimyo va farmatsiya jurnali, 1995, №6. S.30-32.
12.Ibragimov A.YA. O‗zbekiston Respublikasini dorivor o‗simliklar bilan
ta‘minlash istiqbollari. Kimyo va farmatsiya jurnali, 1995, №4. S.4-5.
13. Murdaxaev YU.M. Kultura lekarstvennыx rasteniy v Uzbekistane. Tashkent.
Izd. Abu Ali Ibn Sino, 1999.
14. Ibragimov A.YA. Obespechennost respubliki Uzbekistan lekarstvennыm
rastitelnыm sыryom. Perspektivы i rekomendatsii. Kimyo va farmatsiya jurnali. 1993,
№5. S.70-73.
15.Xolmatov X.X. va Xabibov Z.X. O‗zbekistonning shifobaxsh o‗simliklari,
Toshkent, 1976.
2-3-Ma‟ruza
Mavzu: O„zbekiston dorivor o„simliklarining xom ashyo bazasi. O„zbekiston
yovvoyi holda o„sadigan va etishtiriladigan dorivor o„simliklar. YAngi istiqbolli
o„simliklarni izlab topish usullari
Mavzu 4 soatga mo„ljallangan
Ma‟ruza rejasi:
1.O‗zbekiston dorivor o‗simliklarining xom ashyo bazasi.
2.O‗zbekiston yovvoyi holda o‗sadigan va etishtiriladigan dorivor o‗simliklar.
3.Yangi istiqbolli dorivor o‗simliklarni izlab topish usullari.
4.Horijiy
mamlakatlardan
keltirilgan
dorivor
o‗simliklar va ularning
mahsulotlari ro‗yxati.
5.O‗zbekiston florasidan ilmiy tibbiyotga joriy qilingan yangi dorivor o‗simliklar.
Tayanch iboralar: xom ashyo bazasi, istiqbolli o‗simliklar, yovvoyi holda
o‗sadigan, etishtiriladigan dorivor o‗simliklar, an‘anaviy tibbiyot, fitopreparatlar,
madaniylashtirilgan dorivor o‗simliklar , ―Qizil kitob‖ga kiritilgan dorivor O‗simliklar,
galen preparatlar, yangi galen preparatlar, individual preparatlar, kompleks preparatlar
12
Mutaxassislarning ta‘kidlashlariga er yuzida 250 ming atrofida gullaydigan
o‗simlik turlari mavjud. SHular jumlasidan Evropa va Osiyo qitalarida kamida 75 ming
turi tarqalgan. Hamdo‗stlik mamlakatlarida 20 mingga yaqin, O‗rta Osiyoda esa 7 ming
atrofida gullaydigan o‗simliklar o‗sadi. O‗zbekiston hududiga yuqori o‗simliklardan
4230 tur o‗simliklar tarqalgan bo‗lib, ular 138 oilani va 1028 avlodni tashkil qiladi. 79
oilaga kirgan 492 tur o‗simliklar madaniylashtirilgan o‗simliklar hisoblanadi.
O‗zbekiston florasidan 577 turi dorivor hisoblanadi. Dorivor o‗simliklarni ko‗pchiligi
tog‗li hududlarda, tayyorlash qiyin bo‗lgan joylarda tarqalgan. Qir, adir, daryo
bo‗ylarida ham katta-katta maydonlarda bir qancha o‗simliklar o‗sadi va ularni sanoat
miqyosida tayyorlash imkoniyati mavjud. O‗zbekiston hududida ma‘lumki asosiy
qishloq-xo‗jalik ekini paxta hisoblanadi. Paxta ekiladigan maydonlarni haddan tashqari
kengaytirilishi, shu joylardagi yovvoyi holda o‗suvchi dorivor o‗simliklar zahirasini
qisqarib ketishiga olib keldi. SHuning uchun O‗zbekiston florasidagi noyob dorivor
o‗simliklar bilan Sog‗liqni saqlash tizimini ehtiyojini qondirish uchun, ularni
etishtiradigan xo‗jaliklarni tashkil qilish muammosini xal qilish zaruriyati mavjud.
Mamalakatimizda dorivor o‗simlik mahsulotlariga bo‗lgan xalqimiz ehtiyojini iloji
boricha to‗la qondirishning eng zaruriy shart-sharoitlaridan biri – dori vositalarining
ro‗yxati (katalog)ning mavjudligidir. Bu ro‗yxat ma‘lum bir davrda qaytadan ko‗rib
chiqiladi: undan samarasi kam bo‗lganlari chiqarib tashlanadi, hamda horijdan
keltiriladiganlariga hojat qolmaganlari ham ro‗yxatdan olib tashlanadi; shu bilan birga
Respublikada ishlab chiqarilayotgan yangi, samarali dori vositalari ushbu ro‗yxatga
(katalog) kiritiladi. Bu o‗ta muhim ishda farmakognoziya ilmi katta o‗rin tutadi, chunki
amalda qo‗llanilib kelinayotgan dori vositalarining katta bir qismini dorivor o‗simliklar
va ularning mahsulotlari tashkil qiladi. Vatanimizda dorivor o‗simliklarni keng
o‗rganilishi va sanoatda ularni asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqarilishini yo‗lga
qo‗yilishi natijasida dorivor o‗simliklar ro‗yxatida (nomenklaturasi) katta o‗zgarishlar
sodir bo‗ldi. Qo‗llaniladigan dorivor o‗simliklar ro‗yxati bir necha barobarga ortdi,
ularni orasida horijdan keltiriladiganlari ancha kamaydi (strofant, kuchala va boshqalar);
200 dan ortiq maxalliy (yovvoyi va madaniylashtirilgan) o‗simliklar ro‗yxatdan joy
olgan. Ammo ular dorivor o‗simliklar bilan ta‘minlay olinishi mumkin bo‗lgan katta
imkoniyatning bir qisminigina tashkil qiladi. Hozirgi zamondagi dorivor o‗simliklar
ilmini rivojlanish bosqichidagi muhim vazifalardan biri, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot
ishlarini eng kerakli, samarali dori vositalarini yaratishga jalb qilishdan iborat.
Dorivor o‗simliklar va ulardan dori vositalarini yaratish bo‗yicha olib borilayotgan
tadqiqotlar bir qancha usullarga bo‗linadi.
Yangi istiqbolli dorivor o„simliklarni izlab topish usullari
1. Xalq tabobatida qo„llanadigan o„simliklar ichidan kelajagi istiqbolli
dorivor o„simliklarni izlab topish. Hammaga ma‘lumki xalq tabobati (xalq va
an‘anaviy tibbiyot)ning asosiy dorivor vositalarini dorivor o‗simliklar tashkil qiladi.
Insonlar qadim zamonlardan beri o‗simliklardan dorivor vosita sifatida foydalanib
kelganlar. CHunki ular o‗z atrofidagi tabiatda o‗zlariga zarur bo‗lgan ovqat, ichadigan
13
suvni qidirib topganlaridek, tinchlik bermayotgan kasalliklariga davo qidirishlari,
ularning tabiiy talablari bo‗lgai. SHuning uchun inson atrofini o‗rab turgan o‗simliklar
dunyosi uning kasalliklarini davolashda asrlar davomida birinchi va eng oson
topiladigan birdan-bir yagona shifobaxsh vositasi bo‗lgan. Masalan, qadimgi xaqlar
tabobatida ham dorivor vosita sifatida avvalo o‗simliklardan, so‗ngra hayvon
mahsulotlari va mineral moddalardan foydalanganlar. «Bu o‗rinda, chamasi jamoa
qozonlarida
inson
organizmiga
(kasal
va
sog‗lom holatida) tonuslovchi,
mustahkamlovchi, tozalovchi va kuch beruvchi ta‘sirlarni ko‗rsatish maqsadida
ovqatlarni tayyorlashda o‗simliklardan ksng foydalangan tajribasi o‗z ta‘sirini ko‗rsatgan
bo‗lsa kerak».
Demak «Dorivor o‗simliklarni ishlatish butunlay insoniyat jamoasining tajribasi
bo‗lgan», shuning uchun «tibbiyot boshlanishida hammani, har bir kishining vazifasi
bo‗lgan, faqatgina ko‗p bo‗lmagan qobiliyatlilarni kasbi bo‗lgan". Insoniyat
madaniyatining eng qadimgi yozma yodgorliklarining ko‗rsatishicha inson tomonidan
dorivor vosita sifatida o‗simliklardan foydalanish tarixi juda qadimiy va albatta yozuv
paydo bo‗lishdan oldin boshlangan. SHuning uchun ham inson o‗zini-o‗zi o‗simlik
yordamida davolagan vaqtini aniqlash qiyin. CHamasi u ibtidoiy odam bilan tengdir.
Ehtimol er yuzida inson iaydo bo‗lishidan ancha burun ba‘zi o‗simliklarni shifobaxsh
xususiyatlaridan hayvonlar «foydalanganlardir». Haqiqatdan ham ba‘zi farmakologik
faol ta‘sirga ega bo‗lgan o‗simliklarni hayvonlar iste‘mol qilgan hollar tarixda
ma‘lumdir. Assuriyada topilgan eng qadimgi -sopolga bitilgan birinchi yozma manbalarda
xam dorivor o‗simliklar to‗g‗risida ma‘lumotlar bo‗lgan. Assuriyalilar dorivor
o‗simliklarning shifobaxsh xususiyatlariii yaxshi bilganlar, ulardan davolanish
maqsadida foydalanganlar. Assuriyalilar dorivor o‗simliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni
o‗z navbatida asosan shumerlar va bobilliklardan olganlar, keyinchalik bu ma‘lumotlar
assuriyaliklardan misrliklarga o‗tgan. Eramizdan -miloddan 4000 yil avval misrliklar -
Misrning dorivor o‗simliklari mantiqiy tasvirini tushirganlar. Ovrupada qadimiy tibbiyot
sifatida yunon tibbiyotini qabul qilshgan.
U dunyo tibbiyoti rivojiga o‗zining juda katta ta‘sirini ko‗rsatgan va insoniyatga
Buqrot, Dioskorid va boshqalar kabi buyuk namoyandalarni bergan.
Yunonlarning bu sohadagi muvaffaqiyatlari rimliklar tomonidan, so‗ngra sharqda -
Suriya va Eronda qabul qilingan. Bu erda yunon kitoblari arab tiliga tarjima qilinmadi,
ulardan nusxalar ko‗chiriladi, qayta ishlab chiqiladi va ularga ilovalar yoziladi.
Ovrupa tibbiyoti esa o‗z navbatida Misr, Vavilon va Assuriyaning eng qadimgi ananaviy
madaniyati bilan chambarchas bog‗langan va shular asosida fan taraqqiy etgan Gretsiya
sivilizatsiyasining samarasidir. Bu borada Ovrupa tibbiyoti yuqorida aytib o‗tilgan
davlatlarni an‘anaviy madaniyati ta‘sirida taraqqiy etgan arab tibbiyoti kabidir.
Hozirgi O‗rta Osiyo va Qozog‗iston respublikalari territoriyasida joylashgan
davlatlarning tibbiyoti xam, ularni arablar bosib olgaidan so‗ng shu yuqorida zikr
etilgan yutuqlar va an‘analar asosida hamda ta‘sirida taraqqiy qilgan. SHuning uchun
ham Ovrupada Abu Ali Ibi Sinoni arab tibbiyot maktabining buyuk namoyandasi deb
hisoblaydilar.
14
Insonlar avvalo o‗z atrofida o‗sadigan o‗simliklardan dorivor vosita sifatida
foydalanganlar. SHuning uchun xar qaysi erning dorivor o‗simliklari bo‗lgan. Uzoq
vaqtlar davomida bu dorivor o‗simliklar xayot sinovidan o‗tganlar, saralanganlar va eng
samaralilari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar shu er (shu xudud)ning o‗zida og‗zaki avloddan
avlodga o‗tgan. Qachonki xalqlar orasida aloqalar tuzilib, mollar almashina
boshlangandan so‗ng dorivor o‗simliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ham bir xalqdan
ikkinchisiga o‗ta boshlaydi. Bu esa har bir erning dorivor o‗simliklar assortimentini
xam erli flora turlari, ham chetdan kelgan o‗simliklar hisobiga boyishga olib keladi
(1-jadval).
1-jadval
Horijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor o„simliklar va ularning
mahsulotlari ro„yxati
№ Hindiston mamlakatidan
Qora murch
Piper nigrum L.
Qalampirmunchoq
daraxti
Eugenia caryophyllata (Thunb)
Kardamon
Amomum meleguete Rosc
Kuchala daraxti
Strychnos nux vomica
Xitoy mamlakatidan
Tangut rovochi
Rheum
palmatum
L.
var
tanguticum Maxim.
Dolchin (koritsa)
Cinnamomum tamala Ness
Kamforali dolchin
Cinnamomum camphora (L.)
Amerikadan
Xin daraxti
Cinchona Succiruba Pav.
Kauchuk daraxti
Hevea brasiliensis Muell.
Kakao daraxti
Theobroma Cacao L.
Tamaki
Nicotiana tabacum L.
Kola daraxti
Cola nitida (Went.)
Afrikadan
Eritroksilon koka
Erythroxylon Coca Lam.
Strofant kombe
Strophanthus Kombe
Fizostigma
Physostigma venenosum Balf.
Sano
Cassia acutifolia Del.
Avstraliyadan
Evkalipt daraxti
Eucalyptus cinerea F.v. Muell.
1-jadvaldan ko‗rinib turibdiki: Hindiston bilan savdo aloqani o‗rnatilishi arab
davlatlari va Ovrupa tibbiyot amaliyotiga murch, qalampirmunchoq, kardamon, kuchala,
chaulmug‗rol moyi va boshqalar, Xitoy bilan aloqa esa rovoch, dolchin, muskus,
kamfora va boshqa shunga o‗xshash dorivor vositalarni berdi. Amerikani ovrupaliklar
15
tomonidan kashf qilinishi tibbiyotni bir qancha yangi dorivor o‗simliklar, jumladan xin
daraxtining po‗stlog‗i, kauchuk, kakao, chilim tamaki, qoqa va boshqalar bilan boyitdi;
tropik Afrika davlatlaridan Ovrupa tibbiyot amaliyotiga kola yoig‗og‗i, strofant urug‗i,
fizostigma mevasi, Avstraliyadan evkalipt barglari olib kelib qo‗shildi. Natijada arab
tibbiyoti dorivor vositalar assortimenti Grek tibbiyotiga ma‘lum bo‗lgan dorilardai
tashqari Eron, Misr, Hindistonda ishlatiladigan hamda keyinchalik arablar yangidan bosib
olib ishg‗ol qilgan davlatlar (SHimoliy Afrika davlatlari, Ispaniya va boshqalar) dorivor
o‗simliklari hisobiga boyidi. So‗ngra, arablar hozirgi O‗rta Osiyo va Qozog‗iston
territoriyasida qadimdan joylashgan davlatlarni bosib olgandan so‗ng bu dorivor
vositalar xazinasi shu xalqlarga ham xizmat qila boshladi.
SHunday qilib, uzoq davrlar davomida insonlar kasalliklarini davolash uchun
o‗simliklarni tanlab olish masalasiga tayangan tajribalar asosida va ongli ravishda
yondoshish hamda ota-bobolarimizning boy tajribalarini avaylab saqlash va ularni
avloddan-avlodga etkazib berish natijasida hozirgi O‗rta Osiyo territoriyasida o‗zining
an‘analariga va dorilar vositasiga, jumladan dorivor o‗simliklariga ega bo‗lgan xalq
tabobati vujudga keldi. Bu tabobat uzoq asrlar davomida, ehtimol boshlanish davrida
grek tibbiyoti, keyinchalik arab an‘anaviy tibbiyoti ta‘sirida taraqqiy etgan. SHuning
uchun ham u o‗z amaliyotida kasallarni davolashda mahalliy dorivor o‗simliklar bilan
bir qatorda ko‗p miqdorda xindlar,arablar va boshqa chet xalqlarning dorivor
vositalaridan foydalangan.
?ozirgi kunda an'anaviy tibbiyot (xal? tabobati) xal? zakovati bilan su?orilgan juda
boy va ulkan tajriba bilimlar majmuasidir. U ilmiy (rasmiy) tibbiyotni yangi,samarali
dorivor preparatlar bilan boyituvchi bitmas tuganmas manbadir. Xal? tabobatining bu
soxadagi ?immati, tutgan o‗rni beba?odir. Buning uchun misol tari?asida ?ozirgi zamon
tibbiyotida ?o‗llaniladigan shifobaxsh o‗simliklarni ko‗pchiligi o‗z va?tida xal? tabobati
dorivor vositalar xazinasidan olinganligini yoki xozirgi zamon ilmiy tibbiyotining o‗zi
xal? tabobati asosida tara??iy etganini eslash kifoyadir.
O‗zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan va Respublikada yovvoyi holda
o‗sadigan hamda o‗stiriladigan o‗simliklardan bir qanchasining farmakologik ta‘siri va
kimyoviy tarkibi chuqur o‗rganildi. Natijada ularning ayrimlari rasmiy tibbiyotda
dorivor vosita sifatida ishlatish uchun ruxsat etildi va ishlatilmoqda:(2-jadval)
2-jadval
O„zbekiston florasidan ilmiy tibbiyotga joriy qilingan yangi dorivor
o„simliklar
1.
Oddiy isiriq
Peganum harmala L.
Turkiston arslonquyrug‗i
Leonurus turkestanica
Turkiston adonisi
Adonis turkestanica Adolf.
Teshik dalachoy
Hypericum perforatum L.
Dag‗al dalachoy
Hypericum scabrum L.
Regel qo‗ziqulog‗i
Phlomus regeli Willd.
Gulbandli kiyik o‗ti
Ziziphora pedicellata Pazij et Vved.
Gangituvchi bozulbang
Lagochilus inebrians Rgl.
16
Mayda gulli tog‗rayhon
Origanum tytthanthum Gontsch
Dorivor tirnoqgul
Calendula officinalis L.
Sertuk xandeliya
Handelia trichophylla (Shrenk)
Samarqand bo‗znochi
Helichyrisum maracandicum M.Pop.
Do‗lana turlari
Crataegus sp.
Itburun na‘matak
Rosa canina L.
Sariq andiz
Inula grandis Schrenk.
Danakli oqquray
Psoralea drupacea Bge.
Anjir
Ficus carica L.
Makkajo‗xori
Zea mays L.
Ketma-ket gulli termopsis
Thermopsis alterniflora
Qalampir yalpiz
Mentha piperita L.
Mayda qirqilgan bargli ferula
Ferula tenuisecta L.
Viktor ungerniyasi
Ungernia Victoris Vved.
Tubulg‗ibargli bo‗ymodaron
Achillea filipendulina Lam.
Dorivor qashqarbeda
Melilotus officinalis Desr.
Itsigak
Anabasis aphylla L.
Tik o‗suvchi bo‗rigul
Vinca erecta Rgl. et Schmalh.
Parpi
Aconitum soongoricum Stapf.
Jut
Corchorus olitorius L.
Otquloq
Rumex confertus Willd.
Oddiy isiriq, Turkiston arslonkuyrug‗i, Turkiston adonisi, teshik (oddiy)
dalachoy, dag‗al dalachoy, Regel qo‗ziqulog‗i, gulbandli kiyiko‗t, gangituvchi
buzulbang, maydagul tog‗rayhon va soxta yantoq o‗simliklarining o‗ti (er usti qismi),
dorivor tirnoqgul, sertuk xandeliya va Samarqand bo‗znochi gullari, do‗lana va
itburun na‘matak mevalari, sariq andiz va danakli oqquray ildizlari (er osti
organlari), anjir bargi va makkajo‗xori onalik ustunchasi og‗izchasi bilan,
termopsis va boshqalar shular jumlasidandir
Keyingi bir necha o‗n yillar davomida butun dunyoda tibbiyot sohasida
o‗simliklarga, ayniqsa, xalq tabobati dorivor o‗simliklariga bo‗lgan qiziqish tobora oshib
bormoqda. Ko‗pchilik ilmiy markazlarda o‗simliklar har taraflama va chuqur o‗rganildi
va natijada bir qancha yangi, yuqori samarali fitopreparatlar yaratildi.
1960-1990 yillar ichida sobiq Sovet davlatida 100 dan ortiq fitopreparatlar yaratildi
va tibbiyot amaliyotiga joriy etildi. SHulardan bir qismi yuqorida aytilganlarga dalil
sifatida bu erda keltirildi: avisan, aymalin, alanton, askorutin, asmatin, befungin, beosid,
gindarin, gossipol, kaleflon, kardiovalen, qarotolin, kellin, konvaflavin, laminarid,
linetol, mukaltin, novoimanin, pastinatsin, plantaglyusid, raunatin, rozevin, rutin, salvin,
solsolidin, flakorbin, floverin, xlorofillipt, esflazid va boshqalar. Xalq tabobatida
ko‗llaniladigan dorivor o‗simliklarga bo‗lgan qiziqishning oshib borishi va ularni
o‗rganish faqat o‗z tibbiyotida qadimdan an‘anaviy ravishda ko‗plab dorivor o‗simliklar
qo‗llab kelgan davlatlar (Hindiston, Xitoy, Vetnam, Birma, Filipgaga, arab davlatlari,
17
boshqa Janubi — SHarqiy Osiyo davlatlari, Afrika davlatlarida)gina emas, balki
kimyoviy sintez yo‗li bilan ko‗plab dorilar olishi mumkin bo‗lgan kimyo -farmatsevtika
sanoati yaxshi taraqqiy etgan davlatlarda ham kuzatilmoqda.
An‘anaviy tibbiyotda dorivor o‗simliklarga bo‗lgan qiziqishning oshib borishini
quyidagi sabablar bilan tushuntirish mumkin:
1.
Uzoq vaqt davomida uzluksiz ravishda har qanday sintez yo‗li bilan
olingan (sintetik) dorivor preparatlarni iste‘mol qilish ayrim organlar funksiyasi
(bajaradigan ishi) va tuzilishini turli buzilishlarga olib keladigan manbaa ekanligi
aniq bo‗lib qoldi.
Masalan, g‗arbda ayrim uyqu dorilarni qabul qilish bilan bog‗liq bo‗lgan nogiron
bolalarning tug‗ilishi, ba‘zi dorilarning rak kasalligi sababchisi bo‗lishi (konserogenligi),
uzoq vaqt davomida antibiotiklarni qabul qilish natijasida kelib chiqqan mikoz
kasalliklari, devinkan preparatini ko‗p qabul qilish natijasidagi jinsiy ojizlik va boshqalar
sintetik dorivor preparatlarni sistematik ravishda ko‗p qabul qilishning asoratlaridandir.
2.
O‗simliklardan tayyorlangan Galen, yangi Galen va boshqa o‗simliklarning
yig‗indi dorivor preparatlari qabul qilinganda organizmga shifobaxsh ta‘sirini sof
xoldagi yolg‗iz bitta modda emas, balki mazkur erituvchida erib, o‗simlikdai ajralib
chiqqan biologik faol moddalar (asosiy ta‘sir etuvchi va u bilan birga uchraydigan
yo‗ldosh moddalar) yig‗indisi kompleks ta‘sir ko‗rsatadi. Bu yo‗ldosh moddalar asosiy
ta‘sir etuvchi moddaning ta‘sir kuchini oshirish yoki cho‗zishi, yoxud suvda erishini
kuchaytirib, uni organizmga so‗rilishini, demak ta‘sir qilishini tezlatishi mumkin, bazan
esa, asosiy ta‘sir etuvchi moddalarni zaxarli kuchini pasaytiradi.
Bulardan tashqari, o‗simliklardan yig‗indi va tozalangan yangi Galen preparatlarini
olish ancha oddiy, maxsus va murakkab texnologik uskunalarni talab qilmaydi va
shuning uchun toza, yagona bir moddani ajratib olishdan ko‗ra iqtisodiy jihatdai ancha
arzon va qulaydir.
3. Bu masalada kuyidagi vaziyatlarning ahamiyati katta va ular hisobga olinishi
shart. Dorivor o‗simliklar insoniyat tarixini boshidan boshlab ular tarafidan shifobaxsh
vosita sifatida ko‗llanilib keladi.
Insonlar o‗simliklarning davolash xususiyatlariga o‗rganib qolganlar va ishonadilar,
zarur bo‗lgan paytlarda ularning yordamidan foydalanganlar. Bulardan tashqari, dorivor
o‗simliklar aholi yashaydigan joylarda, insonlar atrofida o‗sadi, ularni yig‗ib olish,
quritish oson va hammaning qo‗lidan keladi. Ulardan dori tayyorlash qiyin emas va uy
sharoitida ham bajarsa bo‗ladi. Eng muhimi, ko‗pchilik dorivor o‗simliklar zaharli emas,
ulardan tayyorlangan shifobaxsh preparatlarni uzoq vaqt davomida surunkali
kasalliklarni davolash uchun iste‘mol qilsa bo‗ladi. SHunda ham shifobaxsh
o‗simliklarni noxush, keraksiz, qo‗shimcha va allergik ta‘sirlari kuzatilmaydi.
Butun dunyo xalqlarining an‘anaviy tibbiyotida qo‗llaniladigan dorivor o‗simliklar
shu kunlarda ham ko‗pchilik olimlariiig jiddiy e‘tiborini o‗ziga tortmokda. CHunki,
ularni har taraflama va chuqur o‗rganish ko‗pincha yaxshi natijalarga olib kelmokda.
YAngi biologik faol moddalar ajratib olish va ular asosida yangi, samarali
fitopreparatlar yaratish yo‗lga ko‗yilmokda yoki ma‘lum bo‗lgan biologik faol
moddalarning yangi manbaalari topilmoqda. Pirovardida tibbiyot amaliyoti yangi dorivor
18
preparatlarga ega bo‗lmokda. Xalq tabobatida qo‗llaniladigan dorivor o‗simliklarning
farmakologik tasiri o‗rganilganda ularning hammasi o‗zini tabobatda ishlatilishini
tasdiklaydi deyish qiyin va albatta xato bo‗ladi. Lekin o‗tkazilgan farmakologik,
keyinchalik klinik sharoitidagi o‗rganishlar an‘anaviy tibbiyotda ishlatiladigai dorivor
o‗simliklarning ko‗nchiligi o‗zlarini ishlatishlarini tajribalarda tasdiqlashlarini
ko‗rsatmoqda. N.R.Farisvort, O.Lkrsle va boshqalarning (39) tekshirishlari shunday
natijalarga olib keldi. Mualliflar ilmiy tibbiyotda qo‗llaniladigan 119ta fitopreparatlar
(o‗simliklardan olingan) ni ta‘siri yoki ishlatilishini ularning olinadigan manbalari -
o‗simlik-larini ananaviy tibbiyotda qo‗llanishi bilan solishtirib ko‗rishgan. Natijada 119
fitopreparatlardan 78 (65,54 %) tasini hozirgi zamon ilmiy tibbiyotida qo‗llanishi va
ularni olish manbalari bo‗lgan dorivor o‗simliklarni an‘anaviy tibbiyotda ishlatilishi bir
xil ekanligini kuzatganlar. Misol tariqasida quyidagi preparatlarni va ularni olingan
maibalari - o‗simliklarini keltirish mumkin: bahorgi adonisdan -adonizid; belladonadan -
atropin; ko‗knoridan -kodein, morfin -papaverin; kuzgi savrinjondan -kolxitsin; may
marvaridguldan -konvallyatoksin; kulrang rauvolfiyadan -rezerpin; ilon rauvolfiyadan -
rezerpin; qizil angishvonaguldan -digitalin va gitalin; ipekakuanadan —emetin;
qalqonsimon podofillumdan -podofillotoksii; oddiy qizilmiyadai -glitsirrizin; qora
mingdevonadan -giossiamin;tishli kelladan -kellin; katta kelladan -ksantotoksin; Ledger
sinxonasi (xin daraxti)dan -xinin;oq toldan -salitsin; o‗tkirbarg sano va torbarg
sanolardan -A va V sennozidlar; oddiy silibumdan -silimarin; shokolad daraxtidan -
teobramin; choydan -teofillin; dorivor valerianadan -valepotreatlar; kichik bo‗riguldan -
vinkamin va boshqalar.
YUqorida keltirilgan dalillar ilmiy tibbiyot amaliyotida qo‗llash uchun yangi
samarali dorivor preparatlar yaratishda an‘anaviy tibbiyotni boy meroslarini o‗rganishni
qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini yaqqol ko‗rsatadi.
Bizning an‘anaviy tibbiyotimiz hozirgi O‗rta Osiyo territoriyasida uzoq vaqtlar va
turli tibbiyot sistemalar ta‘sirida taraqqiy etdi. U o‗zining an‘anasiga, dorilariga boy
xazinasiga va dunyoga mashxur ulug‗ arboblariga egadir. Bizning an‘anaviy tibbiyotimiz
birinchi galda yurtdoshimiz buyuk Abu Ali Ibn Sino nomi hamda uning butun dunyoga
mashhur asari - "Kitab al - Qonun Fi -t -tibb" bilan bog‗liqdir. An‘anaviy tibbiyotda
ishlatilgan hamda hozirgi kunda turli kasalliklarni davolash uchun xalq tabobatida
qo‗llanilayotgan dorivor o‗simliklar bitmas-tuganmas boylikdir. Ularning soni ko‗p.
Lekin hozirgi kunda etarli darajada o‗rganilmagani uchun ilmiy tibbiyotda ularning bir
qismidangina foydalaniladi. Agarda xalq tabobati, birinchi galda Ibn Sino qo‗llagan
dorivor o‗simliklar o‗rganilsa foydadan holi bo‗lmas edi. Bu holda ilmiy tibbiyot bir
qancha samarali yangi dorilarga ega bo‗lishi ham shak-shubxasizdir.
Ma‘lumki, hozirgi ilmiy tibbiyotda qo‗llanilib kelinayotgan deyarli barcha
o‗simliklar xalq tabobatida qo‗llanilib kelingan bo‗lib, ular tajribalarini o‗rganish
natijasida olingan. Xalq tabobati ma‘lumotlariga e‘tibor bilan qarash, ko‗pincha dorivor
o‗simliklarni izlashda samarali natija beradi. Xalq tabobatini o‗rganishni boshlang‗ich
bosqichida ahamiyat berish kerak;
1. Maxsus yoki yo„l-yo„lakay ekspeditsiyalar tashkil qilinib xaloyiqdan
Dostları ilə paylaş: |