Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix17.12.2019
ölçüsü1,17 Mb.
#29956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Dorivor o‘simliklar


 
(σ) ni   2 va 3— formulalar bilan aniqlanadi: 
 
 
                   ( ∑ M
n
)2                 5191
2
 
S = ∑ M
n
2
 ----------- = 1987745------------ = 191313          (2); 
                       n                           15 
                                
             s             191313  
σ = √ -------- = √ --------------=116,89                             (3); 
         n -1               14                   
 
 
Olingan qiymatlarni formulaga qo‗yib, S=191313 va σ =116,89 ekani topildi. 
O‗rtacha arifmetik hatolik (m) ni qo‗yidagi formula bilan topamiz: 
           σ              116,89           
   m= ---------- = ------------- = 30,2                                   (4); 
          √ n              15 

37 
 
 
Demak,       m = ± 30,2 g 
 
SHunday  qilib,  o‗rganilayotgan  maydondagi  Regel  qo‗ziqulog‗i  o‗simligining    
hosildorligi    346,07 ± 30,20 g/m
2
 ni tashkil qiladi. 
O‗rtacha   arifmetik  hatolikning  %   mikdori   (ε)   5 — formula  bilan topiladi: 
 
       30,2 
ε = -----------x 100= 8,73%                                                 (5); 
     346,07 
Bizning misolimizda εq 
 
8,73% ni tashkil qiladi. Demak, hosildorlik etarli darajada 
aniq hisoblangan (R=85%). 
Ekspluatatsion  zahira  (E.z)ni  hisoblab  topish  uchun  maydon  kattaligini 
hosildorlikning pastki qiymati (M — 2 m) ga ko‗paytiramiz: 
 
E.z =46800 m
2
 x (346,07g - 2 x 30,2g) = 13 369 356   g yoki ~13,4 t yangi terilgan 
xom ashyo. 
Quritilgan mahsulot yangi terilgan xom ashyoning 46%ni tashkil 
qiladi.  Demak,  Regel  qo‗ziqulog‗i  o‗simligining  ~  4,7  ga  maydondagi  biologik 
zahirasi quruq xom  ashyoga nisbatan 6,15 t ni tashkil qiladi. 
O‗simlikning  yillik  taiyorlov  hajmini  topish  uchun  uning  qayta  tiklanuvchanligi, 
chunki o‗simliklarning bir qismini ularni qayta tiklanishi uchun qoldirish zarur. Er ustki 
qullaniladigan  o‗simliklarning  qayta  tiklanuvchanlik  davri  4  —  6  yilni  tashkil  qiladi. 
SHuning  uchun  Regel  qo‗ziqulog‗ining  yillik  tayyorlov  xajmi  bizning  misolda 
6,15:(5Q1)q1,025 t ni tashkil qiladi. 
 
XOSILDORLIKNI NAMUNAVIY NUSXALAR USULI 
BUYICHA ANIQLASH 
 
Xosildorlikni  namunaviy  nusxalar  buyicha  baxolaganda  ikkita  kursatkichni  -tovar 
nusxalar  (novdalar)ning  maydon  birligidagi  soni  va  xar  bir  nusxa  (novda)dan  olingan 
xom ashyoning o‗rtacha og‗irligini aniqlash zarur. 
Bu  usul  bilan  ishlaganda  hisob  birligi  bulib  nusxa  (masalan  otkulokning  nusxasi) 
yoki  novda  (mevali  na‘matak  novdasi)  bo‗lishi  mumkin.  Novdani  hisob  birligi  qilib 
ishlatish,  nushalar  chegaralarini  ajratish  qiyin  bo‗lgan,  alohida  nushalar  o‗sish  darajasi 
bo‗yicha keskin farq qilgan va yaxlit nusxadagi xom ashyoning yig‗ish mumkin bo‗lgan 
(masalan jo‗ka) xollarda qulaydir. 
Nusxa  (novda)lar  sonini  hisoblash  o‗simlik  o‗sadigan  maydonda  joylashtirilgan 
0.25 dan 10 m gacha o‗lchamidagi hisoblash maydonchalarida yoki marshrut yo‗llarida 
olib boriladi. 
Maydonchalar  kattaligi  o‗rganilayotgan  tur  o‗lchamlari  bilan,  ularning  soni  - 
o‗rganilayotgan turning maydonda tekis tarqalganligi bilan belgilaniladi. 

38 
 
O‗simlik  qoplamida  ancha  va  nisbatan  tekis  tekis  tarqalgan  o‗simliklar  uchun 
odatda  15-20  ta  maydoncha,    kamroq,  va  notekis  tarqalganida  30-50  ta  maydoncha 
joylashtirish etarli bo‗ladi. 
Xosildorlikni  15%  aniklikda  namunaviy  nushalar  usulida  aniqlash  uchun  nushalar 
soni  va  ularning  xom  ashyo  fitomassasi  miqdorini  10%  aniqlikda  baxolash  zarur.  Agar 
nushalar soni kam bo‗lsa (1 m da o‗rtacha soni 1 nushadan kamga to‗g‗ri kelsa), ularni 
marshrut  yullarida  sanash  qulayrok.  Bunda  o‗simlik  o‗sadigan  maydon  sathini 
aniqlashda  qo‗llangan  marshrut  yullaridan  foydalanish  mumkin,  birok  ularni  o‗simlik 
o‗sadigan  maydon  kattaligi  va  uning  zichligiga  karab  20-30  yoki  100  qadamli 
bo‗laklarga bo‗lib chiqish zarur (o‗simlik o‗sadigan maydon qanchalik katta va undagi 
tur qanchalik kam uchrasa, yo‗l bo‗laklari shunchalik katta olinishi zarur). 
Tovar  nushalar  (novdalar)  soni  marshrut  yo‗nalishi  bo‗ylab  eni  1  yoki-  2  m 
yo‗lakda  sanaladi.  Ishonchli  o‗rtacha  kattaliklarni  olish  uchun  25-40  ta  marshrut 
yo‗nalishdagi yo‗laklarda hisoblash olib borish kerak. 
Namunaviy  nushalarning  xom  ashyo  massasini  aniqlash  uchun  hisoblash 
maydonchalarida yoki marshrut yo‗nalishi bo‗yicha barcha tovar nushalaridan sub‘ektiv 
"o‗ziga  xos"  joylarni  tanlamasdan  olib  boriladi.  Marshrut  yo‗nalishi  bo‗ylab  uchragan 
xar  ikkinchi,  beshinchi  yoki  uchinchi  nushani  tanlab,  bir  tizimga  solib  ishlash 
ob‘ektivroq natija beradi. 
Namunaviy  nushalar  soni  ularning  tarqalganligiga  bogliq.  Er  ostki  organlar  yoki 
gul  to‗plamlarining  og‗irligini  aniqlashda  aksariyat  xollarda  40-60  ta  namunaviy 
nushalar etarli bo‗ladi. Er ustki organlar og‗irligi buyicha keskin farq qilishi mumkin va 
uning  uchun  nushalar  (novdalar)  soni  100  va  undan  yuqori  bo‗lishi  mumkin.  Agar 
nushalar turli darajada rivojlangan bo‗lsa, ularni  2-3 guruhga maxsus belgilari buyicha, 
masalan 1-3 novdali (bargli) yoki ko‗p novdali (bargli) yoki vegetativ nushalarga bo‗lib 
olish mumkin. Bu holda xar bir guruhda va umumiy zarur nushalar soni ko‗prok bo‗ladi. 
Albatta, guruhlarga bo‗lib o‗rganilganda, har bir guruhga mansub nushalar sinfi alohida 
hisoblanadi.  Bunda  zarur  bo‗lgan  namunaviy  nushalar  sonini  hisoblash  maydonlarni 
sonini aniqlashda ko‗llaniladigan formula yordamida aniqlanadi. 
Har  bir  namunaviy  nushaning  xom  ashyo  organini  topib  olinadi  va  ularning 
o‗rtacha qiymati (M+m) hisoblab topiladi. Barcha nushalarni birga tortib, undan o‗rtacha 
umumiy  og‗irlikni  nushalar  soniga  bo‗lib  hisoblash  to‗g‗ri  kelmaydi,  chunki  bunday 
usulda  olingan  natijalarni  statistik  qayta  ishlash  mumkin  bo‗lmay  qoladi.  Meva  yoki 
gullarning  zahirasini  aniqlayotgan  xollardagina  bitta  nushaning  o‗rtacha  og‗irligini  100 
ta nushani 10 marotaba tortish natijasida baholash mumkin. Biroq, bu usul juda xam aniq 
emas. 
Bitta  namunaviy  nushaning  xom  ashyo  mevasi  (og‗irligi)ni  o‗rtacha  nushalar 
soniga kupaytirib topiladi. 
 
 
 
 

39 
 
NAMUNAVIY NUSXALAR USULI BUIICHA XOSILDORLIKNI 
XISOBLASH UCHUN MISOL 
 
O‗simlik o‗sadigan jarlikda 5 ga maydonda marshrut yo‗lakning xar 30 bo‗lagida 2 
m  kenglikdagi  yo‗lakda,  20  qadam  bilan  otqulok  o‗simligining  nushalar  sonini 
aniklaymiz. 
Qadamning  o‗rtacha  uzunligi  65  sm.  SHunday  qilib,  xar  bir  bulak  yo‗lda  tovar 
nushalar sonini 25 m  maydonda aniqlanadi. (20 x 0.65 x 2) 
30 bo‗lakdagi o‗simliklar sonining o‗rtacha arifmetigi 12.3 ni, hatolik 1.26 nushani 
tashkil  etadi.  Hisoblash  M+m  shuni  ko‗rsatadiki,  har  bir  bo‗lak  yo‗lkasidagi  tovar 
nushalar soni 12.3+1.26 ni tashkil etadi. 
5  ta  namunaviy  nushalar  olindi,  har  bir  ildiz  nushasi  tortildi  va  bitta  ildizni 
nushasining o‗rtacha massasi hisoblandi. 
Ildizni og‗irligining o‗rtacha arifmetik 84.9 gr, hatolik 6.1 gr tashkil etdi, shunday 
kilib: 
M+ m = 74.9+6.1 
Xosildorlikni xisoblash (M+ m)x(M
2
 + m
2
 ) 
M
1
xM
2
=123x74, 9-921,3 
     
M
1
x m
2
 formula bo‗yicha 
m
1,2
=      (M
2
  x  m
1
)  +  (M
1
  x  m
2
)  =  (103  x  6,1)  +(74,9  x  1,26)    =  (76)2+  (94,37) 
=14530,7= 120 
SHunday qilib hosildorlik 25 m
2
ga 921 + 120 yoki 1 m
2
 36.8 +4.8 g/m 

ni tashkil 
etadi. 
Bu erda: M
1
- nushalar sonini o‗rtacha arifmetik 
               M
2
 - xom ashyo massasining o‗rtacha arifmetik 
               m
1
 - nushalar sonining o‗rtacha arifmetik hatoligi 
     m
2
 - xom ashyo massasining o‗rtacha arifmetik hatoligi 
Ekspluatatsion zahirani hisoblash uchun hosildorlikni o‗simlik o‗sadigan
 
maydonga 
ko‗paytirib aniqlaymiz. 
(36.8-2x4.8)x50000=27.2x50000=1360000 g=1360kg xo‗l xom ashyo. 
Olingan  ma‘lumotlarni  inventarizatsiya  vedomostiga  o‗tkazamiz.  Hisoblash 
maydonchalarida  xom  ashyoni  kanday  hisoblagan  bo‗lsak,  namunaviy  nushalar  usulida 
ham faqat xul xom ashyo uchun massasi aniqlanadi. 
 
HOSILDORLIKNI PROEKTIV QOPLANISH USULI BO„YICHA 
ANIQLASH 
 
Hosildorlikni  bu  usul  buyicha  aniqlaganda  ikkita  ko‗rsatgich:  o‗simlik  o‗sadigan 
maydondagi  o‗rtacha  proektiv  qoplanganlik  va  3%  proektiv  qoplangan  maydondan 
olinadigan xom ashyo massasi, ya‘ni 1% proektiv xom ashyoning "bahosi"ni aniqlanadi, 
(proektiv  qoplanganlik  bu  tuprok  (maydon)  yuzasidagi  o‗rganilayotgan  o‗simlik 
proeksiyasidir (soyasi). Bu ko‗rsatilgan turli usullar bilan: ko‗zda chamalab, Ramenskiy 

40 
 
turi,  kvadrat  tur  va  x.k.lar  bilan  aniqlanadi.  Proektiv  qoplanganlik  bo‗yicha  hosildorlik 
aniqlanganda eng murakkab, lekin eng aniq bo‗lgan ohirgi usul qo‗llaniladi. 
1%  qoplanganlik  "bahosi"ni  aniqlash  uchun  har  1dm
2
  maydonchadan  xom  ashyo 
olib  tortiladi  va  1%  qoplanganlik  "bahosi":  (M+m)  hisoblab  topiladi.  Bu  kattalik  turli 
o‗simlik  guruhlari  va  ekologik  sharoitlarda  turlicha  bo‗lishi  yodda  bo‗lishi  kerak. 
SHuning uchun 1% qoplanganlik "bahosi"ni xar bir o‗rganilayotgan maydonda aniqlash 
zarur. 
Hosildorlikni  namunaviy  nushalar  usulida  hisoblangan  formula  bo‗yicha  o‗rtacha 
proekt qoplanganlik "baho"si hisoblab topiladi. 
Bu  usul  bilan  past  bo‗yli  yoki  sudralib  o‗suvchi  o‗simliklar,  masalan,  brusnika, 
tolokyanka, tog‗jambul kabilar hosildorligini aniqlashda ishlash qulay hisoblanadi. 
Proektiv qoplanganlikni baholash faqat shu usul bilan hosildorligini aniqlashdagina 
emas,  balki  o‗simlik  o‗sadigan  joyni  ta‘riflash  uchun  ham  zarurdir.  Bu  holda  proektiv 
qoplanganlikni aniqrok bo‗lmasa ham bari bir engilrok usullar bilan, masalan Ramenskiy 
turi yoki ko‗z bilan chamalab aniklanadi. 
Eng  oddiy,  lekin  eng  noanik  usul  -  proektiv  qoplanganlikni  ko‗z  bilan  chamalab 
aniqlashdir.  Uni  har  bir  hisoblash  maydonchasi  o‗simliklar  bir-biriga  zich  o‗sganda 
maydonning  kancha  qismidan  yuqoridan  band  qilishni  chamalab  qaraganda  baholanadi. 
Bu  usulda  tadqiqotchilargina  etarli  mahoratga  erishgach  foydalanishlari  mumkin.  Ko‗z 
bilan  chamalash  mashqini  tur  va  Ramenskiy  turi  yordamida  olib  boriladi.  Tadqiqotchi 
proektiv  qoplanganlik  va  hosildorlik  o‗rtasidagi  bog‗lik  to‗g‗risida  katta  amaliy 
ma‘lumotlarga  ega  bo‗lganda,  kelgusi  ishlarni  engillashtirish  uchun  regression  taxlil 
usullarini qo‗llab, hisoblash jadvallarini tuzib olish mumkin. 
Misol.  Ekspluatatsion  zahirani  hisoblash  uchun  o‗simlik  o‗sadigan  2ga  maydonda 
1%  qoplanganlik  "baho"si  aniqlanadi,  buning  uchun  har  bir  maydondan  1dm
2
  joydan 
xom ashyo yigiladi va tortiladi. Massa ogirligi 25, 22, 21, 27, 29, 18. 15, 24, 20, 9, 24, 
12, 18. 14, 16 
O‗rtacha arifmetikani quyidagi formula bo‗yicha hisoblaymiz: 
           Σ Mp           294 
   M =------- ;   M=------=19,6 
            p                 15 
               
o‗rtacha arifmetik hatolikni aniqlash uchun, dispersiyani (S)  
 
                     (ΣMn)
2
 
S = ΣM p
2
-
  
---------- 
                       p        
va kvadratik og‗ishni ( σ) 
        
         s 
σ=√-----; 
      p-1 
 

41 
 
hisoblash zarur 
               (294)              86436 
S=6222- ------ = 6222- --------=6222-5762=460 
                15                  15 
 
       466 
σ=√------ = √ 32,8 = 5,2  
       14 
 
Hatolikni (m) quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi: 
          σ                 5,2 
m = -------;   m = ----- =1,4   M1+ m 1=19,6+1,4              
        √ p               √ 15           
 
Ushbu  maydonda  o‗rtacha  proektiv  qoplanganlikni  aniqlaymiz,  bunda  15,  10,  12, 
19,  16,  10,15,  10  12,  16,  12,  21,  16,  12,  15  ga  teng  bo‗ladi.  O‗rtacha  arifmetikni 
quyidagi formula bo‗yicha aniqlaymiz. 
 
           Σ Mp           211 
   M =------- ;   M=------=14;  
            p                 15 
 
                   (ΣMn
2
)                    (211)

S = ΣM p
2
-  ---------;   S= 3121- ------= 193;  
                      p                             15 
 
        
         s               193 
σ=√-----;    σ=√-----=3,7 
      p-1                14  
 
       
          σ                 3,7 
m = -------;   m = ----- =1,03   M
2
+ m
2
=14+1,03;              
        √ p               √ 15           
 
 
Hosildorlikni hisoblaymiz:  
 
M
l
 x M
2
 = 19,6 x 14=274,4 
 
m
l
 x m

formula bo‗yicha    (M
1
 x m
1
)
2
 + (M
1
x m
2
)
2
  
 

42 
 

2, l
 = √(14x1,4)
2
+(19,6x1,03)
2
 = √ 788= 28,15; 
 
SHunday qilib, 2ga maydonda hosildorlik 274+28,15 ni tashkil etadi. Hosildorlikni 
(eng  pastki  chegarasi)  o‗simlik  o‗sadigan  maydon  yuzasiga  ko‗paytirib,  ekspluatatsion 
zahirani hisoblab chiqamiz: 
 
(274-2 x 28,15x ...00=4354000 g =4354kg 
4354kg xo‗l xom ashyo 
 
Xo‗l xom ashyodan quruq xom ashyo chiqimi 50% ni tashkil etadi. SHunday qilib 
o‗simlik o‗sadigan maydonda xom ashyoning ekspluatatsion zapasi 2177kg ga teng. 
 
KARTOGRAFIK MATERIALLAR 
 
Mahsulot  tayyorlashni  uyushtirish  va  amalga  oshirish  uchun  mahsulotni  sanoat 
miqiyosida  tayyorlash  mumkin  bo‗lgan  miqdor  -  ekspluatatsion  zapas  haqidagi 
ma‘lumotlar sxematik kartalarda aks ettiradi. Bunday kartalar dala sharoitlarida ish olib 
borganda  foydalaniladi  va  qo‗yidagi  kartografik  materiallar  asosida  tuzilishi  mumkin. 
Topografik  yirik  masshtabli,  geobotanik,  er  tuzilishini  aks  ettiruvchi  kartalar, 
o‗rmonlarning joylashishi planlari o‗rmon ho‗jaligi sxemalari, o‗rta va mayda masshtabli 
adminstrativ kartalar. 
Har  bir  kartalar  turi  va  masshtabiga  ko‗ra  turli  maqsadlar  uchun  hizmat  qiladi. 
Yirik  masshtabli  sxematik  kartalar  va  planlar  (1:25000;  1:1000)  rayon  miqyosidagi 
o‗simlik  o‗sadigan  maydonlar joylashishini aks  ettiradi.  Bu  kartalarni rayon  mikyosida 
mahsulot  tayyorlashda,  mahsulot  yig‗uvchilarni  marshrut  yo‗llarini,  belgilab  chiqishda, 
xhsildor  joylarni  qidirib  topishda,  shuningdek  tayyorlashda  uzoq  muddatga  mo‗ljallab 
karta-sxemalar tuzishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
O‗rta  masshtabli  sxematik  kartalar  (1:  600000),  viloyat  va  o‗lka  administrativ 
(kartalarning)  kartografiyasi  asosida  tuzilgan  bo‗lib,  mahsulot  tayyorlashni  alohida 
rayonlar  va  viloyatlar,  o‗lka,  Avtonom  respublikalari  buyicha  planlashtirishda 
foydalanish imkonini beradi. 
Tayyorlashni rayonlashtiruvchi mayda masshtabli  (1:1000000;  
1:25000000) kartalar maxsulot tayyorlashni viloyat, o‗lka va avtonom respublikalar 
bo‗yicha  planli  taqsimlashga,  shuningdek  rayonlarni  ma‘lum  bir  tur  uchun  dorivor 
o‗simlik mahsuloti tayyorlashga ixtisoslashtirishga mo‗ljallanadi. 
 
HAR YILGI TAYYORLOV XAJMINI HISOBLASH 
 
Xom  ashyoning  ekspluatatsion  zahirasi  -  bu  o‗simlik  o‗sadigan  maydondan  bir 
marta yig‗ilganda qancha xom ashyo yig‗ish mumkinligini ko‗rsatadi. 
Faqat  xom  ashyo  sifatida  mevasi  ishlatiladigan  dorivor  o‗simliklarningina  o‗sha 
joyining o‗zidan qayta yig‗ish mumkin ekanligi isbotlangan. 

43 
 
Bunday  xollarda  ekspluatatsion  zahiralarning  yig‗indisi  barcha  o‗simliklar 
yig‗iladigan  maydondan  har  yilgi  tayyorlash  mumkin  bo‗lgan  hajimga  teng  bo‗ladi. 
Boshqa  xollarda,  har  yilgi  yig‗ish  mumkin  bo‗lgan  hajmni  hisoblash  uchun, 
tayyorlashdan  so‗ng  o‗simliklarning  yana  necha  yildan  keyin  xom  ashyo  o‗zining 
boshlang‗ich zahirasiga tenlanishini bilish zarur. 
Hozirgi  vaqtda  faqat  28  tur  o‗simliknigina  qayta  tiklanish  muddati  tajriba 
ma‘lumotlari  asosida  aniqlangan.  Qolgan  turlar  uchun  bu  davrning  davom  etish 
belgilanmagan va fakat tayyorlash davrini taxminan quyidagicha ko‗rsatish mumkin: 
- gul tuplamlari va er ustki qismi (bir yillik o‗t o‗simliklar) bir yilda 1 marta: 
-  er  ustki  qismlari  ko‗p  yillik  o‗t  o‗simliklar  uchun  4-6  yilda  1  marta:  kupchilik 
o‗simliklarning er ostki qismlari uchun  15-20 yilda kamida 1 marta. 
Xom  ashyoning  yillik  tayyorlash  hajmi  o‗simlik  ekspluatatsion  zahirasining 
tayyorlov  davriga  nisbati  bilan  aniqlanadi.  Tayyorlov  davri  o‗simlikni  yig‗ilgan  yili  va 
uning  qayta  tiklanish  muddatini  o‗z  ichiga  oladi.  Masalan,  agar  tog‗rayhonning 
ekspluatatsion  zahirasi  200  kg  ni  tashkil  etsa,  u  4  yilda  qayta  tiklanadi.  bunda  shu 
rayhonning har yilgi tayyorlash mumkin bo‗lgan hajm 40 kg dan oshmasligi kerak. 
 
XISOBOT TUZISH 
 
Hisobot,  o‗zida  metodikani  tug‗riligini  baholash  uchun  zarur  bo‗lgan  kerakli 
malumotlarni,  bajarilgan  ishni  aniq  va  to‗g‗riligini,  shuningdek  bajarilgan  ish  natijalari 
tug‗risidagi ahborotlarni to‗liq va har tomonlama bo‗lishini, bu esa foydalanishga qulay 
ekanligini  o‗zida  mujassamlashtirishi  lozim.  Hisobot  quyidagilarni  o‗z  ichiga  olishi 
kerak: 
1. Ishga   ta‘luqli   masalalarni,  lozim   bo‗lgan   rayonlar   ro‗yxatini. zahirasini   
o‗rganish      kerak      bo‗lgan      dorivor      o‗simliklar      turini,  shuningdek  amalga 
oshiriladigan ishning kelishilgan bahosini. 
2.  O‗rganiladigan      rayon    hakida    qisqacha    ma‘lumot;    bunda    rayonning  asosiy   
yo‗llari;    o‗rmon    (qaysi  o‗rmon    turi    ko‗rsatiladi),    qishloq  xo‗jalik   erlari    va   
o‗tloq-      yaylovlar      egallab      to‗rgan      maydonning  protsentli  ifodasi  ko‗rsatiladi  va 
hokazo. 
3. Ishning     to‗liq   uslubi    qo‗yidagilar  hisobga olgan xolda ko‗rsatiladi: 
- qanday  kartografik  yo‗llanma  qo‗llanmalaridan  foydalaniladi  va  nima 
uchun? 
-  xom      ashyo      zahirasini      qanday      usullar      bilan      (baholanadi)      aniqlanadi 
(o‗simliklarning  qaysi  turlari  o‗rganiladi,  qaysilari  aniq  maydonlarni  belgilash  usuli 
bilan)? 
-  aniq    maydonlar      uchun      joy      qanday      tanlanishi;      ularning    soni      va    ular 
egallagan maydon butun territoriyaning necha foizini tashkil qilishini; 
- aniqlash maydonlaridan olingan natijalar ekstropolyasiyasi qanday olib boriladi? 
Bundan   tashqari,   har   bir   turning   hosildorligini   aniqlovchi   uslubni keltirish
ya‘ni qo‗yidagilarni ko‗rsatish lozim; 

44 
 
-  hisoblash    maydonchalarida    qanday    turlarga    baho    beriladi    (ular    soni, 
o‗lchamlari, tanlash usuli); 
- qaysilari - proektiv qoplanish usulida olingan maydonlarda; 
- qaysilari  -  namunaviy  nushalar  usulida (har  bir turning  namunaviy nushalar 
soni, ular sonini maydon birligida aniqlash usuli); 
himoyaviy taxlil o‗tkazilganda - qanday usullardan foydalaniladi? 
 
ADABIYOTLAR 
 
1.Ibragimov  A.YA.  Izuchenie  resursov  lekarstvennыx  rasteniy  Uzbekistana, 
ratsionalnogo   ispolzovaniya   ix   i   kultivirovaniya   nekotorыx   vidov. Dissertatsiya   
v  forme      nauchnogo    doklada    na    soiskanie      uchyonoy      stepeni  doktora 
farmatsevticheskix nauk, Moskva, 1992. 
2.Atlas arealov i resursov lekarstvennыx rasteniy SSSR GUGK. 1976 g.S. 340.  
3.CHikov P.S. Pavlov M.I. "Nauka i lekarstvennыe rasteniya" M.,Znanie 1977g. 
4.Tursunov  X.  "Ekologiya  asoslari  va  tabiatni  muxofaza  qilish".  Uzbekiston 
nashriyoti, Toshkent, 1977y. 
5.SHodimetov  YU.  SH.  "Oxrana  okrujayuщny  sredы  vajnыy  faktor  ukrepleniya 
zdorovya", Toshkent, Meditsina 1986. 
Artimanov M.I. "Rasteniya i chistota prirodnoy sredы". M. 1986g., s. 6-37 
Xolmatov  X.X..  Axmedov  U.A.  Farmakognoziya,  Ibn  Sino  nomidagi  NMB, 
Toshkent, 1995y. 
Krasnaya kniga UzSSR, T.II. Tashkent, 1984g. 
SHreter  A.I.,  Krыlova  I.D.,  Borisova  N.A.  i  dr.  Metodika  opredeleniya  zapasov 
lekarstvennыx rasteniy. Moskva, 1984g 
Krыmova  N.A.  Sposobы  opredeleniya  srokov  vosstanovleniya  zapasov  sыrya 
lek.rasteniy. Rastitelnыe resursы, 1981g. 
Pravila  sbora  i  sushki  lekarstvennыx  rasteniy    (sbornik  instruksiy)  Meditsina 
Moskva. 1985g, str.323 
   
9-10-Ma‟ruza 
Mavzu: Dorivor o„simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari 
 
Mavzu 4 soatga mo„ljallangan. 
 
Ma‟ruza rejasi: 
 
1.Dorivor o‗simliklar xom ashyosini      tayyorlash ishini uyushtirish. 
 2.Dorivor o‗simliklar xom ashyosini  yig‗ish.  
 3.Yig‗ilgan xom ashyoni quritish.  

45 
 
 4.Yig‗ilgan xom ashyoni standart holga keltirish. 
 5.Xom ashyoni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).  
 6.Xom ashyolarni transport vositalari bilan jo‗natish. 
 7.Xom ashyoni saqlash.  
Tayanch iboralar: dorivor o‗simliklar xom ashyosini tayyorlash, quritish, standart 
xoliga keltirish, qadoqlash ,asosiy dorivor o‗simliklar ro‗yxati. 
O‗zbekiston  tibbiyotida  qo‗llaniladigan  dorivor  vositalarning  38-40%  ini 
o‗simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba‘zi og‗ir kasalliklarni davolashda 
ishlatiladigan  muhim  ahamiyatli  ayrim  dorivor  preparatlarni  (yurak  glikozidlar,  qator 
alkaloidlar,  terpenlar,  saponinlar,  steroid  va  fenolli  birikmalar  va  boshqa  biologik  faol 
moddalar) shu  vaqtgacha sintez yo‗li bilan olib bo‗lmadi. Ularni olish manbai hozircha 
faqat o‗simliklar bo‗lib qolmoqda. 
Farmatsevtika sanoati  va  dorixonalar ehtiyojini  qondirish  maqsadida  har  yili  katta 
miqdorda dorivor o‗simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar asosan yovvoyi holda 
o‗sadigan  dorivor  o‗simliklardan  yig‗iladi.  Yil  sayin  dorivor  o‗simliklar  mahsulotiga 
bo‗lgan  talab  oshmoqda.  SHuning  uchun  tayyorlanadigan  mahsulotning  miqdori  ham 
oshmoqda.  
YOvvoyi  holda  o‗sadigan  dorivor  o‗simliklarning  zahirasi  har  qancha  ko‗p 
bo‗lmasin,  yildan-yilga  ko‗payib  borayotgan  tayyorlash  miqdorini  qondirish  hamda 
tabiiy  sharoitda  o‗sadigan  o‗simliklarni  saqlab  qolish  uchun  ularni  yig‗ishni  to‗g‗ri 
uyushtirilishi  kerak  hamda  mahsulotlarning  tayyorlashni  ilmiy  asoslangan  qat‘iy  rejaga 
rioya qilingan holda olib borish zarurdir. 
Dorivor o‗simliklarni tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi: 
1. Dorivor o‗simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish. 
2. Mahsulotni yig‗ish. 
3. Yig‗ilgan mahsulotni quritish. 
4. Yig‗ilgan mahsulotni standart holiga keltirish. 
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).  
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo‗natish. 
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash. 

46 
 
Dorivor  o‗simliklarni  tayyorlashni  o‗z  vaqtida  to‗g‗ri  uyushtirish  juda  katta 
ahamiyatga ega.  Dorivor o‗simliklarni tayyorlashni uyushtirishda quyidagilar bajariladi 
va tashkil qilinadi: 
-  ma‘lum  tuman  buyicha  dorivor  o‗simliklarning  tayyorlash  rejasini  bilish  va  uni 
tumanda  yig‗ish  mumkin  bo‗lgan  dorivor  mahsulot  miqdoriga  solishtirgan  holda 
aniqlash;  
-  ro‗znoma  va  radio  orqali  xalq  o‗rtasida  qanday  dorivor  o‗simliklar  qachon, 
qanday  qilib,  qaerda  yig‗ilishi,  quritilishi,  sotib  olish  bahosi  hamda  qaerda  topshirilishi 
lozimligi to‗g‗risida to‗liq axborot beradigan tegishli tushuntirish ishini olib borish; 
- xuddi shu ko‗rsatilgan masalalarni to‗liq aks ettiradigan varaqalar chop ettirish va 
uni aholi ko‗p yig‗iladigan, hammaga yaxshi ko‗rinadigan erlarga osib qo‗yish; 
- dorixona qoshida dorivor o‗simliklar tayyorlovchilar uchun qisqa muddatli o‗qish 
(tushuntirish) ni tashkil etish; 
- dorivor o‗simliklar ko‗p o‗sadigan joyini va zahirasini aniqlash; 
- dorivor mahsulotni yig‗iladigan erni aniqlash; dorivor mahsulot yig‗iladigan joyni 
tanlaganda iloji boricha transport vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan 
erdan  olis  bo‗lmasligini  hisobga  olish  kerak.  CHunki  dorivor  mahsulotlarni  yig‗ishga 
ishdan bo‗sh bo‗lgan erli aholi, maktab o‗quvchilari va pensionerlar jalb etiladi; 
- dorivor mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish; 
- yig‗ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan joyda quritishni tashkil qilish. Agarda 
mahsulotni  yig‗ilgan  joyida  quritishni  iloji  bo‗lmasa,  u  holda  uni  zudlik  bilan 
quritiladigan erga transport vositasida etkazish va quritishni tashkil etish. 
 Dorivor  o‗simliklar  mahsulotini  tayyorlash  tegishli,  vakolatli  tashkilotlar 
tasdiqlagan  qat‘iy  reja  bo‗yicha  olib  boriladi.  Bu  ishni  rejalashda  dorivor  o‗simliklarni 
tabiiy  o‗sish  joyida  yo‗q  bo‗lib  ketmasligini  va  ularni  muhofaza  qilishning  boshqa 
tadbirlari hisobga olingan bo‗lishi kerak: 
- rejalangan miqdordan ortiqcha tayyorlamaslik; 
-  dorivor  o‗simlik  mahsulotini  faqat  ko‗rsatilgan  va  rejalangan  daladan  yig‗ish 
hamda yig‗iladigan dalani har yili qoidaga binoan almashtirib turish; 
-  dorivor  mahsulotni  yig‗ish  rejasi  uni  ekspluatatsian  zahirasidan  ortiqcha 
bo‗lmasligiga rioya qilish; 
- ko‗p yillik o‗tli o‗simliklarning dorivor mahsulot sifatida uning er ustki qismidan 
foydalaniladigan  bo‗lsa,  uni  ildizi  bilan  sug‗urib  olmaslik,  ya‘ni  bu  dorivor  o‗simlikni 
tabiiy sharoitda yuq bo‗lib ketishining oldini olish va boshqalar. 
Dorivor  o‗simliklarni  tayyorlash,  qayta  ishlash  hamda  o‗stirish  bilan  quyidagi 
idoralar shug‗ullanadi: 
O‗zbekiston  respublika  mahkamasi  -  «O‗zbekbirlashuv»ning  yovvoyi  holda 
o‗sadigan  o‗simliklar  mahsuloti  tayyorlavchi  Bosh  boshqarmasi  respublikada  dorivor 
o‗simliklar mahsulotlarini tayyorlash ishlarini rejalaydi, dorivor mahsulot miqdorini va 
yig‗iladigan dalalarni aniqlaydi hamda rahbarlik qiladi. 
 «Dori-darmon» davlat aksiyanerlik jamiyati har yili 21 tur dorivor  o‗simliklardan 
60-70  tonnaga  yaqin  miqdorda  mahsulotlar  tayyorlaydi.  Jumladan,  dalachoy,  achchiq 

47 
 
shuvoq, bo‗ymodaron, zubturum, oqqaldirmoq, gazanda, dala qirqbo‗g‗imi, mayda gulli 
tog‗rayxon, makkajo‗hori onalik ustunchasi, na‘matak mevasi va boshqalar. 
Dorivor o‗simliklarni yig‗ish bilan yana qishloq xo‗jalik vazirligi O‗rmon xo‗jaligi 
qo‗mitasiga  tegishli  ―SHifobaxsh‖  ICHB  va  boshqa  tashkilotlar.  Bu  idoralar  o‗zlariga 
biriktirilgan  xududlarda  o‗sadigan  dorivor  o‗simlik  mahsulotlarini  yig‗adi  va  tegishli 
korxonalarga topshiradi. 
Dorivor  o‗simliklarning  xom  ashyo  qismlarini  yig‗ish  ularda  tasir  etuvchi 
moddalarning  eng  ko‗p  miqdorda  to‗plagan  davrida  olib  boriladi.        O‗sishikni 
rivojlanish  (ontogenez)  jaraenida  o‗rganish  natijasida  uning  tarkibidagi  biologik  faol 
moddalarning  zng  ko‗p  miqdorda  to‗planishiga  qarab,  xom  ashyoni  optimal  yig‗ish 
muddati  belgilanadi.  Dorivor  xom  ashyoni  yig‗ish  muddati  taqvim  davrlarda 
ifodalansada,  lekin  ular  fakat  umumiy  yo‗llanma  sifatida  keltiriladi.  Ba‘zan  ularni 
yig‗ib rivojlanish fazasi bilan tug‗ri kelmasligi xam mumkin. O‗simliklar rivojlanishi bir 
necha  faktorlarga  bog‗lik:  o‗simlik  o‗sadigan  geografik  zonaga,  o‗simliklarning  o‗ziga 
xos  xususiyatlariga,  yilning  materiologik  sharoitiga,  tuprok  sharoitiga  va  bosh-kalar. 
Masalan, chuchukmiya ildizini tayerlash Uralda may oyidan oktyabrgacha, Dog‗istonda 
martdan  iyungacha,  Turkistonda  oktyabrdan  ap-relgacha  va  x.k.  muddatlarda  olib 
boriladi. 
SHuning  uchun  yig‗ish  davrini  aniq  belgilashda  (tashqi  belgilarga  qarab) 
rivojlanish  fazalarini  nazarga  olish  kerak.  Bu  fazalar  ayrim  o‗simlik  turlari  uchun  bir 
xil  bo‗lmay,  uni  belgilash  o‗simlikning  turli  organlarida  biologik  faol  moddalarning 
maksimal  miqdorda  to‗planishiga  bogliq.  Ba‘zi  o‗simlik  vakillarining  alohida  kismlari 
yig‗iladi, o‗simlikni xom ashyo qismi yig‗ilganda, iloji boricha kerak bo‗lmagan qismlari 
kam  aralashgan,  begona  o‗simliklar  umuman  aralashmagan  xolda,  to‗g‗ri  yig‗ilishi 
kerak. Xom ashyoni aloxida turlari kunning xar xil soatlarida yig‗ilishi mumkin. Asosan 
ochiq  xavoda,  kunduzgi  soatlarda  xom  ashyoki  yig‗ish  kulay.  Xom  ashyoni  erta 
saxarlab  yoki  kuyosh  botgandan  so‗ng,  ya‘ni  o‗simlikda  shudring  bo‗lgan  vaqtda 
yig‗ish tavsiya etilmaydi.     
 
Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin