Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi


Ikkinchi  bosqichda  (etap)



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix17.12.2019
ölçüsü1,17 Mb.
#29956
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Dorivor o‘simliklar


Ikkinchi  bosqichda  (etap)  –  introduksiya  uchun  chuqur  ilmiy-tekshirish  ishlari 
ajratilgan o‗simlik formalari ustida olib boriladi. Bu bosqichda quyidagilar olib boriladi: 
meva  etilishi  dinamikasi,  tanlangan  o‗simlikni  asosiy  etishtirish  usullari,  hosildorlik, 
BFM (biologik faol moddalar) miqdori dinamikasi, mahsulotni sifatini aniqlash. Mevani 
etilish dinamikasini o‗rganishda, shunday ko‗rsatgichlarga asoslanadiki ularga ob –havo 
sharoiti,  hosildorlik  koeffitsienti,  ya‘ni  bor  hosilni,  olinishi  mumkin  bo‗lgan  hosilga 
nisbatan.    Kam  hosildorlikni  sabablari  ko‗p  bo‗lishi  mumkin,  masalan,  gul  yoki  gul 
to‗plamlarini  yaxshi  rivojlanmaganligini,  otalik  changchini  yaxshi  rivojlanmaganligi, 
otaliklarini bo‗lmasligi yoki yaxshi rivojlanmaganligi va hokazo. 
O‗simlikni  asosiy  o‗stirish  usullarini  ishlab  chiqish,  va  ularda  agrotexnik  va 
agrokimyoviy usullarni qo‗llash. Agrotexnikani qo‗llashda o‗simlikni o‗stirishda sanoat 
texnologiyasini  qo‗llash  ko‗zda  tutiladi,  ya‘ni  urug‗ni  optimal  muddatlarda  sepish 
(ekish) va urug‗ni qancha chuqurlikka qadash (ekish), o‗simlikni o‗sishiga doimiy qarab 
turish,  uni  oziqlantirish  maydoni,  o‗simlikni  ustini  yopish  usullaridan  foydalanish. 
Agrokimyoviy usullarni qo‗llash esa, o‗simlikni oziqlantirish muddatlari (rejim), hamda 
o‗g‗it  solish  orqali  hosildorlikni  o‗zgarishi,  mikroelementar  bilan  oziqlantirish 
kabilalarni o‗z ichiga oladi.  
Tajribalarni  o‗tkazish  uchun  ajratilgan  maydon  20  dan  60  m
2
  gacha  bo‗lishi 
mumkin  bo‗lib,  o‗simlikni  hajmiga  bog‗liq.  Ishonarli  ma‘lumotlar  olish  uchun  barcha 
tajribalar 4 martadan qaytariladi.  

82 
 
Mahsulot  va  urug‗larni  hosildoriligini  aniqlash  uchun  hamma  tuplarni  o‗rish  yoki 
kavlab  olish  kerak.  1  m
2
dagi  shoxlarni  qirqib  o‗lchanadi,  barglar  sonini  hisoblanadi, 
gullar va mevalar quritmasdan va qurigandan keyin tarozida tortiladi. Ayrim tur dorivor 
o‗simliklarni hosildorligini aniqlash tajribalari orqali, qaysi muddatda hosil yig‗ilganda 
rental (foyda) bo‗lishi aniqlanadi.  
BFM miqdorini aniqlash dinamikasi, o‗simlikni rivojlanish fazasiga, yoshiga, ekish 
(introduksiya)  uchun  olingan  boshlang‗ich  materialga,  hamda  o‗simlikni  organi  yoki 
o‗simlikni  biror  qismini  (o‗simlikni  olingan  muddati  va  to‗plangan  joyini  aniqlash 
uchun.  Mahsulot  tarkibidagi  ta‘sir  qiluvchi  moddani  foiz  miqdorini  hisoblanadi,  hamda 
ma‘lum  bir  maydondan  olinishi  mumkin  bo‗lgan  ta‘sir  qiluvchi  modda  miqdori. 
Qachonki yig‗indi moddalardan efir moyi, kumarinlar, flavonoilar va boshqalar miqdori 
aniqlanganda, ularni tarkibini ham ainqlanadi.  
2  chi  bosqichni  (etap)  so‗ngida  dorivor  o‗simlik  mahsuloti  sifatiga  qo‗yilgan 
talablarga  javob  berishi,  ya‘ni  son  ko‗rsatkichlar  aniqlanadi:  (o‗lchamlari,  rangi,  hidi, 
mazasi,  namligi,  kullari  va  boshqalar),  ularni  asosida  DS,  SS  yoki  FM  lar  loyihalari 
tuziladi.  Keyin  ekiluvchi  urug‗  yoki  ekiladigan  material  sanoat  bo‗yicha  ekish  uchun 
(sanoat miqyosida) etkazib beriladi.  
Uchinchi  bosqichda  tajriba-  sanoat  miqyosida  o‗rganilayotgan  o‗simlik  turi 
mahsulotini ishlab chiqarish, ya‘ni texnologiyasini iqtisodiy samaradorligini o‗rganiladi.  
Tajriba-sanoat  miqyosida  o‗simlikni  ishlab  chiqarish  sinovi,  o‗simlikni  o‗stirish 
texnologiyasini,  o‗stirilayotgan  joyga  moslab  ishlab  chiqiladi.  Tajriba  maydoni  odatda 
0,1-0,5 ga. (gektor) tashkil qiladi. Bunda o‗simlikni sanoat miqyosida o‗stirishda qanday 
qishloq  xo‗jalik  texnologiyasini  qo‗llash  mumkinligi  aniqlanadi.  Bu  esa  o‗z  navbatida 
erni  ekishga  tayyorlash,  sepiladigan  va  ekiladigan  materialni  tayyorlash,  sepiladigan 
yoki ekiladigan muddat aniqlanadi, yig‗ish usuli va vaqti beligilanadi. Bu ishlar natijasi 
o‗simlikni ekishni texnologik kartasini tuzish hisoblanadi.  
O‗simlik  ekishni  iqtisodiy  tomndan  narxi  va  olingan  oxirgi  mahsulot  narxi,  olib 
borilgan barcha ishlarga, ekish, yig‗ishni oxirigacha bo‗lgan texnologik jarayon (texnik 
agregatlar,  ularni  amortizatsiyasi,  o‗g‗itlar  va  pestitsidlar  narxi,  urug‗ni  tayyorlash, 
hosilni  yig‗ish  va  boshqalarga  qilingan  sarf  harajatlarni  hisoblab  belgilanadi.  Bu 
ma‘lumotlarni  1  sentr  mahsulotga  nisbatan  hisoblanadi.  Amaliyot  ko‗rsatadiki 
hosildorlikni madaniylashtirib ekilayotgan o‗simlik mahsulotiga qilingan hisobni sanoat 
miqyosidagi  narxini  50%  ga  kamaytirish  zarur  bo‗ladi,  chunki  sanoat  miqyosida  ishlab 
chiqarilayotganda,  mahsulotni  yig‗ishda  mexanizatsiyani  qo‗llashda,  transportda 
tashishda  va  quritish  va  boshqa  jarayonlardagi  yo‗qotishlar  (poteriya)  tufayli.  Iqtisodiy 
tomondan  baholash  tufayli,  tayyor  produktni-dorivor  preparatni  yoki  substansiyani 
oldindan narxini baholash imkonini beradi.  
Ko‗plab  dorivor  o‗simlik  mahsulotlarini  ekish  texnologiyasini  yirik  maydonlarda, 
plantatsiyalarda ishlab chiqarishni harajatlari yuqori bo‗lganligi munosabati bilan sanoat 
miqyosida  ishlab  chiqarishni  yo‗lga  qo‗yishni  iloji  bo‗lmadi,  masalan  tangut  rovochi, 
podofill o‗simligi va boshqalar.  
SHuning uchun birinchi navbatda ekish va shu bilan bog‗liq ishlarni quyidagi qator 
o‗simliklar  bilan  bir  qatorda:  igir,  ko‗k  bo‗tako‗z,  vzdutoplodnik  sibirskiy,  astragal, 

83 
 
datiska  konoplevaya,  tog‗rayhon,  may  marvaridgul  va  boshqa  o‗simliklarni 
rejalashtirilmoqda.  
SHunday  qilib  dorivor  o‗simliklarni  introduksiyasi  bilan  bog‗liq  ishlar  kompleks 
xarakterga ega bo‗lib, u yoki bu etaplarda kerakli mutaxasislarni jalb qilishni (agronom, 
kimyogar, iqtisodchi (ekonomist) taqozo qiladi. Ammo ular asosida, o‗simliklarni o‗sishi 
uchun kerakligi ekologik muhitga asoslangan bo‗ladi.  
Dorivor  o‗simliklarni  ekologiyasi  farmakognoziyani  ajralmas  bir  qismini  tashkil 
qiladi,  chunki  atrof  muhitdagi  faktorlar  biologik  faol  moddalarni  to‗planishiga  va  shu 
orqali  dorivor  o‗simlik  mahsuloti  sifatiga  qo‗yilgan  talablarga  mahsulot  javob  berishi 
yoki  bermasligi  bilan  bog‗liq  bo‗ladi.  DO‗Mni  tayyorlash  ham  o‗simlikni  kimyoviy 
tarkibini  dinamikasini  aniqlash  bilan  bog‗liq  bo‗ladi.  Undan  tashqari  dorivor 
o‗simliklarni  ekologiyasini  o‗rganish  natijalari  ekilishi  mo‗ljallanayotgan  DO‗larni 
introduksiyasini fundamenti hisoblanadi. 
 
 
O‗zbekiston dorivor o‗simliklarini madaniylashtirish 
 
Kimyoviy sintez yo‗li bilan olingan kimyoviy birikmalar o‗simliklardan olinadigan 
dorivor  moddalarni  batamom  o‗rnini  bosaolmaydi,  ularning  terapevtik  faolliklari 
ko‗pincha  toza  bitta  kimyoviy  moddaga  bog‗liq  bo‗lmay,  biologik  faol  moddalarni 
(BFM)  kompleks  ta‘siri  bilan  belgilanadi.  Uning  ustiga  ayrim  BFM  ni  masalan 
xanuzgacha  sintez  yo‗li  bilan  yurak  glikozidlari  va  boshqalarni  sintez  qilishni  iloji 
bo‗lgani yo‗q.  
Ko‗pincha DO‗larni (dorivor o‗simliklar) chuqur o‗rganish, ular tarkibidagi yangi, 
fanga no‘malum bo‗lgan qimmatli moddalarni, yoki ushbu ishlatilib kelinayotgan DO‗M 
(dorivor  o‗simlik  mahsuloti)ni  yangi  xossalari  (farmakologik  ta‘siri)  borligi 
aniqlanmoqda.  
Masalan,  strofantin  K  (yurak-qon  tomir  xastaliklarida  qo‗llaniladi)  Afrikada 
o‗sadigan strofant  kombe o‗simligi urug‗idan olinadi. MDXlarida esa ushbu o‗simlikni 
introduksiya  qilishni iloji  bo‗lmadi,  shuning  uchun  strofantin  K  ni  olish  uchun  urug‗ini 
chet ellardan keltirilmoqda.  
Hozirgi  vaqtda  strofantin  K  introduksiya  qilingan  kendir  o‗simligini  ildiz  va 
ildizpoyasidan  olinmoqda.  Quyidagi  9  jadvalda  O‗zR  FAga  qarashli  Toshkent  shahrida 
joylashgan  Botanika  bog‗i  hududida  introduksiya  qilinib  o‗stirilayotgan  ayrim  DO‗lar 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Botanika bog‗i olimlari O‗zbekistonda Dorixonalar 
Bosh  Boshqarmasi  buyurtmasiga  muvofiq  qizil  angishvonagul,  dorivor  marmarak, 
dorivor  valeriana,  qalampir  yalpiz  va  boshqa  dorivor  o‗simliklarni  introduksiya  qilish 
mumkinligini aniqladilar.  
1946  yili  Toshkent  farmatsevtika  instituti  farmakognoziya  kafedrasi  ishtirokida 
Botanika bog‗ida dorivor o‗simliklarni introduksiya qilish, madaniylashtirish maqsadida 
dorivor  o‗simliklar  maydoni  (uchastkasi)  tashkil  qilindi  va  tadqiqot  ishlari  boshlab 
yuborildi.  

84 
 
1953  yilga  kelib  Botanika  bog‗ini  dorivor  o‗simliklar  bo‗limidagi  dorivor 
o‗simliklar kolleksiyasi soni 170 turdan ortib ketdi.  
Introduksiya  qilish  bo‗yicha  olib  borilgan  tajribalar  natijasida  Toshkentda  katta 
maydonlarda  kendir,  bo‗lakli  ituzum,  parpi,  sekurinega,  marmarak,  moychechak  va 
boshqa  qimmatli  dorivor  o‗simliklarni  O‗zbekistonni  iqlim  sharoitida  ekib  hosil  olish 
mumkinligi aniqlandi.  
 
Toshkent Botanika bog‗i, ya‘ni tajriba o‗tkazilayotgan joyni er va iqllim sharoiti 
 
Toshkent  tog‗  yon  bag‗ri  zonasiga  joylashgan.  YOz  bu  erda  issiq,  quruq  bo‗lib 
maksimal harorat eng ko‗pi bilan 43
o
S gacha bo‗ladi. Er yuzasi yozda 60
o
gacha qiziydi, 
bu  esa  o‗simliklarni  umumiy  holatiga  yaxshi  ta‘sir  qilmaydi.  Er  harorati  va  havo 
sug‗orish natijasida bir oz pasayib, turli o‗simliklarni ekish imkoniyatini beradi.  
Kuz  iliq  va  quruq,  ertalabki  shabnam  ko‗tarilgandan  keyin  yana  quruq  va  iliq  ob-
havo sharoiti bo‗ladi. Ayrim yillarda, masalan 1956 y. kuz quruq va uzoq davom etgani 
uchun  ayrim  o‗simliklar  (dastarbosh,  moychechak,  arslonquyrqu,  qoncho‗p  va 
boshqalar) ikki marta gullab, ikki marta hosil berishga ulgurdilar.  
Qish  nam,  yomg‗irli,  kam  qorli,  ayrim  sovuq  kunlar,  haftalar,  hatto  oylar  iliq 
quyoshli kunlar bilan almashib turadi.  
Deyarli har yili er yuzasi qor bilar qoplanadi, ammo ular ko‗pincha tez erib ketadi. 
Toshkentda  faqat  eng  kuchli  va  uzoq  sovuqli  vaqtlarda  er  15-20  sm  gacha  chuqurlikda 
yaxlaydi.  Ko‗pchilik  qishlarni  past  harorati  taxminan  -18
o
,  ayrim  qattiq  sovuqlarda 
harorat -29,5
o
 gacha pasayadi.  
Bahor  odatda  erta  keladi,  kamdan  kam  kech  keladi  va  yomg‗irli  bo‗lib,  bir  xil 
bo‗lmaydi.  U  tez  va  kutilmaganda  o‗zgarib  turadi.  Sovuq  kunlar  ko‗pincha  yaxshi, 
quyoshli, yana qisqa yomg‗irli kunlar bilan almashib turadi.  
Toshkent  bahorini  xarakterli  xususiyati  kuchli  sovuq  kunlar  kelib  qolishi  bilan 
bog‗liq  bo‗lib,  ayrim  dorivor  o‗simliklarga  yomon  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Masalan  1956  va 
1957  y.y.  harorat  bahorda  -3
o
  gacha  sovub,  erdan  o‗sib  chiqqan  belladonna,  obvoynik, 
solyanki rixtera va boshqalarni qismlari yaxlab qolgan.  
Toshkentdagi  bunday  sovuqlar  aprelni  o‗rtasigacha  va  hatto  oxirigacha  (1957y.) 
bo‗lishi mumkin. Eng ko‗pi bilan sovuqsiz davr 7-8 oy davom etishi mumkin.  
Ko‗p  yillik  ma‘lumotlar  Toshkentda  bir  yilda  o‗rtacha  360  mm  yog‗ingarchilik 
bo‗lishi ko‗rsatadi.  
Qish va bahorda yog‗ingarchilikni asosiy qismi yog‗gani uchun havo namligi ko‗p. 
YOzgi yuqori harorati havoni namligini nisbatan kam bo‗lishini ta‘minlaydi.  
Toshkentda  kun  uzunlingi  faslga  qarab  turlicha  bo‗ladi.  YOzda  u  15-16  soatni 
tashkil  qiladi.  YOzgi  kunlar  uzun  bo‗lgani  uchun  tropik  va  subtropik  o‗simliklar  yozda 
yomon  o‗sadi  va  gullaydi.  Masalan  yapon  parpisi,  ituzum  (qish)  va  sano  yoz  oxirida 
gullaydi.      
Toshkent  botanika  bog‗i  tog‗  yonbag‗rida  bo‗lib,  chirchiq  daryosi  (o‗zaniga) 
vodiysiga  joylashgan.  Eri  ekib  sug‗oriladigan,  ishqoriy  reaksiyaga  ega.  Namlikni 
etishmasligi  uchun  ular  ariq  suvlari  bilan  sug‗orish  orqali  qondiriladi.  Sug‗orishsiz 

85 
 
Toshkentda  faqat  rixter  solyankasi,  viktor  ungerniyasi  va  boshqalarni  etishtirish 
mumkin. Hamma introduksiya qiinatgan o‗simliklar sug‗orilishga muhtoj.  
Botanika bog‗ida ko‗pchilik o‗simliklarni etishtirish uchun ularni urug‗lari 3 mahal 
sepiladi.  
Qishki 
ekish 
yanvar-fevralda 
issiqxonalarda 
(qizil 
angishvonagul, 
qalampirmunchoq  evgenolli  rayhon,  bo‗lakli  ituzum  va  boshqalar),  bahorgi  –  mart, 
aprelda  erga  (arpabodiyon,  tirnoqgul,  xantal  (gorchitsa),  kuzgi  –  avgust  o‗rtalarida  –
qishlaydigan o‗simliklar (marmarak, lavanda, tmin (qora zira), tishli kella, belladonna va 
boshqalar ekiladi. 
 
Aconitum japonicum Decne – YApon parpisi 
Oilasi: Ayiqtovondoshlar -Ranunculaceae 
 
O‗simlik Xitoyni shimoli va YAponiyani sharqiy qismlarida keng tarqalgan.  
Ko‗p  yillik  kuchli  zaharli  o‗simlik.  Poyasi  1  metrgacha  bo‗lib,  shoxlangan,  och-
yashil, biroz tukli, tik o‗suvchi baquvvat o‗simlik.  
Mahsuloti ildizpoyasi. Tarkibida alkaloidlardan akonitin, mezokoniin, gipokonitin 
topilgan. Nastoykasi surishga ishlatiladi: og‗riq qoldiruvchi, nevralgiyada, revmatizmda 
va boshqa shamollashlarda ishlatiladi.  
Botanika  bog‗ida  yapon  akoniti  1956  yili  birinchi  marta  ekilgan  bo‗lib,  tuganagi 
ekish uchun VILRdan olingan. 
 
Tor  bargli  ivan  chay  –  Chamaenerium  angustifolium  (L.)  seop.  o‗simligi 
introduksiyasi 
 
 Sog‗liqni  saqlash  tizimini  dorivor  o‗simlik  mahsulotlariga  bo‗lgan  ehtiyojini 
qondirish  maqsadida,  xalq  tabobatida  keng  qo‗llanilib  kelinayotgan,  turli  biologik  faol 
moddalar  saqlaydigan,  rakka  qarshi,  shamollovga  qarshi,  o‗t  haydovchi  va  boshqa  faol 
ta‘siri bo‗lgan, ilmiy tibbiyot uchun kelajagi bo‗lgan ushbu  o‗simlikni introduksiyasini 
o‗rganish natijalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar misol tariqasida keltirilgan.  
Mahsulot  sanoat  miqyosida  tayyorlash  zaruriyati  bo‗yicha:  o‗simlikni  biologik 
tomonidan  o‗ziga  xosligi  va  o‗simlikni  fasldagi  (sezon)  rivojlanish  ritmlari,  hamda 
farmakologik faol moddalarni to‗planishi dinamikasi va shular asosida ilmiy asoslangan 
mahsulotni  yig‗ish  va  quritish,  hamda  mahsulotni  chinligi  va  sifatini  aniqlash  bo‗yicha 
ilmiy asoslangan darajalar (kriteriyalar) asosida standartlanadi.  
Ivan-chay o‗simligini  katta hayotini (siklini) o‗rganish, eng kerakli, qulay bo‗lgan 
vaqtda mahsulotni tayyorlash uchun o‗simlikni ontogenezida o‗rganib aniqlash, quyidagi 
masalalarni xal qilish bo‗yicha tajribalar o‗tkazildi.  
Ivan-chay o‗simligi o‗ziga xos katta hayot yo‗li (sikli)ni sezondagi rivojlanish ritmi 
va biologiyasini o‗rganildi. 
O‗simlikni morologo-anatomik tuzilishini va biometrik ko‗rsatkichlarini o‗rganildi, 
o‗simlikni ontogenezda yoshini aniqlash indikatorini aniqlash va ular asosida mahsulotni 
diagnostik belgilarini, mahsulotni chinligini aniqlash imkonini yaratish uchun o‗rganildi.  

86 
 
O‗simlikni  fenofazasi  va  generativ  davrdagi  fazalarini  ontogenezda  va  o‗simlikni 
qaysi  geografik  kenglikdagiga  bog‗liq  holda  asosiy  guruh  farmakologik  ta‘sir  qiluvchi 
moddalarni  to‗planish  dinamikasini  rayonlar  bo‗yicha  dorivor  o‗simlikni  mahsulotini 
yig‗ish muddatlari o‗rganildi va tayrlash bo‗yicha ―Instruksiya‖ ishlab chiqildi.  
Me‘yoriy hujjatlar uchun mahsulot tarkibidagi flavonoidlarni aniqlash usuli ishlab 
chiqildi. Flavonoidlarni farmakologik faolligi aniqlandi.  
Ivan-chay  gulidan  laboratoriya  sharoitida  rakka  qarshi  ―Xanerol‖  preparatini 
olishni (texnologiyasini) takomillashtirish masalalarini o‗rganish.  
 
Botanika bog‗ida introduksiya qilingan dorivor o‗simliklr 
 
Sinovdan o‗tgan o‗simliklar 27 oilaga, 55 avlodga (rod) va 67 turni tashkil qiladi.  
Jadval 8 
№ 
Dorivor o‗simlik nomi 
Dorivor 
o‗simlik 
mahsuloti 
Dori shakli 
Ishlatilishi 
 
Aconitum 
japonicum 
Decne –YApon parpisi 
Ranunculaceae 
– 
Ayiqtovondoshlar 
Ildipoy
asi– 
tugunaklari 
Nastoy
ka 
Og‗riq 
qoldiruvchi 
surtma, nevralgiya, 
revmatizm 
va 
boshqa  shamollov 
kasalliklarini 
davolash uchun 
 
Adonis  parviflora  L.  – 
YOzgi adonis 
Ranunculaceae 
– 
Ayiqtovondoshlar 
Er 
ustki qismi 
Nastoy
ka 
Buyrak 
va 
yurak 
xastaliklarida 
 
Althaea  officinalis  L.  – 
Dorivor gulxayri 
Mavaceae 
– 
Gulxayridoshlar 
Ildizi 
Damla
ma 
YUmshatuvc
hi,  o‗rab  oluvchi, 
tomoq, 
yuqori 
nafas 
yo‗llari, 
peshob 
yo‗llari, 
ich 
ketganda 
qo‗llaniladi 
 
Ammi  visnaga  (L.)  Lam. 
– Tishli kella 
Apiaceae - Selderdoshlar 
Mevasi 
Tablet
ka 
Kellin, 
spazmolitik  ta‘siri 
tufay yurak toj qon 
tomiri, 
xastaligi, 
bronxial astmada 
 
Anisum  vulgare  Gaertn.- 
Oddiy arpabodin 
Apiaceae – Selderdoshlar 
Mevasi 
Efir 
moyi 
Grudnoy 
eliksir, nashatirno–
anis 
tomchisi, 
mevasi 
ichni 

87 
 
yumshatuvchi 
yig‗malar tarkibiga 
kiradi 
 
Apocynum 
androsae 
mifolium L. – Kendir 
Apocynaceae– 
Kedirdoshlar 
Ildiz–
ildizpoya 
Simari

K–
strofantin 
YUrak 
xastaligida 
 
Artemisia absinthium L. – 
Achchiq ermon (shuvoq) 
Asteraceae – Astradoshlar 
Er 
ustki qismi 
Damla
ma 
Me‘da– ichak 
kasalliklarida, 
ovqat 
xazim 
qildiruvchi, ishtaha 
ochuvchi 
 
Artemicia  cina  Berg.  – 
Darmana shuvoq 
Asteraceae – Astradoshlar 
Urug‗i 
Santon
in tabletka 
Gijja 
(askarida) 
haydovchi 
 
Atropa  belladonna  L.  – 
Belladonna 
Solanaceae–
Ituzumdoshlar 
Bargi, 
er 
ustki 
qismi, ildizi 
Nastoy
ka, 
quruq, 
quyuq 
ekstraktlar 
Og‗riq 
qoldiruvchi, 
spazmolitik, 
me‘da–ichak 
kasalliklarida, 
grija, 
 
Brassica 
juncea 
(L.) 
Clern – Serept xantali 
Brassicaceae 
– 
Karamdoshlar 
Urug‗i, 
efir moyi 
Xantal 
qog‗ozi 
Revmatizmda
, shamollovda 
 
Calendula  officinalis  L.  – 
Dorivor tirnoqgul 
Asteraceae– Astradoshlar 
 
Gullari 
Nastoy
ka 
YAralarni 
davolovchi,  rakka 
qarshi 
 
Carum  carvi  L.  –    Tmin 
(qora zira) 
Apiaceae– Selderdoshlar 
Mevasi 
Efir 
moyi 
oziq–ovqat 
sanoatida, 
kamdan–kam 
ichak  atoniyasida, 
yumshatuvchi,  el 
haydovchi. 
 
Cassia  acutifolia  Delile  – 
O‗tkir bargli sano 
Caesalpinaceae– 
Sezalpindoshlar 
Urug‗i, 
bargi 
Yig‗im
a,  damlama, 
tabletka 
Ichni 
suruvchi 
 
Chelidonium  majus  L.  – 
Katta qoncho‗p 
Papaveraceae– 
Ko‗knoridoshlar 
Er 
ustki qismi 
Surtma 
So‗gal 
kuydiruvchi,  rakka 
qarshi, 
o‗t 
haydovchi, 

88 
 
spazmolitik 
 
Datura  innoxia  Mill.  – 
Meksika bangidevonasi 
Solanaceae– 
Ituzumdoshlar 
Meva, 
urug‗i 
Tablet
ka 
skopolamin 
Dengiz 
kasalligida, 
qusishga 
qarshi, 
tinchlantiruvchi 
vosita 
 
Digitalis  lanata  Ehrh.  – 
Sertuk angishvonagul 
Scrophulariaceae- 
Sigirquyruqdoshlar 
Bargi 
Tablet
ka 
Yurak 
xastaligida 
 
Digitales  purpurea  L.  – 
Qizil anigshvonagul 
Scrophuloriaceae– 
Sigirquyruqdoshlar 
Bargi 
Tablet
ka 
Yurak 
xastaligida 
    
O‗rta  Osiyo  tabiiy  florasi  o‗simliklarni  O‗zR  FA  Botanika  bog‗ida,  introduksiya 
qilish nuqtai nazaridan o‗rganishdagi ayrim uslubiy masalalar 
O‗rta  Osiyo  tabiiy  florasi  o‗simliklarini  Toshkent  sharoitida  introduksiya  qilishni 
o‗rganish  bo‗yicha  ishlar  O‗rta  Osiyo  davlat  universiteti  (SAGU)  olimlari  tomonidan 
1921 yilda I.A.Raykova, S.N.Kudryasheva, keyinchalik Z.P.Boganseva, F.N.Rusakov va 
boshqalar tomonidan olib borilgan.  
Hozirgi  vaqtda  O‗zbekiston  o‗simliklar  resurslarini  va  ularni  madaniylashtirish 
bo‗yicha  tadqiqot  ishlarini  O‗zR  FA  botanika  instituti  olimlari  tomonidan  olib 
borilmoqda.  
O‗simliklarni ekologik tomondan o‗rganishni assoiy uslubi, ularni turli sharoitlarda 
o‗sishi  va  rivojlanishi,  ya‘ni  o‗sish  davri-haytini  turli  davrlaridagi,  o‗sayotgan 
joylaridagi farqlanishini nazorat qilishdan iborat. Uning uchun O‗zR FA Botanika bog‗i 
O‗rta  Osiyo  tabiiy  florasining  o‗simliklarini  har  yili  turli  ekspeditsiyalar  uyushtirib, 
barcha  zonalardagi,  tekis  qirlar,  baland  tog‗lar  va  boshqa  joylardagi  o‗simliklar  va 
joylarga  tegishli  barcha  ma‘lumotlar  mufassal  yozib  boriladi.  Introduksiya  qilishni 
mo‗ljallangan  o‗simliklarni  urug‗larini,  piyozboshlarini,  tuganaklari,  ildizpoyalari  va 
o‗sib turgan o‗simlikni ham butunligicha olib keltirib, botanika bog‗i sharoitida o‗stirish 
va  shu  jarayonga,  introduksiyaga  tegishli  bo‗lib,  botanika  bog‗ida  o‗stirishdagi 
o‗zgarishlarni o‗rganib va olingan ma‘lumotlardan tahlil qilishda foydalaniladi. CHunki 
har  bir  o‗simlikni  biologik  turini  hamma  tomondan  bilish  shart.  Uning  hayoti, 
biologiyasi,  fenologiyasi,  unib  chiqadigan  urug‗  ekologiyasi,  yosh,  o‗rtacha  va  qari 
yoshdagilarini,  hayotini  davomiyligi,  o‗sayotgan  joyni  sharoiti,  o‗sishga  ta‘sir  qiluvchi 
omillar,  o‗simlikni  rivojlanishi  (etap)  bosqichlari,  ularni  gullashi,  meva  tugishi, 
changlanishi,  tarqalishi  yo‗llarini  o‗rganish  lozim.  YUqoridagi  ishlarni  introduksiya 
tajribalarini  asosi  sifatida  qabul  qilish  bilan  birga  O‗rta  Osiy  florasi  o‗t  o‗simliklarini 
introduksiyasini o‗ziga xosligini e‘tiborga olmoq kerak.  
O‗rta Osiyo tabiiy florasi o‗simliklari birlamchi introduksiyasi eng avvalo o‗simlik 
turini  sharoit  o‗zgarishiga  reaksiyasi  bo‗yicha  maksimal  ma‘lumotlarni  olish,  uning 

89 
 
biologiyasi,  fenologiyasi  va  ekologiyasini  shu  o‗simlikni  botanika  bog‗i  sharoitida 
ekishda  foyalanish  bo‗yicha  dastlabki  baholash  imkoniyatini  olish  va  kelajakda  aniq 
sharoitda  ekishda  foydalaniladi.  CHunki  o‗simlik  to‗g‗risidagi  botanik  ma‘lumotlar 
ko‗rincha o‗simlikni tabiiy sharoitdagi morfologiyasini tasvirlangan bo‗ladi xolos. 
Tabiiy 
florani 
turli 
o‗simliklarini 
har 
xil 
ekologik 
sharoitlarda 
madaniylashtirilganda  va  o‗stirilganda  birinchi  navbatda  o‗simliklarni  ekologik 
o‗zgarishga  moyilligi  (plastichnost)  va  tabiiy  bo‗lmagan  boshqa  sharoitda  moslashuv 
imkoniyati mavjudligi (adaptivnыe vozmojnosti) aniqlanadi.  
O‗rta Osiy tabiiy florasini o‗simliklarini Toshkent sharoitiga introduksiya qilishda 
noyob  (redkix),  endemik  va  «reliktovыx»  bo‗lib,  qisqa  ekologik  areali  bo‗lgan,  tabiiy 
sharoitlarga  moslashganlarini  maxsus,  o‗ziga  xos  substratlarda:  gipsli,  sho‗rxok  va 
ohakli va boshqa joylarga moslashganlariga alohida e‘tibor qaratildi.  
Introduksiya qilinayotganda turli vertikaal poyaslarni va ulardagi er qatlamlari kabi 
omillar  ham  inobatga  olindi.  SHularga  qaraganda,  yovvoyi  holda  o‗suvchi  biologiyasi, 
ekologiyasi turlicha o‗simliklarni, Toshkent sharoitiga moslashtirish, introduksiya qilish 
ishlarini naqadar murakkab va qiyin jarayon ekanligini ko‗rsatadi.  
O‗rta  Osiyo  flora  o‗t  o‗simliklarini  madaniylashtirib  o‗stirishni  ko‗p  yillik 
tajribalari    shuni ko‗rsatdiki, birinchi navbatda obdon erni ekishga tayyorlash kerak va 
unib chiqqan o‗simlikni birinchi yili qattiq parvarish qilish lozim.  
Ekishdan oldin erni 25–30 sm chuqurlikgacha chopish, hamda 1–2 chelak qum va 2 
chelak  chirigan  barglarni  1  m
2
  erga    solish  kerak.  Daryo  qumi,  ayrim  hollarda  granit 
maydasi  erni  mexanik  tarkibini  yaxshilab  uni  engilroq  qiladi,  chirigan  barglar  esa  oziq 
moddalar  miqdorini  oshiradi  (asosan  gumin  kislota  unumlari).  Bu  esa  o‗z  navbatida 
o‗simlikni o‗sishi va rivojlanishiga ayniqsa birinchi yili ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.  
Introduksiya  qilinayotgan  o‗simlikni  er  ostki  qismi  oldiniga  chopilgan, 
yumshatilgan, oziq moddalariga boy bo‗lgan erni yuza qatlamida (25–30 sm) bo‗ladi. Bu 
o‗simlikni o‗sishi va rivojini yaxshi ta‘minlaydi.  
Introduksiya  qilinayotgan  o‗simliklar  o‗zini  tabiiy  sharoitidan  ko‗chirilib,  boshqa 
sharoitga ekilganda, yaratilgan bir xil edafik sharoitga tabiiy turlicha reaksiya beradilar. 
Ushbu  reaksiyalarni  e‘tiborga  olib,  introdutsentlarni  shu  yaratilgan  edafik  faktorlarga 
bo‗lgan munosabatlari ularni ekologik plastikligini (moslanuvchanligi) aniqlash, shunga 
qarab  agrotexnik  tadbirlarni  olib  borish  lozim  bo‗ladi,  ular  asosan  yaxshilab  begona 
o‗tlardan  tozalanishi  (propolka),  quyosh  tikkaga  kelganda  ularni  oftob  nuri  issig‗idan 
pana qilishlar ularni biotsenotik arealini aniqlash imkonini beradi.  
Ekologik  areali  tor  o‗simliklarni  introduksiya  qilinayotganda  erni  maxsus 
tayyorlanadi,  ularni  tabiiy  o‗sayotgan  joyi  sharoitiga  yaqinlashtiriladi.  Erga  galofit 
ostiga  sho‗rxok  tuproq,  psammofitlar  ostiga  o‗ralar  kovlanadi  va  ular  qum  bilan 
to‗ldiriladi, gipsofitlar ostiga esa tarkibida gips saqlagan tuproq solinadi (ular o‗simlikni 
tabiiy o‗sayotgan joyidan keltiriladi). 
Bir  xil  o‗simliklar  bu  yaratilgan  sharoitda  yaxshi  o‗sib  rivojlanadi  boshqalari  esa 
oddiy sharoitda ham o‗saveradi.  
Urug‗lar  asosan  kuzda  sepiladi  0,5-1sm,  kamdan-kam  2sm  chuqurlikda.  Mayda 
urug‗lar  er  yuzasiga  sepiladi,  bir  oz  qum  aralashtirib.  Hamma  sepilgan  urug‗lar  ustiga 

90 
 
guruch  shulxasi  bilan  sepiladi  (qoplanadi).  Bunda  erta  bahorda  er  qobig‗i  hosil 
bo‗lmaydi va urug‗lar oson unib chiqadi.  
Urug‗lar  sepilgandan  unib  chiqaboshlagan  va  rivojlanaboshlagani  jurnalga  yozib 
boriladi (fenologiyasi) jadval 13,14. 
Jadval 9 
O‗zR  FA  Botanika  bog‗ining  O‗rta  Osiyo  tabiiy  florasini  2  pallali  o‗simliklar 
uchastkasiga keltirilgan introduksiya materiallarini hisobga olish kitobi  
O
‗sim-
likni 
raqa-
mi 
Hi
sobga 
olish 
sanasi 
O‗simli
kni  keltiril-
gandagi nomi 
Qachon, 
qaerda 
kim 
tomonidan 
terilgan 
M
ateri-
alni 
soni  va 
turi 
Se
pil-gan, 
ekilgan 
vaqti 
S
epil-
gan, 
ekilga
n joyi 
Qach
on  va  kim 
tomonidan 
nomi 
aniqlangan 
1
1214 
4. 
VI 
1973 
Bulbosa
po- 
narria 
se- 
vertzovi

Surxondaryo 
vil. SHurob qishl., 
ohak, 
I.  Belolipov, 
29.V 1973 y. 
10 
ta 
tuganak 
4.
VI 1973 
R
-Z-4-4 
 
 
Fenologik  nazorat  har  kuni  yil  davomida  olib  boriladi:  bahorda,  o‗simlik  tez 
o‗sayotganda  har  kuni,  yoz  va  kuzda  o‗sishi  sekinlashganda  har  3-5  kunda,  qishda  har 
15-kunda.  SHunday  qilib,  har  bir  fenofazani  boshlanishi  va  oxirini  aniq  belgilanadi. 
Ilova  qismida esa  o‗sish  va  rivojlanishdagi turli  chetlanishlar,  urug‗  o‗zi  sepilib  qolishi 
(samosev), zararkunandalar va kasalliklar va hokozolar yozib boriladi.  
Ekologik  nazorat  vaqtida  quyidagilarga  ko‗proq  ahamiyat  beriladi:  sug‗orishga 
bo‗lgan  o‗simlikni  reaksiyasi,  yorug‗likka  bo‗lgan  munosabati  (yorug‗likni  yaxshi 
ko‗rishi,  soyaparvarligi,  quyosh  tikkaga  kelganda  pana  qilish);  yozni  issiq  haroratiga 
munosabati: so‗lishi, barglarni to‗kishi, novdalarini qurishi va h.k.);  
Bahorgi  va  kuzgi  sovuqlarga  chidamliligi,  qishni  past  harortiga  munosabati,  erni 
qishda  yaxlashidan  keyin  o‗simlikni  qurib  qolish  yoki  qolmasligi;  erni  mexanik  va 
qisman  kimyoviy  tarkibi,  chopiqqa  (drenaj)  talabi,  erga  mayda  toshlar  (galkalar),  qum, 
gips, tuz, er osti suvlariga munosabati aniqlanadi.  
Alohida  ahamiyat  beriladi:  bahor  oxiri  va  erta  kuzda  birdan  keladigan  sovuqlarga 
munosabati o‗rganilib, introdutsentlarni bemahal keladigan noqulay ob-havo sharoitlarni 
ko‗tarilishi yoki chiday olmasligi aniqlanadi.  
YUqorida  qayd  qilingan  introduksiya  uslublari  O‗rta  Osiy  o‗t  o‗simliklarini 
bioekologik xossalarini o‗rganishda va birlamchi introduksiya qilishda katta ahamiyatga 
ega bo‗lib, sanoat miqyosida etishtirish uchun tadqiqotlarni debochasi, ya‘ni boshlanishi 
hisoblanadi xolos.    
 
Toshkent  Botanika  bog‗ida  introduksiya  qilingan  Atropa  belladonna  L.ning 
bioekologik xususiyatlari. 

91 
 
Atropa belladonna L. – Ituzumdoshlar-Solanaceae oilasiga kiradi. U ko‗p yillik o‗t 
o‗simlik  bo‗lib,  usimlikning  ildizlari  vegetatsiyasining  birinchi  yili  o‗q  ildiz,  ikkinchi 
yilidan  ildizpoyaga  aylanadi,  ildizpoyasi  yo‗g‗on,  silindrsimon,  sershox,  kuchli 
tarmoqlangan [7,8,36,93]. 
Atropa belladonna L. – oddiy belladonna issiq sevar, ko‗p yillik o‗t o‗simlik bo‗lib, 
yovvoyi  holda  asosan  tog‗li,  kengbargli  (ayniqsa  qayinlar)  va  oqqarag‗ayli 
o‗rmonlarning  yorug‗  tushadigan  joylarida,  yalangliklarda,  daraxt  kesib  ochilgan 
joylarda,  chakalak  hosil  qilib  o‗suvchi  butalarning  chetlarida  yumshoq,  chirindiga  boy 
bo‗lgan tuproqlarda o‗sadi 
Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin