Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix17.12.2019
ölçüsü1,17 Mb.
#29956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Dorivor o‘simliklar


ma‟lumotlarni  to„plash,  o‗simliklarni  yaxshi  biladigan  xalq  vakillari  bilan  tanishish, 

19 
 
o‗simlik  va  mahsulotlardan  na‘munalar  olish  va  boshqalar;  b)  adabiyotlarda  keltirilgan 
ma‘lumotlarni yig‗ishni tashkil qilish. To‗plangan ma‘lumotlar orasidan eng karakli va 
muhimlarini ajrata olish (ilmiy meditsina nuqtai nazardan) katta ahamiyatga ega.  
Boshidan  izlanayotgan  dorivor  o‗simlikni  asosiy  shifobaxsh  xususiyati    borligini 
tekshirish  lozim.  Agar  birlamchi  farmakologik  (biologik)  tekshirishlar,  ma‘lumtlardagi 
ta‘sirini tasdiqlasa, ularni kelajakda chuqur o‗rganish maqsadga muvofiq bo‗ladi: ya‘ni 
farmakognostik (birinchi fitokimyoviy), texnologik (individual moddalarni ajratish yoki 
yig‗indi  preparatlar  yaratish),  farmakologik  (yaratilgan  preparatlar  asosida  chuqur)  va 
nihoyat klinikadagi sinovlar orqali tekshiriladi.  
2.  Ilmiy  tibbiyotda  qo„llanilib  kelinayotgan  o„simliklarni  yanada  chuqurroq 
o„rganish.  Ko‗pincha  hozirgi  zamonaviy  usullar  qo‗llanilib  qayta  ko‗rib  chiqilganda, 
dorivor  o‗simliklarni  kimyoviy  tarkibi  va  xossalari  o‗rganilganda,  tibbiyotda  ko‗pdan 
qo‗llanilib  kelinayotgan  dorivor  o‗simliklar  to‗g‗risidagi  dunyo  qarashlar  o‗zgarib, 
o‗simliklarni  tibbiyotda  ishlatilish  sohalari  kengayishiga  olib  keladi.  Bunga  xalq 
tabobatining ma‘lumotlari sabab bo‗lib, ro‗yxatdan chiqarilgan dorivor o‗simliklar yana 
tadqiqotchi  olimlarni  qaytishiga  olib  keladi.  Masalan  II  DF  da  ro‗yxatga  kiritilgan 
o‗simliklardan  qoncho‗p  o‗ti,  avran,  limon  o‗t,  qora  smorodina  o‗ti,  sovun  o‗simligi 
ildizi  va  boshqalar.  Hozirgi  vaqtda  ularni  ko‗pchiligi  yana  dorivor  o‗simliklar  ro‗yxati 
(katalog) Davlat reestriga kiritilgan.  
3. YAngi dorivor o„simliklarni ularni o„zaro botanik qardoshligiga asoslangan 
holda  qidirib  topish  (Filogenetik  usul).  Ma‘lumki  botanik  jihatdan  qardosh 
o‗simliklarni  kimyoviy  tarkibi  bir  xil  yoki  bir-biriga  tarkib  jihatdan  yaqin,  demak 
farmakologik ta‘siri ham o‗xshash bo‗lishi mumkin. O‗simliklardagi biologik qonuniyat 
bilmini  bilish,  dorivor  o‗simliklarni  izlab  topishda  maqsadli  va  samarali  natija  beradi. 
Olimlar  dorivor  o‗simliklarni  sistematik  o‗rni  va  ularni  kimyoviy  tarkiblari  o‗rtasidagi 
bog‗liqlikni  o‗rganishga  ko‗p  e‘tibor  beradilar.  Bu  muammoni  o‗rganishni  o‗ziga 
yarasha  kamchiliklari  ham  bor.  Dorivor  o‗simliklarni  sistematikadagi  o‗rni  bilan 
kimyoviy  tarkibidagi  qonuniyatlarni  ochish  bilan,  xematoksonomik  jarayonda  shunday 
tasodiflar  ham  aniqlanadiki,  o‗simliklarni  biokimyoviy  belgilari  va  ularni  filogenetik 
qardoshligida  o‗xshashlik  yo‗qligi.  Undan  tashqari  filogenetik  mutlaqo  bir-biriga  yaqin 
bo‗lmagan turli o‗simliklarda bir xil moddalar borligi aniqlangan. Bu va bunga o‗xshash 
anomaliyalar  vaqti  soati  kelib  o‗zini  izohini  topar.  Ammo  dorivor  o‗simliklarni 
o‗rganishni  hozirgi  rivojlanish  etapida,  xemotoksonomiya  bo‗yicha  to‗plangan 
ma‘lumotlar yangi dorivor o‗simliklarni maqsadli izlab topish uchun etarli.  
Dorivor  o‗simliklarga  bo‗lgan  ehtiyojni  to‗laligicha  qondiraolinmayotgan 
sabablardan 
biri, 
tayyorlash 

yoki 
bu 
dorivor 
o‗simlikni  turi  bilan 
belgilanayotganidadir.  SHu  o‗simlikni  boshqa  turlari  esa  tayyorlanmaydi.  O‗simliklarni 
filogenetik qardoshligini e‘tiborga olib mahsulot bazasini kengaytirish mumkin.  
SHu  ma‘lumotdan  kelib  chiqqan  holda  o‗z  vaqtida  bir  qancha  qardosh  (bir 
turkumning  turlari)  o‗simliklar  o‗rganildi  va  natijada  ular  tibbiyot  amaliyotida 
muvaffaqiyatli ishlatila boshlandi. Misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. 
Qizil  angishvonagul  xalq  tabobatida  ishlatishga  asoslangan  holda  XI  asrda 
tibbiyotda  qo‗llashga  joriy  etildi.  O‗sha  vaqtda  uni  Angliya  na  Germaniyada  istisqo 

20 
 
(suyuqlikning  ko‗p  yig‗ilib  qolishi  sababli  organizmning  shishishi)  kasalligini 
davolovchi  vosita  sifatida  qo‗llaganlar.  Angishvonagulni  birinchi  marta  1543  yilda 
vrach-botanik  Fuks tasvirlab yozgan  va unga lotin tilida Digitalis («angishvona»  -gulini 
shakli angishvonaga o‗xshagani uchun) deb nom bergan. Angishvonagulni bir turi qizil 
angishvonagul  yovvoyi  holda  g‗arbiy  Evropada  o‗sadi.  SHuning  uchun  u  Petr  1  ning 
buyrug‗iga  asosan  1730  yildan  ekila  boshlandi  va  Rossiya  davlat  farmakoneyasining 
birinchi  nashriga  kiritildi.  Birinchi  jahon  urushi  davrida  Ovrupa  davlatlaridan 
Rossiyaga  dori-darmonlarni  keltirish  to‗xtab  qolgan  bir  vaqtda  o‗simliklarni  botanik 
qardoshligidan kelib chiqqan holda angishvonagul turkumini Rossiyada 
yovvoyi  holda  o‗sadigan  boshqa  turlarini  -  yirikgulli  angishvonagul  va  malla 
angishvonagullarni  o‗rganish  masalasi  ko‗tarildi.  O‗tkazilgan  tadqiqot  ishlari  natijasida 
yirik  gulli  angishvonagulni  qizil  angishvonagul  bilan  bir  qatorda  tibbiyotda  ishlatishga 
ruxsat etildi va davlat farmakopeyasining VII nashriga kiritildi. SHundan so‗ng tez orada 
angishvonagulni  yovvoyi  qolda  o‗sadigan  boshqa  turlaridan  -kiprikli  angishvonagul  va 
sertuk  angishvonagul  o‗simliklarining  dorivor  preparatlari  o‗rganildi  va  tibbiyot 
amaliyotiga joriy etildi. 
Quyida  yovvoyi  holda  O‗zbekistonda  o‗sadigan  o‗simliklarni  o‗rganish  va 
tibbiyotga joriy etilish misollari keltirilgan: 
Samarqand  bo‗znochi-tibbiyotda  qo‗llaniladgan  qumloq  bo‗znochi  bilan  bir 
qatorda  ishlatishga,  Turkiston  aroslonquyrug‗i  -besh  bo‗lakli  arslonkuyruq  va  oddiy 
arslonquyruq  bilan  bir  qatorda,  Regel  qo‗ziqulog‗i,  tikonli  ko‗ziquloq  bilan  bir  qatorda, 
maydagul tog‗rayxon – oddiy tog‗rayhon bilan bir qatorda sariq andiz-qora andiz bilan bir 
qatorda,  dag‗al  dalachoy-teshik  (oddiy)  dalachoy  bilan  bir  qatorda  tibbiyot  amaliyotida 
ishlatishga  ruxsat  etilgan  va  boshqalar.  Hozirgi  kunda  Samarqand  bo‗znochi  guli, 
Turkiston  arslonquyrug‗i  o‗ti  (er  ustki  qismi),  Regel  qo‗zikuloq  o‗ti,  maydagul 
tog‗rayxon  o‗ti,  dag‗al  dalachoy  o‗ti  va  sariq  andiz  ildizi  O‗zbekiston  davlat 
farmakopeyasiga kiritildi. 
4. “Elak” usuli.  Ushbu usulda ma‘lum bir joy yoki tumandagi barcha o‗sayotgan 
o‗simliklarni  biologik  faol  moddalarini  fitokimyoviy  tahlil  qilish.  Bunda  tahlil 
qilinayotgan  o‗simliklar  orasidan  (tahlil  elagidan  o‗tkazilganda),  alkaloidlar,  yurak 
glikozidlari,  saponinlar,  efir  moylari,  kumarinlar,  flavonoidlar,  antraglikozidlar  va 
boshqalar  saqlovchi  o‗simliklar  topilishi  mumkin.  Bir  vaqtlari  ―Elak‖  usuli  dorivor 
o‗simliklarni  izlab  topishda  mashhur  bo‗lib,  uni  amalga  oshirish  uchun  ko‗plab 
ekspeditsiyalar  uyushtirilgan  edi.  Dala  sharoitida  tahlil  qilish  uchun  soddalshtirilgan 
sifat  va  miqdor  tahlillari  ishlab  chiqilgan  edi.  ―Elak‖  usuli  dorivor  o‗simliklarni  izlab 
topish bosqichlarida ma‘lum ijobiy natijalarni bergan. Ammo bu usul ko‗p mehnat talab 
qiladigan, qimmatli, maqsadga erishish ehtimolini tasodiflar hal qiladi.  
Hozirgi  vaqtda  ekspeditsiya  maqsadli  yo‗nalishda,  ma‘lum  o‗simlik  turlarini 
yig‗ish  bo‗yicha  uyushtirilib,  ularni  xalq  tabobatida  ishlatilish  to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlarga tayanib tayyorlanadi.  
Ma‘lum  tuman  va  hududlar  o‗simliklarini  hammasini  tarkibida  turli  biologik  faol 
moddalar  bor-yo‗qligini  aniqlash  maqsadida  kimyoviy  tekshirishlar  o‗tkazish,  bu 
tahlillar  natijasida  ko‗pincha  birorta  kerakli  bo‗lgan  biologik  faol  moddaga  boy 

21 
 
o‗simliklar aniqlanadi va keyinchalik ulardan shu topilgap biologik faol moddani ajratib 
olish  hamda  uning  asosida  yangi  dorivor  preparat  yaratish  uchun  manba  sifatida 
foydaniladi.  
Masalan:  bahorgi  adonis-xalq  tabobatining  qadimgi  dorivor  vositasi.  Uni  er  ustki 
qismi va ildizi xalq orasida XVII-XVIII asrlardan beri ishlatib kelinadi. XVIII asrning 
70  yillari  oxirida  vrach  N.A.Bubnov  va  mashxur  klinitsist  S.P.Botkin  bu  o‗simlikni 
rasmiy  tibbiyotga  kiritdilar.  Bahorgi  adonis  dorivor  preparatlariga  talab  katta.  Lekin 
uning er ustki qismini har yili erta bahorda o‗rib olinishi (yig‗ilishi) hamda adonis yovvoyi 
holda  o‗sadigan  asosiy  cho‗l  hududlarini  o‗zlashtirish  natijasida  uning  tabiiy  zahirasi 
ancha  kamayib  ketdi.  SHuning  uchun  botanik  qardoshlikdan  kelib  chiqqan  holda  adonis 
turkumini  boshqa  yovvoyi  holda  o‗sadigan  turlari  -  Turkiston  adonisi  (O‗rta  Osiyo  va 
Qozog‗istonda  o‗sadi).  Amur  adonisi  (Uzoq  SHarq  va  Primoreda  ko‗p  o‗sadigan 
joylari  bor),  Sibir  adonisi  (Ural,  Sibir  va  Qozog‗istonda  o‗sadi)  va  tilla  rang  adonis 
(faqat  Tyan-SHanning  yuqori  qismida  uchraydi)  o‗rganildi.  O‗tkazilgan  tekshirishlar 
natijasida Turkiston adonisi tibbiyot amaliyotiga joriy etildi va baxorgi adonis bilan bir 
qatorda  tibbiyotda  ishlatishga  ruxsat  etildi.  Tillarang  adonis  esa  K  -strofantin  -β 
preparatini olish uchun manba sifatida qabul qilindi. 
Misol  sifatida  shu  usul  bilan  izlab  topilgan  dorivor  o‗simliklardan  ajratib  olingan 
biologik  faol  moddalar  asosida  yaratilgan  quyidagi  dorivor  preparatlarni  keltirish 
mumkin: 
alkaloidlar asosida yaratilgan preparatlar:  glautsin gidroxlorid, sferofizin benzoat, 
brevikollin  gidroxlorid,  sekurenin  nitrat,  galantamin  gidrobromid,  likorin  gidroxlorid, 
sangviritrin, lyutenurin, dezoksipeganin gidroxlorid, allapinin va boshqalar; 
qumarinlar  asosida  yaratilgan  preparatlar:  beroksan,  psoralen,  psoberan, 
ammifurin, peutsedanin va boshqalar:  
saponinlar    asosida  yaratilgan  preparatlar:      polisponin,  diosponin,  saparal, 
tribusponin va boshqalar. 
- seskviterpenlar  asosida  yaratilgan  preparatlar:   tauremizin, tefestrol, panaferol 
va boshqalar; 
- flavonoidlar asosida yaratilgan preparatlar: buplerin, datiskan, likviritin, flamin, 
silibor, silibinin va boshqalar.  
 
Saxro  (dasht)da  yig‗ilgan  dorilarning  hammasi  bog‗larda  terilgan  dorilarga 
qaraganda  kuchliroq  va  ko‗pincha  xajm  jihatidan  kichikroq  bo‗ladi.  Tog‗larda  terilgan 
dorilar  esa  saxroda  terilgan  dorilardan  ham  kuchliroq  bo‗ladi.  SHamol  yuradigan  va 
balandlik  erlardan  olingan  dorilar  boshqa  erlardan  olinganlaridan  kuchliroq  bo‗ladi. 
Uzish vaqtini to‗g‗ri topib olingan dori shu vaqtni aniqlashda xato qilinganiga qaraganda 
kuchliroq bo‗ladi.  
                           Abu Ali ibn Sino, Tib               
                            qonunlari, 1-kitob, 184 b. 
 
 
 

22 
 
Adabiyotlar 
 
1.Atlas arealov i resursov lekarstvennыx rasteniy.- Moskva. 1976. - s.127, 249. 
2.Berejinskaya  V.V.,  Zemlinskiy  S.E.,  Kushke  E.E.,  Muraveva  V.I.  va     
Satsыperov F.A. Belladonna. Medgiz – Moskva, 1953. - 115 s. 
3.Vulf E.V., Lyubimenko V.N., Plotnitskiy G.A., Albrext E.A. Belladonna Atropa 
belladonna L. Eyo rasprostranenie i kultura v Krыmu.- YAlta. 1917. - 46 s. 
4.Gaevskaya  O.A.  Issledovanie  travы  krasavki  kak  istochnika    promыshlennogo 
polucheniya  alkaloidov.  Avtoref.  dis.  na  soisk.  uch.  step.  kand.  farmats.  nauk.  /  VNII 
lekarstv i arom. rast. RASXN. – Moskva, 2004. – 21 s. 
5.Gammerman  A.F.  Issledovaniya  listev  krasavki,  vыrashshennыx  na  uchastke 
lekarstvennыx rasteniy Glavnogo botanicheskogo sada. //  Vestnik farmatsii.  – M.: 1928. 
- №6. 
6. Dusmuratova F.M.,  Tuxtaev B.E. Introduksiya i metodы vozdelыvaniya  Atropa 
belladonna  L.  //  Uzbekskiy  biologicheskiy  jurnal.  –  Tashkent,  izd.  Fan  Akademii  nauk 
RUz. 2007. – S. 57-60.  
7.Dusmuratova  F.M.  Atropa  belladonna  ning  biomorfologik  xususiyatlari.  
//Sovremennыe  problemы  strukturnoy  botaniki.  Materialы  respublikanskoy  nauchnoy 
konferensii. – Tashkent, 2010. – S. 39-41.  
8.  Dusmuratova  F.M.,Tuxtaev  B.E.    Atropa  belladonna  L.  ning  introduksiya  
sharoitida o‗stirilishi.// Xorazm Ma‘mun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‗ishlangan 
yosh olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyasi, Xiva2006.b. 214-215 
9.Dusmuratova F.M. Rost i razvitiya Atropa belladonna L.  v usloviya Uzbekistan. 
//Biologiya  Nauka  XXI  veka.  13-ya  Puщinskaya  mejdunarodnaya    shkola-konferensiya 
molodыx uchuennыx. 28 sentyabr-2 oktyabr. Puщina 2009.  s.227-228 
10.Zemlinskiy S.E. Lekarstvennыy rasteniya SSSR. Moskva, Medgiz. 1958.  S. 14, 
79-82. 
11.Flora SSSR. T. XII. Izd. Akademii Nauk SSSR. -Moskva,1955.Leningrad. 
12.Sidelnikov N.I. Izuchenie biologicheskix osobennostey Atropa  
    belladonna L s selyu vvedeniya kulturu v Sentralno-CHernozemnom  
 
 
4-5-Ma‟ruza 
 
Mavzu: O„simliklar jamoasi, ularning dengiz satxidan joylashgan erlarini 
balandligiga qarab bo„linishi (poyasnost), tarixiy rayonlar va guruhlarga bog„liqligi 
 
Mavzu 4 soatga mo„ljallangan. 
Ma‟ruza rejasi: 
1.Quruqlikning floristik bo‗linishi. 
2.O‗zbekistonning tabiiy tarixiy rayonlarga bo‗linishi. 

23 
 
3.Floraning sistematik va ekologik tarkibi. 
4.Floraning xayotiy sistemasi. 
5.O‗simlik qoplamining zonalarga bo‗linish prinsipi.   
Tayanch  iboralar:  dengiz  satxidan  joylashgan,  hisobot  ma‘lumoti,  adabiyotlar 
ma‘lumoti, tarixiy rayonlar, o‗simliklar jamoasi, qavat (yarus), drude bo‗yicha ko‗pligi, 
balandlik, ko‗p yillik o‗simliklar rivojlanish bosqichi, fenofaza, hayotiy barqarorligi. 
 
Er  sathining  umumiy  maydoni  510  mln.  kvadrat  km  ni  tashkil  qiladi.  Quruqlik 
ulushi  149  mln.kvadrat  km  bo‗lib,  Jaxon  okeani  esa  361  mln.  kvadrat  km  ni  egallaydi. 
Quruqlik  xamda  okean  o‗simlik  va  xayvonlar  bilan  qamrab  olingan.  U  yoki  boshqa 
xolatlarda ularning turlari juda katta. Xozirgi kunda 500000 atrofidagi o‗simlik turlari va 
1 mln dan ortiq xayvonlar  aniqlangan.  
Xar  bir  kontinent  (qit‘a),  uning  keng  fiziko-geografik  tumanlari  uchun  o‗ziga  xos 
bo‗lgan  florasi,  ya‘ni  o‗simliklarning  (sovokupnost)  oilasi,  turkumi  va  turlari  bo‗ladi. 
Ular fitotsenoz deyiladi, ya’ni o‘simlik turlarining tabiiy jamoasi.  
Xar  qanday  o‗simliklar  jamoasida  aloxida  turlarning  ko‗p  qismini  tashkil  etuvchi, 
asosiy  massani  hosil  qiladigan er  ustki  organlar  –  dominantlar  va  o‗simliklar  jamoasini 
nisbatan kam maydonlarini tashkil etadigan turlar.  
Dominantlar  katta  muxitni  xosil  qiluvchi  xususiyatga    ega  bo‗lib,  edifikator  – 
jamoa quruvchilari nomini olgan. 
Edifikatorlarga  misol  qilib,  archazorlar  jamoasidagi  (archa  o‗rmonlari)  archani 
olish  mumkin.  Archalar  juda  ko‗p  bo‗lib,  ular  o‗ziga  xos  fitoiqlimni  tashkil  etadi: 
yorug‗likni  keskin  pasaytiradi,  xavo  namligi  yuqori  va  x.k..  Archa  shoxlari, 
qubbalarning to‗kilishi bilan tuproqqa xam o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.  
Quruqlikning floristik bo‗linishi.  
Xar bir davlat, xar bir viloyatning quruqligi o‗zining tarixiy tuzilishiga ega bo‗lgan 
florasi,  ya‘ni  oila,  turkum  va  turlar  to‗plami  bilan  boshqa  davlatlar    florasidan  ozmi 
ko‗pmi farqlanadi.  
Bu farqlar o‗zining geologik, orfografik, tuprog‗ining turli-tumanligi, ayniqsa iqlim 
sharoitlari bilan tushuniladi. 
Boshqa faktorlar: geografik izolyasiya, migratsiya xamda differnsial yo‗q bo‗lish  
Floristik  sistemaning  birliklari  (fitoxorionlar):  Floristik  rayonlarga  zamonaviy 
bo‗linishi quyidagi birliklar (fitoxorionlar) ko‗zda tutiladi  
Sovremennыy  podxod  k  floristicheskomu  rayonirovaniyu  predusmatrivaet 
sleduyuщie edinitsы (fitoxorionы) floristicheskoy sistemы:  
- xukmronlik (sarstva);  
- viloyatlar (oblasti);  
- qishloqlar (provinsii);  
- okruglar (okrugi). 
 
Er sharining quruqlik florasi 

24 
 
6 ta  floristik xukmronlikka (sarstv) bo‗linadi: 
 
Golarktik  xukmronlik.  
  (Evropaning  barcha  qismi,  Afrikaning    shimoliy  tropik  bo‗lmagan  qismi, 
Osiyoning  barcha tropik bo‗lmagan va deyarli barcha Amerikaning shimoliy qismlarini 
qamrab olgan)  
2. Paleotropik xukmronlik.  
    (Avstraliyadan tashqari barcha er yuzini       
    qamrab olgan.)  
3. Neotropik xukmronlik.  
(Kaliforniya yarim oroli va Floridaning  janubiy tropik qismi, Meksikaning quyi va 
suv  bo‗ylari,  barcha  Markaziy  Amerika  xamda  Janubiy  Amerikaning  ko‗p  qismini 
qamrab  olgan).  5  ta  oblastlarga  bo‗linadi:  Karib,  Amazonka,  Markaziy  Braziliya, 
Andiysk,  Gviansk tog‗oldi (nagore). 
4. Kapsk xukmronligi.  
    (eng kichigi xisoblanadi, faqat Kapsk viloyati kiradi). 
5. Avstraliya xukmronligi.  
   Bunda 3 ta aniq chegaralangan floristik viloyatlarga bo‗linadi: SHimoli-SHarqiy, 
Janubi–G‗arbiy va Markaziy Avstraliya yoki Eremeysk.     
6.  Golarktik  xukmronlikka  shu  bilan  bir  qatorda.    –  Boreal,  Qadimgi  O‗rtaer 
dengizi va Mondrean kichik xukmronliklar  kiradi.  
   Uzbekiston    esa  Turon  provinsiyasiga  kirib,  G‗arbiy  Osiyo,  Eron-Turon  erlari 
kichik xukmronligiga kiradi.  
5. Avstraliya xukmronligi.  
   Bunda 3 ta aniq chegaralangan floristik viloyatlarga bo‗linadi: SHimoli-SHarqiy, 
Janubi–G‗arbiy va Markaziy Avstraliya yoki Eremeysk.     
6. Golarktik xukmronlikka shu bilan bir qatorda  – Boreal, Qadimgi O‗rtaer dengizi 
va Mondrean kichik xukmronliklar  kiradi.  
Uzbekiston    esa  Turon  provinsiyasiga  kirib,  G‗arbiy  Osiyo,  Eron-Turon  erlari 
kichik xukmronligiga kiradi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 

25 
 
FLORANING SISTEMATIK VA EKOLOGIK TARKIBI 
 
A.L.Taxtadjyana (1966) sistemasi bo‗yicha O‗zbekiston o‗simliklar qoplamasi 138 
yoki 145 oila turlarini tashkil etadi. Xammasi bo‗lib 1028 turkum, 4230 tur, ulardan 79 
oilalardan  492  tasi  madaniylashtirilgan  yoki  ko‗paytiriladigan  o‗simliklar  xisoblanadi. 
SHulardan 26 tasiga faqat madaniylashtirilgan yoki ko‗paytiriladigan turlari kiradi. 138 
oilasidan  qolganlari:  98  tasi  bir  xil  turkumga  kiradigan  20  ta  oila  va  22  ta  mono  tip 
turlari kiradi. 
Yirik  oilalar  1  –  jadvalda  turlarning  kamayib  borishi  bilan  joylashtirilgan.  1  – 
o‗rinda  -  Asteraceae  (Compositae),  2  –  o‗rinda  Fabaceae  (Leguminosae),  3-  o‗rinda 
Roaseae (Gramineae) 
Bizning  florada  endem  foizi  juda  past  –  390  tur  yoki  9,2%,  O‗rta  Osiyo  florasida 
esa endemlar 3336 tur yoki 46% ni tashkil etadi.  Bundan ko‗rinib turibdiki, O‗zbekiston 
maydoni  yagona  floristik  xudud  emasligini  tasavvur  etadi.  SHuning  uchun  bu  endem 
ma‘lumotlari  formalniy  xisoblanadi.  Endem  o‗simliklarining  ko‗pchiligini  quyidagi 
oilalar tashki etadi: Asteraceae — 84, Fabaceae — 70, Apiaceae —39, Lamiaceae —35, 
Polygonaceae — 26, Liliaceae — 23, Caryophyllaceae—16,   Poaceae—11.    
Bizning    florada  yovvoyi  xolda  uchraydigan  (begona  o‗t  o‗simliklar  bilan 
xisoblaganda) umumiy turlar soni quyidagini tashkil etadi: 
  
       umumiy soni – 4000 atrofida:  
       cho‗l  (200-350 m) –1100; 
       adir (350-1400m) -1330; 
       tog‗ (1400-2600m) -1523; 
       yaylov (2600-4000m) -555.  
  
 Shunday qilib, tog‗da eng ko‗p, yaylovda eng kam tur o‗simliklar uchraydi. 
Saxro  joylarni  qamrab  olgan  tekisliklar,  asosan  daryo  bo‗ylari  va  oazislarda  juda 
ko‗p 1100 tur tarkib topgan. SHuni aytish mumkinki, yuqorida ko‗rsatilgan ma‘lumotga 
asoslanib,  400  turi  suvda  o‗sadigan  o‗simliklarga,  begona  o‗tlarga  xamda  boshqa  nam 
joylardan kirib kelgan turlarga kiradi.  700 turi esa, asosan saxro ga to‗g‗ri keladi. 
Tekis  cho‗l  zonalarda  birinchi  o‗rinda  Chenopodiaceae;  keyin  -  Poaceae 
(Gramineae),  Asteraceae (Compositae) va Polygonaceae oila turlari uchraydi;  
 Adirlarda  birinchi  o‗rinda    Fabaceae  (Leguminosae),  keyin  -  Poaceae,  Apiaceae 
(Umbelliferae) va Lamiaceae oila turlari uchraydi;  
Tog‗larda birinchi o‗rinda Asteraceae,  keyin - Fabaceae, Lamiaceae, Poaceae  oila 
turlari uchraydi;  
I bo‗lim. Yog‗ochlangan o‗simliklar  
1.Tip.  Daraxtlar. 
Doim yashil, bitta poyali daraxtlar;  
O‗rmon-cho‗l yoki mevali daraxtlar; 
Barglar faslga qarab to‗kiladigan bargsiz shoxli daraxtlar; 
Ser suv daraxtlar.  

26 
 
 
2.Tip.  Butalar   
Oddiy butalar  
Afil  va shaklini o‗zgartirgan barglilar (reduksiyalangan)  
Seret bargli  va seret poyalilar (sukkulentnolistnыe i sukkulentnosteblevыe) 
 YOtib va chirmashib o‗suvchilar (stelyuщiesya   i   lianovidnыe)  
3.Tip.  Butachalar   
Oddiy butachalar  
Sada butachalar  
Afil va shaklini o‗zgartirgan barglilar (reduksiyalangan)  
Seret bargli  va seret poyalilar (sukkulentnolistnыe i sukkulentnosteblevыe) 
 
II bo‗lim. CHalayog‗ochlangan o‗simliklar  
 
4.Tip. YArimbuta va yarimbutachalar  
Oddiy yarimbutachalar  
Seret bargli yarim butachalar (sukkulentnolistnыe kustarnichki 
sklerofilnыe  
Seret  bargli    va  seret  poyalilar  (sukkulentnolistnыe  i  sukkulentnosteblevыe) 
polukustarnichki  s  nadzemnыm  golovchatыm  kaudeksom 
 
III bo‗lim.   Er ustki o‗tli o‗simliklar  
5 tip.   O‗tli yarim polikarplar  
ko‗p boshli o‗q ildizli  
bir boshli o‗q ildizli  
popuk ildizli  
qisqa ildizpoyali  
uzun ildizpoyali  
zich butali  
zich bo‗lmagan butali  
uzun ildizpoyali  
piyozli  
tuganakpiyozli  
 tuganakli  
 tuganaksimon qalinlashgan  
 ildiz otuvchi  
 saprofitli va parazitli  
6 tip. O‗tli monokarplar.  
 ko‗p yillik  
 ikki yillik  
 bir yillik  
 
a) erta gullovchi; 

27 
 
b) kech gullovchi;  
v) sersuv etli;  
g) qurg‗oqchilikka chidamli dag‗al;  
d)parazit. 
IV bo‗lim.  Suvli o‗simliklar  
 
Akademik  K.Z.Zakirov  (1978y.)  raxbarligida  o‗zbek  botaniklari  tomonidan  O‗rta 
Osiyo landshafti, shu bilan bir qatorda O‗zbekiston uchun xam yuqori zonalilik bo‗yicha 
o‗simliklarning taqsimlanish prinsipi ishlab chiqilgan, ular  
dengiz  sathidan  balandligiga  qarab  bir  necha  poyaslarga  (pog‗onalarga)  bo‗linadi: 
cho‗l, adir, tog‗, yaylov. 
Qavatlik  –  jamoadagi  turlarning  tuproq  yuzasiga  nisbatan  xar  xil  balandliklarda 
qavatma-qavatliligi va uning qatlamida har xil joylanishi tushuniladi.  
Adir o‗simliklar jamoasida 3 ta qavatlik ajratiladi. Daraxt va butali jamoalarda 3-5 
qavatlik:  I  qavatlik  -  I  darajali  daraxtlar,  II  qavatlik  –  II–III  darajali  daraxtlar,  III 
qavatlik – butalar, IV qavatlik – o‗t va butachalar va V qavatlik – mox va lishayniklar. 
O‗t o‗simliklardan tashkil topgan jamoalarda 2-3 ba‘zan 4 qavatlik ajratiladi.   
Adir mintaqasi O‗zbekiston  tog‗larining pastki qismini ishg‗ol etgan tabiiy-tarixiy 
zonadir.  U  dengiz  sathidan  500  (700)  m,  ba‘zi  joylarda  hatto  900-1200  (1600)m  gacha 
bo‗lgan  balandliklarni  o‗z  ichiga  oladi.  Adirning  qurg‗oqchil  tepaliklarida  boshoqli 
o‗simliklar  xukmronlik  qiladi,  ular  yashil  fon  hosil  qiladi,  pastki  joylarda  esa 
dukkakdoshlar  va  yasnotkadoshlarning  vakillari  uchraydi.  Natijada  rang-barang 
ko‗rinish  paydo  bo‗ladi.  Ba‘zi  joylarda  kampirchopondoshlar  va  astradoshlar 
oilalarining  vakillaridan  iborat  bo‗lgan  kulrang  oqish  fondagi  manzaralar  ko‗rinadi. 
SHunday  qilib,  adir  mintaqasida  bir  necha  turdagi  o‗simliklar  jamoasini  kuzatish 
mumkin.  
Adir  jamoasining  1  qavatini  baland  bo‗yli  boshoqlilar  tashkil  etadi.  2  –  qavatda 
xam boshoqlilar, dukkakdoshlar va xar xil o‗tlar ishtirok etadi. 3- qavatda moxlar va ular 
bilan birga past bo‗yli yovvoyi bedalar qatnashadi.  
Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin