Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix17.12.2019
ölçüsü1,17 Mb.
#29956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Dorivor o‘simliklar


CHo„l.    O‗rta  Osiyoning  barcha  tekislik  qismi  –  cho‗l  ,  adir  bilan  birga  tashkil 
etgan qismlar esa - yarim cho‗l deb ataladi.  
O‗zbekistonda  cho‗l  zonasi  O‗rta  Osiyo  tekisligi    -  Turon  tekisligi  tashkil  etadi. 
Uch turga bo‗linadi: 
sho‗r erli cho‗l (xo‗l sho‗r er, taqir erlar); 
qumli cho‗l (qum va qumloq erlar); 
gipsli (qoqir).  
YAna — bo‗z erli cho‗l xam bor.  
Tog„  —  Asosan  jigarrang  va  qo‗ng‗ir  o‗rmon  tog‗  tuproqli  bo‗ladi.  Balandligi 
dengiz satxidan 1200 – 1500 dan 2700—2800 m gacha. 
Tog‗  qatlamida  3  oy  mobaynida  yog‗ingarchiliksiz  bo‗ladi  (iyul-oktyabr), 
vegetatsiya davri  — baxor, yoz va kuz;  faqat qishda uzilish bo‗ladi.  
O‗rtacha oylik yuqori harorat iyul oyiga to‗g‗ri keladi va u +19°ga etadi. 
Bu qatlam tabiiy–tarixiy sharoitlari bo‗yicha 2 ta bo‗lakka bo‗linadi: 

28 
 
1. Tog‗ning  pastki qatlami (yarus)  adir zonasidan (tog‗oldi) o‗tish bo‗lagi - cho‗l 
tipidagi  dominantlarning  kserofilli  efemer  o‗simliklari  bilan  xarakterlanadi.    Daraxt  va 
butalar  ba‘zi  bir  sabablarga  ko‗ra    (asosan  inson  faoliyati  tufayli)  siqib  chiqarilgan.  Bu 
erda  harorat  yuqori,    atmosfera  yog‗ingarchiligi  esa  adirga  nisbatan  ko‗proq.  Bu 
bo‗laklar  maydaerli  tuprog‗i  rangi  bilan  farqlanadi.    Bo‗lak  balandligi  dengiz  satxidan  
1200-1400-1800-2100  
2.  YUqori  bo‗lagida  efemer  o‗simliklar  deyarli  yo‗q.  Bu  erda  asosan  daraxtlar  va 
butalar juda yaxshi rivojlangan. 
Mezofil o‗simliklarning turlari asta-sekin ko‗payib boradi.  
Tog‗ning  toshli  va  shag‗alli    bo‗sh  joylarida  ayniqsa  spetsifik  o‗simlik  turlaridan 
efedrani ko‗p o‗sadigan erlarini uchratish mumkin. Ularni «efedariyalar» deb ataladi. 
Tog‗ning asosiy edifikatorlari pirey-turli o‗tli o‗simliklar bo‗lib, ulardan biri pыrey 
volosonosnыy - Agropyron trichophorum. Ba‘zi joylarda faqat pireyniklar o‗sadi. Asosiy 
qism  pireyniklar  turli  o‗t  kserofil  o‗simliklar  bilan  qo‗shilib  ketgan  ular  asosan  ikki 
pallali  o‗simlik  vakillardan  iborat  bo‗lib:  g‗ozpanja  -  Potentilla  soongorica,  qo‗ziquloq 
turlari  -  Phlomis  salicifolia,  Ph.  Olgae,  astragal  turlari  -  Astragalus  eximius,  A. 
peduncularis,    tillabosh  -  Centaurea  squarrosa,  kiyik  o‗t  -  Ziziphora  pamiralaica, 
kuziniya - Cousinia pulchella, etmak - Acanthophyllum gypsophyloides va boshqalar.  
Butali  o‗simliklar  ko‗pincha  alohida  va  qo‗shilib  ketgan  turli  sistemaga  kiruvchi 
butazorlarni  tashkil  etadi,  masalan:  na‘matak  turlari  -    Rosa  alcea,  R.  Kokanica,  zirk  - 
Berberis oblonga va b.  
Tog‗ning  daraxtli  o‗simliklarini  asosan  keng  barg  o‗rmonli  va  bargi  to‗kiladigan 
butalar yuqori yoki quyi mezofillli archazorlarni tashkil etadi.  
Yaylov    O‗rta  Osiyoning    alp  va  subalp  qatlamlari  bilan  ataladigan  yuqori  tog‗ 
tizmasi sifatida ajralib turadi.  
Bu  zona  daraxt-butali  o‗simliklarini  rivojlanishi  uchun  sharoit  yo‗qligi  bilan 
xarakterlidir.  
Bu erning tuprog‗i och-qo‗ng‗ir, dala cho‗l tuproqli. Bu er asosan tosh va shag‗alli, 
ba‘zi joylari esa yaxli, qorli maydonlarni tashkil etadi. 
YAylov  dengiz  satxidan  2700—2800  m  balandlikda  joylashgan.    Uning  quyi 
chegarasi  pastki  qatlamdagi  (tog‗)  daraxt  butali  o‗simliklar  bilan  birlashib  ketgan. 
YOg‗ingarchilikning qaysi vaqtga to‗g‗ri kelishi aniq emas, avgust va sentyabr oylarida 
yog‗ingarchilikning eng kam vaqtdir.Vegetatsiya davri yozga to‗g‗ri keladi. 
Mezofill jamoaning tarqalish va rivojlanishi yaylovning pastki joylari uchun – turli 
o‗tli  o‗tloqlar,  yaylovning  yuqori  joylari  uchun  –  past  bo‗yli  o‗tli  o‗tloqchalar 
xarakterlidir. YAylovning pastki joylari yuqoridagilaridan farqli ba‘zi yotib o‗suvchi va 
past bo‗yli butalar, masalan, turkiston archasi - Juniperus turkestanica, na‘matak turlari – 
Rosa  sp.,  qayin  -  Betula  va  boshqalar  tarqalgan,  shu  bilan  bir  qatorda  tog‗  ustidagi 
kserofitlar edifikatorlar bilan rivojlangan (Onobrychis echidna i Acantholimon).  
Yaylovning  yuqori  qatlami  tog‗  tizmasining  3000-3200  m  dan  baland  bo‗lgan 
qiyaliklarni  egallaydi,  yuqori  chegarasi  esa  doimiy  qorlikkacha  va  yirik  toshli 
cho‗qilargacha  borib  qadaladi.  O‗zbekiston  yaylov  qatlamining  o‗simliklar  o‗sadigan 
joylar  o‗zining  toshli  va  cho‗qqililigi  sababli  ajrim-ajrim  xamda  kserofillidir.  Bu  erda 

29 
 
quruq  toshli  cho‗l  va  o‗tloqli  qoplamalar  aloxida  bo‗lib,  Fectuca  valesiaca,  tog‗usti 
kserofitlar  Cousinia  francheti  i  Scorzonera  acantoclada  lar  uchraydi.  Past  bo‗yli 
o‗tloqchalar umuman olganda uncha katta bo‗lmagan maydonlarni egallaydi.  
Past  bo‗yli  o‗tlar  o‗sadigan  o‗tloqlar  odatda  alp  nomi  bilan  ataluvchi  yuqori 
yaylovlarni  egallaydi.  Ular  O‗zbekistonda  keng  tarqalgan,  lekin  uncha  katta  bo‗lmagan 
massivlarni  tashkil  etadi.  Tog‗ning  yuqori  o‗tloqlar  asosini  rang-barang  o‗tlar: 
ostrolodka,  gorechavka,  navro‗zgul,  ayiqtovonlar,  yovvoyi  piyozlar,  g‗ozpanjalar  va 
ko‗pgina boshqalar o‗sadi. 
Shu bilan bir qatorda donlilar (alp myatligi, alp timofeevkasi va b.) osokalilar (qora 
gulli osoka, yumaloq gulli osoka,past bo‗yli kobreziya va b.) xarakterlidir.  
Tog‗  usti  kserofitli  o‗simlik  qoplamalri  O‗rta  Osiyo  tog‗larining  janubiy  qismi 
uchun  xarakterli  xisoblanadi.  Bu  o‗simlik  qoplamasi  tarkibi  bo‗yicha  bir  xil  emas; 
ularning tuzilishida biologik, shu bilan birga ekologik turlarida ishtirok etadi.  
Masalan, (tikanli o‗tlar), cho‗l o‗simliklari -  Festuca valesiaca, Stipa trichoides, S 
lipskyi,  Phleum  phleoides,  Poa  relaxa  va  b..  Bundan  tashqari  ba‘zi  xollarda  bular  bilan 
mezofill  vakillari  bo‗lgan  o‗tloq  o‗simliklari  -  Hordeum  turkestanicum,  H. 
brevisubulatum, Sagex litvinovii, S. Stenophylloides, Artemisia dracunculus. 
O‗zbekistonda madaniy o‗simliklarni tarqalishi keskin ikki qismga: sug‗oriladigan 
tumanlar yoki oazislar va sug‗orilmaydigan tumanlarga bo‗linadi. 
Oazislar  asosan  Turon  past  tekisliklarida  joylashgan  bo‗lib,  u  cho‗l  zonasiga 
tegishli.  Ular  o‗simliklar  qoplamasining  juda  ko‗pligi,  atrofagi  kengiklari  bilan  ajralib 
turadi.  
 
Adabiyotlar: 
 
1.O‗zbekiston 
florasini 
boyligi 
va 
xilma-xilligi. 
Dorivor 
o‗simliklar 
resursshunosligi  to‗g‗risida  tushuncha  va  uning  vazifalari.  Geobotanik  va 
resursshunoslik terminlari (A.YA.Ibragimov). 
2.O‗zbekiston  dorivor  o‗simliklarning  hom  ashyo  bazasi.  O‗zbekistonda  yovvoyi 
holda  o‗sadigan  va  etishtiriladigan  dorivor  o‗simliklar.  YAngi  istiqbolli  o‗simliklarni 
izlab topish usullari (X.M.Komilov). 
3.O‗simliklar  jamoasi,  ularning  dengiz  sathidan  joylashgan  erlari  balandligiga 
qarab bo‗linishi (poyasnost), tarixiy rayonlar va guruhlarga bog‗liqligi (F.F.Urmanova). 
4.Dorivor  o‗simliklarni  ko‗plab  o‗sadigan  joylarni  izlab  topish,  ularni  xaritaga 
belgilash, zahirasini, hosildorligini va tiklanish davrini, yillik yig‗ish miqdorini rejalash 
(A.YA.Ibragimov). 
5.Dorivor  o‗simliklarni  muhofaza  qilish  va  ularning  resurslaridan  oqilona 
foydalanish. O‗zbekiston tabiiy ko‗riqhona fondi (X.M.Komilov). 
6.Dorivor 
o‗simliklarni  hom  ashyosini  tayyorlash  asoslari  (omillar) 
(F.F.O‗rmanova). 
7.Tabiiy  sharoitda  yo‗qolib  ketish  xavfi  bo‗lgan  va  kamayib  ketayotgan  noyob 
dorivor o‗simliklarni madaniylashtirish muammolari (X.M.Komilov). 

30 
 
8.Dorixonalar  tizimi  va  farmatsevtika  sanoati  uchun  tayyorlanadigan  o‗simliklar 
(A.YA.Ibragimov). 
9.O‗zbekistonning  yangi  istiqbolli  dorivor  o‗simliklari  va  ularning  xom  ashyo 
bazasini shakllantirish (F.F.Urmanova). 
10. O‗zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 1 tom. Toshkent, 1998. 
11.Ibragimov  A.YA.  O‗zbekiston  Respublikasini  dorivor  o‗simliklar  bilan 
ta‘minlash uchun tavsiyalar. Kimyo va farmatsiya jurnali, 1995, №6. S.30-32. 
12.Ibragimov  A.YA.  O‗zbekiston  Respublikasini  dorivor  o‗simliklar  bilan 
ta‘minlash istiqbollari. Kimyo va farmatsiya jurnali, 1995, №4. S.4-5. 
13.Murdaxaev  YU.M.  Kultura  lekarstvennыx  rasteniy  v  Uzbekistane.  Tashkent. 
Izd. Abu Ali Ibn Sino, 1999. 
14.Ibragimov  A.YA.  Obespechennost  respubliki  Uzbekistan  lekarstvennыm 
rastitelnыm  sыryom.  Perspektivы  i  rekomendatsii.  Kimyo  va  farmatsiya  jurnali.  1993, 
№5. S.70-73. 
15.Xolmatov  X.X.  va  Xabibov  Z.X.  O‗zbekistonning  shifobaxsh  o‗simliklari, 
Toshkent, 1976. 
 
6-8-Ma‟ruza 
 
Mavzu: Dorivor o„simliklarni ko„plab  o„sadigan joylarni izlab topish, ularni  
xaritaga belgilash zahirasini, hosildorligini va tiklash davrini aniqlash. Yillik 
miqdorini rejalash 
Mavzu 6 soatga mo„ljallangan. 
Ma‟ruza rejasi: 
 
1.Dorivor o‗simliklarni o‗sadigan joylarini izlab topish. 
2.Dorivor o‗simliklarni o‗sadigan joylarni xaritaga belgilash. 
3.Dorivor o‗simlik zahirasini aniqlash usullari:  
a) hisoblash maydonchalari usuli;  
b) namunaviy nusxalar usuli;  
v) proektiv qoplanganlik usuli.  
4. Dorivor o‗simliklarni hosildorligi va tiklanish davrini aniqlash. 
 5.Dorivor o‗simlik maxsulotlarini yillik miqdorini rejalashtirish.  
 
Tayanch  iboralar:  dorivor  o‗simliklarni  o‗sadigan  joylari,  xaritaga  belgilash, 
zaxirasini  aniqlash,    namunaviy  nusxalar  usuli,  proektiv    qoplanganlik  usuli,  xisoblash 
maydonchalari usuli, xosildorlik, tiklanish davri, yillik miqdor. 
 

31 
 
Zamonaviy  tibbiyotda  qo‗llaniladigan  deyarli  barcha  o‗simliklar  xalq  tabobatida 
keng qo‗llanilgan. Xalq tabobatiga kerakli e‘tibor qaratish dolzarb dorivor o‗simliklarni 
topishda  juda  qo‗l  keladi.  Bundan  avvallari  to‗plagan  ma‘lumotlardan  zamonaviy 
tabobat  uchun  kerak  bo‗lganlarini  tanlab  olish  ularni  ilmiy  izlanishlarga  tadbiq  eta 
bilishimiz lozim. Bu ishlarni resursshunoslar bajaradi.  
  Resursshunos ish boshlashidan oldin katta tayyorgarlik ko‗radi. O‗rganiladigan er 
xaqida  to‗la  ma‘lumotlarni  yig‗ib  xulosa  qiladi.  Birinchidan  adabiyotlarni  ko‗rib 
o‗rganiladigan rayon yoki viloyat xaqida, ob havosi to‗g‗rirog‗i, kun va tun harorati, suv 
bilan ta‘minlanishini o‗rganib chiqadi.  
O‗simliklarni o‗sadigan joyga qarab resursshunoslar o‗sha erni florasini chuqurroq 
adabiyotlar orqali (o‗simliklar kartasiga murojat qilib) va agar mavjud bo‗lsa ilgari olib 
borilgan resursshunoslik ishlarini hisobotlari bilan tanishib chiqadi. 
Adabiyot  yoki  hisobotlar  asosida  izlanish  olib  boriladigan  mintaqa  florasi  yani 
o‗sha  erni  qoplaydigan  formatsiyalar-  o‗simliklar  jamoasi, assosiatsiyalar  –  o‗simliklar 
qavmi,  dominatlar  –ustun  turar  (g‗olib  turlar);  uchraydigan  populyasiyalar-o‗simliklar 
to‗dasi; endemik o‗simliklar –ma‘lum xududdagi turlar va x.k. 
O‗simliklarni  o‗sadigan  joylarni  aniqlashda  yoki  ma‘lum  xududdagi  turlarni 
aniqlashda  O‗zbekiston  o‗simliklarini  gerbariylari  bilan  tanishishdir.  Odatda  gerbariy 
saqlash honalarini xodimlari gerbariy bilan tanishtirish haqida zarur foydali ma‘lumotlar 
berishlari mumkin. 
YUqorida  keltirilgan  barcha  ishlar  ekspeditsiya  boshlanishidan  oldin  bajarilishi 
kerak.  Olib  borilgan  ishlar  natijasida  o‗simliklarga  boy  xududlar  (tog‗,  tog‗oldi,  dasht) 
aniqlanadi. 
SHunday  yo‗l  tutilsa  o‗simliklar  tarqalgan  erlardagi  asosiy  populyasiyalar 
aniqlanib resursshunoslik ishlar to‗g‗ri olib borilayapti deb hisoblanadi. 
  Bu  izlanishlardan  so‗ng  geobotanik  ma‘lumotlariga  suyangan  xolda,  umuman 
uchraydigan  o‗simliklar  bilan  tanishib  chiqadi.  O‗rganilayotgan  erdagi  o‗simliklar 
fitotsinozi assosatsiyalar va formatsiyalar bilan tanishadi. Flora bilan tanishgandan so‗ng 
dorivor o‗simliklarga alohida e‘tibor qaratiladi.  
  O‗zbekistonda  ancha  endemik  o‗simliklar  uchrab  turadi,  ularga  ham  alohida 
e‘tibor beriladi. Ferula turlari, qora qovuq- ungerniya va boshqalar. 
  Ekspeditsiyaga  tayyorgarlik  qilinadi.  Taxlil  qilinadigan  joyga  borgandan  so‗ng, 
o‗simliklar xaqidagi ma‘lumot erlik, qishloq xo‗jalik yoki bor bo‗lsa o‗simliklar kartasi 
bilan tanishiladi.  
  Ma‘lum  darajada  erlik  axoli  yordamidan  foydalaniladi.  Ular  yordamida  o‗simlik 
bor erlarni va ularga etib borish masalalari xal qilinadi.  
  Ko‗p  xollarda  o‗simliklarning  kimyoviy  tarkibi,  xossalarini  yanada  chuqurroq 
o‗rganish  natijasida  uning  tibbiyotning  boshqa  soxasi  qo‗llanish  xollari  uchrab  turadi. 
Bundan  izlanuvchilar  asosan  bir  paytlar  tabobatda  qo‗llanilgan  biroq  xozirda 
unitilayotgan  o‗simliklarni  o‗rganish  orqali  ularni  yana  amaliyotga  joriy  qilishlari 
mumkin.  

32 
 
Bunday  o‗simliklarga  resursshunoslar  alohida  e‘tibor  qilib,  ularni  chuqurroq 
o‗rganadilar.  O‗sayotgan  eri  hosil  qilgan  populyasiyasi  va  zahirasiga  qarab  tavsiyalar 
qilinadi. 
  Azaldan  ma‘lumki  botanik  jixatdan  qarindosh  bo‗lgan  o‗simliklar  kimyoviy 
tarkibi  bir-biriga  yaqin  bo‗lishi  mumkin.  Buning  natijasida  farmakologik  ta‘siri  ham 
yaqin  bo‗ladi.  Bu  shu  biologik  qonuniyatni  bilgan  holda  izlanish  olib  borish  ancha 
maqsadga  muvofiqdir.  Ko‗pincha  bizning  olimlarimiz  o‗simliklarni  sistematik  o‗rnini 
uning  kimyoviy  tarkibi  orasidagi  bog‗liqliklarni  o‗rganadilar.  Bunda  u  muammoni 
o‗rganish  doirasida  aniq  qiyinchiliklar  yuzaga  keladi.  Qonuniyatdagi  cheklanish 
xolatlaridi  o‗simliklarning  fiologenetik,  bioximik  ko‗rsatgichlari  o‗rtasida  hech  qanday 
paralellik  mavjud  bo‗lmasligi  mumkin.  Ko‗pchilik  xollarda  o‗simliklarga  bo‗lgan  talab 
bir paytlar maxsus belgilangan bir o‗simlik xom ashyosini yig‗ish orqali qondiriladi. Bu 
dorivor  o‗simliklarni  o‗rganishni  rivojlanishiga  to‗siqlik  qiladi.  Filogenetik  usullardan 
foydalangan  holda  qarindoshligi  yaqin  bo‗lgan  o‗simliklarni    aniqlash  va  xom  ashyo 
sifatida tavsiya qilinadi.  
 
Dorivor o„simliklar hosildorligini hisoblash maydonchalarida aniqlash 
 
 
Hisoblash  maydonchalarini  butun  o‗simlik  o‗sadigan  maydonini  imkon  boricha 
qamrab olgan holda bir —biridan ma‘lum masofada bir hil joylashtiriladi. Ularni parallel 
yoki  perpendikulyar  yo‗nalishda,  diagonal  yoki  "konvert"  shaklida  joylashtirish 
mumkin. O‗rganilayotgan o‗simlik turi bor yoki yo‗qligidan qat‘iy nazar ularni bir necha 
qalam yoki ma‘lum masofodan so‗ng joylashtirish zarur. 
Xech qachon hisoblash maydonchalarini subektiv, "ya‘ni o‗ziga xos joylar" tanlab 
joylashtirish mumkin emas. 
Ma‘lumotlarni statistik qayta ishlaganda o‗rtacha arifmetik hato, o‗rtachadan 15% 
dan  ortig‗ini  tashkil  qilmasligi  kerak.  Hisoblash  maydonchalarining  soni  etarli  bo‗lishi 
zarur.  Belgilangan  aniqlikka  erish  uchun  etarli  hisoblash  maydonchalarining  soni, 
asosan, o‗rganilayotgan turning qanchalik tekis tarqalganligi va qisman uning mikdoriga 
bog‗liq. 
Tur  qanchalik  tekis  tarqalgan  va  ko‗p  miqdorda  o‗sgan  bo‗lsa,  shunchalik  kam 
hisoblash  maydonchalari  zarur  bo‗ladi.  Optimal  xollarda  kerakli  aniqlikka  erishish 
uchun 15 ta maydoncha etarli bo‗ladi. Tur notekis tarqalganda esa maydonchalar soni 50 
tagacha etadi,   lekin   ko‗p  hollarda  hosildorlikni  anikqash   uchun   1   metr kvadrat 
bo‗lgan  25  ta  maydoncha  joylashtirish  etarli  bo‗ladi,  zaruriy  maydonchalar  sonini 
formula bo‗yicha hisoblash mumkin. 
 
Statistik kayta ishlash uchun formulalar 
 
Natijalarni  qayta  ishlaganda  istalgan  qo‗llanmalardan  foydalanib,  umumiy 
usullarda olib borish mumkin. Faqat bir ko‗rsatkich ularda turlicha xarf bilan belgilanish 
hisobga olinsa bas. 

33 
 
Qo‗yida qo‗llanmalarda kam uchraydigan, lekin natijalarni qayta ishlaganda zarur 
bo‗ladigan formulalarni keltiramiz: 
1.  O‗rtacha arifmetik (M
o‗r
) ni aniqlash uchun: 
        
         ∑ M
n
 
M
o‗r
 = ------------                                              (1) 
             n 
 
bunda M
o‗r
 — o‗rtacha arifmetik;  
M
n
 — har bir maydonchadan olingan natijalar;  
n-      maydonchalar soni. 
 
 
 
2.  Dispersiya (S) ni hisoblash uchun: 
 
                  ( ∑ M
n
)
2
 
S = ∑ M
n
2
 -----------                        (2) 
                       n    
    
bu erda S— dispersiya; 
∑ M
n
2
 — har bir maydonchadan olingan natijalar kvadratlari yig‗-indisi; 
( ∑ M
n
)2—      har      bir      maydonchadan      olingan      natijalar 
YIRINDISINING 
kvadrati; 
n — maydonchalar soni. 
 
 3. Kvadratik og‗ish
 
(s) ni xisoblash: 
              s 
s = √ --------                                       (3) 
         n -1 
bunda s — kvadratik og‗ish; 
 
S — dispersiya;                 n — maydonchalar soni. 
 
4. O‗rtacha arifmetik hato (m) ni hisoblash: 
         s       
m=--------                                                          (4) 
     √ n 
 
bunda m — o‗rtacha arifmetik hato; 
            s — kvadratik og‗ish; 
              
n — maydonchalar soni.  
 

34 
 
5.   Nisbiy hato (ε) ni hisoblash: 
       m 
ε =--------x 100%                                              (5) 
       M
o‗r
 
 
bunda ε — nisbiy hato; m — o‗rtacha arifmetik hato; 
 
M
o‗r
 — o‗rtacha arifmetik. 
 
6.   10 yoki   15% aniqligida    ma‘lumot olish uchun zarur bo‗lgan maydonchalar 
soni (n) ni topish: 
 
       v
2
 
n =-------                                                              (6) 
       r
 2 
 
bunda n — maydonchalar soni. 
           v— variatsiyalar koefitsenti; 
           r— talab qilingan aniqlik, ya‘ni 10% yoki 15%; 
 
 
v— variatsiya koefitsenti quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi: 
         100 x σ 
 v = -----------                                                        (7) 
           M
o‗r
  
 
bunda σ —o‗rtacha kvadratik og‗ish  
          M
o‗r
  - o‗rtacha arifmetik. 
 
Agar   kalkulyator   bo‗lmasa,   dala   sharoitida   o‗rtacha   kvadratik  (σ) og‗ish 
kattaligini jadval yordamida ham hisoblab topish mumkin. 
 
    σ =a x k                                                             (8) 
 
bunda a — eng katta va eng kichik natija orasidagi farq; 
           k — maydonchalar soni (n) ga bog‗lik bo‗lgan koeffitsent. 
 
 
Maydonchalarining soniga 
 
bog‗lik bo‗lgan koeffitsent qiymatlari 
(Snedekor, 1961) 
 





0,886 
11 
0,316 

35 
 

0,591 
12 
0,307 

0,486 
14 
0,294 

0,430 
16 
0,283 

0,395 
18 
0,275 

0,370 
20 
0,268 

0,351 
30 
0,245 

0,337 
40 
0,231 
10 
0,325 
50 
0,222 
 
Masalan, 10 ta hisoblash maydonchasida  hosildorlik 7 g dan 27 gacha farq  qiladi: 
 
 a=M
max
-M
min
= 27-7=20 
 
Jadval bo‗yicha ( k - 0,325) hisoblab: 
 
σ =a x k=20 x 0,325=6,5 ni topamiz. 
 
Maydonchalar  o‗lchami  o‗rganilayotgan  turining  etuk  ekzemplyar  soni  bilan 
belgilanadi.  O‗rganilayotgan  turining  kamida  5  ta  etuk  ekzemplyari  joylashadigan 
maydoncha  etarli  o‗lchamda  hisoblanadi.  Hisoblash  maydonchalarining  soni  qancha 
ko‗p  bo‗lsa,  xom  ashyo  zahirasini  aniqlashda  hatolik  shuncha  kam  bo‗ladi.  SHuning 
uchun  bajarilish  og‗irligi  bir  xil  bo‗lgan  holda,  ko‗prok  mayda  hisoblash 
maydonchalarida  kamroq  yirik  hisoblash  maydonchalaridan  ko‗ra  aniqrok  natijaga 
erishiladi. 
 
O‗tsimon  yoki  chala  buta  o‗simliklar  uchun  maydonchalar  0,25-4m
2
  kattaligida 
olinadi. 
 
Maydoncha  shaklining  ahamiyati  yo‗q.  Olingan  natijalarning  hatosi  tajriba 
hatosidan oshmaydi. 
0,25  m  kv.  kattaligidagi  maydonchalar  bilan  ishlaganda,  diametri  56  sm  bo‗lgan 
simdan  tayyorlangan  aylanadan  foydalanish  qulay.  CHunki  radiusi  0,28  m  bo‗lgan 
aylananing yuzasi S = π x g
2
 = 3,14 x 0
,
28
2
 = 0,2462 m
2
 ni tashkil qiladi. 
O‗simlik  hosildorligi  maydon  birligidagi  nusxalar  soni  va  ularning  rivojlanish 
darajasiga  bog‗liq.
 
SHuning  uchun,  turli  tadqiqotchilar  olgan  natijalarini  solishtirish 
maqsadida,  xar  bir  hisoblash  maydonchada,  undan  xom  ashyo  yig‗ib  olishdan  avval 
turning nusxa sonini sanab chiqiladi. SHundan so‗ng xar bir hisoblash maydonchasidagi 
barcha  xom  ashyo,  o‗simlikning  yig‗ish  va  quritish  qoidalari  talablariga  asosan  yig‗ib 
olinadi.  Hosildorlik  —  berilgan  tur  populyasiyasi  xom  ashyoning  tovar  fitomassasi 
kattaligidir.  SHuning  uchun  yosh  novdalar  va  zararlangan  nusxalar  yig‗ilmaydi
Maydonchadan  yig‗ilgan  xom  ashyo  xosildorlikni  baholash  aniqligiga  ta‘sir  qilmaydi. 
O‗lchayotgan toshsiz, richagli tarozilardan foydalanish qulayroq. 

36 
 
Hosildorlikni  hisoblash  uchun  zaruriy  maydonchalarning  taxminiy  sonini  bitta 
hisoblash  maydonchadan  yig‗ilgan  xom  ashyoning  maksimal  va  minimal  og‗irligi 
orasidagi  farq    asosida  aniqlash  mumkin.  Masalan,  agar  15  ta  maydoncha 
mo‗ljallashtirilgan bo‗lib, bitta maydonchadan maksimal va minimal fitomassa miqdori 
o‗zaro 5 — 7 marotaba kamga farq  qilsa, shuncha maydoncha  soni bilan kifoyalanish 
mumkin. Maksimal va minimal og‗irlik 15 — 20 marotaba farq qilganda yana 15 — 20 
ta maydoncha joylashtirish zarur bo‗ladi. 
Misol.  Regel  qo‗ziqulog‗i  o‗simligining  zahirasini  aniqlash  uchun  o‗simlik 
tarqalgan  xududlarning  biri  (CHimyon  k,.)da  260  m  x  180  m  =  46800  m
2
  (~  4,7  ga) 
kattalikdagi  maydon  tanlab  olindi.  O‗simlikning  hosildorligi  hisoblash  maydonchalari 
usulida  aniqlandi.  Buning  uchun  maydon  diagonali  bo‗ylab  har  20  m  oraliqda 
joylashtirilgan  1  m
2
  kattalikdagi  15  ta  hisoblash  maydonchalaridagi  o‗simlikning  xom 
ashyo  qismlarini  qirqib  olinib,  5%  aniqlikda  tortib  olindi.  Bunda  qo‗yidagi  natijalar 
(Mn) qayd qilindi: 265, 405, 211, 668, 420, 252, 386, 290, 215, 335, 440,    403,     271, 
275, 355 g. 
1  m
2
  kattalikdagi  hisoblash  maydonchasidan  yig‗ilgan  xom  ashyoning  o‗rtacha 
,qiymati M
o‗r
 (1) formula bilan aniqlanadi: 
 
∑Mn=265+405+211 +668+420+252+386+290+215+335+440+403+271+ 
          275+355=5191 
 
                   5191 
         M
o‗r
=  --------= 346,07 g. 
                    15 
 
O‗rtacha  arifmetik  hatolik  (m)  ni topish  uchun  dispersiya  (S)  va  kvadratik  og‗ish
Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin