ma‟lumotlarni to„plash, o‗simliklarni yaxshi biladigan xalq vakillari bilan tanishish,
19
o‗simlik va mahsulotlardan na‘munalar olish va boshqalar; b) adabiyotlarda keltirilgan
ma‘lumotlarni yig‗ishni tashkil qilish. To‗plangan ma‘lumotlar orasidan eng karakli va
muhimlarini ajrata olish (ilmiy meditsina nuqtai nazardan) katta ahamiyatga ega.
Boshidan izlanayotgan dorivor o‗simlikni asosiy shifobaxsh xususiyati borligini
tekshirish lozim. Agar birlamchi farmakologik (biologik) tekshirishlar, ma‘lumtlardagi
ta‘sirini tasdiqlasa, ularni kelajakda chuqur o‗rganish maqsadga muvofiq bo‗ladi: ya‘ni
farmakognostik (birinchi fitokimyoviy), texnologik (individual moddalarni ajratish yoki
yig‗indi preparatlar yaratish), farmakologik (yaratilgan preparatlar asosida chuqur) va
nihoyat klinikadagi sinovlar orqali tekshiriladi.
2. Ilmiy tibbiyotda qo„llanilib kelinayotgan o„simliklarni yanada chuqurroq
o„rganish. Ko‗pincha hozirgi zamonaviy usullar qo‗llanilib qayta ko‗rib chiqilganda,
dorivor o‗simliklarni kimyoviy tarkibi va xossalari o‗rganilganda, tibbiyotda ko‗pdan
qo‗llanilib kelinayotgan dorivor o‗simliklar to‗g‗risidagi dunyo qarashlar o‗zgarib,
o‗simliklarni tibbiyotda ishlatilish sohalari kengayishiga olib keladi. Bunga xalq
tabobatining ma‘lumotlari sabab bo‗lib, ro‗yxatdan chiqarilgan dorivor o‗simliklar yana
tadqiqotchi olimlarni qaytishiga olib keladi. Masalan II DF da ro‗yxatga kiritilgan
o‗simliklardan qoncho‗p o‗ti, avran, limon o‗t, qora smorodina o‗ti, sovun o‗simligi
ildizi va boshqalar. Hozirgi vaqtda ularni ko‗pchiligi yana dorivor o‗simliklar ro‗yxati
(katalog) Davlat reestriga kiritilgan.
3. YAngi dorivor o„simliklarni ularni o„zaro botanik qardoshligiga asoslangan
holda qidirib topish (Filogenetik usul). Ma‘lumki botanik jihatdan qardosh
o‗simliklarni kimyoviy tarkibi bir xil yoki bir-biriga tarkib jihatdan yaqin, demak
farmakologik ta‘siri ham o‗xshash bo‗lishi mumkin. O‗simliklardagi biologik qonuniyat
bilmini bilish, dorivor o‗simliklarni izlab topishda maqsadli va samarali natija beradi.
Olimlar dorivor o‗simliklarni sistematik o‗rni va ularni kimyoviy tarkiblari o‗rtasidagi
bog‗liqlikni o‗rganishga ko‗p e‘tibor beradilar. Bu muammoni o‗rganishni o‗ziga
yarasha kamchiliklari ham bor. Dorivor o‗simliklarni sistematikadagi o‗rni bilan
kimyoviy tarkibidagi qonuniyatlarni ochish bilan, xematoksonomik jarayonda shunday
tasodiflar ham aniqlanadiki, o‗simliklarni biokimyoviy belgilari va ularni filogenetik
qardoshligida o‗xshashlik yo‗qligi. Undan tashqari filogenetik mutlaqo bir-biriga yaqin
bo‗lmagan turli o‗simliklarda bir xil moddalar borligi aniqlangan. Bu va bunga o‗xshash
anomaliyalar vaqti soati kelib o‗zini izohini topar. Ammo dorivor o‗simliklarni
o‗rganishni hozirgi rivojlanish etapida, xemotoksonomiya bo‗yicha to‗plangan
ma‘lumotlar yangi dorivor o‗simliklarni maqsadli izlab topish uchun etarli.
Dorivor o‗simliklarga bo‗lgan ehtiyojni to‗laligicha qondiraolinmayotgan
sabablardan
biri,
tayyorlash
u
yoki
bu
dorivor
o‗simlikni turi bilan
belgilanayotganidadir. SHu o‗simlikni boshqa turlari esa tayyorlanmaydi. O‗simliklarni
filogenetik qardoshligini e‘tiborga olib mahsulot bazasini kengaytirish mumkin.
SHu ma‘lumotdan kelib chiqqan holda o‗z vaqtida bir qancha qardosh (bir
turkumning turlari) o‗simliklar o‗rganildi va natijada ular tibbiyot amaliyotida
muvaffaqiyatli ishlatila boshlandi. Misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
Qizil angishvonagul xalq tabobatida ishlatishga asoslangan holda XI asrda
tibbiyotda qo‗llashga joriy etildi. O‗sha vaqtda uni Angliya na Germaniyada istisqo
20
(suyuqlikning ko‗p yig‗ilib qolishi sababli organizmning shishishi) kasalligini
davolovchi vosita sifatida qo‗llaganlar. Angishvonagulni birinchi marta 1543 yilda
vrach-botanik Fuks tasvirlab yozgan va unga lotin tilida Digitalis («angishvona» -gulini
shakli angishvonaga o‗xshagani uchun) deb nom bergan. Angishvonagulni bir turi qizil
angishvonagul yovvoyi holda g‗arbiy Evropada o‗sadi. SHuning uchun u Petr 1 ning
buyrug‗iga asosan 1730 yildan ekila boshlandi va Rossiya davlat farmakoneyasining
birinchi nashriga kiritildi. Birinchi jahon urushi davrida Ovrupa davlatlaridan
Rossiyaga dori-darmonlarni keltirish to‗xtab qolgan bir vaqtda o‗simliklarni botanik
qardoshligidan kelib chiqqan holda angishvonagul turkumini Rossiyada
yovvoyi holda o‗sadigan boshqa turlarini - yirikgulli angishvonagul va malla
angishvonagullarni o‗rganish masalasi ko‗tarildi. O‗tkazilgan tadqiqot ishlari natijasida
yirik gulli angishvonagulni qizil angishvonagul bilan bir qatorda tibbiyotda ishlatishga
ruxsat etildi va davlat farmakopeyasining VII nashriga kiritildi. SHundan so‗ng tez orada
angishvonagulni yovvoyi qolda o‗sadigan boshqa turlaridan -kiprikli angishvonagul va
sertuk angishvonagul o‗simliklarining dorivor preparatlari o‗rganildi va tibbiyot
amaliyotiga joriy etildi.
Quyida yovvoyi holda O‗zbekistonda o‗sadigan o‗simliklarni o‗rganish va
tibbiyotga joriy etilish misollari keltirilgan:
Samarqand bo‗znochi-tibbiyotda qo‗llaniladgan qumloq bo‗znochi bilan bir
qatorda ishlatishga, Turkiston aroslonquyrug‗i -besh bo‗lakli arslonkuyruq va oddiy
arslonquyruq bilan bir qatorda, Regel qo‗ziqulog‗i, tikonli ko‗ziquloq bilan bir qatorda,
maydagul tog‗rayxon – oddiy tog‗rayhon bilan bir qatorda sariq andiz-qora andiz bilan bir
qatorda, dag‗al dalachoy-teshik (oddiy) dalachoy bilan bir qatorda tibbiyot amaliyotida
ishlatishga ruxsat etilgan va boshqalar. Hozirgi kunda Samarqand bo‗znochi guli,
Turkiston arslonquyrug‗i o‗ti (er ustki qismi), Regel qo‗zikuloq o‗ti, maydagul
tog‗rayxon o‗ti, dag‗al dalachoy o‗ti va sariq andiz ildizi O‗zbekiston davlat
farmakopeyasiga kiritildi.
4. “Elak” usuli. Ushbu usulda ma‘lum bir joy yoki tumandagi barcha o‗sayotgan
o‗simliklarni biologik faol moddalarini fitokimyoviy tahlil qilish. Bunda tahlil
qilinayotgan o‗simliklar orasidan (tahlil elagidan o‗tkazilganda), alkaloidlar, yurak
glikozidlari, saponinlar, efir moylari, kumarinlar, flavonoidlar, antraglikozidlar va
boshqalar saqlovchi o‗simliklar topilishi mumkin. Bir vaqtlari ―Elak‖ usuli dorivor
o‗simliklarni izlab topishda mashhur bo‗lib, uni amalga oshirish uchun ko‗plab
ekspeditsiyalar uyushtirilgan edi. Dala sharoitida tahlil qilish uchun soddalshtirilgan
sifat va miqdor tahlillari ishlab chiqilgan edi. ―Elak‖ usuli dorivor o‗simliklarni izlab
topish bosqichlarida ma‘lum ijobiy natijalarni bergan. Ammo bu usul ko‗p mehnat talab
qiladigan, qimmatli, maqsadga erishish ehtimolini tasodiflar hal qiladi.
Hozirgi vaqtda ekspeditsiya maqsadli yo‗nalishda, ma‘lum o‗simlik turlarini
yig‗ish bo‗yicha uyushtirilib, ularni xalq tabobatida ishlatilish to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarga tayanib tayyorlanadi.
Ma‘lum tuman va hududlar o‗simliklarini hammasini tarkibida turli biologik faol
moddalar bor-yo‗qligini aniqlash maqsadida kimyoviy tekshirishlar o‗tkazish, bu
tahlillar natijasida ko‗pincha birorta kerakli bo‗lgan biologik faol moddaga boy
21
o‗simliklar aniqlanadi va keyinchalik ulardan shu topilgap biologik faol moddani ajratib
olish hamda uning asosida yangi dorivor preparat yaratish uchun manba sifatida
foydaniladi.
Masalan: bahorgi adonis-xalq tabobatining qadimgi dorivor vositasi. Uni er ustki
qismi va ildizi xalq orasida XVII-XVIII asrlardan beri ishlatib kelinadi. XVIII asrning
70 yillari oxirida vrach N.A.Bubnov va mashxur klinitsist S.P.Botkin bu o‗simlikni
rasmiy tibbiyotga kiritdilar. Bahorgi adonis dorivor preparatlariga talab katta. Lekin
uning er ustki qismini har yili erta bahorda o‗rib olinishi (yig‗ilishi) hamda adonis yovvoyi
holda o‗sadigan asosiy cho‗l hududlarini o‗zlashtirish natijasida uning tabiiy zahirasi
ancha kamayib ketdi. SHuning uchun botanik qardoshlikdan kelib chiqqan holda adonis
turkumini boshqa yovvoyi holda o‗sadigan turlari - Turkiston adonisi (O‗rta Osiyo va
Qozog‗istonda o‗sadi). Amur adonisi (Uzoq SHarq va Primoreda ko‗p o‗sadigan
joylari bor), Sibir adonisi (Ural, Sibir va Qozog‗istonda o‗sadi) va tilla rang adonis
(faqat Tyan-SHanning yuqori qismida uchraydi) o‗rganildi. O‗tkazilgan tekshirishlar
natijasida Turkiston adonisi tibbiyot amaliyotiga joriy etildi va baxorgi adonis bilan bir
qatorda tibbiyotda ishlatishga ruxsat etildi. Tillarang adonis esa K -strofantin -β
preparatini olish uchun manba sifatida qabul qilindi.
Misol sifatida shu usul bilan izlab topilgan dorivor o‗simliklardan ajratib olingan
biologik faol moddalar asosida yaratilgan quyidagi dorivor preparatlarni keltirish
mumkin:
alkaloidlar asosida yaratilgan preparatlar: glautsin gidroxlorid, sferofizin benzoat,
brevikollin gidroxlorid, sekurenin nitrat, galantamin gidrobromid, likorin gidroxlorid,
sangviritrin, lyutenurin, dezoksipeganin gidroxlorid, allapinin va boshqalar;
qumarinlar asosida yaratilgan preparatlar: beroksan, psoralen, psoberan,
ammifurin, peutsedanin va boshqalar:
saponinlar asosida yaratilgan preparatlar: polisponin, diosponin, saparal,
tribusponin va boshqalar.
- seskviterpenlar asosida yaratilgan preparatlar: tauremizin, tefestrol, panaferol
va boshqalar;
- flavonoidlar asosida yaratilgan preparatlar: buplerin, datiskan, likviritin, flamin,
silibor, silibinin va boshqalar.
Saxro (dasht)da yig‗ilgan dorilarning hammasi bog‗larda terilgan dorilarga
qaraganda kuchliroq va ko‗pincha xajm jihatidan kichikroq bo‗ladi. Tog‗larda terilgan
dorilar esa saxroda terilgan dorilardan ham kuchliroq bo‗ladi. SHamol yuradigan va
balandlik erlardan olingan dorilar boshqa erlardan olinganlaridan kuchliroq bo‗ladi.
Uzish vaqtini to‗g‗ri topib olingan dori shu vaqtni aniqlashda xato qilinganiga qaraganda
kuchliroq bo‗ladi.
Abu Ali ibn Sino, Tib
qonunlari, 1-kitob, 184 b.
22
Adabiyotlar
1.Atlas arealov i resursov lekarstvennыx rasteniy.- Moskva. 1976. - s.127, 249.
2.Berejinskaya V.V., Zemlinskiy S.E., Kushke E.E., Muraveva V.I. va
Satsыperov F.A. Belladonna. Medgiz – Moskva, 1953. - 115 s.
3.Vulf E.V., Lyubimenko V.N., Plotnitskiy G.A., Albrext E.A. Belladonna Atropa
belladonna L. Eyo rasprostranenie i kultura v Krыmu.- YAlta. 1917. - 46 s.
4.Gaevskaya O.A. Issledovanie travы krasavki kak istochnika promыshlennogo
polucheniya alkaloidov. Avtoref. dis. na soisk. uch. step. kand. farmats. nauk. / VNII
lekarstv i arom. rast. RASXN. – Moskva, 2004. – 21 s.
5.Gammerman A.F. Issledovaniya listev krasavki, vыrashshennыx na uchastke
lekarstvennыx rasteniy Glavnogo botanicheskogo sada. // Vestnik farmatsii. – M.: 1928.
- №6.
6. Dusmuratova F.M., Tuxtaev B.E. Introduksiya i metodы vozdelыvaniya Atropa
belladonna L. // Uzbekskiy biologicheskiy jurnal. – Tashkent, izd. Fan Akademii nauk
RUz. 2007. – S. 57-60.
7.Dusmuratova F.M. Atropa belladonna ning biomorfologik xususiyatlari.
//Sovremennыe problemы strukturnoy botaniki. Materialы respublikanskoy nauchnoy
konferensii. – Tashkent, 2010. – S. 39-41.
8. Dusmuratova F.M.,Tuxtaev B.E. Atropa belladonna L. ning introduksiya
sharoitida o‗stirilishi.// Xorazm Ma‘mun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‗ishlangan
yosh olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyasi, Xiva2006.b. 214-215
9.Dusmuratova F.M. Rost i razvitiya Atropa belladonna L. v usloviya Uzbekistan.
//Biologiya Nauka XXI veka. 13-ya Puщinskaya mejdunarodnaya shkola-konferensiya
molodыx uchuennыx. 28 sentyabr-2 oktyabr. Puщina 2009. s.227-228
10.Zemlinskiy S.E. Lekarstvennыy rasteniya SSSR. Moskva, Medgiz. 1958. S. 14,
79-82.
11.Flora SSSR. T. XII. Izd. Akademii Nauk SSSR. -Moskva,1955.Leningrad.
12.Sidelnikov N.I. Izuchenie biologicheskix osobennostey Atropa
belladonna L s selyu vvedeniya kulturu v Sentralno-CHernozemnom
4-5-Ma‟ruza
Mavzu: O„simliklar jamoasi, ularning dengiz satxidan joylashgan erlarini
balandligiga qarab bo„linishi (poyasnost), tarixiy rayonlar va guruhlarga bog„liqligi
Mavzu 4 soatga mo„ljallangan.
Ma‟ruza rejasi:
1.Quruqlikning floristik bo‗linishi.
2.O‗zbekistonning tabiiy tarixiy rayonlarga bo‗linishi.
23
3.Floraning sistematik va ekologik tarkibi.
4.Floraning xayotiy sistemasi.
5.O‗simlik qoplamining zonalarga bo‗linish prinsipi.
Tayanch iboralar: dengiz satxidan joylashgan, hisobot ma‘lumoti, adabiyotlar
ma‘lumoti, tarixiy rayonlar, o‗simliklar jamoasi, qavat (yarus), drude bo‗yicha ko‗pligi,
balandlik, ko‗p yillik o‗simliklar rivojlanish bosqichi, fenofaza, hayotiy barqarorligi.
Er sathining umumiy maydoni 510 mln. kvadrat km ni tashkil qiladi. Quruqlik
ulushi 149 mln.kvadrat km bo‗lib, Jaxon okeani esa 361 mln. kvadrat km ni egallaydi.
Quruqlik xamda okean o‗simlik va xayvonlar bilan qamrab olingan. U yoki boshqa
xolatlarda ularning turlari juda katta. Xozirgi kunda 500000 atrofidagi o‗simlik turlari va
1 mln dan ortiq xayvonlar aniqlangan.
Xar bir kontinent (qit‘a), uning keng fiziko-geografik tumanlari uchun o‗ziga xos
bo‗lgan florasi, ya‘ni o‗simliklarning (sovokupnost) oilasi, turkumi va turlari bo‗ladi.
Ular fitotsenoz deyiladi, ya’ni o‘simlik turlarining tabiiy jamoasi.
Xar qanday o‗simliklar jamoasida aloxida turlarning ko‗p qismini tashkil etuvchi,
asosiy massani hosil qiladigan er ustki organlar – dominantlar va o‗simliklar jamoasini
nisbatan kam maydonlarini tashkil etadigan turlar.
Dominantlar katta muxitni xosil qiluvchi xususiyatga ega bo‗lib, edifikator –
jamoa quruvchilari nomini olgan.
Edifikatorlarga misol qilib, archazorlar jamoasidagi (archa o‗rmonlari) archani
olish mumkin. Archalar juda ko‗p bo‗lib, ular o‗ziga xos fitoiqlimni tashkil etadi:
yorug‗likni keskin pasaytiradi, xavo namligi yuqori va x.k.. Archa shoxlari,
qubbalarning to‗kilishi bilan tuproqqa xam o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Quruqlikning floristik bo‗linishi.
Xar bir davlat, xar bir viloyatning quruqligi o‗zining tarixiy tuzilishiga ega bo‗lgan
florasi, ya‘ni oila, turkum va turlar to‗plami bilan boshqa davlatlar florasidan ozmi
ko‗pmi farqlanadi.
Bu farqlar o‗zining geologik, orfografik, tuprog‗ining turli-tumanligi, ayniqsa iqlim
sharoitlari bilan tushuniladi.
Boshqa faktorlar: geografik izolyasiya, migratsiya xamda differnsial yo‗q bo‗lish
Floristik sistemaning birliklari (fitoxorionlar): Floristik rayonlarga zamonaviy
bo‗linishi quyidagi birliklar (fitoxorionlar) ko‗zda tutiladi
Sovremennыy podxod k floristicheskomu rayonirovaniyu predusmatrivaet
sleduyuщie edinitsы (fitoxorionы) floristicheskoy sistemы:
- xukmronlik (sarstva);
- viloyatlar (oblasti);
- qishloqlar (provinsii);
- okruglar (okrugi).
Er sharining quruqlik florasi
24
6 ta floristik xukmronlikka (sarstv) bo‗linadi:
Golarktik xukmronlik.
(Evropaning barcha qismi, Afrikaning shimoliy tropik bo‗lmagan qismi,
Osiyoning barcha tropik bo‗lmagan va deyarli barcha Amerikaning shimoliy qismlarini
qamrab olgan)
2. Paleotropik xukmronlik.
(Avstraliyadan tashqari barcha er yuzini
qamrab olgan.)
3. Neotropik xukmronlik.
(Kaliforniya yarim oroli va Floridaning janubiy tropik qismi, Meksikaning quyi va
suv bo‗ylari, barcha Markaziy Amerika xamda Janubiy Amerikaning ko‗p qismini
qamrab olgan). 5 ta oblastlarga bo‗linadi: Karib, Amazonka, Markaziy Braziliya,
Andiysk, Gviansk tog‗oldi (nagore).
4. Kapsk xukmronligi.
(eng kichigi xisoblanadi, faqat Kapsk viloyati kiradi).
5. Avstraliya xukmronligi.
Bunda 3 ta aniq chegaralangan floristik viloyatlarga bo‗linadi: SHimoli-SHarqiy,
Janubi–G‗arbiy va Markaziy Avstraliya yoki Eremeysk.
6. Golarktik xukmronlikka shu bilan bir qatorda. – Boreal, Qadimgi O‗rtaer
dengizi va Mondrean kichik xukmronliklar kiradi.
Uzbekiston esa Turon provinsiyasiga kirib, G‗arbiy Osiyo, Eron-Turon erlari
kichik xukmronligiga kiradi.
5. Avstraliya xukmronligi.
Bunda 3 ta aniq chegaralangan floristik viloyatlarga bo‗linadi: SHimoli-SHarqiy,
Janubi–G‗arbiy va Markaziy Avstraliya yoki Eremeysk.
6. Golarktik xukmronlikka shu bilan bir qatorda – Boreal, Qadimgi O‗rtaer dengizi
va Mondrean kichik xukmronliklar kiradi.
Uzbekiston esa Turon provinsiyasiga kirib, G‗arbiy Osiyo, Eron-Turon erlari
kichik xukmronligiga kiradi.
25
FLORANING SISTEMATIK VA EKOLOGIK TARKIBI
A.L.Taxtadjyana (1966) sistemasi bo‗yicha O‗zbekiston o‗simliklar qoplamasi 138
yoki 145 oila turlarini tashkil etadi. Xammasi bo‗lib 1028 turkum, 4230 tur, ulardan 79
oilalardan 492 tasi madaniylashtirilgan yoki ko‗paytiriladigan o‗simliklar xisoblanadi.
SHulardan 26 tasiga faqat madaniylashtirilgan yoki ko‗paytiriladigan turlari kiradi. 138
oilasidan qolganlari: 98 tasi bir xil turkumga kiradigan 20 ta oila va 22 ta mono tip
turlari kiradi.
Yirik oilalar 1 – jadvalda turlarning kamayib borishi bilan joylashtirilgan. 1 –
o‗rinda - Asteraceae (Compositae), 2 – o‗rinda Fabaceae (Leguminosae), 3- o‗rinda
Roaseae (Gramineae)
Bizning florada endem foizi juda past – 390 tur yoki 9,2%, O‗rta Osiyo florasida
esa endemlar 3336 tur yoki 46% ni tashkil etadi. Bundan ko‗rinib turibdiki, O‗zbekiston
maydoni yagona floristik xudud emasligini tasavvur etadi. SHuning uchun bu endem
ma‘lumotlari formalniy xisoblanadi. Endem o‗simliklarining ko‗pchiligini quyidagi
oilalar tashki etadi: Asteraceae — 84, Fabaceae — 70, Apiaceae —39, Lamiaceae —35,
Polygonaceae — 26, Liliaceae — 23, Caryophyllaceae—16, Poaceae—11.
Bizning florada yovvoyi xolda uchraydigan (begona o‗t o‗simliklar bilan
xisoblaganda) umumiy turlar soni quyidagini tashkil etadi:
umumiy soni – 4000 atrofida:
cho‗l (200-350 m) –1100;
adir (350-1400m) -1330;
tog‗ (1400-2600m) -1523;
yaylov (2600-4000m) -555.
Shunday qilib, tog‗da eng ko‗p, yaylovda eng kam tur o‗simliklar uchraydi.
Saxro joylarni qamrab olgan tekisliklar, asosan daryo bo‗ylari va oazislarda juda
ko‗p 1100 tur tarkib topgan. SHuni aytish mumkinki, yuqorida ko‗rsatilgan ma‘lumotga
asoslanib, 400 turi suvda o‗sadigan o‗simliklarga, begona o‗tlarga xamda boshqa nam
joylardan kirib kelgan turlarga kiradi. 700 turi esa, asosan saxro ga to‗g‗ri keladi.
Tekis cho‗l zonalarda birinchi o‗rinda Chenopodiaceae; keyin - Poaceae
(Gramineae), Asteraceae (Compositae) va Polygonaceae oila turlari uchraydi;
Adirlarda birinchi o‗rinda Fabaceae (Leguminosae), keyin - Poaceae, Apiaceae
(Umbelliferae) va Lamiaceae oila turlari uchraydi;
Tog‗larda birinchi o‗rinda Asteraceae, keyin - Fabaceae, Lamiaceae, Poaceae oila
turlari uchraydi;
I bo‗lim. Yog‗ochlangan o‗simliklar
1.Tip. Daraxtlar.
Doim yashil, bitta poyali daraxtlar;
O‗rmon-cho‗l yoki mevali daraxtlar;
Barglar faslga qarab to‗kiladigan bargsiz shoxli daraxtlar;
Ser suv daraxtlar.
26
2.Tip. Butalar
Oddiy butalar
Afil va shaklini o‗zgartirgan barglilar (reduksiyalangan)
Seret bargli va seret poyalilar (sukkulentnolistnыe i sukkulentnosteblevыe)
YOtib va chirmashib o‗suvchilar (stelyuщiesya i lianovidnыe)
3.Tip. Butachalar
Oddiy butachalar
Sada butachalar
Afil va shaklini o‗zgartirgan barglilar (reduksiyalangan)
Seret bargli va seret poyalilar (sukkulentnolistnыe i sukkulentnosteblevыe)
II bo‗lim. CHalayog‗ochlangan o‗simliklar
4.Tip. YArimbuta va yarimbutachalar
Oddiy yarimbutachalar
Seret bargli yarim butachalar (sukkulentnolistnыe kustarnichki
sklerofilnыe
Seret bargli va seret poyalilar (sukkulentnolistnыe i sukkulentnosteblevыe)
polukustarnichki s nadzemnыm golovchatыm kaudeksom
III bo‗lim. Er ustki o‗tli o‗simliklar
5 tip. O‗tli yarim polikarplar
ko‗p boshli o‗q ildizli
bir boshli o‗q ildizli
popuk ildizli
qisqa ildizpoyali
uzun ildizpoyali
zich butali
zich bo‗lmagan butali
uzun ildizpoyali
piyozli
tuganakpiyozli
tuganakli
tuganaksimon qalinlashgan
ildiz otuvchi
saprofitli va parazitli
6 tip. O‗tli monokarplar.
ko‗p yillik
ikki yillik
bir yillik
a) erta gullovchi;
27
b) kech gullovchi;
v) sersuv etli;
g) qurg‗oqchilikka chidamli dag‗al;
d)parazit.
IV bo‗lim. Suvli o‗simliklar
Akademik K.Z.Zakirov (1978y.) raxbarligida o‗zbek botaniklari tomonidan O‗rta
Osiyo landshafti, shu bilan bir qatorda O‗zbekiston uchun xam yuqori zonalilik bo‗yicha
o‗simliklarning taqsimlanish prinsipi ishlab chiqilgan, ular
dengiz sathidan balandligiga qarab bir necha poyaslarga (pog‗onalarga) bo‗linadi:
cho‗l, adir, tog‗, yaylov.
Qavatlik – jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan xar xil balandliklarda
qavatma-qavatliligi va uning qatlamida har xil joylanishi tushuniladi.
Adir o‗simliklar jamoasida 3 ta qavatlik ajratiladi. Daraxt va butali jamoalarda 3-5
qavatlik: I qavatlik - I darajali daraxtlar, II qavatlik – II–III darajali daraxtlar, III
qavatlik – butalar, IV qavatlik – o‗t va butachalar va V qavatlik – mox va lishayniklar.
O‗t o‗simliklardan tashkil topgan jamoalarda 2-3 ba‘zan 4 qavatlik ajratiladi.
Adir mintaqasi O‗zbekiston tog‗larining pastki qismini ishg‗ol etgan tabiiy-tarixiy
zonadir. U dengiz sathidan 500 (700) m, ba‘zi joylarda hatto 900-1200 (1600)m gacha
bo‗lgan balandliklarni o‗z ichiga oladi. Adirning qurg‗oqchil tepaliklarida boshoqli
o‗simliklar xukmronlik qiladi, ular yashil fon hosil qiladi, pastki joylarda esa
dukkakdoshlar va yasnotkadoshlarning vakillari uchraydi. Natijada rang-barang
ko‗rinish paydo bo‗ladi. Ba‘zi joylarda kampirchopondoshlar va astradoshlar
oilalarining vakillaridan iborat bo‗lgan kulrang oqish fondagi manzaralar ko‗rinadi.
SHunday qilib, adir mintaqasida bir necha turdagi o‗simliklar jamoasini kuzatish
mumkin.
Adir jamoasining 1 qavatini baland bo‗yli boshoqlilar tashkil etadi. 2 – qavatda
xam boshoqlilar, dukkakdoshlar va xar xil o‗tlar ishtirok etadi. 3- qavatda moxlar va ular
bilan birga past bo‗yli yovvoyi bedalar qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: |