Ishlatilishi. Baxmalgul ildizidan quruq ekstrakt olinib undan tayyorlangan
tabletka balg‘am ko‘chiruvchi, ichni yumshatuvchi va shamollashga qarshi ta'sirli
dori vositalari tibbiyotga tavsiya qilingan.
O‘simlikning ildizi va poyasidan polisaxaridlar kompleksi yallig‘lanishga va
me'da –ichak yaralariga qarshi ta'siri borligi ham aniqlangan.
Baxmalgul (Alcea L.) bo‘yoq olish uchun, texnika va dorivor o‘simlik sifatida
keng ekiladi.
Dorivor preparatlari. Quruq ekstrakt, kukun (poroshok), sharbat.
114
Kubik shaklida qirqilgan ildiz nafas olish yo`llari kasalliklarida ishlatiladigan
turli yig`malar (Species pectoralis va boshqalar) tarkibiga kiradi.
TUKLI ERVA O'TI (YER USTKI QISMI) -HERBA AERVAE LANATAE
O'simlikning nomi. Tukli erva (pol-pola) — Aerva lanata Juss. A.;
machindoshlar (tojixo'rozdoshlar) — Amaranthaceae
oilasiga kiradi.
Ko'p yillik, shoxlangan va bo'yi 55-70 sm ga yetadigan o't o'simlik. Barglari
lansetsimon, ovalsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali bo'lib, qisqa bandi yordamida
poya va shoxlarda qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, och yashil rangli
bo'lib, qisqa boshoqsimon gulto'plamiga o'rnashgan. Urug'i yaltiroq, qora rangli.
O'simlikning hamma qismi sertukli, kulrangda.
Geografik tarqalishi. Hindiston, Filippin, Yangi Gvineya va boshqa Osiyo va
Afrikaning tropik tumanlaridagi qumli yerlarda, choilarda va butalar orasida
o'sadi.
O'zbekistonda tukli erva bir yillik o't o'simlik sifatida o'stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. O'simlik gullagan davrida yer ustki qismi o'rib olinadi va
3—4 sm qalinlikda soya yerda biror narsa (faner taxta, brezent, mato va
boshqalar) ustiga yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'iinishi. Mahsulot poya, barglar va gulto'plamlaridan
tashkil topgan. Barglari tuxumsimon yoki el-lipssimon, tekis qirrali, o'tkir yoki
to'mtoq uchli, uzunligi 2—3 sm gacha, eni 0,5—1,5 sm, sertukli. Gulto'plami
sertukli, boshoqsimon. Gullari mayda, och yashil, gultevaragi 2-5 bo'lakli boiib,
uchta guloldi bargchalari bilan o'ralgan. Barglari, poya-si va gulto'plamlari
sertukli, kulrang-yashil, hidi — kuchsiz, yoqimli, achchiq mazali.
Mahsulotning namligi 7 foizdan, umumiy kuli 13 foizdan, xlorid kislotaning
10 foizli eritmasida erimaydigan kuli 8 foizdan, qoraygan qismlari 7 foizdan,
organik aralashmalar 1,5 foizdan va mineral aralashmalar 1 foizdan ko'p hamda
mahsulot tarkibida-gi flavonoidlar yig'indisining miqdori rutin bo'yicha 0,5 foizdan
kam bo'lmasligi lozim.
Kimyoviy tarkibi. Bargining tarkibida C va K vitaminlar, fenolkarbon va
boshqa kislotalar, flavonoidlar (kempferol, kverse-tin, rutin, giperozid va boshqalar),
prunazin glikozidi, alkaloidlar, leykoantotsianlar, shilliq, oshlovchi va boshqa
moddalar, meva-sida — uglevodlar (5,3-12,2 foiz qandlar: fruktoza, glukoza,
saxaroza, 3,77-4,33 foiz pektinlar), B, C va P vitaminlar, xlorogen va boshqa
kislotalar, triterpenjar, efir moyi, mineral (mis va temir birikmalari), oshlovchi va
boshqa birikmalar bor. Meva efir moyi limonen, linalool, sitral, terpineol, farnezen
va boshqa terpenlardan tashkil topgan.
Behining urug'i ham biologik faol moddalarga boy. Uning tarkibida 20 foizgacha
shilliq moddalar, amigdalin glikozidi, emulsin fermenti, 20,5-80 foizgacha yog',
oqsil va boshqa birikmalar bo'ladi.
Ishhililishi. Ishlatilishi. Ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlama va
qaynatmasini qusishni to'xtatishga, chanqoq qoldirish, ish-taha ochish uchun,
115
dizenteriyada va boshqa kasalliklarda hamda siydik haydovchi vosita sifatida
ishlatgan. Meva shirasini Ibn Sino astma, qon tupurishga qarshi, behi moyini —
uchuq, yara, buyrak va siydik qopi kasalliklarida, urug'ini va uni shilliq mod-dasini
o'pka hamda ko'krak kasalliklarida va ko'krakni yumsha-tuvchi vosita sifatida
ishlatgan.
Xalq tabobatida behi mevasi va urug'i o'rab (qoplab) oluv-chi, balg'am
ko'chiruvchi hamda yurak faoliyatini tonuslovchi vosita sifatida ishlatilinadi.
Urug'ni iliq suvda chayqatib tayyorlangan shilliq eritmasi bronxit, me'da yara
kasalligini, og'iz va tomoq shilliq pardasini yallig'lanish kasalligini, gastroenterit,
kolitlarni davolashda ishlatiladi. Shu shilliq eritmasida namlangan doka (yoki
bint)ni gingivitda yallig'langan joyga va terini kuygan yeriga qo'yiladi.
Ishlatilishi. Ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmasini
qusishni to'xtatishga, chanqoq qoldirish, ish-taha ochish uchun, dizenteriyada va
boshqa kasalliklarda hamda siydik haydovchi vosita sifatida ishlatgan. Meva shirasini
Ibn Sino astma, qon tupurishga qarshi, behi moyini — uchuq, yara, buyrak va
siydik qopi kasalliklarida, urug'ini va uni shilliq mod-dasini o'pka hamda ko'krak
kasalliklarida va ko'krakni yumsha-tuvchi vosita sifatida ishlatgan.
Xalq tabobatida behi mevasi va urug'i o'rab (qoplab) oluv-chi, balg'am
ko'chiruvchi hamda yurak faoliyatini tonuslovchi vosita sifatida ishlatilinadi.
Urug'ni iliq suvda chayqatib tayyorlangan shilliq eritmasi bronxit, me'da yara
kasalligini, og'iz va tomoq shilliq pardasini yallig'lanish kasalligini, gastroenterit,
kolitlarni davolashda ishlatiladi. Shu shilliq eritmasida namlangan doka (yoki
bint)ni gingivitda yallig'langan joyga va terini kuygan yeriga qo'yiladi.
YONG'OQ MEVALARI PO'STI - CORTEX JUGLANDIS FRUCTUS
O'simlikning nomi. Grek yong'og'i Juglans regia L.;
yong'oqdoshlar — Juglandaceae oilasiga kiradi.
Yong'oq keng, yoyilgan shox-shabbali baland daraxt. Barglari qalin, o'ziga
xos hidli, 3—5 (7) juftli toq patli murakkab bo'lib, uzun bandi yordamida poya va
shoxlarida ketma-ket joylashgan. Bargchalari qisqa bandli, cho'ziq-tuxumsimon
yoki tuxumsimon-lansetsimon, qisqa o'tkir uchli, mayda tishsimon yoki tekis
qirrali, yuqoridagi bittasi — eng yirigi (uzunligi 5-12 sm, eni 2,5—5 sm), pastdagi
bir jufti boshqalaridan mayda. Ota-lik gullari kuchala gul to'plamiga joylashgan,
onalik gullari 1 yoki 2—3tadan yosh novdalar uchiga o'rnashgan. Mevasi — yashil,
meva pishganda qurib qoladigan meva tevarakli danakli soxta meva.
Aprel-mayda gullaydi, sentabrda mevasi pishadi.
Geografik tarqalishi. Keng miqyosda mevali daraxt sifatida o'stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Yong'oq mevasi yetilganda — sentabr oyida ular
qoqiladi va yig'ib, po'stidan ajratiladi. Ana shu ajratilgan meva po'sti yig'ib olib,
soya yerda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot osonlik bilan mevadan
ajraladigan butun yoki ayrim bo'lakchalardan tashkil topgan meva po'stidan —
perikarpiydan iborat. Bo'laklar cheti ichiga qayrilgan, ustki tomoni silliq yoki
116
burishgan, ichida — meva po'stidan osonlik bilan ajraladigan, qurigan,
mezokarpiyani ipsimon qavati bo'ladi. Meva po'sti tekis sinadi.
Meva po'sti ustki tomondan yashil-qo'ng'irdan to to'q qo'n-g'irgacha, ichki
tomoni — deyarli qora rangli, hidi kuchsiz — o'ziga xos, mazasi — achchiqroq
burushtiruvchi.
O'zbekiston (Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg'ona va Surxondaryo
viloyatlari)ning tog'li tumanlarida keng tarqalgan bo'ymodaron turi — tubulg'ibarg
bo'ymodaron to'liq o'rganildi, unga vaqtincha farmakopeya maqolasi tuzildi va
O'zbekiston Res-publikasi Sog'liqni saqlash vazirligini Dori vositalari va tabiiy texni-
ka sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tomonidan VFM tasdiqlandi.
Keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tubulg'ibarg
bo'ymodaronning gulini peshob (siydik) haydov-chi, qon oqishini to'xtatuvchi va
yaralarni bitiruvchi vosita sifatida tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berdi.
TUBULG‘IBARG BO‘YMODARON GULI- FLORES ACHILLEAE
FILLIPENDULUNAE
O‟simlikning nomi. Tubulg‘ibarg bo‘ymodaron – Achillea filipendulina
Lam.; astradoshlar – Asteraceae (murakkabguldoshlar - Sompositae) oilasiga
kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 60-75 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi ko‘p sonli,
yo‘g‘on, mayda qirrali, serbargli, tukli. Barglari keng, cho‘ziq lansetsimon,
patsimon qirqilgan, bo‘laklari yirik, cho‘ziq lansetsimon, tishsimon bo‘lakchalarga
qirqilgan. Poyaning pastki qismidagilari bandi yordamida, yuqoridagilari bandsiz
ketma – ket joylashgan. Sariq rangli gullari teskari konussimon savatchalarga
joylashgan; savatchalar esa poya uchidagi qalin, murakkab qalqonsimon gul
to‘plamini xosil qiladi. Mevasi - kulrang – qoramtir, uzunligi 2-2,25 mm bo‘lgan
pista.
Iyun – sentyabr boshida gullaydi, avgust oxirida – sentyabrda mevasi etiladi.
Geografik tarqalishi. O‘rta Osiyo va Kavkazning tog‘li tumanlaridagi shaqalli
daryo vodiylarida, soylarda, tuproqli- shag‘alli tog‘ qiyalarida , ariq yoqalarida va
boshqa erlarida o‘sadi.
Maxsulotning tashqi ko‟rinishi. Maxsulot murakkab qalqonsimon gul
to‘plami, uning ayrim bo‘laklari va 1 sm dan uzun bo‘lmagan gul bandli ayrim
savatchalardan tashkil topgan. Savatchalar cho‘ziq tuxumsimon, uzunlig 3-4 mm,
diametri 2-4 mm bo‘lib, kam sonli savatcha chetidagi tilsimon gullari va savatcha
o‘rtasidagi ikki jinsli naychasimon gullardan iborat. Gul o‘rni deyarli konussimon.
Savatchaning o‘rama bargchalari ko‘p sonli, cherepitsasimon o‘rnashgan, tukli,
cho‘ziq lentasimon.
Gullari sariq rangli , savatcha o‘rama barglari yashil-sarqich; maxsulot o‘ziga
xos xid va achchiqroq, yoqimli mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi. Maxsulot tarkibida 0,86 – 1,2 % efir moyi, flavanoidlar
(lyuteolin, kversetin, sinarozid, giperozid, rutin va boshqalar), kumarinlar
117
(digidrokumarin, eskuletin va skopoletin), vitamin S, karotinoidlar, polisaxaridlar,
betonitsin, oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi.
VFM (42 Uz-0266-2004)ga ko‘ra, maxsulot tarkibidagi flavonoidlar
yig‘indisining miqdori 0,8 %dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ishlatilishi. Maxsulot dorivor preparatlari yallig‘lanishga qarshi va yaralarni
davolovchi (me'da –o‗n ikki barmoqli ichak yarasi, gastrit, shilliq qavatlarining
yallig‘lanishi), peshob xaydovchi (yurak qon-tomirlar tizimi, jigar va buyrak
kasalliklarida) xamda qon oqishini to‘xtatuvchi (ichakdan, bachadondan va
gemaroidal qon oqishlarida) vosita sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama. Maxsulot siydik xaydovchi ―Stiflos‖
yig‘masi tarkibiga kiradi.
118
Mundarija
1-ma`ruza. Dorivor o‗simliklarni resursshunosligi to‗g‗risida tushuncha va uning
vazifalari. Asosiy geobotanik va resursshunoslik atamalari. O‗zbekiston florasini
boyligi va xilma-xilligi…………………………...……..……………………………….2
2-3-ma`ruzalar. O‗zbekiston dorivor o‗simliklarining xom ashyo bazasi. O‗zbekiston
yovvoyi holda o‗sadigan va etishtiriladigan dorivor o‗simliklar. YAngi istiqbolli
o‗simliklarni izlab topish usullari.................................................................................11
4-5-ma`ruza. O‗simliklar jamoasi, ularning dengiz satxidan joylashgan erlarini
balandligiga qarab bo‗linishi (poyasnost), tarixiy rayonlar va guruhlarga
bog‗liqligi……………...............................................................................................22
6-8-ma`ruza. Dorivor o‗simliklarni ko‗plab o‗sadigan joylarni izlab topish, ularni
xaritaga belgilash zahirasini, hosildorligini va tiklash davrini aniqlash. Yillik miqdorini
rejalash………………………………………………………………………………….30
9-10-ma`ruza.
Dorivor
o‗simliklar
xom
ashyosini
tayyorlash
asoslari…………………............................................................................................44
11-12-ma`ruza. Dorivor o‗simliklarni muhofaza qilish va ularni resurslaridan oqilona
foydalanish.
O‗zbekiston
tabiiy
qo‗riqxona
fondi………………………………….............................................................………56
13-14-ma`ruza. Tabiiy sharoitda yo‗qolib ketish xavfi bo‗lgan va kamayib ketayotgan
noyob
dorivor
o‗simliklar,
ularni
madaniylashtirish
muammolari……………………………................................................................….68
15-ma`ruza. Dorixonalar tizimida va farmatsiya sanoati uchun tayyorlanadigan
o‗simliklar………………………………………….…………………………….……..95
16-17-ma`ruza. O‘zbekistonning yangi istiqbolli dorivor o‘simliklari …….………..106
Dostları ilə paylaş: |