Ikkinchi bosqichda (etap) – introduksiya uchun chuqur ilmiy-tekshirish ishlari
ajratilgan o‗simlik formalari ustida olib boriladi. Bu bosqichda quyidagilar olib boriladi:
meva etilishi dinamikasi, tanlangan o‗simlikni asosiy etishtirish usullari, hosildorlik,
BFM (biologik faol moddalar) miqdori dinamikasi, mahsulotni sifatini aniqlash. Mevani
etilish dinamikasini o‗rganishda, shunday ko‗rsatgichlarga asoslanadiki ularga ob –havo
sharoiti, hosildorlik koeffitsienti, ya‘ni bor hosilni, olinishi mumkin bo‗lgan hosilga
nisbatan. Kam hosildorlikni sabablari ko‗p bo‗lishi mumkin, masalan, gul yoki gul
to‗plamlarini yaxshi rivojlanmaganligini, otalik changchini yaxshi rivojlanmaganligi,
otaliklarini bo‗lmasligi yoki yaxshi rivojlanmaganligi va hokazo.
O‗simlikni asosiy o‗stirish usullarini ishlab chiqish, va ularda agrotexnik va
agrokimyoviy usullarni qo‗llash. Agrotexnikani qo‗llashda o‗simlikni o‗stirishda sanoat
texnologiyasini qo‗llash ko‗zda tutiladi, ya‘ni urug‗ni optimal muddatlarda sepish
(ekish) va urug‗ni qancha chuqurlikka qadash (ekish), o‗simlikni o‗sishiga doimiy qarab
turish, uni oziqlantirish maydoni, o‗simlikni ustini yopish usullaridan foydalanish.
Agrokimyoviy usullarni qo‗llash esa, o‗simlikni oziqlantirish muddatlari (rejim), hamda
o‗g‗it solish orqali hosildorlikni o‗zgarishi, mikroelementar bilan oziqlantirish
kabilalarni o‗z ichiga oladi.
Tajribalarni o‗tkazish uchun ajratilgan maydon 20 dan 60 m
2
gacha bo‗lishi
mumkin bo‗lib, o‗simlikni hajmiga bog‗liq. Ishonarli ma‘lumotlar olish uchun barcha
tajribalar 4 martadan qaytariladi.
82
Mahsulot va urug‗larni hosildoriligini aniqlash uchun hamma tuplarni o‗rish yoki
kavlab olish kerak. 1 m
2
dagi shoxlarni qirqib o‗lchanadi, barglar sonini hisoblanadi,
gullar va mevalar quritmasdan va qurigandan keyin tarozida tortiladi. Ayrim tur dorivor
o‗simliklarni hosildorligini aniqlash tajribalari orqali, qaysi muddatda hosil yig‗ilganda
rental (foyda) bo‗lishi aniqlanadi.
BFM miqdorini aniqlash dinamikasi, o‗simlikni rivojlanish fazasiga, yoshiga, ekish
(introduksiya) uchun olingan boshlang‗ich materialga, hamda o‗simlikni organi yoki
o‗simlikni biror qismini (o‗simlikni olingan muddati va to‗plangan joyini aniqlash
uchun. Mahsulot tarkibidagi ta‘sir qiluvchi moddani foiz miqdorini hisoblanadi, hamda
ma‘lum bir maydondan olinishi mumkin bo‗lgan ta‘sir qiluvchi modda miqdori.
Qachonki yig‗indi moddalardan efir moyi, kumarinlar, flavonoilar va boshqalar miqdori
aniqlanganda, ularni tarkibini ham ainqlanadi.
2 chi bosqichni (etap) so‗ngida dorivor o‗simlik mahsuloti sifatiga qo‗yilgan
talablarga javob berishi, ya‘ni son ko‗rsatkichlar aniqlanadi: (o‗lchamlari, rangi, hidi,
mazasi, namligi, kullari va boshqalar), ularni asosida DS, SS yoki FM lar loyihalari
tuziladi. Keyin ekiluvchi urug‗ yoki ekiladigan material sanoat bo‗yicha ekish uchun
(sanoat miqyosida) etkazib beriladi.
Uchinchi bosqichda tajriba- sanoat miqyosida o‗rganilayotgan o‗simlik turi
mahsulotini ishlab chiqarish, ya‘ni texnologiyasini iqtisodiy samaradorligini o‗rganiladi.
Tajriba-sanoat miqyosida o‗simlikni ishlab chiqarish sinovi, o‗simlikni o‗stirish
texnologiyasini, o‗stirilayotgan joyga moslab ishlab chiqiladi. Tajriba maydoni odatda
0,1-0,5 ga. (gektor) tashkil qiladi. Bunda o‗simlikni sanoat miqyosida o‗stirishda qanday
qishloq xo‗jalik texnologiyasini qo‗llash mumkinligi aniqlanadi. Bu esa o‗z navbatida
erni ekishga tayyorlash, sepiladigan va ekiladigan materialni tayyorlash, sepiladigan
yoki ekiladigan muddat aniqlanadi, yig‗ish usuli va vaqti beligilanadi. Bu ishlar natijasi
o‗simlikni ekishni texnologik kartasini tuzish hisoblanadi.
O‗simlik ekishni iqtisodiy tomndan narxi va olingan oxirgi mahsulot narxi, olib
borilgan barcha ishlarga, ekish, yig‗ishni oxirigacha bo‗lgan texnologik jarayon (texnik
agregatlar, ularni amortizatsiyasi, o‗g‗itlar va pestitsidlar narxi, urug‗ni tayyorlash,
hosilni yig‗ish va boshqalarga qilingan sarf harajatlarni hisoblab belgilanadi. Bu
ma‘lumotlarni 1 sentr mahsulotga nisbatan hisoblanadi. Amaliyot ko‗rsatadiki
hosildorlikni madaniylashtirib ekilayotgan o‗simlik mahsulotiga qilingan hisobni sanoat
miqyosidagi narxini 50% ga kamaytirish zarur bo‗ladi, chunki sanoat miqyosida ishlab
chiqarilayotganda, mahsulotni yig‗ishda mexanizatsiyani qo‗llashda, transportda
tashishda va quritish va boshqa jarayonlardagi yo‗qotishlar (poteriya) tufayli. Iqtisodiy
tomondan baholash tufayli, tayyor produktni-dorivor preparatni yoki substansiyani
oldindan narxini baholash imkonini beradi.
Ko‗plab dorivor o‗simlik mahsulotlarini ekish texnologiyasini yirik maydonlarda,
plantatsiyalarda ishlab chiqarishni harajatlari yuqori bo‗lganligi munosabati bilan sanoat
miqyosida ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yishni iloji bo‗lmadi, masalan tangut rovochi,
podofill o‗simligi va boshqalar.
SHuning uchun birinchi navbatda ekish va shu bilan bog‗liq ishlarni quyidagi qator
o‗simliklar bilan bir qatorda: igir, ko‗k bo‗tako‗z, vzdutoplodnik sibirskiy, astragal,
83
datiska konoplevaya, tog‗rayhon, may marvaridgul va boshqa o‗simliklarni
rejalashtirilmoqda.
SHunday qilib dorivor o‗simliklarni introduksiyasi bilan bog‗liq ishlar kompleks
xarakterga ega bo‗lib, u yoki bu etaplarda kerakli mutaxasislarni jalb qilishni (agronom,
kimyogar, iqtisodchi (ekonomist) taqozo qiladi. Ammo ular asosida, o‗simliklarni o‗sishi
uchun kerakligi ekologik muhitga asoslangan bo‗ladi.
Dorivor o‗simliklarni ekologiyasi farmakognoziyani ajralmas bir qismini tashkil
qiladi, chunki atrof muhitdagi faktorlar biologik faol moddalarni to‗planishiga va shu
orqali dorivor o‗simlik mahsuloti sifatiga qo‗yilgan talablarga mahsulot javob berishi
yoki bermasligi bilan bog‗liq bo‗ladi. DO‗Mni tayyorlash ham o‗simlikni kimyoviy
tarkibini dinamikasini aniqlash bilan bog‗liq bo‗ladi. Undan tashqari dorivor
o‗simliklarni ekologiyasini o‗rganish natijalari ekilishi mo‗ljallanayotgan DO‗larni
introduksiyasini fundamenti hisoblanadi.
O‗zbekiston dorivor o‗simliklarini madaniylashtirish
Kimyoviy sintez yo‗li bilan olingan kimyoviy birikmalar o‗simliklardan olinadigan
dorivor moddalarni batamom o‗rnini bosaolmaydi, ularning terapevtik faolliklari
ko‗pincha toza bitta kimyoviy moddaga bog‗liq bo‗lmay, biologik faol moddalarni
(BFM) kompleks ta‘siri bilan belgilanadi. Uning ustiga ayrim BFM ni masalan
xanuzgacha sintez yo‗li bilan yurak glikozidlari va boshqalarni sintez qilishni iloji
bo‗lgani yo‗q.
Ko‗pincha DO‗larni (dorivor o‗simliklar) chuqur o‗rganish, ular tarkibidagi yangi,
fanga no‘malum bo‗lgan qimmatli moddalarni, yoki ushbu ishlatilib kelinayotgan DO‗M
(dorivor o‗simlik mahsuloti)ni yangi xossalari (farmakologik ta‘siri) borligi
aniqlanmoqda.
Masalan, strofantin K (yurak-qon tomir xastaliklarida qo‗llaniladi) Afrikada
o‗sadigan strofant kombe o‗simligi urug‗idan olinadi. MDXlarida esa ushbu o‗simlikni
introduksiya qilishni iloji bo‗lmadi, shuning uchun strofantin K ni olish uchun urug‗ini
chet ellardan keltirilmoqda.
Hozirgi vaqtda strofantin K introduksiya qilingan kendir o‗simligini ildiz va
ildizpoyasidan olinmoqda. Quyidagi 9 jadvalda O‗zR FAga qarashli Toshkent shahrida
joylashgan Botanika bog‗i hududida introduksiya qilinib o‗stirilayotgan ayrim DO‗lar
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Botanika bog‗i olimlari O‗zbekistonda Dorixonalar
Bosh Boshqarmasi buyurtmasiga muvofiq qizil angishvonagul, dorivor marmarak,
dorivor valeriana, qalampir yalpiz va boshqa dorivor o‗simliklarni introduksiya qilish
mumkinligini aniqladilar.
1946 yili Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi ishtirokida
Botanika bog‗ida dorivor o‗simliklarni introduksiya qilish, madaniylashtirish maqsadida
dorivor o‗simliklar maydoni (uchastkasi) tashkil qilindi va tadqiqot ishlari boshlab
yuborildi.
84
1953 yilga kelib Botanika bog‗ini dorivor o‗simliklar bo‗limidagi dorivor
o‗simliklar kolleksiyasi soni 170 turdan ortib ketdi.
Introduksiya qilish bo‗yicha olib borilgan tajribalar natijasida Toshkentda katta
maydonlarda kendir, bo‗lakli ituzum, parpi, sekurinega, marmarak, moychechak va
boshqa qimmatli dorivor o‗simliklarni O‗zbekistonni iqlim sharoitida ekib hosil olish
mumkinligi aniqlandi.
Toshkent Botanika bog‗i, ya‘ni tajriba o‗tkazilayotgan joyni er va iqllim sharoiti
Toshkent tog‗ yon bag‗ri zonasiga joylashgan. YOz bu erda issiq, quruq bo‗lib
maksimal harorat eng ko‗pi bilan 43
o
S gacha bo‗ladi. Er yuzasi yozda 60
o
gacha qiziydi,
bu esa o‗simliklarni umumiy holatiga yaxshi ta‘sir qilmaydi. Er harorati va havo
sug‗orish natijasida bir oz pasayib, turli o‗simliklarni ekish imkoniyatini beradi.
Kuz iliq va quruq, ertalabki shabnam ko‗tarilgandan keyin yana quruq va iliq ob-
havo sharoiti bo‗ladi. Ayrim yillarda, masalan 1956 y. kuz quruq va uzoq davom etgani
uchun ayrim o‗simliklar (dastarbosh, moychechak, arslonquyrqu, qoncho‗p va
boshqalar) ikki marta gullab, ikki marta hosil berishga ulgurdilar.
Qish nam, yomg‗irli, kam qorli, ayrim sovuq kunlar, haftalar, hatto oylar iliq
quyoshli kunlar bilan almashib turadi.
Deyarli har yili er yuzasi qor bilar qoplanadi, ammo ular ko‗pincha tez erib ketadi.
Toshkentda faqat eng kuchli va uzoq sovuqli vaqtlarda er 15-20 sm gacha chuqurlikda
yaxlaydi. Ko‗pchilik qishlarni past harorati taxminan -18
o
, ayrim qattiq sovuqlarda
harorat -29,5
o
gacha pasayadi.
Bahor odatda erta keladi, kamdan kam kech keladi va yomg‗irli bo‗lib, bir xil
bo‗lmaydi. U tez va kutilmaganda o‗zgarib turadi. Sovuq kunlar ko‗pincha yaxshi,
quyoshli, yana qisqa yomg‗irli kunlar bilan almashib turadi.
Toshkent bahorini xarakterli xususiyati kuchli sovuq kunlar kelib qolishi bilan
bog‗liq bo‗lib, ayrim dorivor o‗simliklarga yomon ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan 1956 va
1957 y.y. harorat bahorda -3
o
gacha sovub, erdan o‗sib chiqqan belladonna, obvoynik,
solyanki rixtera va boshqalarni qismlari yaxlab qolgan.
Toshkentdagi bunday sovuqlar aprelni o‗rtasigacha va hatto oxirigacha (1957y.)
bo‗lishi mumkin. Eng ko‗pi bilan sovuqsiz davr 7-8 oy davom etishi mumkin.
Ko‗p yillik ma‘lumotlar Toshkentda bir yilda o‗rtacha 360 mm yog‗ingarchilik
bo‗lishi ko‗rsatadi.
Qish va bahorda yog‗ingarchilikni asosiy qismi yog‗gani uchun havo namligi ko‗p.
YOzgi yuqori harorati havoni namligini nisbatan kam bo‗lishini ta‘minlaydi.
Toshkentda kun uzunlingi faslga qarab turlicha bo‗ladi. YOzda u 15-16 soatni
tashkil qiladi. YOzgi kunlar uzun bo‗lgani uchun tropik va subtropik o‗simliklar yozda
yomon o‗sadi va gullaydi. Masalan yapon parpisi, ituzum (qish) va sano yoz oxirida
gullaydi.
Toshkent botanika bog‗i tog‗ yonbag‗rida bo‗lib, chirchiq daryosi (o‗zaniga)
vodiysiga joylashgan. Eri ekib sug‗oriladigan, ishqoriy reaksiyaga ega. Namlikni
etishmasligi uchun ular ariq suvlari bilan sug‗orish orqali qondiriladi. Sug‗orishsiz
85
Toshkentda faqat rixter solyankasi, viktor ungerniyasi va boshqalarni etishtirish
mumkin. Hamma introduksiya qiinatgan o‗simliklar sug‗orilishga muhtoj.
Botanika bog‗ida ko‗pchilik o‗simliklarni etishtirish uchun ularni urug‗lari 3 mahal
sepiladi.
Qishki
ekish
yanvar-fevralda
issiqxonalarda
(qizil
angishvonagul,
qalampirmunchoq evgenolli rayhon, bo‗lakli ituzum va boshqalar), bahorgi – mart,
aprelda erga (arpabodiyon, tirnoqgul, xantal (gorchitsa), kuzgi – avgust o‗rtalarida –
qishlaydigan o‗simliklar (marmarak, lavanda, tmin (qora zira), tishli kella, belladonna va
boshqalar ekiladi.
Aconitum japonicum Decne – YApon parpisi
Oilasi: Ayiqtovondoshlar -Ranunculaceae
O‗simlik Xitoyni shimoli va YAponiyani sharqiy qismlarida keng tarqalgan.
Ko‗p yillik kuchli zaharli o‗simlik. Poyasi 1 metrgacha bo‗lib, shoxlangan, och-
yashil, biroz tukli, tik o‗suvchi baquvvat o‗simlik.
Mahsuloti ildizpoyasi. Tarkibida alkaloidlardan akonitin, mezokoniin, gipokonitin
topilgan. Nastoykasi surishga ishlatiladi: og‗riq qoldiruvchi, nevralgiyada, revmatizmda
va boshqa shamollashlarda ishlatiladi.
Botanika bog‗ida yapon akoniti 1956 yili birinchi marta ekilgan bo‗lib, tuganagi
ekish uchun VILRdan olingan.
Tor bargli ivan chay – Chamaenerium angustifolium (L.) seop. o‗simligi
introduksiyasi
Sog‗liqni saqlash tizimini dorivor o‗simlik mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojini
qondirish maqsadida, xalq tabobatida keng qo‗llanilib kelinayotgan, turli biologik faol
moddalar saqlaydigan, rakka qarshi, shamollovga qarshi, o‗t haydovchi va boshqa faol
ta‘siri bo‗lgan, ilmiy tibbiyot uchun kelajagi bo‗lgan ushbu o‗simlikni introduksiyasini
o‗rganish natijalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar misol tariqasida keltirilgan.
Mahsulot sanoat miqyosida tayyorlash zaruriyati bo‗yicha: o‗simlikni biologik
tomonidan o‗ziga xosligi va o‗simlikni fasldagi (sezon) rivojlanish ritmlari, hamda
farmakologik faol moddalarni to‗planishi dinamikasi va shular asosida ilmiy asoslangan
mahsulotni yig‗ish va quritish, hamda mahsulotni chinligi va sifatini aniqlash bo‗yicha
ilmiy asoslangan darajalar (kriteriyalar) asosida standartlanadi.
Ivan-chay o‗simligini katta hayotini (siklini) o‗rganish, eng kerakli, qulay bo‗lgan
vaqtda mahsulotni tayyorlash uchun o‗simlikni ontogenezida o‗rganib aniqlash, quyidagi
masalalarni xal qilish bo‗yicha tajribalar o‗tkazildi.
Ivan-chay o‗simligi o‗ziga xos katta hayot yo‗li (sikli)ni sezondagi rivojlanish ritmi
va biologiyasini o‗rganildi.
O‗simlikni morologo-anatomik tuzilishini va biometrik ko‗rsatkichlarini o‗rganildi,
o‗simlikni ontogenezda yoshini aniqlash indikatorini aniqlash va ular asosida mahsulotni
diagnostik belgilarini, mahsulotni chinligini aniqlash imkonini yaratish uchun o‗rganildi.
86
O‗simlikni fenofazasi va generativ davrdagi fazalarini ontogenezda va o‗simlikni
qaysi geografik kenglikdagiga bog‗liq holda asosiy guruh farmakologik ta‘sir qiluvchi
moddalarni to‗planish dinamikasini rayonlar bo‗yicha dorivor o‗simlikni mahsulotini
yig‗ish muddatlari o‗rganildi va tayrlash bo‗yicha ―Instruksiya‖ ishlab chiqildi.
Me‘yoriy hujjatlar uchun mahsulot tarkibidagi flavonoidlarni aniqlash usuli ishlab
chiqildi. Flavonoidlarni farmakologik faolligi aniqlandi.
Ivan-chay gulidan laboratoriya sharoitida rakka qarshi ―Xanerol‖ preparatini
olishni (texnologiyasini) takomillashtirish masalalarini o‗rganish.
Botanika bog‗ida introduksiya qilingan dorivor o‗simliklr
Sinovdan o‗tgan o‗simliklar 27 oilaga, 55 avlodga (rod) va 67 turni tashkil qiladi.
Jadval 8
№
Dorivor o‗simlik nomi
Dorivor
o‗simlik
mahsuloti
Dori shakli
Ishlatilishi
Aconitum
japonicum
Decne –YApon parpisi
Ranunculaceae
–
Ayiqtovondoshlar
Ildipoy
asi–
tugunaklari
Nastoy
ka
Og‗riq
qoldiruvchi
surtma, nevralgiya,
revmatizm
va
boshqa shamollov
kasalliklarini
davolash uchun
Adonis parviflora L. –
YOzgi adonis
Ranunculaceae
–
Ayiqtovondoshlar
Er
ustki qismi
Nastoy
ka
Buyrak
va
yurak
xastaliklarida
Althaea officinalis L. –
Dorivor gulxayri
Mavaceae
–
Gulxayridoshlar
Ildizi
Damla
ma
YUmshatuvc
hi, o‗rab oluvchi,
tomoq,
yuqori
nafas
yo‗llari,
peshob
yo‗llari,
ich
ketganda
qo‗llaniladi
Ammi visnaga (L.) Lam.
– Tishli kella
Apiaceae - Selderdoshlar
Mevasi
Tablet
ka
Kellin,
spazmolitik ta‘siri
tufay yurak toj qon
tomiri,
xastaligi,
bronxial astmada
Anisum vulgare Gaertn.-
Oddiy arpabodin
Apiaceae – Selderdoshlar
Mevasi
Efir
moyi
Grudnoy
eliksir, nashatirno–
anis
tomchisi,
mevasi
ichni
87
yumshatuvchi
yig‗malar tarkibiga
kiradi
Apocynum
androsae
mifolium L. – Kendir
Apocynaceae–
Kedirdoshlar
Ildiz–
ildizpoya
Simari
n
K–
strofantin
YUrak
xastaligida
Artemisia absinthium L. –
Achchiq ermon (shuvoq)
Asteraceae – Astradoshlar
Er
ustki qismi
Damla
ma
Me‘da– ichak
kasalliklarida,
ovqat
xazim
qildiruvchi, ishtaha
ochuvchi
Artemicia cina Berg. –
Darmana shuvoq
Asteraceae – Astradoshlar
Urug‗i
Santon
in tabletka
Gijja
(askarida)
haydovchi
Atropa belladonna L. –
Belladonna
Solanaceae–
Ituzumdoshlar
Bargi,
er
ustki
qismi, ildizi
Nastoy
ka,
quruq,
quyuq
ekstraktlar
Og‗riq
qoldiruvchi,
spazmolitik,
me‘da–ichak
kasalliklarida,
grija,
Brassica
juncea
(L.)
Clern – Serept xantali
Brassicaceae
–
Karamdoshlar
Urug‗i,
efir moyi
Xantal
qog‗ozi
Revmatizmda
, shamollovda
Calendula officinalis L. –
Dorivor tirnoqgul
Asteraceae– Astradoshlar
Gullari
Nastoy
ka
YAralarni
davolovchi, rakka
qarshi
Carum carvi L. – Tmin
(qora zira)
Apiaceae– Selderdoshlar
Mevasi
Efir
moyi
oziq–ovqat
sanoatida,
kamdan–kam
ichak atoniyasida,
yumshatuvchi, el
haydovchi.
Cassia acutifolia Delile –
O‗tkir bargli sano
Caesalpinaceae–
Sezalpindoshlar
Urug‗i,
bargi
Yig‗im
a, damlama,
tabletka
Ichni
suruvchi
Chelidonium majus L. –
Katta qoncho‗p
Papaveraceae–
Ko‗knoridoshlar
Er
ustki qismi
Surtma
So‗gal
kuydiruvchi, rakka
qarshi,
o‗t
haydovchi,
88
spazmolitik
Datura innoxia Mill. –
Meksika bangidevonasi
Solanaceae–
Ituzumdoshlar
Meva,
urug‗i
Tablet
ka
skopolamin
Dengiz
kasalligida,
qusishga
qarshi,
tinchlantiruvchi
vosita
Digitalis lanata Ehrh. –
Sertuk angishvonagul
Scrophulariaceae-
Sigirquyruqdoshlar
Bargi
Tablet
ka
Yurak
xastaligida
Digitales purpurea L. –
Qizil anigshvonagul
Scrophuloriaceae–
Sigirquyruqdoshlar
Bargi
Tablet
ka
Yurak
xastaligida
O‗rta Osiyo tabiiy florasi o‗simliklarni O‗zR FA Botanika bog‗ida, introduksiya
qilish nuqtai nazaridan o‗rganishdagi ayrim uslubiy masalalar
O‗rta Osiyo tabiiy florasi o‗simliklarini Toshkent sharoitida introduksiya qilishni
o‗rganish bo‗yicha ishlar O‗rta Osiyo davlat universiteti (SAGU) olimlari tomonidan
1921 yilda I.A.Raykova, S.N.Kudryasheva, keyinchalik Z.P.Boganseva, F.N.Rusakov va
boshqalar tomonidan olib borilgan.
Hozirgi vaqtda O‗zbekiston o‗simliklar resurslarini va ularni madaniylashtirish
bo‗yicha tadqiqot ishlarini O‗zR FA botanika instituti olimlari tomonidan olib
borilmoqda.
O‗simliklarni ekologik tomondan o‗rganishni assoiy uslubi, ularni turli sharoitlarda
o‗sishi va rivojlanishi, ya‘ni o‗sish davri-haytini turli davrlaridagi, o‗sayotgan
joylaridagi farqlanishini nazorat qilishdan iborat. Uning uchun O‗zR FA Botanika bog‗i
O‗rta Osiyo tabiiy florasining o‗simliklarini har yili turli ekspeditsiyalar uyushtirib,
barcha zonalardagi, tekis qirlar, baland tog‗lar va boshqa joylardagi o‗simliklar va
joylarga tegishli barcha ma‘lumotlar mufassal yozib boriladi. Introduksiya qilishni
mo‗ljallangan o‗simliklarni urug‗larini, piyozboshlarini, tuganaklari, ildizpoyalari va
o‗sib turgan o‗simlikni ham butunligicha olib keltirib, botanika bog‗i sharoitida o‗stirish
va shu jarayonga, introduksiyaga tegishli bo‗lib, botanika bog‗ida o‗stirishdagi
o‗zgarishlarni o‗rganib va olingan ma‘lumotlardan tahlil qilishda foydalaniladi. CHunki
har bir o‗simlikni biologik turini hamma tomondan bilish shart. Uning hayoti,
biologiyasi, fenologiyasi, unib chiqadigan urug‗ ekologiyasi, yosh, o‗rtacha va qari
yoshdagilarini, hayotini davomiyligi, o‗sayotgan joyni sharoiti, o‗sishga ta‘sir qiluvchi
omillar, o‗simlikni rivojlanishi (etap) bosqichlari, ularni gullashi, meva tugishi,
changlanishi, tarqalishi yo‗llarini o‗rganish lozim. YUqoridagi ishlarni introduksiya
tajribalarini asosi sifatida qabul qilish bilan birga O‗rta Osiy florasi o‗t o‗simliklarini
introduksiyasini o‗ziga xosligini e‘tiborga olmoq kerak.
O‗rta Osiyo tabiiy florasi o‗simliklari birlamchi introduksiyasi eng avvalo o‗simlik
turini sharoit o‗zgarishiga reaksiyasi bo‗yicha maksimal ma‘lumotlarni olish, uning
89
biologiyasi, fenologiyasi va ekologiyasini shu o‗simlikni botanika bog‗i sharoitida
ekishda foyalanish bo‗yicha dastlabki baholash imkoniyatini olish va kelajakda aniq
sharoitda ekishda foydalaniladi. CHunki o‗simlik to‗g‗risidagi botanik ma‘lumotlar
ko‗rincha o‗simlikni tabiiy sharoitdagi morfologiyasini tasvirlangan bo‗ladi xolos.
Tabiiy
florani
turli
o‗simliklarini
har
xil
ekologik
sharoitlarda
madaniylashtirilganda va o‗stirilganda birinchi navbatda o‗simliklarni ekologik
o‗zgarishga moyilligi (plastichnost) va tabiiy bo‗lmagan boshqa sharoitda moslashuv
imkoniyati mavjudligi (adaptivnыe vozmojnosti) aniqlanadi.
O‗rta Osiy tabiiy florasini o‗simliklarini Toshkent sharoitiga introduksiya qilishda
noyob (redkix), endemik va «reliktovыx» bo‗lib, qisqa ekologik areali bo‗lgan, tabiiy
sharoitlarga moslashganlarini maxsus, o‗ziga xos substratlarda: gipsli, sho‗rxok va
ohakli va boshqa joylarga moslashganlariga alohida e‘tibor qaratildi.
Introduksiya qilinayotganda turli vertikaal poyaslarni va ulardagi er qatlamlari kabi
omillar ham inobatga olindi. SHularga qaraganda, yovvoyi holda o‗suvchi biologiyasi,
ekologiyasi turlicha o‗simliklarni, Toshkent sharoitiga moslashtirish, introduksiya qilish
ishlarini naqadar murakkab va qiyin jarayon ekanligini ko‗rsatadi.
O‗rta Osiyo flora o‗t o‗simliklarini madaniylashtirib o‗stirishni ko‗p yillik
tajribalari shuni ko‗rsatdiki, birinchi navbatda obdon erni ekishga tayyorlash kerak va
unib chiqqan o‗simlikni birinchi yili qattiq parvarish qilish lozim.
Ekishdan oldin erni 25–30 sm chuqurlikgacha chopish, hamda 1–2 chelak qum va 2
chelak chirigan barglarni 1 m
2
erga solish kerak. Daryo qumi, ayrim hollarda granit
maydasi erni mexanik tarkibini yaxshilab uni engilroq qiladi, chirigan barglar esa oziq
moddalar miqdorini oshiradi (asosan gumin kislota unumlari). Bu esa o‗z navbatida
o‗simlikni o‗sishi va rivojlanishiga ayniqsa birinchi yili ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Introduksiya qilinayotgan o‗simlikni er ostki qismi oldiniga chopilgan,
yumshatilgan, oziq moddalariga boy bo‗lgan erni yuza qatlamida (25–30 sm) bo‗ladi. Bu
o‗simlikni o‗sishi va rivojini yaxshi ta‘minlaydi.
Introduksiya qilinayotgan o‗simliklar o‗zini tabiiy sharoitidan ko‗chirilib, boshqa
sharoitga ekilganda, yaratilgan bir xil edafik sharoitga tabiiy turlicha reaksiya beradilar.
Ushbu reaksiyalarni e‘tiborga olib, introdutsentlarni shu yaratilgan edafik faktorlarga
bo‗lgan munosabatlari ularni ekologik plastikligini (moslanuvchanligi) aniqlash, shunga
qarab agrotexnik tadbirlarni olib borish lozim bo‗ladi, ular asosan yaxshilab begona
o‗tlardan tozalanishi (propolka), quyosh tikkaga kelganda ularni oftob nuri issig‗idan
pana qilishlar ularni biotsenotik arealini aniqlash imkonini beradi.
Ekologik areali tor o‗simliklarni introduksiya qilinayotganda erni maxsus
tayyorlanadi, ularni tabiiy o‗sayotgan joyi sharoitiga yaqinlashtiriladi. Erga galofit
ostiga sho‗rxok tuproq, psammofitlar ostiga o‗ralar kovlanadi va ular qum bilan
to‗ldiriladi, gipsofitlar ostiga esa tarkibida gips saqlagan tuproq solinadi (ular o‗simlikni
tabiiy o‗sayotgan joyidan keltiriladi).
Bir xil o‗simliklar bu yaratilgan sharoitda yaxshi o‗sib rivojlanadi boshqalari esa
oddiy sharoitda ham o‗saveradi.
Urug‗lar asosan kuzda sepiladi 0,5-1sm, kamdan-kam 2sm chuqurlikda. Mayda
urug‗lar er yuzasiga sepiladi, bir oz qum aralashtirib. Hamma sepilgan urug‗lar ustiga
90
guruch shulxasi bilan sepiladi (qoplanadi). Bunda erta bahorda er qobig‗i hosil
bo‗lmaydi va urug‗lar oson unib chiqadi.
Urug‗lar sepilgandan unib chiqaboshlagan va rivojlanaboshlagani jurnalga yozib
boriladi (fenologiyasi) jadval 13,14.
Jadval 9
O‗zR FA Botanika bog‗ining O‗rta Osiyo tabiiy florasini 2 pallali o‗simliklar
uchastkasiga keltirilgan introduksiya materiallarini hisobga olish kitobi
O
‗sim-
likni
raqa-
mi
Hi
sobga
olish
sanasi
O‗simli
kni keltiril-
gandagi nomi
Qachon,
qaerda
kim
tomonidan
terilgan
M
ateri-
alni
soni va
turi
Se
pil-gan,
ekilgan
vaqti
S
epil-
gan,
ekilga
n joyi
Qach
on va kim
tomonidan
nomi
aniqlangan
1
1214
4.
VI
1973
Bulbosa
po-
narria
se-
vertzovi
i
Surxondaryo
vil. SHurob qishl.,
ohak,
I. Belolipov,
29.V 1973 y.
10
ta
tuganak
4.
VI 1973
R
-Z-4-4
Fenologik nazorat har kuni yil davomida olib boriladi: bahorda, o‗simlik tez
o‗sayotganda har kuni, yoz va kuzda o‗sishi sekinlashganda har 3-5 kunda, qishda har
15-kunda. SHunday qilib, har bir fenofazani boshlanishi va oxirini aniq belgilanadi.
Ilova qismida esa o‗sish va rivojlanishdagi turli chetlanishlar, urug‗ o‗zi sepilib qolishi
(samosev), zararkunandalar va kasalliklar va hokozolar yozib boriladi.
Ekologik nazorat vaqtida quyidagilarga ko‗proq ahamiyat beriladi: sug‗orishga
bo‗lgan o‗simlikni reaksiyasi, yorug‗likka bo‗lgan munosabati (yorug‗likni yaxshi
ko‗rishi, soyaparvarligi, quyosh tikkaga kelganda pana qilish); yozni issiq haroratiga
munosabati: so‗lishi, barglarni to‗kishi, novdalarini qurishi va h.k.);
Bahorgi va kuzgi sovuqlarga chidamliligi, qishni past harortiga munosabati, erni
qishda yaxlashidan keyin o‗simlikni qurib qolish yoki qolmasligi; erni mexanik va
qisman kimyoviy tarkibi, chopiqqa (drenaj) talabi, erga mayda toshlar (galkalar), qum,
gips, tuz, er osti suvlariga munosabati aniqlanadi.
Alohida ahamiyat beriladi: bahor oxiri va erta kuzda birdan keladigan sovuqlarga
munosabati o‗rganilib, introdutsentlarni bemahal keladigan noqulay ob-havo sharoitlarni
ko‗tarilishi yoki chiday olmasligi aniqlanadi.
YUqorida qayd qilingan introduksiya uslublari O‗rta Osiy o‗t o‗simliklarini
bioekologik xossalarini o‗rganishda va birlamchi introduksiya qilishda katta ahamiyatga
ega bo‗lib, sanoat miqyosida etishtirish uchun tadqiqotlarni debochasi, ya‘ni boshlanishi
hisoblanadi xolos.
Toshkent Botanika bog‗ida introduksiya qilingan Atropa belladonna L.ning
bioekologik xususiyatlari.
91
Atropa belladonna L. – Ituzumdoshlar-Solanaceae oilasiga kiradi. U ko‗p yillik o‗t
o‗simlik bo‗lib, usimlikning ildizlari vegetatsiyasining birinchi yili o‗q ildiz, ikkinchi
yilidan ildizpoyaga aylanadi, ildizpoyasi yo‗g‗on, silindrsimon, sershox, kuchli
tarmoqlangan [7,8,36,93].
Atropa belladonna L. – oddiy belladonna issiq sevar, ko‗p yillik o‗t o‗simlik bo‗lib,
yovvoyi holda asosan tog‗li, kengbargli (ayniqsa qayinlar) va oqqarag‗ayli
o‗rmonlarning yorug‗ tushadigan joylarida, yalangliklarda, daraxt kesib ochilgan
joylarda, chakalak hosil qilib o‗suvchi butalarning chetlarida yumshoq, chirindiga boy
bo‗lgan tuproqlarda o‗sadi
Dostları ilə paylaş: |