Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix17.12.2019
ölçüsü1,17 Mb.
#29956
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Dorivor o‘simliklar


16-17-Ma‟ruza 
 
O‟zbekistonning yangi istiqbolli dorivor o‟simliklari 
 
Mavzu 4 soatga mo‗ljallangan 
Xozirgi  kunda  an'anaviy  tibbiyot  (xalq  tabobati)  xalq  zakovati  bilan 
sug‘orilgan  juda  boy  va  ulkan  tajriba  bilimlar  majmuasidir.  U  ilmiy  (rasmiy) 
tibbiyotni  yangi,samarali  dorivor  preparatlar  bilan  boyituvchi  bitmas  tuganmas 
manbadir. Xalq tabobatining bu soxadagi qimmati, tutgan o‘rni bebahodir. Buning 
uchun  misol  tariqasida  hozirgi  zamon  tibbiyotida  qo‘llaniladigan  shifobaxsh 
o‘simliklarni  ko‘pchiligi  o‘z  vaqtida  xalq  tabobati  dorivor  vositalar  xazinasidan 
olinganligini  yoki  xozirgi  zamon  ilmiy  tibbiyotining  o‘zi  xalq  tabobati  asosida 
taraqqiy etganini eslash kifoyadir. 
Yangi istiqbolli dorivor o‘simliklarni izlab topish usullari.  
Yangi  dorivor  o‘simliklarni  izlab  topishda  xalq  tabobati  tajribasini 
o‘rganishning ahamiyati.  
Yangi istiqbolli dorivor o‘simliklarni ro‘yhatini tuzish. 
 
    
OSIYO  YALPIZINING YER  USTKI  QISMI (O'TI) – 
HERBA MENTHAE ASIATICAE 
O'simlikning nomi. Osiyo yalpizi — Mentha asiatica Boriss.; 

107 
 
yasnotkadoshlar — Lainiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi. 
Ko'p  yillik,  tik  o'suvchi,  to'rt  qiiTali,  sertukli,  qarama-qar-shi  shoxlangan, 
60-100  sm  balandlikdagi  poyali  o't  o'simlik.  Barglari  lansetsimon  yoki  cho'ziq, 
o'tkir  uchli,  sertukli  bo'lib,  qisqa  bandi  bilan  (yoki  bandsiz)  poya  va  shoxlarda 
qarama-qarshi  joylashgan.  Och  gunafsha  rangli  gullari  siyrak  to'pgulga  joylashib, 
poya  va  shoxlar  uchida  boshoqsimon  gulto'plamini  hosil  qiladi .  Gulkosachasi 
rangli, besh tishli naychasimon, sertukli. Otaligi 4ta. Mevasi  — to'rtta yong'oqcha. 
Iyun-avgustda gullaydi, iyul-sefttabrda mevasi yetiladi. 
Geografik  tarqalishi.  Tog'  etaklaridagi  cho'Uardan  to  tog'laming  o'rta 
qismigacha  bo'lgan  ariq  bo'ylan&a,  daryolar  va  daryochalar  qirg'og'ida  va  boshqa 
nam  yerlarda  o'sadi.  Asosan,  u  O'rta  Osiyo  (O'zbekistonning  ko'pchilik  viloyatlari 
va Qoraqalpog'iston)dagi tog'li tumanlarda o'sadi. 
Mahsulot  tayyorlash.  O'simlik  qiyg'os  gullagan  vaqtida  poya-sining  yuqori 
qismidan  25-40  sm  uzunlikda  qirqib  olinadi  va  soya,  havo  o'tib  turadigan  joyda 
quritiladi. 
Mahsnlotning  tashqi  ko'rinishi.  Butun  yoki  qisman  may-dalangan, 
serbaigli,  to'rt  qirrali,  shoxlangan,  tukli,  gulli  poya-lar,  barglar  va  gullar 
aralashmasidan  tashkil  topgan.  Poyasining  uzunligi  40  sm  gacha.  Barglari  qisqa 
bandli,  tuxumsimon  —  lansetsimon,  arrasimon  qirrali,  o'tkir  uchli,  gullari 
boshoqsimon to'pgulga joylashgan. Kosachabarglari tikanli tishli, gultojisi ikki  labli, 
och binafsha rangli. Mahsulot hidi kuchli, xushbo'y, maza-si — o'ziga xos o'tkir va 
sovutuvchi. 
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 1,46 foiz efir moyi, 24 foiz qandlar, 6,7 
foiz organik kislotalar, 68,67 mg foiz vitamin C, 1,08 foiz flavonoidlar (luteolin va 
apigenin  glikozidlari),  0,2  foiz  antotsianlar,  0,08  foiz  kumarinlar,  8,75  foiz 
fenolkislotalar,  1,05  foiz  rozmarin  va  1  foiz  uisol  kislotalari,  7,2  foiz  smolalar  va 
boshqa moddalar bor. 
Ishlatillshi.  Mahsulot  damlamasi  spazmolitik,  tinchlantiruv-chi  va  o't 
haydovchi  ta'siriga  ega.  Shu  maqsadda  O'zbekiston  Respublikasi  Sog'liqni 
saqlash vazirligi tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berdi. 
Dorivor preparatari. Mahsulot damlamasi. 
ODDIY CHILONJIYDA BARGI - FOLIA Z1ZYPHI JUJUBAE 
O'simlikning  nomi.  Oddiy  chilonjiyda  (unabi)  —  Zizyphus  jujuba  MiU.  (Z. 
sativa L.); jumrutdoshlar — Rhamnaceae oilasiga kiradi. 
2-3  m  gacha  bo'lgan  kichik  tikanli  daraxt.  Yosh  novdaiari  tukli.  Barglari 
bandli,  cho'ziq-tuxumsimon,  plastinkasi  asim-metrik,  biroz  o'tkir  uchli,  to'mtoq 
tishsimon  qirrali.  Gullari  mayda  (diametri  3-4  mm),  kosachabargi  va  tojbargi  5 
tadan,  kosachabargi  tuxumsimon,  o'tkir  uchli,  gulbarglari  kosachabargdan  qisqa, 
och-yashil.  Mevasi  —  sharsimon  yoki  cho'ziq  ovalsimon,  qizg'ish-to'q  sariq 
danakli  meva.  Shirin-nordon  yoki  shirin,  yumshoq,  kam  suvli  meva  tevaragi 
yeyiladi. 
Iyul—sentabrda gullaydi va mevasi pishadi. 

108 
 
Geografik  tarqalishi.  O'zbekistonning  Toshkent  va  Sur-xondaryo 
viloyatlari  tog'li  tumanlarida,  tog'larning  o'rta  qism-laridagi  quruq  tog'  qiyalarida 
o'sadi. Osiyo va Ovrupo davlatlarida turli navlari ko'plab o'stiriladi. 
Mahsulot tayyorlash. O'simlik mevasi pishib yig'ila bosh-langanda barglari 
ham  qoqiladi,  terib  olinadi,  aralashmalardan  tozalanadi  va  soya,  havo  kirib 
turadigan yerda quritiladi. 
Mahsulotning  tashqi  ko'rinishi.  Tayyor  mahsulot  barglardan  iborat.  Barglar 
tuxumsimon, to'mtoq tishsimon qirrali, qisqa  bandli, barg plastinkasi asimmetrik, 
uchta  bo'rtib  chiqqan  tomirli  bo'ladi.  Bargi  yashil  rangli  va  biroz  burishtiruvchi 
mazali. 
Kimyoviy tarkibi. Daraxt po'stlog'i tarkibida triterpenoidlar, alkaloidlar, 4,9—
15  foiz  oshlovchi  va  boshqa;  bargida  —  uglevodlar  (13—14,9  foiz  qandlar,  4  foiz 
shilliq moddalar, uron kislotalar),  organik kislotalar, alkaloidlar, C va 5, vitaminlar, 
karotin, folat kislota, 0,3 foiz kumarinlar, flavonoidlar (kversitrin, giperozid,  rutin), 
4,5  foiz  oshlovchi  va  boshqa  birikmalar,  mevasida  —  9,8—  40,3  foiz  uglevodlar, 
1,74  foiz  organik  kislotalar,  triterpen  sapon-inlar,  C,  B  va  K
t
  vitaminlar,  folat 
kislota,  karotin,  0,35—2,35  foiz  kumarinlar,  flavonoidlar,  oshlovchi  va  boshqa 
moddalar bor. 
Ishlatilishi.  Ibn  Sino  fikricha,  chilonjiyda  mevasi  ko'krakka  va  o'pkaga 
hamda buyrak va siydik qopining og'rig'ida foydalidir. 
Xalq  tabobatida  chilonjiyda  mevasi  organizmni  tonuslovchi  vosita  sifatida 
hamda  astma,  tomoq  og'rig'i  va  ichak  yuqumli  kasalliklarini  davolashda 
ishlatiladi.  Meva  damlamasi  ko'krak  og'rig'ida,  astma,  yo'tal,  kamqonlik,  ich 
ketish  va  chechak  kasalliklarini  davolashda,  barg  damlamasi  —  buyrak  va  siydik 
qopi kasalliklarida siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. 
Klinik  sharoitida  o'tkazilgan  tajribalar  natijasiga  asoslangan  holda 
O'zbekiston  Respublikasi  Sog'liqni  saqlash  vazirligi  chilon-jiydaning  barg 
damlamasini  tibbiyot  amaliyotida  siydik  (peshob)  haydovchi  vosita  sifatida 
ishlatishga ruxsat beradi. 
Dorivor preparatlari. Damlama. 
 
DORIVOR  LIMONO'T  YER  USTKI    QISMI  (O'TI)  -HERBA  MELISSAE 
OFFICINALIS 
O'simlikning nomi. Dorivor limono't — Melissa officinalis L.; yasnotkadoshla
— Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatac) oilasiga kiradi. 
Ko'p yillik, sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o't o'simlik. Poyasi bitta yoki ko'p, 
qarama-qarshi  shoxlangan.  Barglari  tuxumsimon,  biroz  o'tkir  uchli,  sertukli  (ustki 
tomonidan),  arjasimon  qirrali  bo'lib,  qisqa  bandi  bilan  poya  va  shoxlarida  qarama-qarshi 
o'rnashgan.  Oq rangli,  tukli,  ikki  labli  gullari  gul  bandi  bilan  barg  qo'ltig'iga  joylashib, 
to'pgulni hosil qiladi. Mevasi — 4ta 
yong'oqcha. 
Iyun—avgustda gullaydi, mevasi iyul—avgustda yetiladi. 

109 
 
Geografik  tarqalishi.  O'rta  Osiyo,  Qrim,  Kavkaz,  Rossiyaning  Ovrupo 
qismining  janubida  va  boshqa  davlatlarda  daraxt  soyalarida,  tog'li  tumanlarda 
toshlar  soyasida  va  boshqa  soya  yerlarda  o'sadi.  O'zbekistonning  Toshkent  va 
Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. 
Mahsulot  tayyorlash.  O'simlik  to'liq  gullagan  vaqtida  yuqori  uchidan  20—30 
sm uzunlikda (poyaning pastki bargsiz qismi olinmaydi) qirqib olinadi va soya, havo o'tib 
turadigan yerda quritiladi. 
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot 30 sm gacha uzun-likdagi shoxlangan, 
serbarg va to'rt qirrali poya bo'laklari, barg-lar va gullar aralashmasidan tashkil topgan. 
Barglari  tuxumsimon,  o'tkir  uchli,  yirik  arrasimon  qirrali  bo'lib,  uzun  bandi 
yordamida poya va shoxlarida qarama-qarshi joylashgan. Gullari uzun, tukli gul bandli va 
osilgan ko'rinishida bo'lib, siyrak to'pgulga joylashgan. Kosachasi tikanli tishli, gultojisi 
ikki labli, oq rangli. 
Kimyoviy  tarkibi.  Yer  ustki  qismi  tarkibida  0,01-0,33  foiz  efir  moyi,  C 
vitamini,  karotin,  fenilkarbon  kislotalar  (kofe,  xlorogen,  rozmarin,  feral,  protokatex 
va  boshqalar),  triterpen-lar,  flavonoidlar  (luteolin-7-glikozid  va  boshqalar),  5-10 
foiz oshlovchi va boshqa moddalar, urug'ida 20-27 foiz yog' bor. 
Limono'tning  efir  moyi  geraniol,  linalool,  nerol,  farnezol  va  ularni  sirka 
kislotasi  bilan  birikmasi,  limonen,  pulegol,  geraniol,  nerol  va  boshqa  terpenlardan 
tashkil topgan. 
Ishlatilishi.  Limono't  dorivor  preparatlari,  Ibn  Sino  ayti-shicha,  yurakni 
mustahkamlaydi va unga yordam beradi, shu-ningdek, traxoma, hiqichoq tutish, og'izdan 
yomon hid kelishi va boshqa kasalilklami davolaydi. 
Xalq  tabobatida  limono't  bilan  nevroz,  bronxial  astma,  ay-ollarni  toksikoz, 
klimaks, yurak urishini buzilishi va boshqa kasal-liklar davolanadi. 
Limono't  damlamasi  klinik  sharoitida  sinovlardan  o'tgan  va  uni  tibbiyot 
amaliyotida  tinchlantiruvchi  hamda  qon  bosimini  pasaytiruvchi  vosita  sifatida 
qo'llashga O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan raxsat etilgan. 
Dorivor preparatlari. Damlama. 
 
Kiyiko‟ti yer ustki qismi- - Herba Ziziphorae pedicellatae 
O‟simlikning nomi. Gulbandli kiyiko‘t-Ziziphora pedicellata Pazij et Vved.;  
Oilasi. Yasnotkadoshlar - Lamiaceae. 
Ko‘p  yillik,  asos  qismi  yog‘ochlangan,  to‘rt  qirrali,  shoxlanmagan  yoki 
yuqori qismi shoxlangan, bo‘yi 20-40 sm li ko‘p sonli poyali o‘t o‘simlik. Barglari 
lantsetsimon  yoki  tor  lantsetsimon,  o‘tkir  uchli,  tekis  qirrali,  qisqa  bandli  bo‘lib, 
poyada  qarama-qarshi  joylashgan.  Gullari  uzun,  tukli  gul  bandida  osilgan  holda 
joylashib,  poya  va  shoxlari  uchida  ko‘pgulli  boshchasimon  gulto‘plamni  hosil 
qiladilar.  Gulkosachasi  tor  naychasimon,  bilinar-bilinmas  ikki  labli,  gul  tojisi  ikki 
labli,  och-gunafsha  rangli.  Mevasi  -  to‘rtta  yong‘oqcha.Iyun-avgustda  gullaydi, 
iyul-sentyabrda mevasi yetiladi. 
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik qiyg‘os gullagan vaqtida yer ustki qismi (10-
20 sm uzunlikda) o‘rib olinadi va soya yerda quritiladi. 

110 
 
Mahsulotning tashqi  ko‟rinishi. Mahsulot butun yoki qisman maydalangan 
barglar  va  serbargli  -  gulli,  uzunligi  20  sm  gacha  bo‘lgan  poyalardan  tashkil 
topgan.  Poyalar  to‘rt  qirrali,  ingichka,  ba‘zi  joylari  yog‘oylangan.  Barglari 
lantsetsimon  yoki  tor  lantsetsimon,  o‘tkir  uchli,  qisqa  bandli,  tekis  qirrali.  Gullari 
ikki labli bo‘lib, poya va shoxlari uchida ko‘p boshchasimon gul to‘plamini tashkil 
qiladi.  Barglari  yashil-kulrang,  gullari  och  binafsha  rang.  Hidi  kuchli    yoqimli, 
hushbo‘y, mazasi  o‘tkir, hushbo‘y. 
Kimyoviy  tarkibi.  Mahsulot  tarkibida  0,96%  efir  moy,  1,04%  flavonoidlar, 
0,19% kumarinlar, 1,02% antotsianlar, 170 mg% vitamin  C, 11,3% q andlar, 4,82% 
organik  kislotalar,  0,67%  ursol  kislota,  3,40%  polifenollar,  4,69%  smolalar  va 
boshqa birikmalar bo‘ladi. 
Ishlatilishi.  Kiyiko‘ti  yer  ustki  qismining  damlamasi  qon  bosimini 
pasaytiruvchi  va  peshob  haydovchi  vosita  sifatida  ishlatishga  O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsat bergan. 
Dorivor preparatlari. Damlama. 
REGEL  QO'ZIQULOG'I    O'TI  (YER  USTKI  QISMI)  -HERBA  PHLOMIS 
REGELIANA 
O'simlikning  nomi.  Regel  qo'ziqulog'i  —  Phlomis  regelii  M.  Pop.; 
yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labia-lac) oilasiga kiradi. 
Ko'p  yillik,  bir  nechta  to'rt  qirrali,  sertuk,  shoxlangan  (yoki  shoxlanmagan), 
20—60  sm  balandlikdagi  poyali  o't  o'simlik.  Barglari  eho'ziq-lansetsimon  yoki 
chiziqsimon-lansetsimon,  tekis  qir-i a h ,   o'tkir  uchli,  ustki  tomoni  yashil,  pastki 
tomoni  sertuk  bo'lgani  uchun  oqish-kulrangli  bo'lib,  uzun  bandi  yordamida 
(
I
M
I
/
 
okli  to'pbarglari  va  poyaning  pastki  qismidagilari,  yuqo-11'  Ingilai  i  qisqa 
bandli  yoki  bandsiz)  poya  va  shoxlarda  qarama-•  i  i i . In  loylasltgan.  Gullari 
poyaning yuqori qismidagi barglar 
Itlg'tda  |oylashib,  to'pgul  to'plamini  hosil  qiladi.  Gulkosachasi  naychasimon, 
besh  tishli,  gultqjisi  ikki  labli,  ko'k-pushti  rangli.  Otaligi  to'rtta.  Mevasi  — 
to'rtta yong'oqcha. 
May—iyulda gullaydi, mevalari iyun—avgustda yetiladi. 
Geografik tarqalishi.  Bu o'simlik O'rta Osiyoning (G'arbiy  Tyan-Shan) 
tog'li tumanida tog' etagidan to o'rta qismigacha  bo'lgan mayda toshli va toshli 
tog' qiyalarida o'sadi. O'zbekistonning Toshkent viloyatida uchraydi. 
Mahsulot  tayyorlash.  O'simlik gullash davrida yer ustki  qismi (yerdan 
10-20 sm balandlikda) o'rib olinadi va soya  yerda quritiladi. 
Mahsulotning  tashqi  ko'rinishi.  Mahsulot  poyaning  yuqori  serbargli 
qismi  va  gulto'plami  aralashmasidan  tashkil  topgan.  Poyasi  to'rt  qirrali, 
sertukli, uzunligi 25 sm, yo'g'onligi 0,5 sm  gacha. Barglari bandli, cho'ziq-
lansetsimon yoki chiziqsimon-lansetsimon, tekis qirrali, o'tkir uchli, qalin 
tukli,  poyada  qarama-qarshi  o'rnashgan,  uzunligi  15  sm  gacha,  eni  5  sm 
gacha.  Gullari poyaning yuqori qismiga joylashgan  barglar  qo'ltig'ida  doira 
shaklidagi  to'pgulni  hosil  qiladi.  Gultojisi  ikki  labli.  Barglari  oqish-kulrang, 
gullari ko'kimtir-pushti, hidi qitiqlovchi, mazasi achchiqroq. 

111 
 
Kimyoviy  tarkibi.  Yer  ustki  qismi  tarkibida  4,5  foiz  flavonoidlar, 
antotsianlar  (gullarida  0,43  foiz),  fenolkislotalar  (3,2  foiz),  5,15  foiz 
iridoidlar,  2,19  foiz  kumarinlar,  0,1  foiz  efir  moyi,  0,13  foiz  karotinoidlar, 
vitamin C (55 mg foiz), organik  kislotalar (1,76 foiz), 4,84 foiz qandlar, 2,3 
foiz oshlovchi va boshqa moddalar bor. 
Ishlatilishi. 
Qo'ziquloqning 
yer 
ustki 
qismini 
damlamasi 
tinchlantiruvchi  vosita  sifatida  ishlatishga  tavsiya  qilingan.  O'zbekiston 
Sog'liqni  saqlash  vazirligi  tibbiyot  amaliyotida  shu  maqsadda  qo'ziquloq 
damlamasini respublika hududida ishlatishga ruxsat bergan. 
Dorivor preparatlari. Mahsulot damlamasi. 
 
ZARAFSHON 
ARCHASI 
MEVASI 

FRUCTUS 
JUNIPERI 
ZERAVSCHANICAE 
O'simlikning  nomi.  Zarafshon  archasi  —  Juniperus  zeravs-chanica 
Kom.; sarvidoshlar — Cupressaceae oilasiga kiradi. 
Zarafshon  archasi  (qizil archa)  ikki  uyli, shox-shabbasi qalin,  oval  yoki 
konussimon, bo'yi 20 m gacha bo'lgan qizg'ish  po'stloqli daraxt yoki ba'zan 
buta.  Shoxlari  yo'g'on,  uchidagilari  yashil-ko'kimtir,  ingichka  (yo'g'onligi 
1-1,5  mm).  Barglari  tangachasimon, cho'ziq-tuxumsimon, o'tkir uchli. Erkak 
gullari (changchi boshoqchalar) kengtangachali, sporangiyalari 3-6ta, erkin 
holda; urg'ochi qubbalari o'zaro birlashgan, mevalari yeti-lish oldida shishib 
qalinlashadigan  3—9ta  tangachadan  tashkil  topgan.  Mevasi  —  sharsimon, 
qisqa  bandli,  xomligida  yashil,  pishganida  to'q  qo'ng'ir  rangli,  qattiq,  2-3 
(ba'zan 4) urug'li g'udda meva. 
Aprel-iyun oylarida gullaydi, mevasi kelgusi yili oktabr-dekabr oylarida 
pishadi. 
Geografik tarqalishi. Asosan, Pomir-Oloy, Tyan-Shan (Qora tog'gacha) 
tog'  tizmalaridagi,  dengiz  sathidan  1000  m  dan  2500  m  gacha  bo'lgan 
balandlikdagi  adir  va  tog'larda,  toshli  hamda  chag'ir  toshli  yonbag'irlarda 
o'sadi.  O'zbekistonning  Toshkent,  Farg'ona,  Samarqand  va  Buxoro 
viloyatlarida uchraydi, ba'zan katta archazorlar tashkil qiladi. 
Mahsulot  tayyorlash.  Daraxtda  bir  vaqt  ichida  bu  yiigi  —  xom  va 
o'tgan  yilgi  pishgan  mevalari  bo'ladi.  Horn  msvalar  archa  tagiga  yozilgan 
chodirga  to'kilmasligi  uchun  tayoq  bilan  qoqmasdan,  daraxtni  kuzda 
(sentabr—oktabr  oylarida)  silkitib,  pishgan  mevalarni  yig'ib  olish  kerak. 
Keyin  mahsulot  aralash-malardan  tozalanadi  va  ochiq  havoda  quyoshda 
yoki qurit- 
kichlarda quritiladi. 
Mahsulotning  tashqi  ko'rinishi.  Mahsulot  archaning  mevasidan  iborat. 
Meva  deyarli  sharsimon,  diametri  8-12  mm,  burishgan  (qurigandan  so'ng),  usti 
ko'kimtir  rangli  mum  qavati  bilan  qop-langan.  Meva  uchida  uch  nurli  yulduzcha 
shakli  (uchta  yuqorigi  tangacha  bargchalarni  birlashgan  joyi)  ko'rinadi.  Meva  po'sti 

112 
 
qattiq.  Mevaning  ichida  —  yumshoq  qismida  2-3  (ba'zan  4)  ta,  qattiq,  3—5  qirrali 
urug'lari bo'ladi. 
Mevalar  ustidan  to'q-qo'ng'ir  (qo'ng'ir-gunafshaga  o'x-shash),  ichi  — 
yashil qo'ng'irroq rangli, hidi o'ziga xos xushbo'y, chuchmal mazaga ega.  
Kimyoviy  tarkibi.  Meva  tarkibida  3,9  foiz  efir  moyi,  2,4  foiz  flavonoidlar, 
0,37 foiz karotinoidlar, 6,15 foiz organik kislotalar,  16,2 foiz qandlar, oz miqdorda 
kumarinlar, 2,47 foiz oshlovchi va boshqa moddalar bor. 
Meva  efir  moyi  16,84  foiz  karen,  25,01  foiz  d-kamfen,  11,88  foiz  a-pinen, 
14,74 foiz mirtsen va boshqa terpenoidlardan tash-kil topgan. 
Ishlatilishi. Meva qaynatmasi va efir moyi diuretik hamda mikroblarga qarshi 
ta'sirga  ega.  Shuning  uchun  meva  damlamasi-ni  O'zbekiston  hududida  tibbiyot 
amaliyotida  peshob  haydovchi  vosita  sifatida  ishlatishga  Respublika  Sog'liqni 
saqlash vazirligi ruxsat berdi. 
Dorivor preparatlari. Meva qaynatmasi. 
TUKLI 
 
BARGLI 
XANDELIYA 
GULI-FLORES 
HANDELIAE 
TRICHOPHYLLAE 
O'simlikning  nomi.  Tukli  bargli  xandeliya  —  Handelia  tricho-phylla  (Schrenk.) 
Heimerl.;  astradoshlar  —  Asteraceae  (murak-kabguldoshlar  —  Compositae) 
oilasiga kiradi. 
Ko'p  yillik,  mayda  qirrali,  yuqori  qismi  qalqonsimon  shoxlangan, 
balandligi 70-100 sm bo'lgan poyali o't o'simlik.  Ildizoldi to'pbarglari uzun sertukli 
bandli,  poyadagilari  bandsiz  ketma-ket  joylashgan.  Hamma  barglari  chiziqsimon-
ipsimon  bo'laklarga  patsimon  qirqilgan.  Sariq  rangli  gullari  savatchaga  joylashib, 
poya  va  shoxlari  uchida  ro'vaksimon-qalqonsimon  gul  to'plamini  hosil  qiladi. 
Mevasi — kulrang pista. 
May 
oyining 
oxirida 
—  iyunda  gullaydi,  mevasi  iyun  oxiri- 
da — avgustda yetiladi. 
• 
Geografik  tarqalishi.  O'simlik,  asosan,  O'rta  Osiyo  (Jung'or  Olatog'i,  Tyan-
Shan,  Pomir-Oloy)da  tarqalgan.  U  tog'  etaklaridan  tog'larning  o'rta  qismigacha 
bo'lgan  shag'alli-toshli  qoyalarda,  daryolar  qirg'oqlarida,  qisman  ekilmay  qolgan 
va  boshqa  yer-larda  o'sadi.  O'zbekistonda  Toshkent,  Farg'ona,  Andijon,  Samar-
qand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. 
Mahsulot tayyorlash. O'simlik gullagan vaqtida gul to'plamlari qirqib olinadi 
va soya yerda quritiladi. 
Mahsulotning 
tashqi 
ko'rinishi. 
Tayyor 
mahsulot 
qalqonsimon 
gulto'plamining ayrim bo'laklari va 1 sm dan uzun bo'lmagan  bandli savatchalardan 
tashkil  topgan.  Savatchalar  mayda  (diametri  3-5  mm),  ko'p  gulli  (hamma  gullari 
sariq, naychasimon), yarim shar ko'rinishida. Naychasimon o'rama bargi uch qator. 
Mahsulot hidi o'ziga xos, mazasi — xushbo'y, achchiq. 
Kimyoviy  tarkibi.  Mahsulot  tarkibida  0,4  foiz  efir  moyi,  flavonoidlar 
(kversetin,  izokversitrin,  rutin  va  boshqalar),  seskviter-pen  laktonlar  (xanfillin  va 
artekalin),  kumarinlar  (umbellferon,  gerniarin),  karotinoidlar,  vitamin  C,  shilliq, 
oshlovchi va boshqa moddalar bor. 

113 
 
Mahsulot  efir  moyi  tarkibida  10,57  foizgacha  xamazulen,  14,18  foizgacha 
kamfora, borneol, mirtsen, a- va p-pinenlar, limonen, a- va p-terpinolenlar, kariofillen, 
a-tuyen, fellandren, linalool, tuyil spirti va boshqa terpenlar bo'ladi. 
Ishlatilishi.  Mahsulot  mikroblarga,  ichaklar  spazmi,  allergiya  va  yallig'lanishga 
qarshi  hamda tinchlantiruvchi  ta'sirga ega.  Shuning  uchun  uni  dorivor  preparatlari 
me'da-ichak  va  og'iz  bo'shlig'i  kasalliklarini  davolashda  antiseptik  va  spazmolitik 
hamda  yallig'lanishga  qarshi  dori  sifatida ishlatishga O'zbekiston Respublikasi  Sog'liqni 
saqlash vazirligi ruxsat berdi. 
Dorivor preparatlari. Mahsulot damlamasi. 
 
Baxmalgul ildizi- Radices Alceae roseae  
O`simlikning nomi. Baxmalgul- Alcea rosea  
Oilasi. Gulxayridoshlar –Malvaceae.  
O‘zbekistonda  bu  o‘simlikning  50  xil  turi  mavjud  bo‘lib  ular  11  avlodga 
mansub.  
Baxmalgul  o‘simligi  bo‘yi  1-3  m  gacha  etadigan  ikki  yoki  ko‘p  yillik  o‘t 
o‘simlik  bo‘lib,  yer  ostki  qismi  yaxshi  rivojlangan  o‘q  ildizdan  va  yer  ustiga  esa 
deyarli shoxlanmagan  bir  nechta  poyasi  o‘sib  chiqadi.  Poyasi  silindrsimon,  dag‘al 
tuklar  bilan  qoplangan  bo‘lib,  barglari  5-7  bo‘lakga  qirilgan  bo‘lib  poyada  uzun 
bandi  bilan  ketma-ket  joylashgan.  Bargini  tepa  qismi  to‘q  yashil,  ostki  qismi 
ochroq  bo‘lib,  to‘rsimon  tomirlari  bo‘rtib  chiqqan.  Qirrasi  mayda  arrasimon. 
Gullari barg qo‘ltig‘idan chiqqan, yirik diametri 8 ba'zan 9-12 sm gacha yetadigan 
ikki  jinsli,  shingilsimon  bo‘lib,  6-9  (5-11)  uchburchaksimon  barglari  bor. 
Kosachabargi  5  ta,  tojbarglari  5  ta,  tepasi  biroz  o‘yilgan,  sertuk.  Mevasi  dumaloq 
ko‘p urug‘li ko‘sak.  
Mahsulotning  tashqi  ko`rinishi.  Tayyor  mahsulot  silindrsimon,  uchiga 
qarab biroz ingichkalangan, ustki tomoni qo‘ng‘ir yoki sarg`ish-oq, uzunligi 35 sm 
gacha, diametri 0,5-1,5-2 sm li ildiz bo`laklaridan iborat. Ildiz sertolali bo`lganidan 
sindirilganida  osonlik  bilan  darrov  titilib  ketadi.  Mahsulotning  o`ziga  xos  hidi  va 
shirin mazasi bor.  
Kimyoviy  tarkibi.  Qizil  baxmalgul  guli  tarkibida  5-12%  bo‘yoq  moddasi 
hisoblangan  antotsian  birikmalari,  qora  baxmalgulda  esa  16-20%  saqlanishi 
aniqlangan.  Bu  bo‘yoq  moddalari  shirinliklarni,  quruq  konditer  kontsentrantlarni, 
alkagolsiz ichimliklarga rang berish uchun ishlatiladi.  
Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin