(σ) ni 2 va 3— formulalar bilan aniqlanadi:
( ∑ M
n
)2 5191
2
S = ∑ M
n
2
----------- = 1987745------------ = 191313 (2);
n 15
s 191313
σ = √ -------- = √ --------------=116,89 (3);
n -1 14
Olingan qiymatlarni formulaga qo‗yib, S=191313 va σ =116,89 ekani topildi.
O‗rtacha arifmetik hatolik (m) ni qo‗yidagi formula bilan topamiz:
σ 116,89
m= ---------- = ------------- = 30,2 (4);
√ n 15
37
Demak, m = ± 30,2 g
SHunday qilib, o‗rganilayotgan maydondagi Regel qo‗ziqulog‗i o‗simligining
hosildorligi 346,07 ± 30,20 g/m
2
ni tashkil qiladi.
O‗rtacha arifmetik hatolikning % mikdori (ε) 5 — formula bilan topiladi:
30,2
ε = -----------x 100= 8,73% (5);
346,07
Bizning misolimizda εq
8,73% ni tashkil qiladi. Demak, hosildorlik etarli darajada
aniq hisoblangan (R=85%).
Ekspluatatsion zahira (E.z)ni hisoblab topish uchun maydon kattaligini
hosildorlikning pastki qiymati (M — 2 m) ga ko‗paytiramiz:
E.z =46800 m
2
x (346,07g - 2 x 30,2g) = 13 369 356 g yoki ~13,4 t yangi terilgan
xom ashyo.
Quritilgan mahsulot yangi terilgan xom ashyoning 46%ni tashkil
qiladi. Demak, Regel qo‗ziqulog‗i o‗simligining ~ 4,7 ga maydondagi biologik
zahirasi quruq xom ashyoga nisbatan 6,15 t ni tashkil qiladi.
O‗simlikning yillik taiyorlov hajmini topish uchun uning qayta tiklanuvchanligi,
chunki o‗simliklarning bir qismini ularni qayta tiklanishi uchun qoldirish zarur. Er ustki
qullaniladigan o‗simliklarning qayta tiklanuvchanlik davri 4 — 6 yilni tashkil qiladi.
SHuning uchun Regel qo‗ziqulog‗ining yillik tayyorlov xajmi bizning misolda
6,15:(5Q1)q1,025 t ni tashkil qiladi.
XOSILDORLIKNI NAMUNAVIY NUSXALAR USULI
BUYICHA ANIQLASH
Xosildorlikni namunaviy nusxalar buyicha baxolaganda ikkita kursatkichni -tovar
nusxalar (novdalar)ning maydon birligidagi soni va xar bir nusxa (novda)dan olingan
xom ashyoning o‗rtacha og‗irligini aniqlash zarur.
Bu usul bilan ishlaganda hisob birligi bulib nusxa (masalan otkulokning nusxasi)
yoki novda (mevali na‘matak novdasi) bo‗lishi mumkin. Novdani hisob birligi qilib
ishlatish, nushalar chegaralarini ajratish qiyin bo‗lgan, alohida nushalar o‗sish darajasi
bo‗yicha keskin farq qilgan va yaxlit nusxadagi xom ashyoning yig‗ish mumkin bo‗lgan
(masalan jo‗ka) xollarda qulaydir.
Nusxa (novda)lar sonini hisoblash o‗simlik o‗sadigan maydonda joylashtirilgan
0.25 dan 10 m gacha o‗lchamidagi hisoblash maydonchalarida yoki marshrut yo‗llarida
olib boriladi.
Maydonchalar kattaligi o‗rganilayotgan tur o‗lchamlari bilan, ularning soni -
o‗rganilayotgan turning maydonda tekis tarqalganligi bilan belgilaniladi.
38
O‗simlik qoplamida ancha va nisbatan tekis tekis tarqalgan o‗simliklar uchun
odatda 15-20 ta maydoncha, kamroq, va notekis tarqalganida 30-50 ta maydoncha
joylashtirish etarli bo‗ladi.
Xosildorlikni 15% aniklikda namunaviy nushalar usulida aniqlash uchun nushalar
soni va ularning xom ashyo fitomassasi miqdorini 10% aniqlikda baxolash zarur. Agar
nushalar soni kam bo‗lsa (1 m da o‗rtacha soni 1 nushadan kamga to‗g‗ri kelsa), ularni
marshrut yullarida sanash qulayrok. Bunda o‗simlik o‗sadigan maydon sathini
aniqlashda qo‗llangan marshrut yullaridan foydalanish mumkin, birok ularni o‗simlik
o‗sadigan maydon kattaligi va uning zichligiga karab 20-30 yoki 100 qadamli
bo‗laklarga bo‗lib chiqish zarur (o‗simlik o‗sadigan maydon qanchalik katta va undagi
tur qanchalik kam uchrasa, yo‗l bo‗laklari shunchalik katta olinishi zarur).
Tovar nushalar (novdalar) soni marshrut yo‗nalishi bo‗ylab eni 1 yoki- 2 m
yo‗lakda sanaladi. Ishonchli o‗rtacha kattaliklarni olish uchun 25-40 ta marshrut
yo‗nalishdagi yo‗laklarda hisoblash olib borish kerak.
Namunaviy nushalarning xom ashyo massasini aniqlash uchun hisoblash
maydonchalarida yoki marshrut yo‗nalishi bo‗yicha barcha tovar nushalaridan sub‘ektiv
"o‗ziga xos" joylarni tanlamasdan olib boriladi. Marshrut yo‗nalishi bo‗ylab uchragan
xar ikkinchi, beshinchi yoki uchinchi nushani tanlab, bir tizimga solib ishlash
ob‘ektivroq natija beradi.
Namunaviy nushalar soni ularning tarqalganligiga bogliq. Er ostki organlar yoki
gul to‗plamlarining og‗irligini aniqlashda aksariyat xollarda 40-60 ta namunaviy
nushalar etarli bo‗ladi. Er ustki organlar og‗irligi buyicha keskin farq qilishi mumkin va
uning uchun nushalar (novdalar) soni 100 va undan yuqori bo‗lishi mumkin. Agar
nushalar turli darajada rivojlangan bo‗lsa, ularni 2-3 guruhga maxsus belgilari buyicha,
masalan 1-3 novdali (bargli) yoki ko‗p novdali (bargli) yoki vegetativ nushalarga bo‗lib
olish mumkin. Bu holda xar bir guruhda va umumiy zarur nushalar soni ko‗prok bo‗ladi.
Albatta, guruhlarga bo‗lib o‗rganilganda, har bir guruhga mansub nushalar sinfi alohida
hisoblanadi. Bunda zarur bo‗lgan namunaviy nushalar sonini hisoblash maydonlarni
sonini aniqlashda ko‗llaniladigan formula yordamida aniqlanadi.
Har bir namunaviy nushaning xom ashyo organini topib olinadi va ularning
o‗rtacha qiymati (M+m) hisoblab topiladi. Barcha nushalarni birga tortib, undan o‗rtacha
umumiy og‗irlikni nushalar soniga bo‗lib hisoblash to‗g‗ri kelmaydi, chunki bunday
usulda olingan natijalarni statistik qayta ishlash mumkin bo‗lmay qoladi. Meva yoki
gullarning zahirasini aniqlayotgan xollardagina bitta nushaning o‗rtacha og‗irligini 100
ta nushani 10 marotaba tortish natijasida baholash mumkin. Biroq, bu usul juda xam aniq
emas.
Bitta namunaviy nushaning xom ashyo mevasi (og‗irligi)ni o‗rtacha nushalar
soniga kupaytirib topiladi.
39
NAMUNAVIY NUSXALAR USULI BUIICHA XOSILDORLIKNI
XISOBLASH UCHUN MISOL
O‗simlik o‗sadigan jarlikda 5 ga maydonda marshrut yo‗lakning xar 30 bo‗lagida 2
m kenglikdagi yo‗lakda, 20 qadam bilan otqulok o‗simligining nushalar sonini
aniklaymiz.
Qadamning o‗rtacha uzunligi 65 sm. SHunday qilib, xar bir bulak yo‗lda tovar
nushalar sonini 25 m maydonda aniqlanadi. (20 x 0.65 x 2)
30 bo‗lakdagi o‗simliklar sonining o‗rtacha arifmetigi 12.3 ni, hatolik 1.26 nushani
tashkil etadi. Hisoblash M+m shuni ko‗rsatadiki, har bir bo‗lak yo‗lkasidagi tovar
nushalar soni 12.3+1.26 ni tashkil etadi.
5 ta namunaviy nushalar olindi, har bir ildiz nushasi tortildi va bitta ildizni
nushasining o‗rtacha massasi hisoblandi.
Ildizni og‗irligining o‗rtacha arifmetik 84.9 gr, hatolik 6.1 gr tashkil etdi, shunday
kilib:
M+ m = 74.9+6.1
Xosildorlikni xisoblash (M+ m)x(M
2
+ m
2
)
M
1
xM
2
=12, 3x74, 9-921,3
M
1
x m
2
formula bo‗yicha
m
1,2
= (M
2
x m
1
) + (M
1
x m
2
) = (103 x 6,1) +(74,9 x 1,26) = (76)2+ (94,37)
=14530,7= 120
SHunday qilib hosildorlik 25 m
2
ga 921 + 120 yoki 1 m
2
36.8 +4.8 g/m
2
ni tashkil
etadi.
Bu erda: M
1
- nushalar sonini o‗rtacha arifmetik
M
2
- xom ashyo massasining o‗rtacha arifmetik
m
1
- nushalar sonining o‗rtacha arifmetik hatoligi
m
2
- xom ashyo massasining o‗rtacha arifmetik hatoligi
Ekspluatatsion zahirani hisoblash uchun hosildorlikni o‗simlik o‗sadigan
maydonga
ko‗paytirib aniqlaymiz.
(36.8-2x4.8)x50000=27.2x50000=1360000 g=1360kg xo‗l xom ashyo.
Olingan ma‘lumotlarni inventarizatsiya vedomostiga o‗tkazamiz. Hisoblash
maydonchalarida xom ashyoni kanday hisoblagan bo‗lsak, namunaviy nushalar usulida
ham faqat xul xom ashyo uchun massasi aniqlanadi.
HOSILDORLIKNI PROEKTIV QOPLANISH USULI BO„YICHA
ANIQLASH
Hosildorlikni bu usul buyicha aniqlaganda ikkita ko‗rsatgich: o‗simlik o‗sadigan
maydondagi o‗rtacha proektiv qoplanganlik va 3% proektiv qoplangan maydondan
olinadigan xom ashyo massasi, ya‘ni 1% proektiv xom ashyoning "bahosi"ni aniqlanadi,
(proektiv qoplanganlik bu tuprok (maydon) yuzasidagi o‗rganilayotgan o‗simlik
proeksiyasidir (soyasi). Bu ko‗rsatilgan turli usullar bilan: ko‗zda chamalab, Ramenskiy
40
turi, kvadrat tur va x.k.lar bilan aniqlanadi. Proektiv qoplanganlik bo‗yicha hosildorlik
aniqlanganda eng murakkab, lekin eng aniq bo‗lgan ohirgi usul qo‗llaniladi.
1% qoplanganlik "bahosi"ni aniqlash uchun har 1dm
2
maydonchadan xom ashyo
olib tortiladi va 1% qoplanganlik "bahosi": (M+m) hisoblab topiladi. Bu kattalik turli
o‗simlik guruhlari va ekologik sharoitlarda turlicha bo‗lishi yodda bo‗lishi kerak.
SHuning uchun 1% qoplanganlik "bahosi"ni xar bir o‗rganilayotgan maydonda aniqlash
zarur.
Hosildorlikni namunaviy nushalar usulida hisoblangan formula bo‗yicha o‗rtacha
proekt qoplanganlik "baho"si hisoblab topiladi.
Bu usul bilan past bo‗yli yoki sudralib o‗suvchi o‗simliklar, masalan, brusnika,
tolokyanka, tog‗jambul kabilar hosildorligini aniqlashda ishlash qulay hisoblanadi.
Proektiv qoplanganlikni baholash faqat shu usul bilan hosildorligini aniqlashdagina
emas, balki o‗simlik o‗sadigan joyni ta‘riflash uchun ham zarurdir. Bu holda proektiv
qoplanganlikni aniqrok bo‗lmasa ham bari bir engilrok usullar bilan, masalan Ramenskiy
turi yoki ko‗z bilan chamalab aniklanadi.
Eng oddiy, lekin eng noanik usul - proektiv qoplanganlikni ko‗z bilan chamalab
aniqlashdir. Uni har bir hisoblash maydonchasi o‗simliklar bir-biriga zich o‗sganda
maydonning kancha qismidan yuqoridan band qilishni chamalab qaraganda baholanadi.
Bu usulda tadqiqotchilargina etarli mahoratga erishgach foydalanishlari mumkin. Ko‗z
bilan chamalash mashqini tur va Ramenskiy turi yordamida olib boriladi. Tadqiqotchi
proektiv qoplanganlik va hosildorlik o‗rtasidagi bog‗lik to‗g‗risida katta amaliy
ma‘lumotlarga ega bo‗lganda, kelgusi ishlarni engillashtirish uchun regression taxlil
usullarini qo‗llab, hisoblash jadvallarini tuzib olish mumkin.
Misol. Ekspluatatsion zahirani hisoblash uchun o‗simlik o‗sadigan 2ga maydonda
1% qoplanganlik "baho"si aniqlanadi, buning uchun har bir maydondan 1dm
2
joydan
xom ashyo yigiladi va tortiladi. Massa ogirligi 25, 22, 21, 27, 29, 18. 15, 24, 20, 9, 24,
12, 18. 14, 16
O‗rtacha arifmetikani quyidagi formula bo‗yicha hisoblaymiz:
Σ Mp 294
M =------- ; M=------=19,6
p 15
o‗rtacha arifmetik hatolikni aniqlash uchun, dispersiyani (S)
(ΣMn)
2
S = ΣM p
2
-
----------
p
va kvadratik og‗ishni ( σ)
s
σ=√-----;
p-1
41
hisoblash zarur
(294) 86436
S=6222- ------ = 6222- --------=6222-5762=460
15 15
466
σ=√------ = √ 32,8 = 5,2
14
Hatolikni (m) quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi:
σ 5,2
m = -------; m = ----- =1,4 M1+ m 1=19,6+1,4
√ p √ 15
Ushbu maydonda o‗rtacha proektiv qoplanganlikni aniqlaymiz, bunda 15, 10, 12,
19, 16, 10,15, 10 12, 16, 12, 21, 16, 12, 15 ga teng bo‗ladi. O‗rtacha arifmetikni
quyidagi formula bo‗yicha aniqlaymiz.
Σ Mp 211
M =------- ; M=------=14;
p 15
(ΣMn
2
) (211)
2
S = ΣM p
2
- ---------; S= 3121- ------= 193;
p 15
s 193
σ=√-----; σ=√-----=3,7
p-1 14
σ 3,7
m = -------; m = ----- =1,03 M
2
+ m
2
=14+1,03;
√ p √ 15
Hosildorlikni hisoblaymiz:
M
l
x M
2
= 19,6 x 14=274,4
m
l
x m
2
formula bo‗yicha (M
1
x m
1
)
2
+ (M
1
x m
2
)
2
;
42
m
2, l
= √(14x1,4)
2
+(19,6x1,03)
2
= √ 788= 28,15;
SHunday qilib, 2ga maydonda hosildorlik 274+28,15 ni tashkil etadi. Hosildorlikni
(eng pastki chegarasi) o‗simlik o‗sadigan maydon yuzasiga ko‗paytirib, ekspluatatsion
zahirani hisoblab chiqamiz:
(274-2 x 28,15) x ...00=4354000 g =4354kg
4354kg xo‗l xom ashyo
Xo‗l xom ashyodan quruq xom ashyo chiqimi 50% ni tashkil etadi. SHunday qilib
o‗simlik o‗sadigan maydonda xom ashyoning ekspluatatsion zapasi 2177kg ga teng.
KARTOGRAFIK MATERIALLAR
Mahsulot tayyorlashni uyushtirish va amalga oshirish uchun mahsulotni sanoat
miqiyosida tayyorlash mumkin bo‗lgan miqdor - ekspluatatsion zapas haqidagi
ma‘lumotlar sxematik kartalarda aks ettiradi. Bunday kartalar dala sharoitlarida ish olib
borganda foydalaniladi va qo‗yidagi kartografik materiallar asosida tuzilishi mumkin.
Topografik yirik masshtabli, geobotanik, er tuzilishini aks ettiruvchi kartalar,
o‗rmonlarning joylashishi planlari o‗rmon ho‗jaligi sxemalari, o‗rta va mayda masshtabli
adminstrativ kartalar.
Har bir kartalar turi va masshtabiga ko‗ra turli maqsadlar uchun hizmat qiladi.
Yirik masshtabli sxematik kartalar va planlar (1:25000; 1:1000) rayon miqyosidagi
o‗simlik o‗sadigan maydonlar joylashishini aks ettiradi. Bu kartalarni rayon mikyosida
mahsulot tayyorlashda, mahsulot yig‗uvchilarni marshrut yo‗llarini, belgilab chiqishda,
xhsildor joylarni qidirib topishda, shuningdek tayyorlashda uzoq muddatga mo‗ljallab
karta-sxemalar tuzishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‗rta masshtabli sxematik kartalar (1: 600000), viloyat va o‗lka administrativ
(kartalarning) kartografiyasi asosida tuzilgan bo‗lib, mahsulot tayyorlashni alohida
rayonlar va viloyatlar, o‗lka, Avtonom respublikalari buyicha planlashtirishda
foydalanish imkonini beradi.
Tayyorlashni rayonlashtiruvchi mayda masshtabli (1:1000000;
1:25000000) kartalar maxsulot tayyorlashni viloyat, o‗lka va avtonom respublikalar
bo‗yicha planli taqsimlashga, shuningdek rayonlarni ma‘lum bir tur uchun dorivor
o‗simlik mahsuloti tayyorlashga ixtisoslashtirishga mo‗ljallanadi.
HAR YILGI TAYYORLOV XAJMINI HISOBLASH
Xom ashyoning ekspluatatsion zahirasi - bu o‗simlik o‗sadigan maydondan bir
marta yig‗ilganda qancha xom ashyo yig‗ish mumkinligini ko‗rsatadi.
Faqat xom ashyo sifatida mevasi ishlatiladigan dorivor o‗simliklarningina o‗sha
joyining o‗zidan qayta yig‗ish mumkin ekanligi isbotlangan.
43
Bunday xollarda ekspluatatsion zahiralarning yig‗indisi barcha o‗simliklar
yig‗iladigan maydondan har yilgi tayyorlash mumkin bo‗lgan hajimga teng bo‗ladi.
Boshqa xollarda, har yilgi yig‗ish mumkin bo‗lgan hajmni hisoblash uchun,
tayyorlashdan so‗ng o‗simliklarning yana necha yildan keyin xom ashyo o‗zining
boshlang‗ich zahirasiga tenlanishini bilish zarur.
Hozirgi vaqtda faqat 28 tur o‗simliknigina qayta tiklanish muddati tajriba
ma‘lumotlari asosida aniqlangan. Qolgan turlar uchun bu davrning davom etish
belgilanmagan va fakat tayyorlash davrini taxminan quyidagicha ko‗rsatish mumkin:
- gul tuplamlari va er ustki qismi (bir yillik o‗t o‗simliklar) bir yilda 1 marta:
- er ustki qismlari ko‗p yillik o‗t o‗simliklar uchun 4-6 yilda 1 marta: kupchilik
o‗simliklarning er ostki qismlari uchun 15-20 yilda kamida 1 marta.
Xom ashyoning yillik tayyorlash hajmi o‗simlik ekspluatatsion zahirasining
tayyorlov davriga nisbati bilan aniqlanadi. Tayyorlov davri o‗simlikni yig‗ilgan yili va
uning qayta tiklanish muddatini o‗z ichiga oladi. Masalan, agar tog‗rayhonning
ekspluatatsion zahirasi 200 kg ni tashkil etsa, u 4 yilda qayta tiklanadi. bunda shu
rayhonning har yilgi tayyorlash mumkin bo‗lgan hajm 40 kg dan oshmasligi kerak.
XISOBOT TUZISH
Hisobot, o‗zida metodikani tug‗riligini baholash uchun zarur bo‗lgan kerakli
malumotlarni, bajarilgan ishni aniq va to‗g‗riligini, shuningdek bajarilgan ish natijalari
tug‗risidagi ahborotlarni to‗liq va har tomonlama bo‗lishini, bu esa foydalanishga qulay
ekanligini o‗zida mujassamlashtirishi lozim. Hisobot quyidagilarni o‗z ichiga olishi
kerak:
1. Ishga ta‘luqli masalalarni, lozim bo‗lgan rayonlar ro‗yxatini. zahirasini
o‗rganish kerak bo‗lgan dorivor o‗simliklar turini, shuningdek amalga
oshiriladigan ishning kelishilgan bahosini.
2. O‗rganiladigan rayon hakida qisqacha ma‘lumot; bunda rayonning asosiy
yo‗llari; o‗rmon (qaysi o‗rmon turi ko‗rsatiladi), qishloq xo‗jalik erlari va
o‗tloq- yaylovlar egallab to‗rgan maydonning protsentli ifodasi ko‗rsatiladi va
hokazo.
3. Ishning to‗liq uslubi qo‗yidagilar hisobga olgan xolda ko‗rsatiladi:
- qanday kartografik yo‗llanma qo‗llanmalaridan foydalaniladi va nima
uchun?
- xom ashyo zahirasini qanday usullar bilan (baholanadi) aniqlanadi
(o‗simliklarning qaysi turlari o‗rganiladi, qaysilari aniq maydonlarni belgilash usuli
bilan)?
- aniq maydonlar uchun joy qanday tanlanishi; ularning soni va ular
egallagan maydon butun territoriyaning necha foizini tashkil qilishini;
- aniqlash maydonlaridan olingan natijalar ekstropolyasiyasi qanday olib boriladi?
Bundan tashqari, har bir turning hosildorligini aniqlovchi uslubni keltirish,
ya‘ni qo‗yidagilarni ko‗rsatish lozim;
44
- hisoblash maydonchalarida qanday turlarga baho beriladi (ular soni,
o‗lchamlari, tanlash usuli);
- qaysilari - proektiv qoplanish usulida olingan maydonlarda;
- qaysilari - namunaviy nushalar usulida (har bir turning namunaviy nushalar
soni, ular sonini maydon birligida aniqlash usuli);
himoyaviy taxlil o‗tkazilganda - qanday usullardan foydalaniladi?
ADABIYOTLAR
1.Ibragimov A.YA. Izuchenie resursov lekarstvennыx rasteniy Uzbekistana,
ratsionalnogo ispolzovaniya ix i kultivirovaniya nekotorыx vidov. Dissertatsiya
v forme nauchnogo doklada na soiskanie uchyonoy stepeni doktora
farmatsevticheskix nauk, Moskva, 1992.
2.Atlas arealov i resursov lekarstvennыx rasteniy SSSR GUGK. 1976 g.S. 340.
3.CHikov P.S. Pavlov M.I. "Nauka i lekarstvennыe rasteniya" M.,Znanie 1977g.
4.Tursunov X. "Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish". Uzbekiston
nashriyoti, Toshkent, 1977y.
5.SHodimetov YU. SH. "Oxrana okrujayuщny sredы vajnыy faktor ukrepleniya
zdorovya", Toshkent, Meditsina 1986.
Artimanov M.I. "Rasteniya i chistota prirodnoy sredы". M. 1986g., s. 6-37
Xolmatov X.X.. Axmedov U.A. Farmakognoziya, Ibn Sino nomidagi NMB,
Toshkent, 1995y.
Krasnaya kniga UzSSR, T.II. Tashkent, 1984g.
SHreter A.I., Krыlova I.D., Borisova N.A. i dr. Metodika opredeleniya zapasov
lekarstvennыx rasteniy. Moskva, 1984g
Krыmova N.A. Sposobы opredeleniya srokov vosstanovleniya zapasov sыrya
lek.rasteniy. Rastitelnыe resursы, 1981g.
Pravila sbora i sushki lekarstvennыx rasteniy (sbornik instruksiy) Meditsina
Moskva. 1985g, str.323
9-10-Ma‟ruza
Mavzu: Dorivor o„simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari
Mavzu 4 soatga mo„ljallangan.
Ma‟ruza rejasi:
1.Dorivor o‗simliklar xom ashyosini tayyorlash ishini uyushtirish.
2.Dorivor o‗simliklar xom ashyosini yig‗ish.
3.Yig‗ilgan xom ashyoni quritish.
45
4.Yig‗ilgan xom ashyoni standart holga keltirish.
5.Xom ashyoni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6.Xom ashyolarni transport vositalari bilan jo‗natish.
7.Xom ashyoni saqlash.
Tayanch iboralar: dorivor o‗simliklar xom ashyosini tayyorlash, quritish, standart
xoliga keltirish, qadoqlash ,asosiy dorivor o‗simliklar ro‗yxati.
O‗zbekiston tibbiyotida qo‗llaniladigan dorivor vositalarning 38-40% ini
o‗simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba‘zi og‗ir kasalliklarni davolashda
ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak glikozidlar, qator
alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol
moddalar) shu vaqtgacha sintez yo‗li bilan olib bo‗lmadi. Ularni olish manbai hozircha
faqat o‗simliklar bo‗lib qolmoqda.
Farmatsevtika sanoati va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har yili katta
miqdorda dorivor o‗simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar asosan yovvoyi holda
o‗sadigan dorivor o‗simliklardan yig‗iladi. Yil sayin dorivor o‗simliklar mahsulotiga
bo‗lgan talab oshmoqda. SHuning uchun tayyorlanadigan mahsulotning miqdori ham
oshmoqda.
YOvvoyi holda o‗sadigan dorivor o‗simliklarning zahirasi har qancha ko‗p
bo‗lmasin, yildan-yilga ko‗payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda
tabiiy sharoitda o‗sadigan o‗simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig‗ishni to‗g‗ri
uyushtirilishi kerak hamda mahsulotlarning tayyorlashni ilmiy asoslangan qat‘iy rejaga
rioya qilingan holda olib borish zarurdir.
Dorivor o‗simliklarni tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Dorivor o‗simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish.
2. Mahsulotni yig‗ish.
3. Yig‗ilgan mahsulotni quritish.
4. Yig‗ilgan mahsulotni standart holiga keltirish.
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo‗natish.
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash.
46
Dorivor o‗simliklarni tayyorlashni o‗z vaqtida to‗g‗ri uyushtirish juda katta
ahamiyatga ega. Dorivor o‗simliklarni tayyorlashni uyushtirishda quyidagilar bajariladi
va tashkil qilinadi:
- ma‘lum tuman buyicha dorivor o‗simliklarning tayyorlash rejasini bilish va uni
tumanda yig‗ish mumkin bo‗lgan dorivor mahsulot miqdoriga solishtirgan holda
aniqlash;
- ro‗znoma va radio orqali xalq o‗rtasida qanday dorivor o‗simliklar qachon,
qanday qilib, qaerda yig‗ilishi, quritilishi, sotib olish bahosi hamda qaerda topshirilishi
lozimligi to‗g‗risida to‗liq axborot beradigan tegishli tushuntirish ishini olib borish;
- xuddi shu ko‗rsatilgan masalalarni to‗liq aks ettiradigan varaqalar chop ettirish va
uni aholi ko‗p yig‗iladigan, hammaga yaxshi ko‗rinadigan erlarga osib qo‗yish;
- dorixona qoshida dorivor o‗simliklar tayyorlovchilar uchun qisqa muddatli o‗qish
(tushuntirish) ni tashkil etish;
- dorivor o‗simliklar ko‗p o‗sadigan joyini va zahirasini aniqlash;
- dorivor mahsulotni yig‗iladigan erni aniqlash; dorivor mahsulot yig‗iladigan joyni
tanlaganda iloji boricha transport vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan
erdan olis bo‗lmasligini hisobga olish kerak. CHunki dorivor mahsulotlarni yig‗ishga
ishdan bo‗sh bo‗lgan erli aholi, maktab o‗quvchilari va pensionerlar jalb etiladi;
- dorivor mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish;
- yig‗ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan joyda quritishni tashkil qilish. Agarda
mahsulotni yig‗ilgan joyida quritishni iloji bo‗lmasa, u holda uni zudlik bilan
quritiladigan erga transport vositasida etkazish va quritishni tashkil etish.
Dorivor o‗simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli, vakolatli tashkilotlar
tasdiqlagan qat‘iy reja bo‗yicha olib boriladi. Bu ishni rejalashda dorivor o‗simliklarni
tabiiy o‗sish joyida yo‗q bo‗lib ketmasligini va ularni muhofaza qilishning boshqa
tadbirlari hisobga olingan bo‗lishi kerak:
- rejalangan miqdordan ortiqcha tayyorlamaslik;
- dorivor o‗simlik mahsulotini faqat ko‗rsatilgan va rejalangan daladan yig‗ish
hamda yig‗iladigan dalani har yili qoidaga binoan almashtirib turish;
- dorivor mahsulotni yig‗ish rejasi uni ekspluatatsian zahirasidan ortiqcha
bo‗lmasligiga rioya qilish;
- ko‗p yillik o‗tli o‗simliklarning dorivor mahsulot sifatida uning er ustki qismidan
foydalaniladigan bo‗lsa, uni ildizi bilan sug‗urib olmaslik, ya‘ni bu dorivor o‗simlikni
tabiiy sharoitda yuq bo‗lib ketishining oldini olish va boshqalar.
Dorivor o‗simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda o‗stirish bilan quyidagi
idoralar shug‗ullanadi:
O‗zbekiston respublika mahkamasi - «O‗zbekbirlashuv»ning yovvoyi holda
o‗sadigan o‗simliklar mahsuloti tayyorlavchi Bosh boshqarmasi respublikada dorivor
o‗simliklar mahsulotlarini tayyorlash ishlarini rejalaydi, dorivor mahsulot miqdorini va
yig‗iladigan dalalarni aniqlaydi hamda rahbarlik qiladi.
«Dori-darmon» davlat aksiyanerlik jamiyati har yili 21 tur dorivor o‗simliklardan
60-70 tonnaga yaqin miqdorda mahsulotlar tayyorlaydi. Jumladan, dalachoy, achchiq
47
shuvoq, bo‗ymodaron, zubturum, oqqaldirmoq, gazanda, dala qirqbo‗g‗imi, mayda gulli
tog‗rayxon, makkajo‗hori onalik ustunchasi, na‘matak mevasi va boshqalar.
Dorivor o‗simliklarni yig‗ish bilan yana qishloq xo‗jalik vazirligi O‗rmon xo‗jaligi
qo‗mitasiga tegishli ―SHifobaxsh‖ ICHB va boshqa tashkilotlar. Bu idoralar o‗zlariga
biriktirilgan xududlarda o‗sadigan dorivor o‗simlik mahsulotlarini yig‗adi va tegishli
korxonalarga topshiradi.
Dorivor o‗simliklarning xom ashyo qismlarini yig‗ish ularda tasir etuvchi
moddalarning eng ko‗p miqdorda to‗plagan davrida olib boriladi. O‗sishikni
rivojlanish (ontogenez) jaraenida o‗rganish natijasida uning tarkibidagi biologik faol
moddalarning zng ko‗p miqdorda to‗planishiga qarab, xom ashyoni optimal yig‗ish
muddati belgilanadi. Dorivor xom ashyoni yig‗ish muddati taqvim davrlarda
ifodalansada, lekin ular fakat umumiy yo‗llanma sifatida keltiriladi. Ba‘zan ularni
yig‗ib rivojlanish fazasi bilan tug‗ri kelmasligi xam mumkin. O‗simliklar rivojlanishi bir
necha faktorlarga bog‗lik: o‗simlik o‗sadigan geografik zonaga, o‗simliklarning o‗ziga
xos xususiyatlariga, yilning materiologik sharoitiga, tuprok sharoitiga va bosh-kalar.
Masalan, chuchukmiya ildizini tayerlash Uralda may oyidan oktyabrgacha, Dog‗istonda
martdan iyungacha, Turkistonda oktyabrdan ap-relgacha va x.k. muddatlarda olib
boriladi.
SHuning uchun yig‗ish davrini aniq belgilashda (tashqi belgilarga qarab)
rivojlanish fazalarini nazarga olish kerak. Bu fazalar ayrim o‗simlik turlari uchun bir
xil bo‗lmay, uni belgilash o‗simlikning turli organlarida biologik faol moddalarning
maksimal miqdorda to‗planishiga bogliq. Ba‘zi o‗simlik vakillarining alohida kismlari
yig‗iladi, o‗simlikni xom ashyo qismi yig‗ilganda, iloji boricha kerak bo‗lmagan qismlari
kam aralashgan, begona o‗simliklar umuman aralashmagan xolda, to‗g‗ri yig‗ilishi
kerak. Xom ashyoni aloxida turlari kunning xar xil soatlarida yig‗ilishi mumkin. Asosan
ochiq xavoda, kunduzgi soatlarda xom ashyoki yig‗ish kulay. Xom ashyoni erta
saxarlab yoki kuyosh botgandan so‗ng, ya‘ni o‗simlikda shudring bo‗lgan vaqtda
yig‗ish tavsiya etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |