Adabiyotlar
1.Atlas arealov i resursov lekarstvennыx rasteniy.- Moskva. 1976. - s.127, 249.
2.Berejinskaya V.V., Zemlinskiy S.E., Kushke E.E., Muraveva V.I. va
Satsыperov F.A. Belladonna. Medgiz – Moskva, 1953. - 115 s.
3.Vulf E.V., Lyubimenko V.N., Plotnitskiy G.A., Albrext E.A. Belladonna Atropa
belladonna L. Eyo rasprostranenie i kultura v Krыmu.- YAlta. 1917. - 46 s.
4.Gaevskaya O.A. Issledovanie travы krasavki kak istochnika promыshlennogo
polucheniya alkaloidov. Avtoref. dis. na soisk. uch. step. kand. farmats. nauk. / VNII
lekarstv i arom. rast. RASXN. – Moskva, 2004. – 21 s.
5.Gammerman A.F. Issledovaniya listev krasavki, vыrashshennыx na uchastke
lekarstvennыx rasteniy Glavnogo botanicheskogo sada. // Vestnik farmatsii. – M.: 1928.
- №6.
6. Dusmuratova F.M., Tuxtaev B.E. Introduksiya i metodы vozdelыvaniya Atropa
belladonna L. // Uzbekskiy biologicheskiy jurnal. – Tashkent, izd. Fan Akademii nauk
RUz. 2007. – S. 57-60.
7.Dusmuratova F.M. Atropa belladonna ning biomorfologik xususiyatlari.
//Sovremennыe problemы strukturnoy botaniki. Materialы respublikanskoy nauchnoy
konferensii. – Tashkent, 2010. – S. 39-41.
68
8. Dusmuratova F.M.,Tuxtaev B.E. Atropa belladonna L. ning introduksiya
sharoitida o‗stirilishi.// Xorazm Ma‘mun Akademiyasining 1000 yilligiga bag‗ishlangan
yosh olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyasi, Xiva2006.b. 214-215
9.Dusmuratova F.M. Rost i razvitiya Atropa belladonna L. v usloviya Uzbekistan.
//Biologiya Nauka XXI veka. 13-ya Puщinskaya mejdunarodnaya shkola-konferensiya
molodыx uchuennыx. 28 sentyabr-2 oktyabr. Puщina 2009. s.227-228
10.Zemlinskiy S.E. Lekarstvennыy rasteniya SSSR. Moskva, Medgiz. 1958. S. 14,
79-82.
11.Flora SSSR. T. XII. Izd. Akademii Nauk SSSR. -Moskva,1955.Leningrad.
12.Sidelnikov N.I. Izuchenie biologicheskix osobennostey Atropa
belladonna L s selyu vvedeniya kulturu v Sentralno-CHernozemnom
regione Rossii. Avtoref. dis. … kan.biol.nauk. - Moskva. 2007. - s.18.
13.Xodjaev K.X., Xolmatov X.X. Kultura lekarstvennыx rasteniy v
Uzbekistane.// Nauka -T.1965. s.21-23.
13-14-Ma‟ruza
Mavzu: Tabiiy sharoitda yo„qolib ketish xavfi bo„lgan va kamayib ketayotgan
noyob dorivor o„simliklar, ularni madaniylashtirish muammolari
Mavzu 4 soatga mo„ljallangan.
Ma‟ruza rejasi:
1.O‗simliklarning kimyoviy tarkibini o‗zgaruvchanligi va ularning omillari.
2.Dorivor o‗simliklarni birlamchi introduksiyasi (madaniylashtirish) va samarali
madaniylashtirishda ekologik faktorlarni ahamiyati.
3.O‗zbekiston dorivor o‗simliklarini madaniylashtirish.
4.Botanika bog‗ida introduksiya qilingan dorivor o‗simliklar.
5.O‗rta Osiyo tabiiy florasi o‗simliklarni O‗zR FA Botanika bog‗ida, introduksiya
qilish nuqtai nazaridan o‗rganishdagi ayrim uslubiy masalalar.
Tayanch iboralar: yo‗qolib ketish xavfi bo‗lgan va kamayib ketayotgan noyob
dorivor o‗simliklar, madaniylashtirish muammolari, birlamchi introduksiyasi, kimyoviy
tarkibini o‗zgaruvchanligi.
O‗zbekiston florasida manbalarga qaraganda 4200 dan ortiq gullaydigan
o‗simliklar borligi takidlanadi. Ushbu o‗simliklardan 577 turi dorivor hisoblanadi. Bu
juda yaxshi ko‗rsatgich. Ammo bu ma‘lumotlar eskirgan bo‗lib, hozirgi vaqtga kelib
ularni zahirasi juda kamayib ketgan. Sanoat miqyosida tayyorlashni iloji deyarli
qolmagan. CHunki bu ma‘lumotlar to‗plangan vaqtdan 50-60 yillar o‗tib ketdi. O‗sha
vaqtda O‗zbekiston aholisi 10 mln ga etmas edi. O‗zbekistonda er maydonini ko‗p qismi
xali o‗zlashtirilmagan bo‗lib, asosiy qishloq xo‗jalik ekini hisoblangan paxta maydoni
ko‗p paxta egallagan. Hosil esa 1,5 mln tonna atrofida edi. Oradan 10-15 yillar o‗tar-
69
o‗tmas joy egallagan edt. Keyinchalik paxta maydonlari haddan tashqari kengaytirildi,
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo (Mirzacho‗l)larni o‗zlashtirilmagan erlari o‗zlashtirib, faqat
paxta ekiladigan maydonlarga aylantirildi. Joylardagi barcha yovvoyi holda o‗sadigan
o‗simliklar, hatto ekin maydonlari ham yo‗q qilindi. Paxta etishtirish uchun hamma
narsadan voz kechildi. Paxta hosili 5-6 mln tonnaga etkazildi. Aholi soni ham borgan
sari ortib boraverdi va 20 mln dan ortib ketdi. YAngi shahar, qishloqlar, aholi
yashaydigan joylar paydo bo‗ldi. Juda katta maydonlarda texnika ishlari olib borildi,
yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari o‗tkazildi, kanallar qazildi, yo‗llar qurildi. Bu olib
borilgan barcha ishlar Ittifoq buyurtmasi asosida, ekologiyani buzilishini hisobga
olinmagan holda olib borildi. Uning ustiga barcha paxta maydonlarida aviatsiya orqali
sepiladigan gerbitsidlar, pestitsidlar, defoliantlar va boshqalarni qo‗llash oqibatida
barcha hududlardagi normal ekologik sharoit izdan chiqdi, o‗simlik va hayvonot olamiga
katta talofat etkazildi. Ammo sog‗liqni saqlash tizimi uchun, aholi salomatligi uchun
dorivor o‗simliklar zaruriyati har doim ham dolzarb bo‗lgan ayrim o‗simlik dolzarb
masala bo‗lib qolaverdi.
Jadval 1
O„zbekistonda tayyorlanadigan va tayyorlanishi zarur bo„lgan dorivor
o„simliklar ro„yxati
№
O‗simlikning nomi
Yig‗iladigan qismi
Anjir
bargi
Arslonquyruq
er ustki qismi
Bangidevona
bargi
Bozulbang
er ustki qismi
Bo‗ymadaron
er ustki qismi
Gazanda
bargi
Dalachoy
er ustki qismi
Er qalampir (xren)
ildizi
Etmak
ildizi
Jo‗ka
guli
Zirai karmon
mevasi
Zig‗ir
urug‗i
Igir
ildizi
Isiriq
er ustki qismi
Itsigak
er ustki qismi
Ittikanak
er ustki qismi
Kanakunjut
urug‗i
Kashnich
mevasi
Kelintili
(shaftoli
bargli
taron)
er ustki qismi
Kovrak
ildizi, er ustki qismi
Kungaboqar
mevasi
70
Ko‗ka
bargi
Limono‗t
er ustki qismi, bargi
Maymunjon
mevasi
Na‘matak
mevasi
Omon qora
piyozboshchisi, bargi
Otquloq
ildizi
Achambiti (jag‗-jag‗)
er ustki qismi
Oqquray
ildizi va mevasi
Ro‗yan
ildizpoyasi bilan ildizi
Sano
bargi va mevasi
Sarimsoq
piyozboshchisi
Sedana
urug‗i
Soxtakashtan
mevasi,
bargi,
po‗stlog‗i
Suvqalampir (achchiq toron)
er ustki qismi
Temirtikan
er ustki qismi
Termopsis (ketma-ket gulli)
er ustki qismi
Tirnoqgul
guli
Tog‗jumrut
mevasi
Tog‗rayhon
er ustki qismi
Turkiston adonisi
er ustki qismi
Tuxumak (yapon saforasi)
g‗unchasi
Ukrop (bodiyon, shivit)
mevasi
Xantal
urug‗i
CHakanda
mevasi
CHerkez
er ustki qismi
CHilonjiyda (unabi)
bargi
CHuchukmiya (qizilmiya)
ildizi
Ermon (achchiq shuvoq)
er ustki qismi
Efedra (tog‗)
er ustki qismi
YAlpiz (Osiyo)
bargi
Qalampir
mevasi
Qashqarbeda
er ustki qismi
Qiziltasma (qush toron)
er ustki qismi
Qirqbo‗g‗im
er ustki qismi
Qovoq (o‗ris)
urug‗i
Qora andiz
ildizi
Qora zira
urug‗i
Qora smorodina
mevasi
Qora zirq
mevasi
Qoqi (oduvanchik)
ildizi
Parpi
tugunagi
71
Bo‗rigul
er ustki qismi
Tubulg‗ibargli bo‗ymadaron
guli
Hozirgi vaqtda dorixonalarga quyidagi dorivor o‗simlik mahsulotlari etkazilib
berilmoqda (jadval 2).
Dorixonalarda sotilayotgan dorivor o„simlik mahsulotlari
Jadval 2
Arslonquyruq er
ustki qismi
Ortosifon bargi
Archa qubbasi
Achambiti (jag‗-jag‗) er ustki
qismi
Bozulbang guli
Rovoch ildizi
Bo‗znoch guli
Sano bargi
Bo‗ymadaron er
ustki qismi
Suvqalampir er ustki qismi
Valeriana
ildizpoyasi va ildizi
Tirnoqgul guli
Gazanda
(chayono‗t) bargi
Tog‗rayhon er ustki qismi
Dalachoy er ustki
qismi
Qalampir yalpiz bargi
Dastarbosh guli
Qirqbo‗g‗im er ustki qismi
Darmana guli
Qovoq urug‗i
Dorivor mavrak
bargi
Qora andiz ildizi
Dub daraxti
po‗stlog‗i
Qora zira mevasi
Do‗lana mevasi
va guli
Qushtaron er ustki qismi
Zig‗ir urug‗i
Makkajo‗xori gulining onalik
ustunchasi
Zubturum bargi
Moychechak guli
Levzeya
ildizpoyasi bilan ildizi
Na‘matak mevasi
Lipa darxti guli
Shu kunlarda tayyorlanayotgan ayrim dorivor o‗simlik mahsulotlri ro‗yxati
Jadval 3
Makkajo‗xori
gulining
onalik ustunchasi
Anjir bargi
Na‘matak mevasi
Achchiqtoron (suv qalampir) er
ustki qismi
72
Achambiti (jag‗-jag‗) er
ustki qismi
Bozulbang guli
Tog‗rayhon er ustki qismi
Bo‗ymadaron er ustki qismi
Ermon er ustki qismi
Dalachoy er ustki qismi
Efedra (qizilcha) er ustki
qismi
Zubturum bargi
Qizilmiya ildizi
Kelin tili (shaftoli bargli toron)
er ustki qismi
Qirqbo‗g‗im er ustki
qismi
Ko‗ka bargi
Qora andiz ildizi
Yuqoridagi jadval 1,2,3 lardagi ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki, amaliy tibbiyot
uchun zarur bo‗lgan dorivor o‗simliklar ro‗yxati talaygina bo‗lishiga qaramasdan
dorixonalarda juda kam dorivor o‗simlik mahsulotlari muomalada ekanligi ma‘lum
bo‗ldi. Ayniqsa shu kunlarda tayyorlanayotgan dorivor o‗simlik mahsulotlari (jadval 3)
talabga mutlaqo javob bermaydi.
Respublika Sog‗liqni saqlash tizimini dorivor o‗simlik mahsulotlariga bo‗lgan
ehtiyojini to‗laroq qondirishni asosiy yo‗llaridan biri, jadval 1 da keltirilgan va boshqa
shularga o‗xshash noyob o‗simliklarni introduksiya qilish, madaniylashtirish ishlarini
rivojlantirish orqali erishish mumkin.
O‗simliklarning foydali ekanligi ko‗p jihatdan ularning kimyoviy tarkibiga bog‗liq,
dorivor o‗simliklarda esa biologik faol moddalar (BFM) kompleksi asosiy o‗rinni
egallaydi. BFMni hosil bo‗lishi va to‗planishi dinamik jarayon bo‗lib, ontogenezda (yoki
o‗simlikning o‗sish sikli) bilan belgilanadi hamda tashqi muhit omillariga (faktor)
bog‗liq. Farmatsevtlar bu jarayonni bilishlari zarur, chunki BFM to‗planishi bilmiga
asoslangan holda, dorivor o‗simlik mahsulotlarini sifatiga qo‗yilgan asosiy talablarga
javob beruvchi dorivor o‗simlik mahsulotlarni yig‗ish, quritish va saqlash qoidalarini
ishlab chiqiladi. YOvvoyi holda o‗suvchi dorivor o‗simliklarni (DO‗) ekologik o‗ziga
xosligini bilish ham, zarur bo‗lib, bu bilimlarsiz (DO‗) larni madaniylashtirish mumkin
emas.
O‗simliklarni tarkibidagi modda almashinuvi va tashqi sharoit o‗rtasida bog‗liqligi
aniq. Bu joyda o‗simliklarni nafas olishi va fotosinteziga to‗xtalmaydi, chunki bu
o‗simliklarni fiziologiyasi faniga tegishlidir. Bu uchun esa ikkilamchi metabolitlar
hisoblangan (BFM) hosil bo‗lish yo‗lini bilish, aniqlash muhimdir.
Ekologik faktorlarni ko‗p qirrali va kompleks bo‗lishiga qaramasdan, qator
hollarda o‗simlikni kimyoviy tarkibiga ta‘sir qiluvchi asosiylarini aniqlanadi. Masalan, u
yoki bu o‗simlik tarkibidagi ikkilamchi metabolitlarni tarkibi va miqdorini har xil
geografik mintaqalardagilarni taqqoslab, geografik faktorlar to‗g‗g‗risida fikr yuritish
mumkin, vaholanki bu faktor geografik kenglik, iqlim, erning mineral tarkibi, yorug‗lik
sharoitlari bilan uzviy bog‗liq. Misol tarqasida O‗zbekistonda o‗smaydigan, Rossiyada
keng tarqalgan, ilmiy tibbiyotda qo‗llaniladigan Botqoq ledumi o‗simligini keltiramiz
(sababi, O‗zbekistonda shunday o‗rganilgan o‗simlik yo‗q).
73
Botqoq ledumi tarkibidagi efir moyini o‗rganishda, u o‗sadigan 3 ta geografik
tuman (rayon)ga ajratildi: shimoliy, o‗rta va janubiy (jadval 4).
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki botqoq ledumi barglaridagi efir moyi miqdoriga
geografik faktor aniq ta‘sir qiladi: efir moyi o‗rta rayonda o‗suvchi botqoq ledum
tarkibida maksimal to‗planar ekan. SHu bilan parallel yorug‗lik va erning kislotali
muhitini ham ta‘siri o‗rganiladi. Kimyoviy tarkibini o‗zgaruvchanligi bunda
murakkabroq ketishi aniqlandi. Demak turli rayonlarda o‗suvchi o‗simlikning optimal
(mo‗‗tadil) efir moyini to‗planishiga o‗sadigan joyi va yorug‗lik sharoitlari ko‗p ta‘sir
o‗tkazar ekan. Masalan, janubda baland daraxtlar bor o‗rmonlarda, o‗rta rayonlar esa
ochiq joylar, va shimoldagi o‗rmonlarda (yorug‗lik 30% tashkil qiladi). Bunday
tekshirishlar, sifatli mahsulotni tayyorlash uchun katta hamiyatga ega. Tajribada
Rossiyani shimoliy-g‗arbiy qismini ochiq yorug‗lik joylaridan botqoq ledumi bargini
yig‗ish mumkin. Janubiyroq rayonlardan (soya joylarda) yig‗ilgan mahsulot tarkibida
efir moyi kam saqlanishi aniqlandi. So‗ngi tundra o‗rmonlaridagi botqoq ledumi bargi
tarkibidagi efir moyi juda kam (minimum)ligi aniqlandi.
Jadval 4
O„simliklarni turli geografik (zonalarda) rayonlarda o„suvchi botqoq ledumini
tarkibidagi efir moylarini miqdori
O‗simliklarni zona va rayonlari
Efir
moyi
miqdori
Tundra o‗rmonlari
SHimoliy taygani ninabargli o‗rmonlari
O‗rta taygani o‗rmonlari
Janubiy taygani ninabargli o‗rmonlari
Kengbargli ninabargli tayga o‗rmonlari
Kengbargli o‗rmonlar
SHimoliy rayon (60
o
shimoliy kenglik)
O‗rta rayon (56
o
-60
o
shimoliy kenglik)
Janubiy rayon (56
o
dan janubdagi)
0,52
0,95
1,90
1,61
1,50
1,18
1,17
1,61
1,25
Ma‘lumki ko‗plab dorivor o‗simliklardagi kimyoviy tarkib o‗zgaruvchanligi, bir
arealni har xil joylarida ham kuzatiladi. U o‗simliklarni morfologik belgilarida farq
sezilmaydi. Bunday hollarda ―Xemoras‖ tushunchasi, ya‘ni bir xil o‗simlikni, bir joyda
guruh bo‗lib o‗sadiganlarini aniq areali bo‗lib, ularni kimyoviy tarkibi boshqacha
bo‗lishi bilan farqlanadi. Bir areal ichida o‗suvchi botqoq ledumini 3 ta xemorasga
(1,2,3) bo‗linishi mumkin, ular bir-biridan efir moyini miqdori va undagi ledolni miqdori
bo‗yicha farq qiladi (jadval 5).
Jadvaldagi 1 chi va 2 chi xemoraslarda efir moyni ko‗pligi, ammo ledolni miqdori
2 chi xemorasda kamligi ko‗rinib turibdi. 3 chi xemorasda esa efir moyi ham ledolni
miqdori ham kamligi aniqlandi.
Ayrim hollarda nisbatan katta bo‗lmagan hududlarda (teritoriya) ham kimyoviy
tarkibini o‗zgaruvchanligi kuzatiladi, masalan, yassi bargli senetsio (Senecio
platiphylloides). Bu tur asosan Kavkazda tarqalgan bo‗lib Kavkaz orti mintaqasida
74
ma‘lum bir o‗ramlarda (orol kabi) uchraydi. Ushbu o‗simlik tarkibida alkaloid
saqlovchilardan bo‗lib, platifillin, senetsifillin va sarratsin saqlaydi. Bunda o‗simlikning
ayrim guruhlarini g‗arbiy uchastkalaridagisi tarkibida ko‗p miqdorda sarratsin saqlaydi
va platifillin, senetsifillin saqlamaydi (rasm 1).
Bu guruh o‗simliklarni alohida kimyoviy boshqa bir turga ajratilgan chemovar
Sarracinifera. Boshqa o‗simliklar esa sarratsin saqlamaydi.
Geografik omil (faktor) Bupleurum multinerue o‗simligi flavonoidlar tarkibiga
ta‘sir qiladi. Tabiiy sharoitda ushbu o‗simlik Sibirni janubida (Oltoy) o‗sadi, va
Ukrainada esa o‗ram – o‗ram (orol) holida uchastkalar hosil qiladi. Oltoyda va
Ukrainada o‗sadigan o‗simliklar tarkibidagi flavonoidlarni qiyosiy o‗rganilganda
(taqqoslanganda), Oltoyni janubiy-sharqida o‗sadiganlari tarkibidagi flavonoidlar
miqdori, Ukrainadagilardan Novosibirskiyda o‗sadiganlaridan, hamda Moskva
viloyatida ekiladiganlaridan ham 2-5 barobar ko‗p saqlashi aniqlandi. Undan tashqari
Ukrainada o‗sadiganlari Oltoydagilardan sifat jihatdan ham farq qilishi, tarkibida
qo‗shimcha kversetin va izoramnetinlarni hosilalari ham saqlanishi aniqlandi.
Rasm 1. A-Yassi bargli senetsio areali; B- Sarratsinli xemorasini tarqalgan joylari;
V- Platifillinli xemorasini tarqalgan joylari.
Malina (Rubus idaeus) mevasini kimyoviy tarkibini turli ekologik zonalardan
yig‗ib o‗rganilganda kalsiy, fosfor va sink elementlarini malina mevalarida va erda
bo‗lishi ijobiy ta‘sir etar ekan. SHunda malina mevasida ular ta‘sirida fruktoza ko‗p
bo‗lar ekan.
Dorivor o‗simliklar ekologiyasini bilish ularni tabiiy zahiralaridan oqilona,
samarali foydalanishidan tashqari ularni madanaiylashtirilgan holda ekib hosil olishda
ham katta ahamiyatga ega. Misol uchun alkaloid saqlovchi sariq glatsium (Glaucium
falvum) o‗simligini keltirish mumkin. Bu o‗simlik O‗rta er dengizini qirg‗oqlari,
Qrimda, Kavkazni Qora dengiz bo‗ylariga yaqin joylarda tarqalgan. Sariq glatsium
taglaridan suv bemalol silijb oqadigan, dengizni qumloq qirg‗oqlarida, hamda toshloq
tog‗ yon bag‗irlarida o‗sadi. Tabiiy sharoitda ko‗p, katta maydonlarni tashkil qilmaydi.
75
SHuning uchun uni madaniylashtirib Krasnodar o‗lkasida ekiladi. Sariq glatsium
o‗simligini asosiy alkaloidi-glautsindir. Kavkaz va Qrimdan yig‗ilgan o‗simliklarni tahlil
qilinganda, Qrimni quruqroq joylarida o‗stirilgan o‗simliklarda glautsin alkaloidi
kavkazdagilardan ko‗ra ko‗p saqlashi aniqlandi. Demak Qrimdan yig‗ilgan o‗simlikni
quruqroq sharoitda o‗stirish (madaniylashtirish) maqsadga muvofiq bo‗ladi.
SHunday misollar ham borki geografik muhit kimyoviy o‗zgaruvchanligiga ta‘sir
qilmaydi. Masalan oddiy bo‗ymadaron o‗simligi Rossiyani 33 mintaqasidan yig‗ib
tekshirilganda tarkibidagi proxamazulenlar suv bug‗i yordamida haydalganda
xamazulenga aylanadi, ammo uning miqdori 0 dan 170 mg/100g gacha miqdori turlicha
bo‗lishi aniqlandi. Bunda o‗simlik morfologik belgilari bo‗yicha bir-biridan farq
qilmasligi ham ma‘lum bo‗ldi.
SHoxkuya zamburug‗ini alkaloid tarkibi o‗rganilganda geografik muhitni sezilarli
ta‘siri borligi aniqlanmadi. Ammo zamburug‗ni javdar (roj)da parazit holida tarqalganda
ko‗proq ergotamin alkaloidi to‗planishi boshqa donli o‗simliklardagisi esa ergokristin
alkaloidini to‗planishi ma‘lum bo‗ldi. SHu bilan birga shoxkuyani alkaloidlar
saqlaymaydigan xillari (rasa) ham bor bo‗lib, aralash, kengbargli o‗rmonlarda, Sibir,
Uzoq SHarqdagi shoxkuyani alkaloid saqlaydiganlari 60-80%ni tashkil qilishi, janubiy
mintaqalarda (Rossiya) va Qozog‗istonda alkaloid saqlovchi shoxkuya guruhlari
ko‗pchilikni tashkil qiladi.
Turli geografik zonalarda o‗suvchi ayrim o‗simliklarda kimyoviy tarkibi bir-biriga
yaqin kimyoviy moddalar ham bo‗ladi. Masalan dorivor valeriana o‗simligini VILRda
etishtirilganda ildizpoya va ildizidagi biofaol moddalar bir xilligi aniqlandi. YAna shuni
ham aniqlandiki efir moyi ildiz tarkibida ildizpoyadan ko‗p saqlaydi, valepotriatlar
(iridoidlar) esa ildizpoyada deyarli 2 barobar ildizdan ko‗p saqlaydi. Bu ma‘lumotlar
mahsulotni tahlilida o‗rtacha namuna olishda katta ahamiyatga ega bo‗ladi. YAna shuni
ham aniqlanganki valeriana o‗simligini klimandjarada o‗sadigan turini er ostki va ustki
qismida valepotriatlar borligi, hatto ildizpoyadan ko‗ra bargida ko‗pligi aniqlangan.
Ko‗pchilik biologik faol moddalar, alkaloidlar, flavonoidlar va boshqalar hujayra
shirasida erigan holda bo‗ladi, shuning uchun ularga tashqi muhit ta‘sirini o‗rganish
uchun o‗simlikning shu qismidan o‗sha moddalarni ajratib olinadi. Ammo shunday
birikmalar ham borki, masalan mono- va seskviterpenlar bo‗lib, ular efir moylari
tarkibida saqlanadi va efir moyli bezlarda to‗planadi. Ekologik sharoitlar o‗simlik
organlaridagi bezlarni ko‗p yoki kam bo‗lishiga ta‘sir ko‗rsatar ekan. Lavanda dorivor
marmarak (Salvia officinalis) va oq yasnotka (Lamium album) o‗simliklaridagi bezlar,
o‗simlikni dengiz sathidan qancha balandlikda o‗sishiga qarab soni ko‗p yoki kam bo‗lar
ekan. Jadval 6 dan ko‗rinib turibdiki, o‗simlik dengiz sathidan balandlashgan sari bezlar
soni oshib borar ekan. YAsnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub o‗simliklar
ma‘lumki ko‗pchiligi efir moyiga boy o‗simliklar hisoblanadi va ularni ko‗pchiligi quruq
joylarda o‗sadiganlari bargni 1 xil qismi (edinitsa)dagi bezlari, etarli darajadagi namlik
ko‗p joylarda o‗sadigan xillaridan ko‗p bezlar saqlashi ma‘lum bo‗ldi.
Jadval-6
Efir moyli bezlarni 1mm
2
barg sathidagi sonini dengiz sathidan balandga
joylashganligi bilan bog‗liqligi.
76
Turlari
Dengiz
sathidan
balandligi
Bezlarni o‗rtacha soni
Dorivor marmarak
600
800
900
1200
5,3
6,7
7,5
7,5
Oq yasnotka
300
1700
1800
1900
13,8
22,8
15,6
19,7
Bezlarni soniga dengiz sathidan tashqari joylarni geografik kenglikda
joylashganligi ham ta‘sir qiladi. Masalan, besh bo‗lakli arslonquyruq va qalampir yalpiz
o‗simliklari shimoldan janubga surilishi bilan bezlarni soni ortib borishi, efir moylarni
miqdorini ortib borishi bilan bog‗liqligi aniqlangan (jadval 7).
Jadval-7
Geografik kenglikni bezlarni soniga ( bargning 1mm
2
da) va efir moyi miqdoriga
bog‗liqligi
O‗sish joyi
Besh
bo‗lakli
arslonquyruq
Qalampir yalpiz
Bezlarni
soni
Efir moyi
miqdori
Bezlar
soni
Efir moyi
miqdori
Ryazan viloyati
(55
o
S m.keng)
Ulyanov
viloyati
(54
o
S m.kengl.)
Tambov
viloyati
(53
o
S m.kengl.)
Krasnodar
o‗lkasi
(44
o
S m.kengl.)
3,2
4,3
-
4,3
0,01
0,04
-
0,11
4,4
4,2
4,7
-
0,36
0,36
0,54
-
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki efir moyi miqdori faqat bezlarni soni bilangina emas,
balki bezlarning fiziologik faolligi bilan, umuman o‗simlik faolligiga ham bog‗liq.
SHunga qaramay quyidagi joylardan O‗rtaer dengizi mamlakatlari, Kavkaz, O‗rta
va Markaziy Osiy tog‗lik rayonlaridagi o‗simliklardagi efir moylari Rossiyani Evropa
qismini shimoliy-g‗arbiy rayonlaridagi o‗simliklarga nisbatan ko‗proq bo‗lishi
aniqlangan. Ko‗pchilik o‗simliklardagi efir moylarini miqdori efir moyli bezlar soniga
77
bog‗liqligi ma‘lum bo‗lgan. Efir moyli bezlar soni namligi turi joylarda o‗suvchi bir xil
o‗simliklarda turlicha bo‗lib, namlikni ko‗pligi o‗simlik bargini bir xil (edinitsa)
sathidagi bezlarni kamayishiga olib kelishi aniqlandi.
Bu ma‘lumotlar istiqbolli efir moyi saqlovchi o‗simliklarni namligi ko‗p bo‗lgan
shimoliy mintaqalarda madaniylashtirib, ekib ko‗paytirishdan ko‗ra, janubiy quruq va
issiq iqlimli joylarda ekib ko‗paytirish yaxshi samara berishi mumkinligini ko‗rsatadi.
Dorivor o‗simliklarni birlamchi introduksiyasi (madaniylashtirish) va samarali
madaniylashtirishda ekologik faktorlarni ahamiyati
Hozirgi vaqtda yovvoyi holda o‗sayotgan va ekilayotgan dorivor o‗simliklarni
(DO‗) tayyorlanmoqda. Madaniylashtirilib ekilayotgan o‗simliklar, tayyorlanishi lozim
bo‗lgan dorivor o‗simlik mahsulotlari (DO‗M) nomenklaturasi (ro‗yxati) uchun katta
ahamiyatga ega. DO‗larni madaniylashtirib, dorivor va boshqa foydali o‗simliklarni ekib
hosil olish uchun mo‗ljallangan tadbirlar majmuasi (komleks meropriyatiya)
introduksiya deb ataladi.
U yoki bu o‗simlikni ekib ko‗paytirish, hosil olish, madaniylashtirish
(introduksiya)ni bir qancha sabablari bor. Ularga: o‗simlikni tabiiy zahirasini
etishmasligi, ularni teraverish oqibatida o‗simlikni yo‗q bo‗lib ketishi mumkinligi (misol
uchun ungerniya turlari, omonqora, qoraqovuq, senetsio, belladonna va boshqalar),
bizning floramizda yo‗q (saqlamaydigan) biologik faol moddalar (BFM) manbalari
(podofill, bo‗lakli ituzum va boshqalar), terish uchun etib borish qiyin bo‗lgan
o‗simliklar va hokazo.
Introduksiya ishlari kelajagi porloq dorivor o‗simliklarni izlab topish bo‗yicha olib
boriladigan ilmiy tekshirish ishlariga katta ahamiyatga ega bo‗ladi.
Vaqti soati kelib ittifoqni parchalanib ketishi natijasida bir qancha BFM manbaalari
bo‗lgan DO‗Mlari geopolitik nuqtai nazardan horijiy bo‗lib qolishi tufayli, o‗sha
joylrdagi DO‗larni ekib ko‗paytirish, hosil olish dolzarb masala bo‗lib qoldi.
Introduksiya u yoki bu darajada o‗simlikni o‗sishiga moslashgan joydan boshqa
joyga (moslashmagan) o‗tkazish bilan bog‗liq bo‗lgani uchun, shu o‗simlik turini
ekologiyasi bilan bog‗liq bo‗lgan bilimni, yangi sharoitni ekologik xarakeristikasini
bilish, DO‗larni madaniylashtirishda birinchi darajali ishlardan bo‗lib qoladi. Bu ayniqsa
juda zarur bo‗ladi, qachonki o‗simlik o‗zining tabiiy arealidan tashqarida ekilmoqchi
bo‗lsa, yovvoyi holda o‗sayotgan sharoitidan introduksiya qilinayotgan sharoiti katta
farq qilsa.
O‗simliklarni shu jumladan dorivorlarini ham introduksiyasi bilan shug‗ullanadi;
botanika bog‗lari, dorivor o‗simliklar pitomniklari (maxsus o‗stiriladigan xonalar),
farmatsevtika instiutlari va FA qarashli ilmiy-tekshirish institutlari.
Shu bilan birga botanika bog‗larida introduksiya bo‗yicha bajarilayotgan ishlar
ushbu DO‗larni xo‗jaliklarda ekishgacha etib bormaydi, xo‗jaliklarga joriy qilinmay
qolmoqda, DO‗larni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga etib bormayapti. Buning
ko‗plab sabablari bor; introduksiya bu DO‗larni fitopreparatlar yaratishdagi bo‗limlardan
bittasi xolos.
78
Undan tashqari ko‗pincha introduksiya bo‗yicha olingan natijalar bitta o‗simlik
uchun turli xil usullar qo‗llanishiga qarab turlicha bo‗lishi mumkin.
1984 yili VILR olimlari tomonidan dorivor o‗simliklarni introduksiyasi bo‗yicha
olib boriladigan ilmiy-tekshirish ishlari metodikasi ishlab chiqilgan edi. Unda
madaniylashtirish uchun mo‗ljallangan o‗simliklarni o‗rganish uchun kerakli bo‗lgan
barcha savollar, masalalar hisobga olingan edi. 1990 yili ushbu metodika qayta ishlanib
DO‗larni introduksiyasi uchun birdan-bir tadqiqotlar programmasi ishlab chiqilgan
bo‗lib, u 3 ta bosqichni o‗z ichiga oladi.
Birinchi bosqich – o‗simlik turlari kolleksiyasini o‗rganish.
U o‗rganilayotgan boshlang‗ich materialni yig‗ilgan momentdan (vaqtdan) eng
istiqbolli turlarini ajratib olib, kelajakda chuqur (detalno) ilmiy-tekshirish ishlarini olib
borishgacha bo‗lgan masalalarni o‗z ichiga oladi. Tadqiqot ob‘ektlari qaysi korsatkichlar
(kriteriya) bo‗yicha aniqlanib tanlanadi?
Tadqiqotlar ob‘ektlari 3 kategoriya o‗simliklari bo‗lishi mumkin;
CHuqur kimyoviy yoki klinik sinovlardan o‗tayotgan, dori shakllari ishlab
chiqilgan yangi istiqbolli o‗simlik turlari.
Tabiiy zahirasi kamayib ketgan, ishlatishga ruxsat etilgan dorivor o‗simliklar.
Horijiy preparatlarni bizda ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgan, chet ellarda o‗sadigan
o‗simlik turlari.
Ob‘ekt tanlashda o‗simlik sistematikasidagi ma‘lumotlar (o‗simlikni yaqin turlarini
bor yoki yo‗qligi), kimyoviy o‗zgaruvchanligi, uni o‗rganilganlik darajasi, qachonki u
o‗simlikni o‗simliklar jamiyati (rastitelnoe soobщestvo)dagi o‗rni, o‗sish joyining
ekologiyasi va boshqalar ham e‘tiborga olinadi.
Masalan cho‗l va qirlardagi o‗simliklarni O‗zbekistonni shimoliy mintaqalaridan
hisoblangan viloyatlarda o‗stirish imkoniyati (sharoiti) kam. Demak ob‘ektlarni
tanlashda o‗simlikni tabiiy ekologik sharoiti bilan ekiladigan joyni o‗xshashlik darajasini
hisobga olish zarur bo‗ladi.
Oldindan ob‘ekt tanlangandan keyin boshlang‗ich materialni (o‗simlikni urug‗i,
vegetativ organi) yig‗iladi. Bu ikki xil yo‗l bilan amalga oshiriladi: ekspeditsiyalar
vaqtida materialni yig‗ish va ekiladigan materialni botanika bog‗laridan yozdirib olish
yo‗li. So‗ngi yo‗l oson bo‗lgani bilan, qo‗shimcha o‗simlikni identifikatsyai qilish
(o‗simlikni gullashi va meva tugishi davrida) bilan bog‗liq ishlarni bajarishga to‗g‗ri
keladi. Ko‗pincha shuning uchun eng maqsadga muvofiq to‗g‗ri yo‗l birinchi yo‗l bo‗lib,
qachonki tadqiqotchi tadqiqot ob‘ektini o‗sib turgan joyida ko‗radi va yig‗adi.
Yig‗ganda ham (ob‘ekt) o‗simlikning eng hosildorini tanlab yaxshi urug‗larni va ekish
materialini yig‗ib oladi.
Aniq bir misol qilib, ob‘ektni tanlashda (Phlojodicarpus sibiricus)ni quyidagilarn
aniqlandi. Ma‘lumki ushbu o‗simlikni ildiz va ildizpoyasi kumarin saqlovchi mahsulot
sifatida qo‗llaniladi. O‗simlikni eng kattalari CHita viloyatida o‗sar ekan. Tahlil uchun
oldinda 6 (senopopulyasiy) xil joydan olingan o‗simlik mahsuloti tekshirildi.
Quyidagilar hisobga olindi: urug‗ni hosildorligi (bir generativ shoxdagi urug‗lar soni)
100 ta urug‗ni massasi, bir o‗simlikni qurigan ildizini massasi va qurigan 1 ta o‗simlik
ildizidagi kumarinlarni foiz miqdori (quruq mahsulot massasiga nisbatan). Har bir
79
ko‗rsatgich bo‗yicha o‗simliklar ko‗rsatgichlar miqdori bo‗yicha gruppalarga (klass)
bo‗lindi. Ko‗rsatgichlar har birida turlichaligi aniqlandi, masalan kumarinlarni miqdori
1,5%dan 11,5% gacha ekanligi aniqlandi. SHuning uchun bir vaqtni o‗zida hamma
ko‗rsatgichlar bo‗yicha eng yuqori hosildorligini oddiygina tanlash bilan olib
bo‗lmasligi ma‘lum bo‗ldi. SHuning uchun, introduksiya uchun o‗simliklar ichidan
ko‗rsatgichlari o‗rtacha yaqinlari tanlandi.
Yig‗ilgandan keyin ekish uchun materialni sifati: morfologik tomondan,
laboratoriyada va erdagi unib chiqishi, unib chiqish tezligi va energiyasi va boshqalar
aniqlanadi.
Olingan ma‘lumotlar statistik ishonarli bo‗lishi uchun bir necha eksperimentdan
tanlab olinishi kerak. Masalan urug‗ni quruq massasini aniqlash uchun 1000 dona urug‗
tanlanadi, unib chiqishi uchun esa-100 dona.
Keyingi etap (qadam) kolleksiya pitomnigida urug‗lardan undirilgan o‗simlikni
nazorat qilish. Bu uzoq (bir necha yil sezon) davom etib, murakkab kompleks tahlillarni
o‗z ichiga oladi. Bularga o‗simlikni urug‗dan unib chiqqandan –ontogenezi-toki o‗simlik
quriguncha bo‗lgan davrda o‗rganiladi, o‗simlikni rivojlanish ritmi (sezonda), kasallikka
va zararkunandalarga chidamliligi, urug‗ va mahsulotni hosildorligi kiradi.
Ontogenezni o‗rganish o‗simlikni yoshini aniqlash va urug‗ni xarakteristikasidan
iborat bo‗ladi.
Ontogenezni aniqlashda o‗simlikni 4 ta asosiy davrda rivojlanishi farqlanadi: latent
davri (urug‗ni tinch uyqu davri), pregenerativ, generativ va postgenerativ davrlar ya‘ni
urug‗ unib o‗sishi oldi, o‗sayotgan va o‗sishdan to‗xtagan davrlar. Ayrim davrlarni
ichida qator o‗simlikni o‗sishi bilan bog‗liq holatlar farqlanadi. Masalan urug‗ni unib
chiqish oldi – pregenerativ davri quyidagi holatlarga bo‗linadi: o‗simta; juda kichkina
o‗simlik, urug‗ kurtagi o‗sish vaqti; virginal holati, birinchi shoxlari chiqaboshlagan
vaqti va hokazo.
Generativ o‗sayotgan davrda; yosh, o‗rtayoshi va qarigan generativ holatlari
aniqlanadi.
Generativ davrning o‗sish (yoshi) holati vegetativ va hosil beradigan novdalari
hamda real urug‗ hosil bo‗lishi soni bilan aniqlanadi.
Masalan, ayrim tuplarni ajratish mumkinki, ularda meva hosil qiladigan novdalari
o‗zgarmasdan, o‗sadigan shoxlari soni va gul to‗plamidagi gullar soni ko‗payadi.
Boshqa turlarida esa meva beradigan shoxlarini o‗simlikni qarishi tufayli sekin-asta
kamaya boshlashi bilan farqlanadi. O‗simlikni qari holati asosan uyg‗onadigan kurtaklari
sonini qisqarishi bilan aniqlanadi.
Nazoratni odatda model o‗simliklardan olib boriladi. Unda e‘tiborni urug‗kurtakni
morfologik xususiyatlariga va birinchi bargni morfolgiyasiga, o‗rtadagi asosiy shoxni
tuzilishiga, ikkinchi va keyingi barglarni morfologiyasiga, barg qo‗ltig‗i kurtaklarini
joylashgan tartibiga, yon novdalarini hosil bo‗lishiga va boshqa belgilariga qaratiladi.
Bir vaqtni o‗zida er ostki qismlarini rivojlanishini ham nazorat ostiga olinadi:
ildizpoyani hosil bo‗lishi, (stolonov), piyozboshi va boshqalarni. Vegetatsiya davrini
oxirida qishga kirayotgan turli yosh holatidagi turlarni soni hisoblanadi. Bu, o‗z
80
navbatida ikkinchi va undan keyingi yillarda qishdan keyin qurib qolgan o‗simlik
turlarini yoshi bo‗yicha guruhlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Misol tariqasida ittikanak (Bidens tripartita)ni ontogenezini qisqacha keltirish
mumkin.
Latent davri avgust oxiri sentyabr boshlaridagi urug‗lar to‗kilishi bilan keyingi yil
may oxiri – iyun boshlarigacha davom etadi.
Pregenerativ davri quyidagi holatlarni o‗z ichiga oladi: urug‗ni shishib yorilishi
(o‗saboshlashi), yuvinil barg chiqib shakllana boshlashi va virginal (o‗simlik bargini
to‗la shakllanish). Urug‗ni o‗saboshlashi (prorostki) uch tipda bo‗lishi mumkin: faqat
urug‗ kurtagini shigan holati (semyadoli), semyadolyasi bir par haqiqiy barglari bilan va
semyadolyasi 2-3 juft barglari bilan. Semyadolya qurib qolgandan keyin o‗simlik yuvinil
rivojlani fazasiga o‗tadi. Bunda xali asosiy novda shoxlanmagan, ammo bargi etilgan
o‗simlik bargini eslatadi, chunki o‗simlik bargini asosida 2 bo‗lagi bor (rasm 2).
YAna asosiy ildiz ham shoxlanib mayda ildizchalar hosil bo‗ladi. Barg qo‗ltig‗idan
qarma-qarshi chiqqan yon shoxchalari chiqishi bilan o‗simlikni virginil o‗sish holati
hosil bo‗ladi. Bu tipni barglari katta o‗simlik barglaridek: toq patsimon qirqilgan bo‗lib
2-3 ta juft lansetsimon segment (bo‗laklari) bor.
Generativ davrni boshlanishi g‗unchalashgan gulto‗plamini hosil bo‗lishi bilan
boshlanadi. Asosiy novdadagi barg yirikroq bo‗lib virginal
Rasm 2.
o‗simlikdagidan farq qiladi. Asosiy va yon novdalari savatchalarga to‗plangan gul
to‗plami bilan tugaydi. Gul to‗plamlari hosil bo‗lishi bilan o‗simlik o‗sishdan to‗xtaydi.
Birinchi bo‗lib asosiy shoxdagi gullar ochiladi, keyin yon shoxlari 1 chi, 2 chi va 3 chi
tartibdagilari ochiladi. Urug‗larni etilishi ham shu tartibda davom etadi. Meva
pishgandan keyin generativ shoxlar o‗ladi (qurib qoladi).
Hamma o‗simliklar ayni shu tartibda rivojlanmasdan, o‗ziga xos bo‗lib farq qilishi
mumkin.
Tabiiy sharoitda o‗sayotgan o‗simlikni sharoiti madaniylashtirilganda bilinadi.
Masalan sovuq iqlimdagi o‗simlikni issiqroq o‗lkalarga ko‗chirilganda, rivojlanishi,
kattaligi, bo‗yi tezroq, balandroq, yirikroq bo‗lishi ko‗pincha kuzatiladi va aksincha.
O‗simlikni madaniylashtirilyotganda uni sovuqqa, kasallikka va har xil
xasharotlarga chidamliligi katta ahamiyatga ega.
81
Sovuqqa chidamliligini aniqlash uchun qishlashga kirgan o‗simliklarni sanab,
qishdan keyin unib chiqqanlarni aniqlab umumiy sondan foiz miqdori hisoblab topiladi.
O‗simlik
kasallikga
va
zararkunandalarga
chidamliligini
aniqlada,
mikroorganizmlar tarkibi, turini aniqlash (kasallik chaqiradigan) va zararkunandalarni
aniqlab ularga qarshi himoya vositalari ishlab chiqiladi.
Madaniylashtirish maqsadida o‗simlikni vegetativ ko‗payishi darajasini aniqlashni
katta ahamiyati bor. Ko‗p yillik o‗simliklarni vegetativ ko‗payishini aniqlash uchun
novdalaridan qalamchalar, ildizpoya, ildiz qismi, piyozboshchisi va boshqa qismlaridan
foydalaniladi. Tajribalarni yoritilgan xonalarda, erda, turli haroratlarda olib boriladi.
Agar tajribalar ochiq havoda olib borilsa hisob qishdan keyin, keyingi yil bahorida olib
boriladi.
O‗simlikni tutib qolganlari ballarda baholanadi.
Nazorat rejasiga mahsulotni hosildorligini aniqlash ham kiradi. U o‗rtacha kamida
30 ta tupda hisoblanib o‗rtachasi olinadi. Bunda o‗simlikni ma\suloti quritilmasdan
tarozida tortilib, qurigandan keyin ham tortilib (qoidasi bo‗yicha) aniqlanadi. Quruq
mahsulotda ta‘sir qiluvchi asosiy biologik faol moddani miqdori va tarkibi aniqlanadi.
Birinchi etap (bosqichni) so‗ngida keyinchalik o‗rganish uchun istiqbolli ishlash
formasi tanlanadi. Olib borilayotgan introduksiyani yaxshi va istiqbolli ekanligi
to‗plangan materiallar asosida tahlil qilinadi.
Qishga chidamlilari, sog‗lom, yaxshi urug‗lar qiladigan, erta generativ davrga
kiruvchilari, urug‗laridan o‗zi unib chiqadigan, iloji bo‗lsa samarali vegetativ ko‗paya
oladiganlari tanlab olinadi. Ekiladigan material ajratilib tajriba uchastkasiga ekiladi.
Dostları ilə paylaş: |