Respublikamizda asosiy tayyorlanadigan dorivor o„simliklar ro„yxati
O‗simlikning nomi
Yig‗ish
muddati
Mahsulot
i
O‗sadigan joyi
1
Arman gulxayrisi –
Althaea armeniaca Ten.
Oktyabr
Ildizi
Ariq, ko‗l bo‗ylarida,
to‗qay, butalar orasida
2
Achchiq toron –
Polygonum hydropiper L.
May-
sentyabr
Er ustki
qismi
Botqoqlashgan joylarda,
kam o‗tloqlarda, ariq,
ko‗l,
hovuz,
zovur
bo‗ylarida
3
SHaftolibargli
toron
–
Polygonum persicaria L.
Iyul-
sentyabr
Er ustki
qismi
Nam
erlarda,
ariq
bo‗ylarida, bog‗larda va
polizlarda
4
Qushtoron –
Iyun
– Er ustki Yo‗l
yoqalarida,
48
Polygonum aviculare
sentyabr
qismi
tashlandiq erlarda, ariq
bo‗ylarida,
ekinlar
(ayniqsa
bug‗doyzor)
orasida
5
Katta andiz –
Inula grandis Schrenk.
Oktyabr
Ildiz va
ildizpoya
Nam
erlarda,
suv
bo‗ylarida, o‗tloqlarda va
butalar orasida
6
Maydagulli
tog‗rayhon-
Origanum
tytthantum
Gontstch.
Iyun-
avgust
Er ustki
qismi
Tog‗larning pastki va
o‗rta qismidagi mayda
toshli qiyaliklarda
7
Dag‗al dalachoy –
Hypericum scabrum L.
Iyun-
avgust
Er ustki
qismi
Tog‗larda
o‗rmon
chetlarida,
butalar
orasida,
8
Oddiy dalachoy –
Hypericum perforatum L.
Iyun-
avgust
Er ustki
qismi
Yo‗l yoqalarida, ariq
bo‗ylarida,
o‗tloqlarda,
bedazorlarda,
tog‗larda
o‗rmon chetlarida, butalar
orasida
9
CHayano‗t-
Urtica dioica L.
Iyun-
avgust
Bargi
Yo‗l yoqalarida, ariq
bo‗ylarida, nam va salqin
o‗rmonlarda,
aholi
yashaydigan erlarga yaqin
joylarda, butalar orasida
10
Ko‗ka –
Tusilago farfara L.
Iyun-iyul Bargi
Tog‗lik erlarida, daryo
hamda ariq bo‗ylarida,
o‗rmonlarda, jarliklarda
va g‗orlarda
11
Katta zubturum-
Plantago major L.
Yil bo‗yi Bargi
Yo‗l
yoqalarida,
dalalarda,
ekinzorlarda,
o‗tloqlarda,
o‗rmon
chetlarida, ariq bo‗ylarida
hamda
boshqa
nam
erlarda
12
O‗rta zubturum –
Plantago media L.
-/--/-
Bargi
-/--/-
13
Lansetsimon zubturum –
Plantago lanceolata L.
-/--/-
Bargi
-/--/-
14
Achchiq ermon –
Artemisia absinthium L.
Iyul
(gullashd
an oldin)
Er ustki
qismi
Aholi
yashaydigan
joylarda, yo‗l yoqalarida,
o‗tloqlarda,
o‗rmon
chetlarida, suv bo‗ylarida
va ekinzorlarda
15
Na‘matak turlari –
avgust-
Mevasi
O‗rmonlarda,
ariq
49
Rosa species.
sentyabrd
a
bo‗ylarida,
butalar
orasida, tog‗larning quruq
toshloq yon bag‗irlarida
16
Turkiston arslonquyrug‗i -
Leonurus turkestanica L.
Iyun-
avgust
er ustki
qismi
Tog‗lik noxiyalarida, tog‗
etaklaridan
to
o‗rta
qismigacha bo‗lgan tosh,
tuproqli qiyalik-larda
17
CHuchukmiya (qizilmiya,
shirinmiya)-
Glycyrrhiza
glabra L.
Sentyabr-
oktyabr
Ildizi
SHo‗r
tuproqli
cho‗llarda, cho‗llardagi
ariq, kanal, daryo va ko‗l
bo‗ylari,
begona
o‗t
sifatida
ekinzorlarda,
qum-li
erlarda,
qumli
qiyaliklarda
hamda
to‗qayzorlarda
18
Bo‗ymodaron –
Achillea millefolium L.
Iyun-iyul Er ustki
qismi
O‗rmon, o‗rmon-cho‗l va
cho‗l hududlarida hamda
tog‗li tumanlarda (tog‗
etaklaridagi tekisliklarda,
tog‗
yonbag‗irlarda)
ochiq yalangliklarda va
quruq o‗tloqlar, qirlar,
yo‗l yoqalari, o‗rmon
chetlari
19
Dala qirqbo‗g‗imi –
Equisetum arvensa L.
Iyun-iyul Er ustki
qismi
Ariq bo‗ylarida, qumli
o‗tloqlarda,
butalar
orasida, ekinzorlarda
20
Ittikanak –
Bidens tripartita L.
Iyun-
sentyabr
Er ustki
qismi
Nam
o‗tloqlarda,
botqoqliklarda,
ariq
bo‗ylarida, begona o‗t
sifatida ekinlar orasida
DORIVOR MAHSULOTLARNI TAYYORLASH
Biologik faol moddalar o‗simliklarning hamma organlarida bir vaqtning o‗zida
ko‗p miqdorda to‗planmaydi, shuning uchun xam ularni turli vaqtlarda tayyorlashga
to‗g‗ri keladi.
O‗simlik organlarini quyidagi muddatlarda yig‗ib olish kerak:
Barglar odatda o‗simlik gullashi oldidan yoki gullaganida yig‗ib olinadi. Barglar
juda ohistalik bilan, iloji boricha o‗simlikka zarar etkazmasdan yig‗ib olinadi
(belladonna, angishvonagul va boshqa o‗simlik barglari).
50
Ba‘zan o‗t o‗simliklarning bargini tayyorlash uchun er ustki qismi o‗rib olinadi,
so‗ngra barglari teriladi yoki er ustki qismi quritib maydalanadi. Barglari ajratilib,
poyasi bilan shoxlari tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi barglarga
qo‗shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa o‗simliklar).
O‘simlikning er ustki qismi (o‘t) o„simlik gullaganida yig‗iladi. O‗simlikning er
ustki qismi poyasining tagidagi barglar oldidan o‗rib olinib, poyaning bargsiz qismiga
tegilmaydi. Bo‗yi baland o‗simliklarning esa poyasining tepa qismi (10-20 sm
uzunlikda) va shoxchalari kesib olinadi (achchiq shuvoq, dalachoy va boshqa
o‗simliklar).
Kurtaklar erta bahorda (ochilmasdan ilgari) o‗simlik tanasida suyuqlik yura
boshlagan vaqtda yig‗iladi. Kurtaklar o‗simliklardan terib olinadi yoki kurtakli
shoxchalarni qirqib olib so‗ngra shoxchalardan kurtaklarni asta-sekin qoqib to‗planadi.
Po‘stloqlar ham erta bahorda, ya‘ni o‗simlik tanasida suyuqlik yurishib, yog‗och
qismidan oson ajraladigan davrida, poya va yo‗g‗on shoxlaridan shilib olinadi. Po‗stloq
olishni osonlashtirish uchun poya yoki yo‗g‗on shoxlarni bir-biridan 30 sm masofada
ikki eridan o‗tkir pichoq bilan ko‗ndalangiga, keyin uzunasiga kesiladi va po‗stloq
ajratib olinadi.
Gullar o„simlik qiyg‗os gullaganda yig‗iladi. Ko‗pincha gullar alohida- -alohida
kesib olinadi. Ba‘zan gul to‗plamining hammasi (dastarbosh, marjondaraxti va
boshqalar) yoki gulning ayrim qismlari (sigirquyruq o‗simligida faqat gul tojibarglari)
yig‗ib olinadi.
Plantatsiyalarda o‗stirilgan yoki yovvoyi holda ko‗p uchraydigan mayda gulli
o‗simliklarning guli mahsus asbob bilan yig‗iladi (moychechak va boshqalar).
Meva va urug‘lar pishib etilgan davrda yig‗iladi. Mevalar odatda ertalab yoki
kechqurun yig‗ib olinadi, kun isiganda yig‗ilsa, quruq mevalarning urug‗i sochilib
ketishi mumkin.
Mevalar turiga qarab tayyorlanadi. Ba‘zilar qo‗l bilan bitta-bitta uzib olinadi,
boshqalari esa tayoq bilan qoqiladi.
Urug‗lar ham turli usullar bilan tayyorlanadi. Ba‘zi urug‗lar maxsus asbob bilan
mevadan ajratib olinadi (bodom urug‗i va boshqalar). Mayda meva va urug‗lar esa
urug‗lar etilganidan so‗ng yoki etilishi oldida o‗simlikni o‗rib quritib, so‗ngra xirmonda
yanchib tozalanadi (fenxel, arpabodiyon va kashnich mevalari, xantal urug‗i va
boshqalar).
Er ostki organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak na piyozlar) odatda o‗simlik uyquga
kirgan vaqtida – erta bahorda yoki kech kuzda tayyorlanadi. Ba‘zi er ostki organlarni
o‗simlik gullab bo‗lganidan so‗ng yig‗iladi. CHunki ularning ba‘zilarini o‗sayotgan
erida baland bo‗yli begona o‗simliklar orasidan topish qiyin (solab turlari va boshqalar),
ba‘zilarini qurib qolgan poyalarini esa shamol sindirib uchirib ketadi (etmak va
boshqalar).
Er ostki organlarni belkurak, ketmon va boshqa asboblar bilan qazib olinadi. Bir
joyni o‗zida usimlik ko‗p hamda er ostki organlari yaxshi taraqqiy etgan bo‗lsa, u holda
traktor bilan kovlab olinadi (qizilmiya va boshqalar). Yig‗ilgan er ostki organlarni loy,
51
tuproq, qum, barg va poyalardan tozalab (ba‘zilarini suvda yuvib), quritish uchun mayda
bo‗laklarga qirqiladi.
O‗simlikning er ustki qismlarini, masalan bargi, guli va boshqa qismlarini shudring
ko‗tarilgandan so‗ng havo ochik paytida yig‗ib olinadi. YOmg‗ir yoki ertalabki shudring
ko‗tarilmasdan oldin yig‗ilgan o‗simliklarni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib
ketadi. Yig‗ilgan dorivor mahsulotlarni savatlarga bosib yoki bir epra uyub qo‗yib
bo‗lmaydi, chunki namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh harorati) ta‘sirida o‗simlik
to‗qimalarida chuqur biokimyoviy o‗zgarishlar ro‗y beradi, organimzga ta‘sir etuvchi
kimyoviy birikmalar parchalanib ketib, dorivor mahsulot o‗z qimmatini yo‗qotadi.
DORIVOR MAHSULOTLARNI QURITISH
Tayyorlangan dorivor mahsulotlarni boshqa o‗simlik aralashmalari, loy, tuproq,
qum va boshqalardan tozalangandan so‗ng tezda quritishga kirishiladi.
Quritishning eng oddiy va oson usuli tabiiy sharoitda, ya‘ni ochiq havoda
quritishdir. Lekin o‗simliklarning er ustki qismlarini (po‗stloq, meva va urug‗laridan
tashqari) ochiq havoda, quyoshda qurutib bo‗lmaydi. Aks holda o‗simlikning er ustki
organlari hujayralaridagi yashil rang beruvchi xlorofill hamda gul qismlaridagi rang
beruvchi pigmentlar parchalanib ketib, poya, barg va qisman gullar sarg‗ayib (ko‗pincha
gullar rangsizlanib) qoladi. Xlorofill pigmenti parchalanishi bilan birga o‗simlik
tarkibidagi boshqa kimyoviy birikmalar ham gidrolizlanishi mumkin. SHuning uchun
ham odatda quyosh issig‗ida faqat er ostki organlar, po‗stloq, meva va urug‗lar quriti-
ladi.
O‗simlikning er ustki qismlari (poya, barg va gullar) maxsus qurilgan bostirma,
shiypon yoki cherdaklarda quritiladi. Bu joylar toza va shamol o‗tib turadigan bo‗lishi
kerak. Dorivor mahsulotlar maxsus ishlangan stelajlarga yupqa qilib yoyiladi.
Meva quritiladigan quritgichlarni ham dorivor mahsulotlarni quritishga
moslashtirish mumkin. Bundan tashqari, ho‗l mevalarni, masalan, chernika, malina,
klyukvani rus pechida (non yopib bo‗lgandan so‗ng) quritsa ham bo‗ladi.
So‗nggi yillarda dorivor o‗simlik mahsulotlarini tabiiy usulda quritish bilan bir
qatorda turli tipdagi quritgichlarda sun‘iy quritish keng qo‗llanilmokda.
Ayrim dorivor o‗simliklar tarkibidagi ta‘sirchan qimmatbaho kimyoviy birikmalar
(masalan, glikozidlar) tabiiy ravishda uzoq quritilganda parchalanib ketishi mumkin.
SHuning uchun ularni sun‘iy ravishda quritgan yaxshi. Bundan tashqari, sun‘iy ravishda
quritilganda dorivor mahsulot tez quriydi va sifatli bo‗ladi.
Tarkibida efir moyi bo‗lgan dorivor mahsulotlar 25-30
0
da, alkaloidlar, glikozidlar
va boshqa moddalar bo‗lgan dorivor mahsulotlar 50-60
0
da quritilishini esda tutish
kerak. Mahsulotni juda quritib yubormaslik lozim. Aks holda u kukunga aylanib ketadi.
52
DORIVOR MAHSULOTLARNI STANDART HOLIGA
KELTIRISH
Dorivor mahsulotlar qabul punktlariga tayyorlov idoralari, jamoalar va ayrim
shaxslar tomonidan turli ko‗rinishda, ya‘ni standart talabiga javob bermaydigan holatda
kelishi mumkin. SHuning uchun mahsulotlarni idishlarga joylashtirib (qadoqlab),
omborlarga jo‗natishdan oldin ularni ma‘lum talablarga javob beradigan holda keltirish
zarur.
Dorivor mahsulotlarni standart holiga keltirish uchun quyidagi ishlar bajariladi:
1. Aralashmalardan tozalash. Tayyorlovchilarning tajribasizligi yoki shoshilib va
pala-partish ishlashlari sababli qabul punktlariga topshirilgan dorivor mahsulotlar
tarkibida turli aralashmalar bo‗lishi mumkin. Ular organik va mineral aralashmalarga
bo‗linadi.
Organik aralashmalarga dorivor o‗simlikka o‗xshagan yoki uning yonida o‗sadigan
boshqa o‗simliklar qismlari, xashak, somon, ko‗mir va boshqalar hamda shu dorivor
o‗simlikning mahsulot bo‗lmagan qismi kiradi. Mineral aralashmalar odatda kesak, tosh,
tuproq, qum hamda shisha, sopol, chinni bo‗lakchalaridan iborat bo‗ladi.
Mahsulotni standart holatga keltirish uchun uni aralashmalardan tozalash kerak.
Buning uchun u mashinalar yordamida yoki qo‗lda elanib, aralashmalardan tozalanadi va
navlapga ajratiladi, ayrim hollarda esa (o‗simlikning er ustki qismidan gul va
barglarning aralashmasini ajratib olish uchun) mahsulot avval mashinalarda yanchilib,
so‗ngra elanadi, poya va shoxlar ajratib tashlanadi.
2. Mahsulotning nuqsonli qismlarini ajratish. Agarda dorivor mahsulot yomg‗ir
yog‗ib turgan vaqtda, yomg‗ir yog‗ib o‗tgan, lekin o‗simlik hali qurimagan va havoda
namlik ko‗p vaqtda, o‗simlikdan ertalabki shudring hali ko‗tarilmaganda tayyorlansa, u
quritish paytida sarg‗ayib yoki qorayib qolishi mumkin. Mahsulot to‗g‗ri, havo quruq
vaqtda tayyorlansa, lekin noto‗g‗ri quritilsa ham ular sarg‗ayib yoki qorayib qolishi
mumkin. Bu nuqsonlar tegishli GOST larda ma‘lum miqdorda ruhsat etiladi. Agar ular
ko‗rsatilgan miqdordan ortiq bulsa, bu mahsulot sifatiga ta‘sir kiladi. SHuning uchun
dorivor mahsulot navlarga ajratilib, qoraygan va sarg‗aygan qismlardan tozalanadi.
3. Mahsulotni maydalangan qismdan tozalash. Dorivor mahsulot tarkibida
maydalangan qismning miqdori tegishli GOST da chegaralangan bo‗ladi. CHunki
mahsulotni tarkibida maydalangan qismi me‘yoridan ortiqcha bo‗lsa, uning sifati past
hisoblanadi. SHy sababli dorivor mahsulotni standart talabiga javob beradigan qilish
maqsadida uni mayda qismidan tozalanadi. Buning uchun mahsulot tegishli GOST
talabiga binoan kerakli teshikli elaklarda elanadi.
4. Mahsulotni qayta quritish. Qabul punktlarida qabul qilib olingan mahsulotlar,
ko‗pincha, etarli darajada quritilmagan bo‗ladi. Bundan tashqari, bu mahsulotlar
(ayniqsa gigroskopik mahsulotlar) saqlash davrida (tayyorlovchilar zudlik bilan qabul
punktlariga topshirmaganlarida) va qabul punktlariga olib ketilayotgan vaqtda sharoitga
qarab bir oz namlanib qolishi mumkin. Xatto, keyinchalik ham, bu mahsulotlar
omborlarda yoki dorixona va laboratoriyalarda saqlanish davrida mog‗orlab, sarg‗ayib
53
yoki qorayib o‗z sifatini yo‗qotadi. Mahsulotning qimmatini saqlab qolish uchun tegishli
GOST da ko‗rsatilgan namlik qolguniga qadar qayta quritiladi.
5. Mahsulotni maydalash. Dorixonaga ko‗pchilik mahsulotlar maydalangan (mayda
bo‗laklarga qirqilgan yoki kukun-poroshok) holda yuboriladi. Mahsulotlar faqat
omborlarda tezda buzilib, o‗z sifatini yo‗qotmasligi uchun butunligicha, mayda-
lanmasdan saqlanadi.
Mahsulotlarni maydalash (barglarni qirqish, er ustki qismini yanchish, ildiz va
ildizpoyalarni kubsimon qilib qirqish, kukun–poroshok holiga keltirish) mashinalar
yordamida amalga oshiriladi. Har bir mahsulotni qay darajada maydalash kerakligi
tegishli standartlar (GOST) da ko‗rsatilgan bo‗lib, bu ishlar markazlashtirilgan va
moslangan qabul punktlarida bajariladi.
DORIVOR
MAHSULOTLARNI
IDISHLARGA
JOYLASHTIRISH
(QADOQLASH)
Standart holiga keltirilgan dorivor mahsulotlar turiga karab har xil qadoqlanadi.
Dorivor mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash) ularni tashqi ta‘sirlardan va
to‗kilish, sochilishdan, ishlatiladigan muddati ichida uning sifatini va tashqi ko‗rinishini
o‗zgartirmasdan saqlanishini hamda transport vositalarida jo‗natish va tashishni
ta‘minlashi lozim.
Mahsulotlarni joylashtirishga qoplar, xaltachalar (paketlar), taxtadan va karton
qog‗ozdan yasalgan yashiklar va kutichalar hamda toylash uchun yasalgan yashiklar va
boshqalar ishlatiladi. Ishlatiladigan idishlar quruq, toza, hech qanday hidi bo‗lmasligi
hamda har bir partiya uchun bir xil bo‗lishi kerak.
Mahsulotlar joylashtiriladigan idishlar, idishdagi mahsulotlarning og‗irligi dorivor
mahsulotlarning turiga qarab aniqlanadi va ular tegishli me‘yoriy hujjatlarda, masalan
farmakopeya maqolasi (FM) va GOST larda ko‗rsatiladi:
Quritilgan dorivor mahsulotlarni qadoqlash uchun quyidagi idishlardan
foydalaniladi:.
GOST 19317-73 bo‘yicha matodan tikilgan qoplar yoki GOST 18225-72 bo‘yicha
zig‘ir-jut-kanop tolalaridan to‘qilgan qoplar. Bu qoplar bir yoki ikki qavat holida
ishlatilishi mumkin. Qoplarning og‗zi qo‗l (GOST 17308-85 ga binoan kanop ip bilan)
yoki mashina (GOST 14061-85 ga binoan zig‗ir tolasidan qilingan ip bilan) yordamida
tikiladi. Qopga solingan mahsulot og‗irligi 40 kg dan oshmasligi kerak.
GOST 2226-75 bo‘yicha ko‘p qavatli qog‘oz qoplar va GOST 24370-80 bo‘yicha
ikki yoki bir qavatli qog‘ozli xaltalar. Mahsulot bilan to‗ldirilgan qog‗oz qoplar, xaltalar
og‗zi yuqorida ko‗rsatilgan iplar bilan qo‗l yoki mashina yordamida tikiladi.
Bir yoki ikki qavat xaltalar tayyorlash uchun maxsus qog‗ozlar (GOST 2229-81 E
va GOST 1760-81 ga binoan) ishlatiladi. Qog‗oz qopga 15 kg, qog‗oz xaltaga 5 kg dan
ortiq maxsulot solinmasligi kerak.
Matodan tikilgan GOST 19298-73 bo‘yicha uzun va olti qirrali yashik shaklli
toylar. Toylarga 50 kg dan ortiq bo‗lmagan miqdorda dorivor mahsulot solinadi va
54
ularning og‗zi yuqorida aytib o‗tilgan, tegishli GOST larda ko‗rsatilgan iplar bilan
qo‗lda yoki mashina yordamida tikiladi.
Ba‘zan usti mato bilan o‗rab tikilmagan toylar ham qo‗llaniladi.
YOg‘ochdan GOST 5959-80 bo‘yicha yasalgan yashiklar. YAshiklar ichiga
tegishli GOST larda ko‗rsatilgan B - markali qog‗oz (GOST 8273-75) yoki qop
tikiladigan qog‗oz (GOST 2228-81) solib, so‗ngra dorivor mahsulot bilan to‗ldiriladi.
YOg‗och yashiklarga 30 kg gacha og‗irlikda dorivor mahsulot solinadi. Keyin uning
qopqog‗i mixlanadi.
Kartondan GOST 15629-83 bo‘yicha yasalgan yashiklar. Bu yashiklarni dorivor
mahsulotlar bilan to‗ldirishdan avval ularni ichiga tegishli qog‗ozlar solinadi. Oxirida
karton yashiklar ustiga maxsus elim qog‗oz lentalar yopishtiriladi yoki ikki eridan po‗lat
sim bilan o‗raladi (GOST 32822-74).
Karton yashiklarga solingan dorivor maxsulot og‗irligi 25 kg dan oshmasligi lozim.
Dorivor mahsulotlarni joylash uchun kerakli bo‗lgan idishlar bu mahsulotlarning
turiga va hususiyatiga qarab tegishli GOST ga binoan tanlanadi. Masalan:
- o‗simliklarning er ustki qismi, bargi, po‗stlog‗i, ba‘zan gullari, ildizi va
ildizpoyalarini odatda oldin preslab, so‗ngra maxsus toylaydigan yashiklarga solinadi.
Bu usul qopga yoki yashiklarga solib, joylashtirishga nisbatan arzon tushadi hamda
tashish yoki saqlash davrida dorivor mahsulotni issiqdan, namlikdan va quyosh
ta‘siridan yaxshi himoya qiladi.
- quritilgan xo‗l mevalar, shoxkuya hamda ayrim qimmatbaho va og‗ir mahsulotlar
ikki qavat qilib tikilgan qoplarda saqlanadi.
- toylab bo‗lmaydigan engil dorivor mahsulotlar ikki qavatli katta qoplarga, tez
maydalanib ketadigan moychechak, marvaridgul gullari, qarag‗ay kurtagi va boshqalar
ichiga zich qilib bir necha qavat qog‗oz solingan yashiklarga joylashtiriladi.
Dorivor mahsulotlarni aholiga sotish uchun qadoqlashda GOST 64-026-87
bo‗yicha qog‗ozdan (kartondan) yasalgan qutichalar, qog‗oz va polietilen xaltachalar va
boshqalardan foydalaniladi.
Qanday idishlarga va qanchadan dorivor mahsulot qadoqlanishi, xuddi shuningdek
xaltachalar va qutichalar og‗zi qanday elim bilan elimlanishi, dorixona va omborlarga
jo‗natish uchun yashiklarga qancha xaltacha va qutichalar joylashtirilishi kerakligi
tegishli me‘yoriy-texnik hujjatlarda ko‗rsatiladi:
Dorivor mahsulot idishlarga joylashtirib bo‗lingandan so‗ng, ular joylashtirilgan
idish ustiga shu mahsulot to‗g‗risida to‗liq ma‘lumot yoziladi (tamg‗alanadi) yoki
tegishli yorliq osiladi.
Sotish uchun dorixonalarga chiqariladigan dorivor mahsulotlar idishi (karton
quticha, polietilen xaltacha, yashik va boshqalar) ustiga GOST 17768-80 ga binoan
quyidagilar yozilgan bo‗lishi kerak:
- vazirlik, tayyorlagan korxona va uni tovar belgisi; mahsulotning lotin, rus va
o‗zbek tilidagi nomi; namlikni eng ko‗p ruhsat etiladigan holatidagi mahsulot og‗irligi,
ishlatish usuli, saqlash sharoiti, hisobga olingan nomeri, seriya nomeri, saqlash muddati
va bahosi.
55
Transport vositasida jo‗natiladigan dorivor mahsulot idishi ustiga GOST 14192-77
buyicha quyidagilar yozilgan bo‗lishi kerak: vazirlik (muassasa, boshqarma), jo‗natgan
korxananing nomi, mahsulot nomi, namlikni eng ko‗p ruhsat etiladigan holatdagi
mahsulotni sof (netto) og‗irligi, idishi bilan birgalikdagi (brutto) og‗irligi, tayyorlangan
yili va oyi, partiya nomeri, ko‗rsatilgan mahsulotning me‘yoriy-texnik hujjati
(MTX)ning darajasi va nomeri.
MAHSULOTNI TRANSPORT VOSITALARIDA JO„NATISH
Tayyorlangan, quritilgan va idishlarga joylashtirilgan mahsulotlar o‗z vaqtida
saqlanadigan va ishlatiladigan joylarga jo‗natilishi lozim. Agarda mahsulotlarni
tarnsport vositasi orqali jo‗natishda tegishli qoidalarga rioya qilinmasa, u yulda
namlanishi, maydalanishi va boshqa sabablarga ko‗ra o‗z sifatini yo‗qotishi mumkin.
Dorivor mahsulotlar GOST 14192-77 va GOST 17768-80 larga binoan quruq, toza,
hech qanday hidi bo‗lmagan, usti yopiq transport vositalarida jo‗natiladi. 3aharli, kuchli
ta‘sirga ega hamda o‗zida efir moyi saqlovchi dorivor mahsulotlarni boshqa mahsu-
lotlardan alohida boshqa transport vositalarida (ayrim avtomashina, ayrim temiryo‗l
vagoni va boshqalar) yuborilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |