9
Maxsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan
sarf-xarajatlarni xisoblash
uchun o'rtacha umumiy, o'rtacha doimiy va o'rtacha o'zgaruvchi xarajatlar
tushunchalaridan foydalaniladi. O'rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy)
xarajatlarning ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori nisbatiga teng: bu yerda:
AC - o'rtacha umumiy
xarajatlar;
TC - yalpi (umumiy) xarajatlar;
Q - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
FC-doimiy xarajat
10
2.
Iqtisodiy xarajatlar haqida turli yondashuvlar
Milliy Iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati
natijalaridan ko’proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona
nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori baxolarda sotishga, balki maxsulot ishlab
chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga xam intiladi.
Inson hayot kechirishi uchun moddiy ne'matlar va xizmatlar taqozo qilinadi.
Moddiy ne'matlar yaratish o'z navbatida xarajat qilishni taqozo etadi.
Har bir
korxona, firma, (xo'jalik sub'ektlari) tovar ishlab chiqarish uchun ma'lum
iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi. Iqtisodiy xarajatlar tushunchasini eng
avallo resurslar cheklanganligini hamda ularni muqobil (alternativ) ishlatish
imkoni bilan bog'liq. Masalan, yer resurs sifatida cheklangan. Undan turli
maqsadda foydalanish mumkin. Uy qurish, korxona qurish, turli ekinlar ekish va
h.k. Har bir xo'jalik sub'ekti u yoki bu resursni sotib olib ishlatar ekan, demak bu
resursni boshqalar ishlata olmaydi. Resurslarni sotib olgach uni samarali ishlatish
uchun harakat qiladilar. Xarajatlar korxona, firma faoliyatiga baho berishda,
yetakchi ko'rsatkich hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari
(korxona, firma) o'z faoliyati natijalaridan ko'proq
daromad olishga xarakat
qiladi. Har qanday korxona nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori baholarda
sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-
xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab
chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi
darajasiga bog'liq. Lekin har qanday tovarni ishlab
chiqarish va sotish uchun
ma'lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini
sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari
eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga
mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya'ni mahsulotning
ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya'ni ishlab
chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va
hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga
ko’ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:
moddiy xarajatlar;
asosiy fondlar amortizasiyasi;
11
mehnatga xaq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; ijtimoiy
ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar; boshqa xarajatlar.
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismi bo’lib,
umumiy xarajatlarning 60- 80 foizini tashkil qilishi mumkin. Moddiy xarajatlar
o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
xom ashyo va materiallar xarajatlari;
texnologik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i
va energiya;
xarid qilinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar;
sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
mashina va asbob-uskunalarni ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar;
boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish
xizmatlari;
xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi
predmetlarning eskirishi
yoki har bir instrument, inventar, laborotoriya uskunalari va maxsus kiyim-
bosh uchun eng kam oylik
ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;
tabiiy xom ashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa
to’lovlar;
ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga
keladigan yo’qotishlar;
tabiiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud
bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar
.
Iqtisodiyotning har qanday subyekti xarajat qilmay turib o’z faoliyatini
yurgiza olmaydi. Lekin bu xarajatlar turlicha. Xonadon xarajatini oladigan
bo’lsak, u iste’molga ketganidan keyin qaytarilib olinmaydi. Xuddi
shuningdek, davlat xarajatlari xam qaytib kelmaydi,
chunki u davlat
iste’molini qondiradi. Ammo bundan davlat korxonalari, firmalarning
xarjati bundan mustasnodir. Firmaning xarajatining o’ziga hosligi shundan
iboratki bu o’rni qoplanadiga, ya’ni Tovar va xizmatlar sotilgach unga
qaytib pul shaklida keladigan xarajatlardir. Firma qilgan
bir yo’la xarajat
uning o’z ishiga qo’ygan kapitalidir. Bu ishlab chiqarish jarayonida joriy
xarajatlarga aylanadi. Demak,
firma xarajati, bu uning kapitalining
sarflanishi hisoblanadi.
Xodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G'afurov U.V. va boshqalar O'zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik
yillarida. T.: TDIU, 2007.
12
Xarajatsiz daromad topib bo’lmasligi bu iqtisodiyotning aksiomasidir.
Daromad olish uchun firma, alohida bir shaxs, barcha subyektlar xarajat
qilishi muharrar., chunki bu ishlab chiqarish resurslarini talab qiladi.
Resurslar esa albatta ehson yoki suvtekin emas, ularni faqat bozor narxida
sotib olish mumkin. Shu bois xarajat qilish bu firma uchun foyda olishning
asosiy sharti, bo’g’iniga aylanadi. Firmaga qo’yilgan kapital ishlab chiqarish
jarayonida joriy,
kundalik, oylik va privovardida yillik xarajatlariga
aylanadi.
Qisqacha qilib aytganda
Firmaning xarajati- bu tovar va xizmatlar
Dostları ilə paylaş: