Toshkent moliya instituti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazaryasi"



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix16.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#98742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
RASULOV SHOXRUX KURS ISHI 11

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


24 

Xulosa 
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni 
tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan 
xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va 
materiallar uchun to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun 
renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi 
xarajatlar to’lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya 
xarajatlari deb ham ataladi. 
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’.liq 
xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida 
chiqmaydi. 
Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini 
shunga o’xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga 
oshiriladi. 
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ishlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov - 
normal (me'yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning 
tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda - bu iqtisodiy 
resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini raqbatlantirib turish uchun to’lanadigan 
haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi normal foyda keltirmasa, tadbirkor 
bu faoliyat turi bilan shug’ullanishdan to’xtaydi va o’zining kuch-quvvatini 
boshqa faoliyatga sarflaydi.Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, 
korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish 
imkoniyatini 
beradi. 
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning 
asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy 
elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa 
shunga mos foyda miqdori oshib boradi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu 
fan-texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga 


25 
erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, 
xom ashyo materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga 
imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador 
mashina, dastgoh va yangi texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab 
chiqarishga joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. 
Ma'lumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning biron-bir yo’nalishi 
bo’yicha sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yo’nalishlarda foydalanish 
imkoniyatini cheklab qo’yadi. Shunga ko’ra, tadbirkor (yoki resurs egasi) 
mazkur resursni eng yuqori darajada naf keltiruvchi yo’nalishga sarflashga 
harakat 
qiladi. 
Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil 
yo’nalishlarda ishlatilishiga yo’l qo’ymay o’ziga jalb etish uchun to’lov iqtisodiy 
yoki zimmasiga tushuvchi xarajat deb ataladi. 
Iqtisodiy xarajatlar mikrodarajadagi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib, 
korxona (firma) miqyosida muayyan turdagi maqsulot ishlab chiqarish yoki 
xizmat ko’rsatishning samaradorlik darajasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin