20
3.Iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishning asosiy yo’nalishlari va
iqtisodiy samaradorlik
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor
iqtisodiyotida
ishlab
chiqarish
usulining
qonuniyatidir.
U
mehnat
unumdorligining to’xtovsiz o’sishi, mexnatkashlar madaniy, texnikaviy
darajasini yuksalishi, moddiy va mexnat resurslaridan ratsional foydalanish,
xo’jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun nurashning axamiyati
yildan yilga oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning xar bir foizning absolyut
xajmi o’sib bormoqda. Umuman Respublika bo’yicha sanoat maxsuloti
tannarxini faqat 1% ga pasaytirilsa 3 mlrd. so’m miqdorida iqtisod qilinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yo’llarini keltiramiz.
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy
darajasini oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy qilish va
maxsulot
tayyorlash
texnologiyasini
takomillashtirish
jarayonalarining
kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada
samaraliroq foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan mexnat sarfini
kamaytirish imkonini beradi.
Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirsh xamda qo’llanilayotgan
texnikadan foydalanishni xisobga olgan holda ishlab chiqarish xarajatlarini
anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv
texnologiya asosida o’tgan va jonli mexnatni tejashga erishiladi. Moddiy
resurslarda buyumlashgan o’tgan mexnatni tejash xuddi shu miqdordagi
xomashyo va materiallardan ko’proq maxsulot ishlab chiqarish imkonini beradi;
jonli mexnat sarfini tejash maxsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi,
ya’ni xar bir ishchiga xisoblanaganda ko’prok maxsulot ishlab chiqarishga
imkon yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va
ilgor texnologiya ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish asosida
mexnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirishga olib keladi.
Moddiy va pul mablag’larini sarflashda qat’iy iqtisodiy tejashga rioya
qilish katta axamiyatga ega. Asbob uskunalarni asrashga dori sarflarini
kamaytirish, material shuningdek ishlab chiqarish chiqindilaridan maksimal
foydalanish. Brak natijasida ro’y beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish
fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish xaqifondini ratsional sarflash
tsex va umumzavod xarajatlarini kamaytirish bularning barchasi u yoki bu
darajasida maxsulotning arzonlashuviga ta’sir ko’rsatadi.
Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini
kamayishiga olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material, yoqilgi va energiya
21
yetkazib berishning uzilib qolishi ishlab chiqarish ritmini buzishga bekor turib
qolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va oqibat natijada unumsiz
xarajatlarga olib keladi. Korxona iqtisodiyotga xaddan tashqari normativdan
ortiqcha zapaslarni bo’lishi xam salbiy ta’sir ko’rsatadi. Zapas ko’payib
ketganda oborot mablag’lari oshib ketadi, moliyaviy axvol yomonlashadi, ishlab
chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga mexnatni tashkil etishda
takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. Xar qanday texnikadan xatto yangisidan xam
ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil qilmay turib, maksimal ravishda foydalanish
mumkin emas. Shuning uchun texnologik protsesslarni mexanizatsiya va
avtomatlashtirish bilan bir qatorda, mexnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta
e’tibor berish kerak.
Maxsulot tannarxini pasaytirishda xisobotning roli kattadir. Xisob olib
borish yoqilgi va energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional
foydalanishga yordam beradi, xarajatlarni kamaytirish va korxona jamg’armasini
oshirish imkonini beradi. Kolektivning kuchini yetishtirilladigan maxsulotning
tannarxini pasaytirishga qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan
xarajatlarni to’g’ri rejalashtirish va xisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo’llarni
aniqlash ortiqcha xarjatlarning sababini ochib tashlash uchun bu xarjatlarni doimi
analiz qilib turish kerak. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish rejasining
bajarilishini analiz qilish ishlab chiqarish rentabelligining oshishi uchun
korxonadagi barcha ishlarning takomillashtirsh uchun muxim axamiyatga ega.
Lekin analiz faqatgina tannarxning pasaytirsh rejasini bajarilishiga qo’yilgan
baxo bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish xarajatlarini yanada kamaytirish
uchun taxlikiy va texnikaviy xarakatlarni xam ko’rishi kerak.
Maxsulot ishlab chiqarishni analiz qilishning ishchilarning aktiv ishtirok
etishlari uni pasaytirishning muxim yo’lidir.
Xarajatlar korxonaga bog’lik bo’lmagan omillarga qarab o’zgaradi.
Masalan: resurs narxi xar xil xizmat xaqqining tebranishi korxona xoxishidan
qat’iy nazar xarajatlarni o’zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish ko’lami
kengaysa, resurslar sarfi qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni
tejovchi texnologiya joriy etilganda xarajatlar keskin qisqaradi. O’rtacha
xarajatlar mexnat unumliga nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Mexnatni
unumining ortishi xam moddiy xam mexnat sarfini qisqartiradi bozordagi narx
binobarin tovar barqaror sharoit mexnat unumdorligi xarajatlari pasaytirish orqali
foydani ko’paytiradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini
oshirishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Zero maxsulot baxosi
tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin xarajatlar
qanchalik qisqarib borsa, shunga mos foyda oshib boradi.
22
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish asosiy yo’nalishlaridan biri bu
fan texnika taraqqiyoting (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir.
FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xomashyo
materiallaridan yoqilgi resurslaridan yanada tularoq foydalanishga imkon beradi.
Shuningdek yangi unumdorligi yuqori bo’lgan samarador mashina, dastgoxda
yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard
natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi.
FTT ning 20 –asr ikkinchi yarmidagi o’ziga xos jixati printsipal yangi texnologik
usulga o’tilishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish
usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki
sifat nuqtai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish
imkoniyatidir. Xarajatlarni pasaytirish asosiy yo’nalishlardan biri bu ishlab
chiqarish va mexnat tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish
ishlab chiqarishda yo’qotishlarni kamaytirish yo’li bilan xarajatlarni pasaytirish
bu esa o’z navbatida jonli mexnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish
unumdorligini oshishiga olib keladi.
Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim extiyojlarini
qondirishga qaratilgan maxsulotlar qobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik
miqdoriy o’lchov darajasiga ega bo’ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori
samaradorlik ko’pincha imkoniyatlari bilan birgalikda ist’emol qilishdan xosil
bo’lgan samaradorlikning yuksalishini izoxlaydi. Barcha samaradorliklar
majmuasi eng yuqori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izoxlash qiyin
emas. Xar bir ist’emol qilinayotgan yangi tovar o’zining eng yuqori samaradorlik
darajasiga teng samaradorlik darajasini kengaytiradi.
Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi qonunga ko’ra navbatdagi xar bir
ist’emol qilinayotgan ne’matni yuqori samaradorlik darajasi oldingi bosqichga
nisbatan past bo’ladi.
Demak, bir o’lchovga to’g’ri keluvchi qo’shimcha ne’matlar xosil qilish
samarasi oldingi bosqichda olingan natijalardan pastroq bo’ladi.
Iqtisodiy samaradorlik bir necha iqtisodiy ko’rsatgichlar orqali
tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha juziy ko’rsatgichlar orqali
tavsiflanadi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatgichi mexnat unumdorligidir. U
umummaxsulot miqdori (MM) ning jonli mexnat (JM) sarfiga nisbatan
ifodalanadi. Jonli mexnat sarfi kunlarda soatlarda xisoblanadi.
Mexnat unumdorligi bilan birga mexnat sig’imi degan samaradorlik ko’rsatgichi
xam qo’llanadi. Mexnat sig’imi jonli mexnatni maxsulot miqdoriga nisbatan
orqali aniqlanadi. Maxsulotning material degan iqtisodiy ko’rsatgich xam
bizning davrimizda katta axamiyat kasb etmoqda.
Material sig’imi moddiy ashyolar sarfini (BM) maxsulot miqdori (MM)
ga nisbatan orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi
23
maxsulotning fond sig’imi yoki fondlar qaytimi ko’rsatgichlari orqali o’lchanadi.
Ko’rinib turibdiki juziy ko’rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini
aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda maxsulotlar miqdori ko’rsatgichlari
o’rnida jami maxsulot yalpi milliy maxsulot, jami ichki maxsulot, sof maxsulot,
qo’shimcha maxsulot, uning pul shakllaridan biri foyda milliy daromad kabi
kategoriyalar qo’llaniladi.
Bozor Iqtisodiyotiga o’tish davrida ayniqsa, respublikamizning xozirgi
ssharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, xozirgi
davrda ko’pgina resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan
keltiriladi, zamonaviy texnologiya yetishmaydi, kadrlar malakasi yuqori emas.
shuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, mexnat unumdorligini oshirish
milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur soxalarga joylashtirish yuqori malakali
kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor
berish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |