7
Doimiy xarajat- Bular shunday xarajatlarki,
ularning miqdori ishlab
chiqarishning oz yoki ko’p bo’lishiga qarab o’zgarmaydi, balki qanday bo’lsa,
shundayligicha qolaveradi. Masalan: tikuvchilik firmasi binoni 1mln so’mga
ijaraga oldi. Bankdan 5mln so’m qarz ko’tarib yiliga 1,0mln so’m foiz to’laydi,
hisobchini ishga olib oyiga 75 ming so’m, yiliga esa 900 ming so’m ish xaqi
to’laydi. Bu xarajatlar jami 2,9mln so’mni ( 1.0+1.0+0.9=2.9 ) tashkil etadi.
Firma 100 ta yoki 500 ta ko’ylak tikmasin, baribir shu 2.9 mln so’m xarajatni
qilishi shart. Doimiy xarajatlarga
odatda amortizatsiya ajratmasi, doimiy ishga
olinganlarning maoshi,
ijara xaqi, korxona mulkini sug’urtalash puli, bankga
beriladigan foiz kabilar kiradi.
O’zgaruvchi xarajatlar- ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir
qiladigan xarajatlarga aytiladi.
O’zgaruvchi xarajatlar-ishlab chiqariladigan tovar miqdorini oshishiga
yoki kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish xajmi o’zgarishiga bog’liklikda
o’zgaradi. Unga
xom ashyo, material, yonilg’i-transport xizmati, ishchilar ish
xaqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning xar bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar
yigindisi
umumiy yoki yalpi xarajatlar ni tashkil qiladi.
Doimiy (FC), o’zgaruvchi (VC) va yalpi (TC)
xarajatlarning grafikdagi
ifodasini 4-chizma orqali ko’rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: