13
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo’nalishdagi konsepsiyalari
marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib,
ular bu
boradagi klassik nazariyalarni ham ma'lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu
konsepsiyalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini
tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish
imkoniyatlaridan kelib chiqadilar.
Ma'lumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning biron-bir yo’nalishi
bo’yicha sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yo’nalishlarda foydalanish
imkoniyatini cheklab qo’yadi. Shunga ko’ra, tadbirkor (yoki resurs egasi) mazkur
resursni eng yuqori darajada naf keltiruvchi yo’nalishga sarflashga harakat qiladi.
Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish
maqsadida boshqa muqobil
yo’nalishlarda ishlatilishiga yo’l qo’ymay o’ziga jalb etish uchun to’lov iqtisodiy
yoki zimmasiga tushuvchi xarajat deb ataladi.
Iqtisodiy xarajatlar mikrodarajadagi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib,
korxona (firma) miqyosida muayyan turdagi maqsulot ishlab chiqarish yoki
xizmat ko’rsatishning samaradorlik darajasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo’yicha korxona ishlab
chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan
resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar:
Dostları ilə paylaş: