Toshkent moliya instituti m. S. Hojiyev, I. I. Meliyev, S. A. Djumanov moliyaviy hisobot auditi


-jadval  Sof foyda va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar auditorlik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/111
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199664
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111
МОЛИЯВИЙ ХИСОБОТ АУДИТИ DARSLIK

5.4-jadval 
Sof foyda va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazish (ming so’mda)
 66
 
Ko’rsatkichlar 
O’tgan yili 
Hisobot 
yili 
Farqi 
(+,-) 
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda 
447210 
622779 
175569 
2. Davr xarajatlari 
360551 
504917 
144366 
3. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad va 
yo’qotishlar 
5298 
3749 
-1549 
4. Moliyaviy faoliyatdan foyda va zararlar 
-1489 
-317 
1172 
5. Favquloddagi foyda va zararlar 

6. Foydadan soliq va boshqa soliq hamda ajratmalar 
47489 
52548 
5059 
 Joriy yilning sof foydasi 
42979 
68746 
25767 
Yuqoridagi 5.4-jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa kilish mumkinki, audit 
o’tkazilayotgan korxona hisobot davrida sof foyda hajmi o’tgan yilga nisbatan 
25767 ming so’mga ko’paygan. Uning o’zgarishiga har bitta ko’rsatkichning 
ta’sirini farq qatoriga qarab baholash mumkin. Sof foydaning ko’payishiga asosan 
yalpi foydani oshib ketganligi hamda moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan moliyaviy 
natijani ijobiy tomonga o’zgarishi sabab bo’lgan. Asosiy faoliyatning boshqa 
66
Muallif tomonidan ishlab chiqildi. 


157 
jarayonlaridan olingan daromadlar summasining, foydadan soliqlar summasining 
o’tgan yillarga nisbatan mos ravishda o’sishi natijasida korxona sof foydasi o’tgan 
yilga nisbatan ko’paygan. Barcha omillar ta’sirida sof foyda summasi o’tgan yilga 
nisbatan 25767 ming so’mga ko’paygan. Demak, korxonada foydani o’stirish 
yuzasidan imkoniyatlar mavjud deyish mumkin. Agar korxona asosiy faoliyatdan 
boshqa daromadlarni oldingi yil ko’rsatkichlarini saqlaganda edi yana qo’shimcha 
tarzda shuncha foyda olishi mumkin edi. 
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari amaldagi me’yoriy hujjatlarga 
muvofiq mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar realizatsiyasining moliyaviy natijalari 
sotishdan tushgan sof tushum (ST) va sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish 
tannarxi (IT) o’rtasidagi farqdan davr xarajatlari (DX) ayirilib, asosiy faoliyatning 
boshqa daromadlarini (BD) qo’shish yo’li bilan aniqlanadi. 
Iqtisodchi olim X.N.Musaev fikriga ko’ra: «Asosiy faoliyatdan daromadlar 
tayyor mahsulotlarni, tovarlarni sotishdan olingan daromadlar, sotilgan ishlar va 
xizmatlardan olingan daromadlardan iborat. Bizningcha, asosiy faoliyat bo’yicha 
moliyaviy natijalar auditida, dastavval, mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni 
sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) (YaF-030 satr.)ning ishonchliligini aniqlash 
uchun realizatsiya qilingan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning haqiqiy tannarxi 
va sotishdan olinadigan sof tushum bilan bog’liq muomalalar batafsil tekshirilishi 
lozim. 
Realizatsiyaga doir operatsiyalarning to’g’ri aks ettirilganligi mazkur 
operatsiyalarni tanlab tekshirish chog’ida, xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
buxgalteriya hisobi registrlari ma’lumotlarini dastlabki hujjatlar bilan taqqoslash 
orqali aniqlanadi. Shuningdek, muomalalarning dastlabki hujjatlar bilan 
asoslanganligini tekshirishda mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar bahosi 
shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi, hamda QQS summasi va 
xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar bo’yicha boshqa elementlarining to’g’riligi 
aniqlanadi. Bunday tekshiruv auditning dastlabki bosqichida o’tkazilishi mumkin. 
Uning hajmi ichki nazorat tizimining samaradorligini tekshirish natijalari bo’yicha 
aniqlanadi. Agar ichki nazorat auditor tomonidan ishonchli deb baholansa, 


158 
tekshiruvlar hajmi va chuqurligi kichikroq, aksincha bo’lsa, batafsil tekshiruv 
shakllari va usullari qo’llaniladi. Shuningdek auditor, aktsionerlik jamiyatlarining 
mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni xaridorlarga qarzga sotish, etkazib berish va 
har kunlik operatsiyalarni amalga oshirishda bahoni shakllantirish bo’yicha 
yuritayotgan siyosatini baholash zarur. Jumladan, auditorlik tekshiruvida har xil 
mahsulotlar bo’yicha haqiqiy baholar taqqoslanadi va transport xarajatlarini to’lash 
tartibi o’rganiladi. Haqiqiy baholar va etkazib berish shartlari schyot-fakturalari 
yoki tovar-transport nakladnoylariga asosan aniqlanishi mumkin. Ushbu 
ko’rsatkichlar tegishli tarzda tasdiqlangan, realizatsiya tartibi va shartlarini 
belgilovchi prays-listlar, baho nomenklaturasi va boshqa hujjatlar bilan 
taqqoslanadi. 
Agar barcha shartnoma baholari va realizatsiya qilish shartlari har bir 
buyurtmachi uchun alohida aniqlansa, u holda aktsionerlik jamiyatlarining 
vakolatli xodimi (masalan, realizatsiya bo’limi boshlig’i) tomonidan tegishli tarzda 
ruxsat etilganligiga ishonch hosil qilish zarur. Agar realizatsiya bir qancha yirik 
shartnomalarni bajarishga asoslangan bo’lsa, haqiqatda etkazib berilgan tovarlar 
yoki ko’rsatilgan xizmatlar ushbu kelishuvlar shartlari bilan bog’liq bo’lishi lozim. 
Auditorlik amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, realizatsiyaga doir 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur ruxsatlar mavjudligini tekshirish ichki 
nazorat tizimi samaradorligi darajasiga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi. 
Lekin, agar ichki nazorat tizimining samaradorligi auditor tomonidan tasdiqlangan 
bo’lsa, tekshiruv hajmi kamaytirilishi mumkin. 
Tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, realizatsiyaga doir barcha haqiqatda sodir 
bo’lgan operatsiyalar buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilganligini 
tekshirishda ikki turdagi xatolarga yo’l qo’yilish ehtimoli kattaligini e’tiborga olish 
zarur: 
-
haqiqatda amalga oshirilmagan operatsiyalar hisobda aks ettirilishi; 
- schyotlarda soxta operatsiyalar aks ettirilishi. 
Bunday xatolar tegishli tarzda aktivlar qiymati va realizatsiya summalarining 
sun’iy ravishda oshib yoki pasayib ketishiga olib keladi. Realizatsiya 


159 
summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’liq va ishonchli aks ettirilishini 
tekshirish korxona ichki nazorat tizimi samaradorligini tekshirishning bir qismi 
hisoblanadi. 
Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyaga doir summalarni aks ettirishning 
ishonchliligini tekshirish chog’ida realizatsiyani hisobga olish registrlaridagi bir 
qancha yozuvlarni, dastlabki hujjatlar (tovar-transport
 
nakladnoylari, schyot-
fakturalar va h.k.) hamda tovarlar haqiqatdan etkazib berilgan, ishlar bajarilgan, 
xizmatlar ko’rsatilgan va ularga egalik huquqi bajaruvchidan buyurtmachi 
(xaridor)ga o’tganligini tasdiqlash uchun jo’natilgan mahsulot (bajarilgan ish, 
ko’rsatilgan xizmat)larni qabul qilish to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanlab 
taqqoslash zarur. 
Agar mulkka egalik huquqining xaridorlarga o’tish vaqtini bevosita mavjud 
hujjatlar bilan tasdiqlash imkoni bo’lmasa, mazkur xaridordan debitor qarzlarni 
so’ndirish uchun olingan so’ngi to’lovlarni tahlil qilish zarur. Auditorlik 
amaliyotini o’rganish shuni tasdiqlamoqdaki, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish 
hisobining to’liqligini tekshirish tovar-transport nakladnoylari (yoki ularning 
o’rnini bosadigan hujjatlar) ma’lumotlarini schyot-fakturalar va buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari bilan tanlab taqqoslash orqali amalga oshirilishi ko’proq samara 
beradi. 
Ushbu 
tekshiruvni 
o’tkazishda auditor barcha tovar-transport 
nakladnoylarining to’planganligi va realizatsiya bo’limida talab darajasida 
saqlanayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Buni ushbu hujjatlarni tartib 
raqami bo’yicha tahlil qilish yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Ushbu 
registrlarga asosan, xaridorlarga taqdim etilgan schyotlar raqamlari tanlanib, 
xaridor (buyurtmachi)lardan olingan tovar-transport nakladnoylari va xarid uchun 
buyurtmalar bilan taqqoslanishi zarur. 
Hisobning to’liqligini tekshirishda, aksincha, tovar-transport nakladnoylari 
boshlang’ich manba hisoblanadi. Tovar-transport nakladnoylari tanlanib, ularning 
ma’lumotlari schyot-fakturalar va sotish jurnali ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. 
Auditor realizatsiyaga doir schyotlarning o’z vaqtida taqdim etilishi va 
ma’lumotlar o’z vaqtida, ya’ni operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, tegishli 


160 
davrlarga olib borilganligini ham tekshiradi. Bunda, qoidaga ko’ra, tovar-transport 
nakladnoylaridagi sanalar tegishli schyot-fakturalar sanalari va realizatsiyani 
hisobga olish schyotlaridagi sanalar va debitor qarzlar taqqoslanadi. Ushbu 
sanalardagi katta tafovutlar realizatsiyani o’z vaqtida hisobga olishda muammolar 
mavjudligidan dalolat beradi. 
Auditor realizatsiyaga doir operatsiyalar qiymatining to’g’ri baholanganligiga 
alohida e’tibor qaratishi lozim. Summalar aniq hisob-kitob qilinganligi jo’natilgan 
tovarlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun schyot-fakturalarni taqdim 
etish to’g’riligiga va ushbu ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks 
ettirishga ta’sir ko’rsatadi: Baholashning to’g’riligini tekshirish yo’l qo’yilishi 
mumkin bo’lgan arifmetik xatolarni aniqlash uchun hisob ma’lumotlarini qayta 
hisoblashni taqozo etadi. Bunda qoidaga ko’ra, schyot-fakturalarning jami 
summalari hisoblab chiqiladi yoki mustaqil tayyorlangan nazorat xujjatlarini 
tekshirish amalga oshiriladi. Agar realizatsiya summasi chet el valyutasida 
ifodalangan bo’lsa, valyuta kurslarining to’g’ri qo’llanilganligini tekshirish ham 
zarur. Buning uchun auditor korxonada qo’llanilgan valyuta kursini, mazkur 
valyutaning realizatsiya amalga oshirilgan sanada rasmiy amalda bo’lgan, 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o’rnatilgan kursi bilan 
taqqoslash hamda valyuta summasi va uning so’mdagi ekvivalenti buxgalteriya 
hisobi registrlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini tekshirishi zarur. 
Auditda realizatsiyaga doir summalarning to’g’ri turkumlanganligini aniqlash 
katta ahamiyatga ega. Sotilgan mahsulot (bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar) 
to’g’risida hisob ma’lumotlarining to’liq va to’g’ri hisobga olinishi bilan birga 
ushbu ma’lumotlar «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» (2-shakl)da to’g’ri 
turkumlanganligini 
ham 
aniqlash 
zarur. 
Ma’lumotlarning 
to’g’ri 
turkumlanganligini tekshirish jarayonida dastlabki hujjatlarga asosan realizatsiyani 
hisobga olish registrlarida tuzilgan schyotlar korespondetsiyalari va ularning Bosh 
daftarda to’g’ri aks ettirilganligini aniqlash lozim. Shu bilan birga mahsulot 
etkazish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish uchun hisob-kitoblar bo’yicha debitor 
qarzlarning to’g’ri aks ettirilganligi ham aniqlanadi. Xaridorlar va buyurtmachilar 


161 
bilan 
hisob-kitoblarni 
hisobga 
olish 
registrlarida 
realizatsiyaga 
doir 
ma’lumotlarning to’liq aks ettirilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki bu xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning qoplanmagan debitor qarzlari to’lanishini nazorat qilish 
imkoniyatiga ta’sir ko’rsatadi. Ushbu vazifa, yuqorida bayon qilganimizdek
realizatsiyaga doir operatsiyalarni turkumlashning to’g’riligini tekshirish 
jarayonida bajariladi. Realizatsiyani hisobga olish registrlari ma’lumotlarining 
Bosh daftardagi schyotlar bo’yicha to’g’ri aks ettirilishini tekshirish jarayonida 
ushbu ma’lumotlarni debitor qarzlarni hisobga olish schyotlarida tegishli tarzda aks 
ettirilganligiga ham ishonch hosil qilish lozim. 
Ko’p hollarda ma’lumotlarni Bosh daftardagi debitor qarzlarni hisobga 
oluvchi schyotlarga tarqatib yozishda realizatsiyani hisobga olish registrlarining 
ma’lumotlariga emas, balki debitor qarzlarni hisobga olish bo’yicha jurnal-order 
ma’lumotlariga asoslaniladi. Ular nafaqat ma’lum davr uchun taqdim etilgan 
schyotlar to’g’risidagi ma’lumotlarni, balki olinadigan to’lovlar to’g’risidagi 
boshqa axborotlarni ham o’z ichiga oladi. Bu holda debitor qarzlar hisobga 
olinadigan jurnal-orderlarda aks ettirilgan, taqdim etilgan schyotlar summalarining 
sotishni hisobga olish registri summalariga mosligi tekshiriladi. Bundan tashqari, 
xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish schyotlari 
bo’yicha jurnal-order ma’lumotlarining Bosh daftardagi schyotlar bo’yicha to’g’ri 
tarqatib yozilganligiga ishonch hosil qilish zarur. Shuningdek, tekshiruv jarayonida 
muddatlari o’tib ketgan debitor qarzlar xaridorlardan talab qilinganligi yoki talab 
qilinmaganligi aniqlanishi lozim. Debitor qarzlarni hisobdan o’chirish faktlari 
bo’yicha auditor ushbu faktlarning asoslanganligi va to’g’ri aks ettirilganligini 
tahlil qilishi zarur. 
Debitor qarzlarning ahvoli va ularning hisobdan o’chirilishini tekshirish 
amallari shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratish va undan foydalanishni 
tekshirish bilan birga amalga oshiriladi. Shubhali qarzlar bo’yicha rezervlardan 
foydalanishning asosliligini tekshirish esa debitor qarzlarni hisobdan o’chirish 
chog’ida ko’rib chiqiladi. Shunday qilib, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-
kitoblarni tekshirishda korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o’tib 


162 
ketgan debitor qarzlarni undirish choralari ko’rilayotganligi aniqlanadi, hisob-
kitoblarni o’zaro taqqoslash va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi 
tuzib to’g’rilash, shuningdek qarzlarni o’zaro surishishga doir ishlarning amalga 
oshirilayotganligi aniqlanadi. Bunda da’volar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish 
quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirish maqsadga muvofiq: 
- da’volar bo’yicha qarzlarning vujudga kelish sabablari va summalarning 
katta-kichikligi; 
- vujudga kelish muddatlari va undirish imkoniyatlari (muddati o’tib 
ketganlari, muddati o’tmaganlari); 
- qaysi bosqichdaligi (da’vo qo’zg’atilgan yoki qarzdor tomonidan tan 
olingan). 
Auditor debitor qarzlarni talab qilish faktlarining isboti (tovar (ish va 
xizmat)lar jo’natilgani (bajarilgani)dan so’ng 90 kun o’tganidan so’ng xo’jalik 
sudiga da’vo arizasi berilganligi; davlat boji to’langanligi haqidagi hujjatlar, 
qarzdorning bankrot deb tan olinishi, huquqni muhofaza qilish organlarining jinoiy 
ishni to’xtatish to’g’risidagi qarori va shunga o’xshash) mavjudligini tekshiradi. 
Talab qilingan debitor qarz da’vo muddati - 3 yil o’tgunga qadar balansda turishi 
mumkin. 
Da’vo muddati o’tib ketgan va undirib olish imkoni bo’lmagan boshqa 
qarzlarning hisobdan o’chirilishini tekshirish chog’ida auditor O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 150-163 moddalari va boshqa amaldagi me’yoriy 
hujjatlarning talablariga rioya qilinishini aniqlaydi. Xususan: 
-
da’vo muddatini hisoblashning to’g’riligi O’zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksi 154-moddasiga muvofiq da’vo muddati davri shaxs o’z 
huquqining buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlanadi. 
Muddati belgilab qo’yilgan majburiyatlar bo’yicha da’vo muddati o’tishi ushbu 
muddat o’tishi bilan boshlanadi; 
-
hisobdan o’chirish har bir majburiyat bo’yicha amalga oshirilishi mumkin; 
-
qarzdorliklarni inventarizatsiyadan o’tkazish to’g’risidagi dalolatnomalar 
mavjudligi; 


163 
-
korxona rahbarining buyrug’i (farmoyishi) va yozma asosi; 
-
shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar hisobidan 4910-schyot yoki, agar rezerv 
yaratilmagan bo’lsa, moliyaviy natijalar hisobidan 9430-schyot hisobdan 
o’chirilishi mumkin; 
-
«Zararga 
olib 
borilib 
hisobdan 
o’chirilgan to’lovga layoqatsiz 
debitorlarning qarzlari» balansdan tashqari schyotida, 5 yil davomida hisobda 
turganligi aniqlanadi. 
Xaridorlardan talab qilib olinmagan debitor qarzlar, etkazib berilgan tovar 
(ish, xizmat)lar uchun hisob-kitoblar bo’yicha majburiyatlarni bajarish 
muddatlarining eng so’nggi muddati o’tganligi munosabati bilan, hisobdan 
o’chirish faktlari bo’yicha soliqqa tortiladigan foydani aniqlashning to’g’riligi 
tekshiriladi. Bunday qarz summasining hisobdan o’chirilishi foydani soliqqa 
tortishda hisobga olinadigan moliyaviy natijani kamaytirmaydi. 
Da’volar bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olishga doir muomalalarni 
tekshirishda 
auditor 
da’vo 
hujjatlarining 
o’z 
vaqtida 
va 
to’g’ri 
rasmiylashtirilganligi ham aniqlanishi zarur. Qilingan da’volarning summalari 
da’vo qilish fakti bo’yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligi 
ham aniqlanishi lozim. Shuningdek, da’volar bo’yicha hisob-kitoblarni aks 
ettirishning to’g’riligi qilingan da’volar bo’yicha yozuvlarni 4890 va 6910 
schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlari hamda Bosh daftar 
ma’lumotlariga solishtiriladi. 
Tekshiruvning tahliliy amallari bir oylik realizatsiya hajmi to’g’risidagi 
ma’lumotlarni quyidagilar bilan taqqoslashni nazarda tutadi: 
-
boshqa oylar va butun sotish tsikli ma’lumotlari; 
-
har oylik realizatsiya hajmining prognozlari; 
-
o’tgan yillardagi tegishli davr ma’lumotlari. 
Agar tahlil auditorlik tekshiruvining dastlabki bosqichida o’tkazilayotgan 
bo’lsa, realizatsiyaning bir yillik umumiy hajmi tayyorlanishi mumkin. Yil oxirida 
sotish hajmining baholangan miqdori bilan haqiqiy summa taqqoslanadi.
Ma’lumki, «Xarajatlar tarkibi ... to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq mahsulot 


164 
sotishdan olingan yalpi foyda sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan 
mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi farq sifatida quyidagi formula 
bo’yicha aniqlanadi: 
YaF = SST-IT, (1.1) Bunda: YaF- yalpi foyda; 
SST - sotishdan olingan sof tushum; 
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi. 
Mahsulot (tovar), ish va xizmatlarni sotishning moliyaviy natijalarini 
tekshirishda, bu natija soliqqa tortish maqsadida har xil aniqlanishini e’tiborga 
olish zarur. Sotishdan olingan foyda (zarar) shakllanishi tushumni aniqlash 
tartibiga bog’liqligi bois, auditor tushumni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi 
va uni soliqqa tortish maqsadida aniqlash qoidalariga rioya qilinishini ham 
tekshirishi lozim. Shunday qilib, asosiy faoliyat bo’yicha moliyaviy natijalar auditi 
jarayonida quyidagilarni tekshirish va tasdiqlash (yoki tasdiqlamaslik) tavsiya 
etiladi: 

realizatsiyaga doir operatsiyalarni amalga oshirish uchun tegishli tarzda 
ruxsat etilganligi; 

realizatsiyaga doir operatsiyalar buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida 
o’z vaqtida va to’liq aks ettirilganligi; 

realizatsiyaga 
doir- 
operatsiyalarning 
qiymat 
o’lchovlari to’g’ri 
baholanganligi; 

realizatsiyaga doir summalar to’g’ri turkumlanganligi; 

xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan debitorlik qarzlari tegishli 
schetlarda to’g’ri aks ettirilganligini, ularni undirish imkoniyatlarini baholash. 
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi tufayli o’tkazilgan 
islohotlar iqtisodiyotda tub burilishlarni vujudga keltirdi. Mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining natijasi o’laroq, 
nodavlat sektorining rivojlanishi, O’zbekistonning dunyo bozorida xorijiy davlatlar 
bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilishiga zamin yaratdi, mamlakat 
iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida mulkchilik shakllarining rivojlanishiga 
munosib hissa qo’shdi. Ushbu o’zgarishlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 


165 
faoliyatining asosiy yunalishlarini erkin tanlash imkoniyatini yaratib, barcha 
sohalardagi singari hisob tizimida ham yangi talablarni keltirib chikardi. Bu o’z 
navbatida, zamonaviy hisob tizimini yanada rivojlantirish va xalqaro standartlar 
ttalablari darajasida takomillashtirish talab etadi. 
Milliy iqtisodiyotimizda bozor munosabatlari rivojlanishining ilk bosqichi 
hisoblangan Qayta ishlash korxonalari va qo’shma korxonalar hamda ular 
faoliyatida qimmatli qog’ozlar, lizing jarayonlari, shuningdek, boshqa hisob 
ob’ektlarining paydo bo’lganiga xali ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Kichik biznes va 
tadbirkorlikni rivojlantirish va uni rag’batlantirish yuzasidan qabul qilingan 
qarorlar ularning ayni kundagi mavqeini ta’minlashda asosiy mezon bo’ldi. Lekin, 
mulkchilikning yangi shakli hisoblangan qo’shma korxonalar va lizing 
kompaniyalari faoliyati bilan bog’liq muammolar ham yo’q emas. Bugungi kunda 
mamlakatimizda amal qilib kelinayotgan hisob tizimini buxgalteriya hisobining 
xalqaro va milliy standartlar talablari darajasida tashkil qilish jarayoni jadal 
sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Zero, mamlakatimizning jahon xamjamiyatida 
o’zining munosib o’rnini topishiga ko’maklashuvchi asosiy shartlardan biri ham 
buxgalteriya hisobini yuritishning xalqaro tamoyillariga mos keladigan milliy 
hisob tizimiga amal qilishdir. 
Tashqi iqtisodiy alokalarning rivojlanishi va iqtisodiyotimizga xorijiy 
sarmoyalarni kiritish – salohiyatli hamkorlarga ishonchli qarorlar qabul qilishi 
uchun to’liq ma’lumotlar etkazib berish zaruriyatini tug’diradi. Eng muhimi, 
mamlaktimiz korxonalari moliyaviy faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni (real va 
istiqbolli biznes-reja) sarmoyadorlarga eng qulay usullarda havola etishdir. 
Qolaversa, xalqaro hisob tizimining ko’pgina tamoyillari va kontseptsual asoslari 
davlatimiz hisob tizimini rivojlantirishda muhim uslubiy ahamiyatga ega. 
Mamlakatimiz 
iqtisodiyotida 
mulkchilik 
shakllarini 
rivojlantirishda, 
shuningdek, mavjud korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ularning 
kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini belgilashda xo’jalik faoliyatining moliyaviy 
natijalari, ya’ni sof foydaning ahamiyati kattadir. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
faoliyatining joriy yil yakunida shakllangan moliyaviy natijasida, aniqrogi, 


166 
byudjetga foyda solig’i to’langandan so’ng o’z ixtiyorida qolgan sof foydasi 
kelgusi 
yilda 
taqsimlanadi. 
Korxonalarda 
foyda 
taqsimotining 
asosiy 
xususiyatlaridan biri shundaki, ular boshqa korxonalardan farqli o’laroq, zaxira 
fondlari tashkil qilishlari lozim. 
 
Foydani reinvestitsiya qilish yoki korxona ishlab chiqarish faoliyatini 
rivojlantirish – aktsionerlik jamiyati faoliyatida eng asosiy va zaruriy tadbirlardan 
biri hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan aktsionerlik jamiyati faoliyatining 
barqarorlik darajasi xali yuqori bo’lmasligi tabiiy, chunki ichki sarmoyalarning 
etarli bo’lmagan miqdori faoliyatni kengaytirish xarajatlarini to’liq qoplamaydi. 
Ushbu holatda bank kreditlaridan foydalanish birmuncha qulay hisoblansa-da, 
kredit uchun to’lanadigan foizlarga korxona foydasining sezilarli qismi sarflanishi 
mumkin va shu bois, aktsionerlik jamiyati o’zining bo’sh mablag’laridan asosan 
ushbu maqsad yo’lida foydalanishga intiladi. Agar faoliyat samarali yuritilsa, 
aktsionerlik jamiyati keyinchalik o’z-o’zini to’liq moliyalash qismiga o’tadi. Bu 
xolatni iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasida ham kuzatish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin