198
Ishlab chiqarish leveridji faqatgina bir xil ishlab chiqarishning zaxiraviy
darajasiga ega bo‗lgan korxona uchun ahamiyatlidir. Bu ko‗rsatkichning ko‗proq
ahamiyati yuqori texnika-texnologiya bilan qurollangan korxonalar uchun
xarakterlidir.
Aniqroq qilib aytganda, korxonaning o‗zgaruvchan xarajatlariga
qaraganda qanchalik doimiy xarajatlarning yuqori bo‗lishi, ishlab chiqarish
leveridjining yuqoriligidan dalolat beradi. Shunday qilib, o‗zgaruvchan xarajatlarni
kamaytirish maqsadida o‗zining texnika-texnologiya
bilan qurollanganlik
darajasini yaxshilashda, korxona o‗z navbatida o‗zining ishlab chiqarish leveridjini
o‗sishiga olib keladi. Yuqori darajadagi tijoriy leveridjga ega bo‗lgan korxona
ishlab chiqarish tavakkalchilik nuqtayi nazaridan ko‗proq tavakkalchilikka (riskka)
ega bo‗ladi. Bu risk-umumiy foydani to‗liq ola olmaslikni ifodalaydi.
Biznesni boshqarish bu risklarni boshqarish demakdir. Har bitta korxonani
boshqarish turlicha bo‗lganligi va bir-biriga o‗xshamasligi
sababli korxonada
risklarni boshqarish ham bir-biridan tubdan tubdan farq qiladi. Shu sababli,
bugungi kunda risklarni aniqlash va ularni boshqarish yuzasidan aniq metodika
ishlab chiqilmagan va u
har bitta korxonaning faoliyat, boshqaruv funksiyalari
ijrosidan kelib chiqqan holda u yoki bu darajada yuritilmoqda.
Risklarni modellashtirish yuzasidan turli modellari ishlab chiqilgan.
Ularning tarixiy qiymatga bog‗langan, statistik tahlil, tajriba modellarini tarkiblash
mumkin.
Ishlab chiqarish faoliyatidagi risklarni boshqarish yuzasidan quyidagi
usullardan foydalaniladi:
- ishlab chiqarish faoliyatidagi risklar bo‗yicha axborotlarni yig‗ish va tahlil
qilish;
- risklarning muhim indikatorlari monitoringi;
- baholash;
- biznes jarayonlar
reglamenti;
- qonunchilik normalariga amal etilishi nazorati;
- informatsion texnologiyalarning risk nazorati;
- xodimlarni o‗qitish, rag‗batlantirish va motivlashni tako-
199
millashtirish;
- biznes jarayonlarni avtomatlashtirish;
- operatsion risklar bo‗yicha ichki hisobotni tartibi;
- faoliyat uzluksizligini ta‘minlash rejalarini tuzib chiqish;
- operatsion risklar sug‗urtasi;
- alohida funksiyalarning autsorsingi.
Dostları ilə paylaş: