Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili 
(ming so„mda) 
 
O„n kunliklar 
Hisobot yili 
Maromiylik 
hisobiga ishlab 
chiqarilgan 
mahsulot 
Reja 
bajarili
shi, % 
Maromiyli
k hisobiga 
reja 
bajarilishi, 

Biznes 
rejada 
Haqi-
qatda 






1- chorak 
25000 
15000 
15000 
60 
60 
2- chorak 
25000 
20000 
20000 
80 
80 
3 chorak 
25000 
30000 
25000 
120 
100 
4-chorak 
25000 
40000 
25000 
160 
100 
Jami 
100000 
105000 
85000 
105 
85 


193 
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini ta‘minlash yuzasidan 
yilning 4 ta choragi bo‗yicha bir xilda belgilangan. Lekin amalda, birinchi 
chorakda 10000 mln so‗mlik (15000-25000), 2-chorakda -5000 mln so‗mlik 
(20000-25000) mahsulot kam ishlab chiqarilgan. Uchinchi va to‗rtinchi 
choraklarda mahsulot ishlab chiqarish rejasi ortig‗i bilan bajarilgan. Maromiylik 
hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 85000 mln so‗mni, maromiylik 
rejasining bajarilishi 85 foizga bajarilgan. 
 
5.6. Sotish hajmini tahlili 
Mahsulot ishlab chiqarish uzviyligi, davomiyligi ta‘minlanadi qachonki 
ularni sotish to‗liq ta‘minlansa yoki to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilsa. Ishlab chiqarish 
murakkab jarayon-lekin sotish undanda murakkab jarayon. Shu sababli tahlilda, 
mahsulot, ish va xizmatlarni sotish hajmini o‗rganishga alohida ahamiyat 
qaratiladi. 
Ishlab chiqarilgan va tayyor mahsulotlar qatoriga kiritilgan aktivlarni sotish 
xo‗jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni asosiy manbasi hisoblanadi. 
Mahsulot, ish va xizmatlarni sotilganlar qatoriga kiritishning quyidagi 
shartlariga amal etiladi: 
- korxona tovarlarga egalik qilishning xatarlari va afzalliklarining 
ancha qismini xaridorga topshirgan bo‗lishi; 
- daromad miqdori ishonchli darajada baholangan bo‗lishi; 
- iqtisodiy naf kelajakda olinishi; 
- bitim bilan bog‗liq, qabul qilingan yoki kutilayotgan xarajatlar, ishonchli 
va aniq o‗lchangan bo‗lishi lozim
25
.
Yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mahsulotlarni sotish 
faqat naqd pulsiz hisob-kitob bo‗yicha amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish 
joylarida tashkil qilingan yoki turg‗un savdo shaxobchalarida, o‗zining savdo 
25
(2-сон БҲМС ―Асосий хўжалик фаолиятидан олинадиган даромадлар‖, ЎзР АВ томонидан 
1998 йил 26 августда 483-сон билан рўйхатга олинган). 


194 
do‗konlari orqali mahsulotlarni chakana sotish faqat nazorat-kassa mashinalari va 
to‗lov terminallaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. 
Korxonalar aniq talablarga rioya qilgan holda tovar va mahsulotlarni 
topshirishi (yuklab jo‗natishi), hamda ishni bajarish va xizmat ko‗rsatishni amalga 
oshirishlari mumkin. Korxonalar tomonidan mahsulot va tovarlarni yuklab 
jo‗natish, shuningdek‚ ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish faqat xaridor va 
buyurtmachilardan 15 foizdan kam bo‗lmagan miqdorda bo‗nak to‗lovlari 
mavjudligidagina amalga oshirilishi mumkin
26

Mahsulot, ish xizmatlarni sotishni tahlil etish orqali nafaqat muammolarni 
aniqlash balki ularni hal qilish imkoni ham tug‗iladi. Sotishni tahlili oldiga 
quyidagi vazifalar qo‗yiladi: 
- rahbariyatning samarali boshqaruvi (taktik va strategik) qarorlarni qabul 
qilish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar bilan ta‘minlash; 
- savdoda daromad keltiruvchi tovarlar (ularning turi va tarkibini 
kengaytirish), yo‗qotishlarga olib kelayotgan tovarlarni (ularni ishlab chiqarishni 
qisqartirish va to‗xtatish) aniqlash; 
- korxona (marketing, sotish) bo‗limlari faoliyat samaradorligini baholash; 
- bozorni segmentlarga mos ravishda ajratish; 
- oqilona marketing siyosatini yuritish. 
Agar tahlil obyekti bo‗yicha bitta hal qilinmagan muammo mavjud bo‗lsa 
siz albatta savdoni tahlil qilishingiz lozim. 
Tahlil etishda sotilgan mahsulot hajmining umumiy o‗zgarishlariga, 
dinamikasiga, sotilgan mahsulotlar tarkibiga, sotish hajmining o‗zgarishiga ta‘sir 
etuvchi omillarga, eksport hajmiga muhim ahamiyat beriladi. 
26
ЎзР. Президентининг 1995 йил 12 майдаги "Халк хўжалигида ҳисоб-китоблар ўз вақтида 
ўтказилиши учун корхона ва ташкилотлар раҳбарларининг масъулиятини ошириш борасидаги 
чора-тадбирлар тўғрисида"ги ПФ-1154-сон қарори 


195 
5.14-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin