5.7. Ishlab chiqarish leveridji tahlili Har bir korxona tashkil topganidan keyin, foyda olish maqsadida, albatta
moliyalashtirish bilan shug‗ullanadi. Foydani ko‗paytirishga yo‗naltirilgan
aktivlarni boshqarish jarayoni moliyaviy menejmentda leveridj kategoriyasi bilan
harakatlanadi.
Leveridj bu – tom ma‘noda og‗ir narsalarni o‗zgartira oladigan ma‘lum bir
kuch (yelka) bo‗lib, uning yordamida nisbatan og‗ir yuklarni joyida ko‗chirish
mumkin. Iqtisodiyotga tatbiq qilganda u uncha katta bo‗lmagan o‗zgarish natijaviy
ko‗rsatkichning sezilarli darajada o‗zgarishiga olib keluvchi omil sifatida qaraladi.
Mahsulot tannarxining asosiy elementlari bu doimiy va o‗zgaruvchan
xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil bo‗lishi mumkin. Bu farq
korxonaning texnika va texnologiya siyosati bilan bevosita bog‗liqdir. Mahsulot
tannarxining o‗zgarishi umumiy sof daromadni o‗zgartirishga olib keladi. Asosiy
vositalarni moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‗sishiga va o‗zgaruvchan
xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq bu o‗zgaruvchanlik to‗g‗ri chiziq orqali
ifodalanmaydi. Shuning uchun ham doimiy va o‗zgaruvchan harakatlarning
optimal nuqtasini talab etiladi. Ushbu bog‗lanish ishlab chiqarish leveridjini tashkil
etadi.
Operatsion leveridj – bu mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish hajmini
tuzilmalarini o‗zgarishi natijasida yalpi foydaga ta‘sir ko‗rsatishning potensial
imkoniyatidir.
Operatsion leveridj ko‗pincha ishlab chiqarish leveridji deb ham yuritiladi.
Qiymat bo‗yicha operatsion leveridj quyidagi formula orqali hisob kitob-
qilinadi:
197
Or=V/P; Or=(F+Xo„+Xd)/F=1+Xo„/F+Xd/F. Bu yerda: Or-operatsion richag;
F-sotishdan foyda;
Xo‗-o‗zgaruvchan xarajat;
Xd-doimiy xarajat.
Natura shaklidagi operatsion richag quyidagi bog‗lanishda topiladi: